Fikrlash ko`nikmamalarini rivojlantirish. Reja



Yüklə 27,03 Kb.
səhifə1/3
tarix02.04.2022
ölçüsü27,03 Kb.
#54608
  1   2   3
Fikrlash ko`nikmamalarini rivojlantirish


Fikrlash ko`nikmamalarini rivojlantirish.
Reja



  1. O`quv strategiyasini ishlab chiqish.

  2. Fikrlash ko`nikmamalarini rivojlantirishning asosiy jixatlari.

Oʻquv jarayonida kreativ fikrlashni kuzatishning bir qator muhim jihatlari hamda tegishli elementlar orasidagi munosabatlar 1-shaklda aks etgan. Ushbu model Kreativ fikrlash strategik konsultativ guruhi (IHTT, 2017) taklif etgan kreativ fikrlashning besh oʻlchovli modeliga asoslangan.

Maktablar oʻquvchi ichki resurslarining (bundan keyin «shaxsiy yordamchi omillar» deyiladi) bir necha jihatlariga taʼsir oʻtkazishi mumkin, jumladan, aqliy qobiliyatlar, soha bo‘yicha tayyorgarlik (domenga oid bilim va tajribalar), yangi gʻoya va kechinmalarga ochiqlik, oʻzgalar bilan hamkorlikda ishlashga hamda boshqalarning gʻoyasini takomillashtirishga tayyor boʻlish, qiyinchilikka uchraganda davom etishga tayyor boʻlish hamda kreativ yondashuv borasida oʻziga ishonch (maqsadning yoʻnalishi va maslaklar), vazifa borasidagi ishtiladi.

Kreativ fikrlashni qoʻllab-quvvatlashi yoki unga toʻsiq boʻlishi mumkin boʻlgan oʻquvchining atrof-muhitiga kelsak (bundan keyin «ijtimoiy yordamchi omillar» deyiladi), sinfda shakllangan madaniyat, maktablarning va umuman olganda taʼlim tizimining taʼlimga yondashuvi va umumiy ijtimoiy muhitlarning barchasi oʻquvchining ijtimoiy muhitini tash kil etadi. Bularning bari oʻquvchi kreativ fikrlashga bergan ahamiyatga taʼsir oʻtkazadi va kreativ fikrlash yoʻlida yo toʻsiq, yo madad boʻlishi mumkin.

Oʻquvchilarning shaxs sifatida yoki guruh boʻlib kreativ fikrlashini kuzatish va baholash uchun maktablar qulay joydir. Sinfdagi ijodiy marralar va ilgarilash deb, ijodiy ifodaning shakllari (yaʼni, ichki dunyosi va kechinmalarini yozish, chizish, musiqa yoki boshqa sanʼat usullari orqali ifodalash) bilimni orttirish (yaʼni, guruh uchun yangi boʻlmish bilimni yaratish) yoki muammoni yechishga ijodiy yondashishga aytiladi.

Taʼlim jarayonida kreativ fikrlashning ushbu turli yordamchi omillari oʻzaro chambarchas bogʻliqdir. Ijtimoiy yordamchi omillar madaniy qadriyatlar ostida shakllanadi, bu esa, oʻz navbatda, oʻquvchining shaxsiy yordamchi omillari qanday taraqqiy etishiga taʼsir qiladi.




Yüklə 27,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin