Fizika guruh talabasi ostonov sanjarbekning fizika



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix19.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#100459
  1   2   3   4   5   6
2-V Fizika Ostonov Sanjarbek



OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI 
QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI 2-V 
FIZIKA GURUH TALABASI OSTONOV SANJARBEKNING FIZIKA 
O’QITISH METODIKASI FANIDAN GUMANITAR AKADEMIK 
LITSEYLARDA FIZIKANI O’QITISHNING XUSUSIYATLARI 
MAVZUSIDA YOZGAN 
KURS ISHI 
  
  
  
  
ILMIY RAHBAR: AYTIMBETOV N.  
BAJARDI: OSTONOV S. 
  
 
 
 
 
 
 
NUKUS_2022 



MUNDARIJA 
I. KIRISH ............................................................................................................. 3 
II. ASOSIY QISM ................................................................................................ 5 
2.1. Fizika fanining rivojlanish tarixi .................................................................. 5 
2.2. Kishilik jamiyati taraqqiyotida fizika o’quv predmetining tutgan o’rni ... 8 
2.3. Fizika fani va uning boshqa fanlar bilan aloqasi ....................................... 16 
III. XULOSA ...................................................................................................... 30 
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ...................................................... 31
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I. KIRISH 
Fizika tabiiy fanlar orasida bilimlarni boshqaruvchi soha bo’lib qoldi. Fizik 
nazariyalar va fizik tekshirish usullari boshqa tabiat fanlari orasida borgan sari kira 
boshladi. Shu bilan birga fizika hozirgi zamon texnikasining nazariy, asosiy rolini 
o'ynay boshladi. Ko’p sohalar (elektrotexnika, radiotexnika, elektronika, yadro 
energetikasi va shu kabilar) fizik kashfiyotlar asosida paydo bo'ldi. Shu bilan birga 
fizikaning tabiatshunoslik sohasi sifatidagi ahamiyati va o'rni belgilanadi. 
Fizika asosini fundamental nazariyalar tabiat qonunlari, ilmiy tushunchalarni tashkil 
etgan fan hisoblanadi. Fizika mikroolam va kosmos, zaryadlangan zarrachalar va 
elektromagnit maydondan hamda shunga o'xshash xossalarga tegishli eksperimental 
dalillarga, hajmi jihatdan ko'p manba, faktlarga tayanadi. 
Fizikaning fan sifatidagi o’ziga xos xususiyatlari fizikaning o'quv predmeti 
sifatidagi muhim belgisi va xususiyatini ham aniqlaydi. 
O'qitishning maqsadlari fizika kursining tuzilishiga, uning tuzilish elementlarining 
o'zaro munosabatlariga va shu bilan birga o'quvchilarda shakllantiradigan fikrlash 
uslubiga muhim ta'sir ko'rsatish imkoniyatlari qaraladi. Shuningdek, fizika o'qitish 
uslublarining nazariy asoslari va fizikadan o'quv eksperimentlari turlari va uning 
vazifalari, fizikadan masalalar yechish uslublaridan iboratdir. Bu kurs nazariy va 
amaliy mashg'ulotlari tarzida amalga oshiriladi. 
Yangi asrda biz sifat jihatidan tamomila yangilangan jamiyatga, chuqur 
integratsiyalashgan iqsodiy makonga, yagona kommunikatsiya va axborot tizimiga 
kirgan holda kelajak sari shahdam qadamlar bilan bormoqdamiz. Bu anchagina 
tayyorgarlikni, bilimini , saviyani, iqtidorni talab qiladi. Bosayotgan qadamlarimiz 
qat’iyatli, ishonchli, zafarli bo’lishi uchun esa zamonaviy, bozor iqtisodi sharoitida 
ishlay oladigan, yetuk bilimdon, yuqori malakali kadrlar zarurdir [1]. 
Bizlarni o’rab turgan borliq Yer, osmon, yulduzlar va ongimizga ta‘sir etib 
sezgi uyg’otadigan barcha narsalar materiya bo’lib xisoblanadi. Tabiatdagi jismlar 
va bu jismlar tarkibidagi moddalar moddiy borliq bo’lib, sezgilarimizga har xil 
ta‘sirlar ko’rsatib o’zini borligini namoyon etadi. 



Materiya har doim o’zgarib turib o’z xususiyatlarini namoyon etib turadi, 
moddiy dunyoda yuz berayotgan materiyaning xilma–xil o’zgarishlari tabiat 
hodisalari deb ataladi. 
Fizika – tabiat to’g’risidagi fanlaridan biri bo’lib, u tabiat hodisalarini ya‘ni 
materiyaning xossalarini, shu o’zgarishlarni ifodalay oladigan qonun va qoidalarni 
o’rganadi. 
Fizika fanining boshqa fanlardan farqi shuki, u tabiat qonunlarini jismlar 
harakatini o’rganish usuli bilan tavsiflab beradi. Fizika tabiat hodisalarini 
o’rganishda, moddiy olamni idrok etishda asosan matematika, ximiya, biologiya, 
astranomiya fanlarining qonunlaridan foydalanadi. 
Tabiat qonunlarining ko’p qismi, moddiy olamni idrok qilish mumkin 
bo’lmagan tabiat hodisalarining qator qismi hali ochilmagan.
Moddiy olamnibilishga boshqa fanlar bilan bog’langan ravishda intilish fizika 
fanining asosiy xususiyatidir. 
Fizika fanini o’rganish insoniyat madaniyatining muhim bir qismi bo’lib 
hisoblanadi. Fizika qonunlarini bilish kelajakni oldindan bilishgina emas, balki 
o’tmishda bo’lib o’tgan tabiat hodisalarning sabablarini ochib berishga ham imkon 
beradi. Fizika fani ma‘lumotlariga asoslanib tabiatda sodir bo’ladigan har bir 
jarayonning sabablari tahlil etiladi. Hozirgi zamon texnikasining yaratilishi, 
zamonaviy texnalogik mashinalarning ishlash harakteristikalari fizika faning 
qonunlariga asoslanib oldindan loyihalashtirilgan. 
Moddiy olamni idrok etish, Dunyo manzarasini tasavvur eta bilish, tabiat 
hodisalaridan foydalana bilish uchun fizika qonunlarini chuqur bilmoh kerak. 
Moddiy olam bo’linmas bir butun bo’lib, undagi hamma narsa bir–biriga 
bog’liq Fizika kursini o’rganishda uni alohida qismlarga ajratib har bir qismga 
tegishli hodisa va qonunlarni sinflarga ajratib o’zlashtirish qulay bo’ladi. Bunday 
hodisalardan biri bu mexanik harakatdir. Fizikaning mexanika bo’limida mexanik 
harakatlarning umumiy tavsiflari va ularning sodir bo’lish sabablari o’rganiladi va 
harakatdagi jismlarning fazodagi vaziyatini aniqlash masalasi o’rganiladi [4].

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin