Fermentativ reaktsiyalar kinetikasi



Yüklə 28 Kb.
tarix16.10.2022
ölçüsü28 Kb.
#65203
1.muskul



Mavzu:Karonavirus va Xantavirus
Reja:



  1. Coronavirus infeksiya.

  2. Kasallikning tarqalishi.

  3. Xantaviruslar

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Coronavirus infeksiya.
COVID-19—SARS-CoV-2, yaʼni ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi keltirib chiqaradigan COVID-19 koronavirus infeksiyasi kasalligi pandemiyasi.Ilk marotaba 2019-yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan kasallik 2020-yilning 11-martida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya deb belgilandi.Koronavirus kelib chiqishini tekshirayotgan mutaxassislari xastalikning laboratoriyadan chiqqani haqidagi taxminni rad etdi.Tadqiqot jarayoni uchun asos boʻlib xizmat qilgan maʼlumotlar esa xitoylik hamda xorijlik olimlarning birgalikdagi izlanishlari natijasida toʻplangan.Yakuniy xulosalar eʼlon qilinishining kechikishiga esa ekspertlar oʻrtasidagi taxminiy kelishmovchiliklar sabab emasligi qayd etilgan.9-may 2022-yilga qadar virusni 192 dan oshiq mamlakat va hududda yashovchi 517 milliondan oshiq odam yuqtirdi; 6 250 000 dan oshiq odam kasallik tufayli halok boʻldi, 472 milliondan oshiq odam esa tuzaldi.Xitoy, Yevropa, Eron, Janubiy Koreya va AQShda pandemiya oʻchoqlari yuzaga keldi.
Virus grippga oʻxshash tarzda yoʻtalganda hamda aksa berganda chiqariladigan tomchilar orqali shaxsdan-shaxsga yuqadi.Virus bemorda kasallik alomatlari yuzaga kelganda eng yuqumli boʻlsa-da, kasallik belgilari paydo boʻlishidan oldin ham boshqalarga yuqishi mumkin.Kasallik alomatlari odatda besh kunda paydo boʻladi, ammo bu davr 2 kundan 14 kungacha davom etishi mumkin.Kasallikning asosiy alomatlari isitma, yoʻtal va nafas qisishidir.Kasallik bemorda pnevmoniya hamda oʻtkir nafas olish distress-sindromi keltirib chiqarishi mumkin. Ayni damda COVID-19 ga qarshi vaksina yoki preparat yoʻq. Kasallikni boshqarish simptomlarni davolash hamda yordam terapiyasidan iborat. Kasallik tarqalishi oldini olish uchun qoʻllarni yuvish, yoʻtalganda ogʻizni toʻsish, boshqalardan (ayniqsa, oʻzini yaxshi his qilmayotganlardan) uzoqroq masofada boʻlish tavsiya qilinadi. Virusni yuqtirganini taxmin qilayotgan shaxslarga 14 kun davomida oʻzlarini izolyatsiya qilish tavsiya qilinadi.
Kasallikning tarqalishi.
Kasallik tarqalishi oldini olish maqsadida sayohat qilishni cheklash, karantin, komendantlik soati, tadbirlarni keyinga qoldirish va bekor qilish hamda muassasalarni yopish kabi choralar koʻrildi. Xususan, virus tarqala boshlagan Xubey provinsiyasi karantinga olindi, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Chexiya va Germaniyada mamlakat boʻylab karantin joriy qilindi,Xitoy va Janubiy Koreyada komendantlik soati joriy qilindi,turli mamlakatlarda chegaralar yoppasiga yopildi yoki sayyohlarga qarshi cheklovlar joriy qilindi,aeroport va poyezd stansiyalarida nazorat choralari yoʻlga qoʻyildi,[20] virus keng tarqalayotgan hududlarda sayohat qilishga qarshi tavsiyalar eʼlon qilindi.Kamida 115 davlatda universitet va maktablar yoppasiga yoki ayrim hududlarda yopildi, bu choralar 950 milliondan oshiq talaba faoliyatiga taʼsir koʻrsatdi.Oʻzbekistonda virusni yuqtirish holati ilk marotaba 15-mart kuni qayd etildi.

Pandemiya global miqyosda qator ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqardi,sport va madaniy tadbirlar keyinga qoldirilishi yoki bekor qilinishiga sababchi boʻldi,dori-darmon, elektronika mollari hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi yuzaga kelishi haqida xavotirlarga sabab boʻldi.Shuningdek, Internetda virus va pandemiya haqida notoʻgʻri maʼlumotlar hamda fitna nazariyalari urchidi,turli mamlakatlarda ksenofobiya va irqchilik holatlari kuzatildi, vahimaga tushgan xaridorlar tualet qogʻozi kabi mollarni koʻp miqdorda sotib olishi kuzatildi.2021-yil iyul oyida JSST raisi Tedros Adhanom Ghebreyesus vaksinatsiyalar oqibatida koronavirusning vaksinalarga chidamli shtammi paydo boʻlishi mumkinligini aytdi.




Xantaviruslar
Xantaviruslar (lotin.t.-Orthohantavirus yoki Hantavirus) odam va hayvonlarning viruslaridan bir turidir. Ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni davolash mexanizmlari ma’lum va vaksinalar ham mavjud.
Xantaviruslarning birinchi tasnifi 1987 yilda Xalqaro Viruslarning taksonomiyasi bo‘yicha qo‘mitaga taqdim etilib, hisobotda ilgari surilgan. 2017 yilda nasl nomi "Orthohantavirus"ga o‘zgartirildi va 41 turni o‘z ichiga oldi. Ular orasida Puumala, Xantaan, Seul, Amur, Dobrava va boshqa xantaviruslar mavjud.Ushbu virus birinchi marta 1950-1953 yillardagi Koreya urushi paytida ko‘plab odamlarning kasalliklariga sabab bo‘lgan. Keyin 3000 dan ortiq askarlar o‘zlarini yomon his qilishgan. Ularda ichki qon ketishi va buyrak faoliyati buzilishi kuzatilgan. Ushbu epizod "Koreys gemorragik isitmasi" deb nomlanadi.
1976 yilga qadar kasallikning qo‘zg‘atuvchisini darhol aniqlashning iloji bo‘lmadi. Buning uchun shifokorlar tajriba o‘tkazib, dala sichqonining o‘pka to‘qimasida tajriba o‘tkazishdi. Bunda isitma bilan og‘rigan bemorlarning qon zardobiga o‘ziga xos reaksiya ko‘rsatdi.Keyinchalik, "Koreys gemorragik isitmasi" kasalligi "buyrak sindromi bilan gemorragik isitma" deb nomlandi. Hantaan orthohantavirus esa uning qo‘zg‘atuvchisi deb tan olindi.Xitoyning Yunnan shahrida mahalliy aholidan bir kishi hantavirusdan vafot etdi. Ishga avtobusda kelayotgan bemor vafot etgan. Sinov natijalari uning xantavirus bilan kasallanganligini ko‘rsatdi.


Yüklə 28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin