I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix20.11.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#162786
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2.02-касбий педагогика







 
 



 
I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni 
 
Ushbu fan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini jahon standartlari 
talablariga muvofiqlashtirish va ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichida yetuk 
malakali mutaxassislarni tayyorlash samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga 
ega, kasb-hunar kollejlarida kasbiy ta’limni zamonaviy pedagogik va axborot 
texnologiyalar asosida tashkil etish va o‘tkazish kabi ta’limga oid bilim, ko‘nikma 
va malakalarni shakllantirish bilan bog‘liq masalalarini qamrab oladi. 
Kasbiy ta’limning nazariy, metodologik asoslari, kasbiy ta’lim kategoriyalari, 
qonuniyatlari; mazmunini, o‘qitish strategiyalari, innovatsion texnologiyalari va 
ularni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini hosil qilishning nazariy va amaliy 
tomonlarini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi. 
Kasbiy pedagogika fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 
gumanitar-ijtimoiy fanlar turkumiga kiradi, uni 1-2 kurslarda o‘qitilishi maqsadga 
muvofiq.
Mazkur fan boshqa kasbiy ta’limning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, 
o‘z rivojida kasbiy ta’lim yo‘nalishidagi kasbiy fanlar uchun zamin bo‘lib, 
xizmat qiladi. 
 
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari 
Fanni o‘qitishdan maqsad
 
– talabalarga kasbiy ta’limning nazariy, metodologik 
asoslari, kasbiy ta’lim kategoriyalari, qonuniyatlari; mazmunini, o‘qitish 
strategiyalari, innovatsion texnologiyalari, muammolar bo‘yicha yechim qarorlarni 
qabul qilishni o‘rgatish va ularni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini hosil qilish. 
Ushbu maqsadga erishish uchun fan
 
talabani nazariy bilim va amaliy ko‘nikma 
ta’lim oluvchilarni milliy mafkura tarbiyasi, talabaning kasbiy ta’lim asoslari 
bo‘yicha bilimlarini rivojlantirish, o‘qituvchi va o‘quvchi shaxsiga qo‘yiladigan 
talablar, kasbiy ta’limda ta’lim texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy 
asoslari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish vazifasini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar 
qo‘yiladi. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin