Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni


FIZIKA DARSLARIDA ELEKTRON LUG’ATLARDAN FOYDALANISH



Yüklə 11,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/63
tarix18.05.2020
ölçüsü11,09 Mb.
#31289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Конференция - физика-PDFга


FIZIKA DARSLARIDA ELEKTRON LUG’ATLARDAN FOYDALANISH 

METODIKASI 

“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

28 


 

 

Rahmatov Ilhom Ismatovich-Buxoro davlat universiteti Fizika kafedrasi dotsenti 

Rahmatova Shohinur Ilhomovna-Buxoro davlat universiteti xorijiy filologiya yo’nalishi 

talabasi 

 

Har bir insonning madaniyatlilik darajasi uning xorijiy tillarni bilishi bilan hambelgilanadi. Har 



bir  xorijiy  tilni  bilgan  inson  o’sha  til  va  millatning  madaniyatini  ham  biladi.  Xuddi  shunday 

O’zbekiston  Respublikasida  ham  tillarni  bilishga  katta  e’tibor  qaratilmoqda.  O’rta  umumta’lim 

makatablarida ingliz tilini birinchi sinfdan o’rganish bo’yicha chiqarilgan Davlat qaroriga ham 7 yil 

to’ldi.  Hozirda  birinchi  sinfdan  ingliz  tilini  o’qishni  boshlagan  o’quvchilar  7-sinfda  o’qishmoqda. 

Fizika darslarida ularga ingliz tilida va rus tilida fizik terminlarning ta’rifi aytilsa yanada yaxshiroq 

natijalarga erishish hamda o’quvchilarni til bilish darajasini oshirish mumkin. 



 

1-rasm.Elektron lug’atdan izlash oynasi 

Shuni  nazarda  tutib  bizlar  fizik  terminlarni  inglizcha  ruscha  va  o’zbekcha  tarjima  ta’riflarini 

to’pladik.  Shu  asosda  dastur  tuzub  unga  terminlarni  joylashtirib  chiqdik.  Bu  dasturni  kompyuterda 

yoki smartfonlarga yuklab olib ishlatish mumkin. 

O’quvchiga kerak bo’ladigan tushunmay qolgan terminni lug’atni izlash oynasidagi “o’zbekcha” 

degan satrga kiritiladi va “qidiruv” tugmasini bosiladi,(1-rasm). Unga kerakli bo’lgan ma’lumotni rus 

va ingliz tilidagi tarjimasi chiqadi hamda o’zbek tilidagi ta’rifi chiqadi. Buni o’quvchi o’qib  olishi 

mumkin(2-rasm).  



 

2-rasm.Elektron lug’atdan izlangan terminlar oynasi 

Agarda lug’atni boyitish zarurati tug’ulsa uning “menyu” oynasida lug’at qo’shish oynasi ochiladi va 

fizik  termin  o’zbekcha,  ruscha,  inglizcha  nomlari  va  o’zbekcha  izohi  ko’shiladi  hamda  “qo’shish” 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

29 


 

tugmasi bosiladi(3-rasm). Shundan so’ng bazaga yangi termin paydo bo’ladi. Lug’atdan foydalanish 

qulay  o’quvchilar  ingliz,  rus  tilidagi  so’z  boyliklari  oshadi,  dunyo  qarashi  kengayadi  va  bilimlar 

chuqurlashadi. Elektron lug’atdan barcha fizika faniga va tilga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin. 



 

3-rasm. Elektron lug’atga terminlarni qo’shish oynasi 

 

FIZIKA VA ELEKTRONIKA FANLARI BO’YICHA INTERFAOL O’QUV 



QO’LLANMALARINI YARATISH VA ULARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI. 

 

J. T. Ruzimurodov, Q.T. Xoliqov, J. Safarov, J. Jalilov, R.Hamroyev. 

Samarqand davlat universiteti, Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazi 

 

Respublikamizda  Oliy  ta’limda  ham,  o’rta  maxsus  kasb-hunar  ta’limida  ham  mavjud  bo’lgan 



dolzarb  muammolardan  biri  bu  zamonaviy,  zamon  talabiga  javob  beradigan  texnik-mutaxasisliklar 

bo’yicha adabiyotlar kamligi, zamonaviy emasligi, tushunish va o’zlashtirish darajasining pastligidir. 

Bundan  tashqari  bugungi  kundagi  texnik  taraqqiyot  yuqori  saviyali,  yetuk,  kreativ  fikrlay  oladigan 

mutaxasislar  tayyorlash  talabini  qo’ymoqda.  Buning  uchun  esa  fizika  va  elektronikani  o’qitishni 

ertaroq boshlash va ommaviylashtirish talab qilinadi. Shuning uchun oliy ta’limda, o’rta maktab va 

kasb-hunar  kollejlari,  kasb-hunar  markazlarida  o’qitishda  yangicha  yondoshish  vaqti  keldi.  Buday 

yangicha  yondoshuvlardan  biri  bo’lib  “Learning  by  doing”  ta’lim  konsepsiyasini  xizmat  qilishi 

mumkin. “Learning by doing” ta’lim konsepsiyasini joriy qilishda muaffaqiyatga erishishning asosiy 

omillaidan  biri  bu  zamonaviy  adabiyotlar  va  o’quv-laboratoriya  jihozlari  bilan  ta’minlanganlik 

hisoblanadi.  Shuning  uchun  fizika  va  elektronika  bo’yicha  interaktiv  adabiyotlar  ishlab  chiqish 

yuqoridagi daolzarb muammoning yechimlaridan biri bo’lib xizmat qiladi. 

Maqsadimiz  OTM  va  O’rta  maxsus  ta’lim  muassasalarida,  kasb-hunar  markazlarida  fizika, 

elektronika va boshqa texnik fanlarni o’qitishda qo’llash mumkin bo’lgan interfaol o’quv qo’llanma 

tayyorlash  va  undan  foydalanish  uslubiyatini  yaratishdan  iborat.  Taklif  qilayotgan  interfaol 

qo’llanmamiz  “Learning  by  doing-bajarib  o’rganaman”  tamoyilini  qo’llash  imkoniyatini  yaratadi. 

Interfaol qo’llanma o’zida matnli va video tasvirli yo’riqnoma, laboratoriya ishlarini bajarish imkonini 

beruvchi trenajorni birlashtirgan majmuadan iborat.  

Majmua konstruktiv jihatdan ixcham qo’lda ko’tarib yurish mumkin bo’lgan chemodan-kitob 

shaklida bo’lib, o’lchov asboblari paneli, tajriba maydonchasi, komponentlar va laboratoriya detallari 

joylashtirilgan qism, nazariy ma’lumotlar, laboratoriya ishlari yo’riqnomasi, trenajo’rdan foydalanish 

yo’riqnomasidan iborat qo’llanma kitob va CD diskda yozilgan video qo’llanmadan iborat. 

Bunday interaktiv o’quv qo’llanmadan bevosita amaliy mashg’ulot davomida, darsdan tashqari 

uyda yoki maxsus jihozlanmagan xonalarda mustaqil ta’lim jarayonida ham foydalanish mumkin.  


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

30 


 

Bizning  fikrimizcha  bunday  tipdagi  interfaol  o’quv  qo’llanmani  nafaqat  elektronika  yoki 

elektrotexnika  fanlaridan  fizika  fanidan  ham  yaratish  mumkin  va  bu  bugungi  kun  zaruratidir. 

Zamonaviy  loyihalash  va  3D  formatda  detallarni  chop  qilish  texnologiyalarini  qo’llagan  holda 

fizikaning mexanika, molekulyar fizika, elektr va magnetizm, optika bo’limlaridan trenajo’rli interfaol 

qo’llanma yaratish imkoniyatlari mavjud. Ayniqsa umumta’lim maktablari va o’rta maxsus kasb-hunar 

bilim yurtlarida bunday trenajo’rli interfaol qo’llanma samarali va keng qo’llanilish olish mumkin deb 

hisoblaymiz.  Shu  bilan  birga  elektronika,  elektrotexnika,  fizika  fanlaridan  trenajo’rli  interfaol 

qo’llanma  yaratish,  qo’llash  uslubiyati  va  samaradorligini  baholash  bo’yicha  ilmiy-pedagogik 

tadqiqotlar olib borishga e’tibor qaratish qaratish lozim deb hisoblaymiz. 



 

TEXNIK FANLARNI O’QITISHDA “LEARNING BY DOING-BAJARIB O’RGANAMAN” 

KONSEPSIYASIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI. 

 

I. T. Ergashev, J. T. Ruzimurodov,  

Samarqand davlat universiteti, Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazi 

 

Mazkur  maqolada  mazkur  maqolada  texnik  fanlarni  o’qitishda  “learning  by  doing” 



konsepsiyasini qo’llash bo’yicha o’z fikr va mulohazalarimizni keltiramiz. “Learning by doing-Bajarib 

o’rganaman”  konsepsiyasi  Amerikalik  faylasuf-pedagog  Jon  Dyui  (AQSH,  1859-1952)  va  uning 

shogirdlari va izdoshlari (U.Kilpatrik, E. Kollins, E. Parkcherst) tomonidan o’tgan asr boshlarida taklif 

qilingan bo’lib, ХХ asrda jahon pedagogik amaliyotida keng tarqalish oldi. Soddaroq talqinda bayon 

qilinsa  “Learning  by  doing-Bajarib  o’rganaman”  konsepsiyasi  asosida  “loyihalar  usuli”  yotadi. 

Xususan biror predmetdan mo’ljallangan amaliy yoki laboratoriya mashg’uloti davomida talabalarga 

loyihalar sifatida amaliy ish, laboratoriya ishi yoki topshiriqlar beriladi. Loyihani bajarish uchun zarur 

bo’lgan yangi bilim va ko’nikmalar loyihani bajarish mobaynida, unga zarurat tug’ilishi jarayonida 

berib boriladi (yoki o’quvchilar tomonidan qidiriladi), ijodiy yondoshishga undaladi. Bu usul nazariya 

va  amaliyot  o’rtasidagi  uzilish,  nazaiyadan  amaliyotga  o’tishda  yuzaga  keladigan  baryerlar 

bo’lmasligini  ta’minlaydi.  Bu  ta’lim  usuli  ayniqsa  tor  mutaxassislikka  ixtisoslashgan  texniklar, 

muxandislar  va  ishchi  xizmatchilarni  qisqa  vaqtda  tayyorlashda  o’z  avfzalliklariga  egaligini  jahon 

tajribasida o’zini ko’rsata oldi. 

Sobiq Sovet Ittifoqida o’tgan asrning 20-yillarida bu usul keng qo’llanila boshlandi ammo 1931 

yilgi  “Boshlang’ich  va  o’rta  maktab  to’g’risida”  gi  kompartiya  markaziy  komiteti  qarori  bilan 

qoralandi va ta’lim tizimidan olib tashlandi. 

Bugungi kunga kelib esa bu konsepsiyaga qiziqish ortib borishiga quyidagi ijobiy jihatlari turtki 

bo’lmoqda: 

 

o’quv jarayoninig individuallashuvi yoki shaxsga yo’naltirilgan ta’lim; 



 

yangi  muloqot  turi  va  darajasini  shakllantiruvchi  o’quvchilarning  guruh  bo’lib  ishlashida 



raqobat muhitining emas, jamoaviylik kooperatsiya ruhining shakllanishi; 

 



o’zaro muloqotga kirishuvchi barcha subyektlar (o’quvchilar, o’qituvchi va ota-onalar) orasida 

ijodiy muhit yuzaga kelishini ta’minlash; 

 

jamoa  bo’lib  ishlashda  va  kooperatsiyada  o’quvchilarning  individual  qobiliyatlarini  yuzaga 



chiqarish; 

 



amaliy ko’nikmalarning tezroq va mustahkamroq shakllanishi. 

Shu bilan birga bu konsepsiya ta’lim jarayoninig yo’naltirilganligini va natijalarning ikki tomonlama 

bo’lishini ta’minlaydi. O’quvchi shaxsiy tajribaga ega bo’la boshlaydi va bu tajriba yangidan yangi 

bilim va ko’nikmalar olishiga ko’maklashadi.  

Yuqoridagi jihatlar Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazida o’qitishning asosiy 

usullaridan biriga aylanishiga sabab bo’ldi. 

Markazda  o’qitiladigan  barcha  kasblar  “Learning  by  doing”  konsepsiyasini  joriy  qilish  va 

muaffaqiyatga erishish uchun albatta qator talablar va zaruriy shart sharoitlar zarur bo’ladi. Bular: 



“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

31 


 

 



Moddiy texnik bazaning amaliy va tajriba ishlarni bajarishga yoki loyihalar bajarish uchun 

yetarliligi 

 

 Amaliy va tajriba ishlarni bajarishda zarur bo’ladigan nazariy bilimlar va nima qilish 



kerakligini qanday bajarish kerakligini aniq ko’rsata oladigan adabiyotlar, yo’riqnomalar va kitoblar, 

kompyuter dasturlari, elektron darsliklar, videomateriallar va o’qituvchi animatsiyalar majmuasi 

zarur bo’ladi. 

 



 Har bir mashg’ulot to’liq maqsadga yo’naltirilgan holda tizimli holda olib borish qobiliyatiga 

ega bolgan malakali va tajribali o’qituvchilar talab qilinadi 

 

Ta’ilm yo’nalishi o’quv rejasi va unda ko’zda turilgan fan dasturlari “Learning by doing” 



konsepsiyasini joriy qilish uchun moslangan bo’lishi zarur. Bunda oq’uv rejasida fanlarga ajratilgan 

soatlarining asosiy qismini nazariy soatlar emas balki amaliy mashg’ulotlar soatlari tashkil qilishi 

zarur.  

 “Learning by doing” konsepsiyasini joriy qilishda ba’zi bir qiyinchiliklar ham yuzaga kelishi ham 

tabiiydir. Bu qiyinchiliklar quyidagilarda ko’rinadi: 

 



o’quv jarayonida har bir o’quvchiga individual yondashuv lozimligi ko’p vaqt va o’qituvchidan 

katta kuch va e’tibor talab qiladi; 

 

o’quvchilarning guruh bo’lib ishlash ko’nikmalarini shakllantirish va ziddiyatlardan saqlash; 



 

mashg’ulotlar jarayonida doimiy ravishda talablarini kerakli yangi nazariy va amaliy bilimlar 



bilan uzluksiz ta’minlab turish zarurati mavjudligi.  

 



o’quvchilarning individual qobiliyatlarini shakllantirishda yuzaga keladiqan qiyinchiliklar. 

 



amaliy ko’nikmalarning shakllanishida ko’r-ko’rona bajarish, tub mohiyatiga tushunmaslik. 

“Learning by doing” konsepsiyasini joriy qilishda yuzga kelishi mumkin bo’lgan yuqorida tilga 

olingan qiyinchiliklarni bartaraf qilish mumkin albatta va yechimlari quyidagilarda ko’rinadi: 

 



amaliy  va  laboratoriya  mashg’ulotlarini  o’tishda  talablar  sonining  me’yorda  bo’lishini 

ta’minlash. 

 

o’quvchilarning guruh bo’lib ishlash ko’nikmalarini shakllantirish va ziddiyatlardan saqlash; 



 

mashg’ulotlar uchun iloji boricha sodda tilda yozilgan adabiyotlar va yo’riqnomalar tayyorlash. 



Yo’riqnomalarda berilgan ma’lumotlar yetarli bo’lib talabaning o’qituvchiga savol bilan murojatini 

minimumga olib kelishi zarur. Mustaqil o’qish uchun zarur uslubiy ko’rsatmalar, asboblarning virtual 

trenajorlari va kompyuter dasturlari zarur bo’ladi.  

 



o’quvchilarning  individual  qobiliyatlarini  shakllantirishda  o’qituvchining  shaxsiy  namuna 

ko’rsatishi, o’quvchi bilan darsdan tashqari ham individual ishlar olib borishiga to’g’ri keladi; 

 

o’quvchilar amaliy ko’nikmalarini ko’r-ko’rona shakllantirmaslik uchun amaliy mashg’ulotlar 



davomida  har  bir  amal  va  vazifa  mohiyatini  tushuntirish  va  buning  uchun  kompyuter  va  axborot 

texnologiyalaridan keng foydalanish yaxshi samara beradi. 



Xulosa o’rnida quyidagi takliflarni bildirmoqchimiz. 

Texnik fanlarni o’qitishda “learning by doing” usulini keng qo’llash bo’yicha ilmiy-pedagogik 

tadqiqotlar  va  pedagogik  tajribalar  olib  borish  zarur.  “Learning  by  doing”  usulining  mohiyatini  va 

amaliy  qo’llanilishi  bo’yicha  aniq  mutaxassisliklar  uchun  mo’ljallangan  metodik  tavsiyalar  ishlab 

chiqish zarur. Pedagog  kadrlarni qayta tayyorlash va  malaka oshirish  muassasalarida  “Learning by 

doing” konsepsiysi haqida pedagog kadrlarga keng ma’lumot berish va treninglar tashkil qilish zarur.  

Muxandislik,  texnik  sohalar  mutaxasisliklarini  o’qitishda  “Learning  by  doing”  konsepsiysini 

qo’llash  yuqori  amaliy  malakaga  ega  bo’lgan  kadrlar  tayyorlashga  katta  zamin  yaratdi  deb 

hisoblaymiz. 

 

 



HAVODAGI TOVUSH TEZLIGINING HARORATGA BOG'LIQLIGINI INNOVATSION 

CASSY LAB 2 ILOVASI YORDAMIDA O'RGANISH. 

 

“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

32 


 

B.F.Izbasarov ,T.Soliyev,. NavDPI 

 

Oliy ta’limning bakalavriat bosqichida fizika kursi bo‘limlari mazmunini o‘zlashtirishi imkon 



beradigan laboratoriya mashgulotlarining yangi modelini ishlab chiqish, ular vositasida talabalarning 

o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirish, laboratoriya ishlanmalari strukturasini(tartibini) zamon talablari 

asosida  qayta  ko‘rib  chiqish,  uning  statistika  va  dinamikasini  aniqlash,  mazkur  o‘qitish  vositalari 

samaradorligini  ta’minlovchi  laboratoriya  mashgulotlari  o‘tkazish  metodikasini  yaratish  va  ularni 

o‘quv  jarayoniga  tadbiq  etish,  talabalarda  eksperimentlarning  mazmun-mohiyatini  tavsiflashning 

innovatsion  uslublarini  yaratish,  ularda  tarixiy  asoslar  yordamida  bo‘lajak  fizika  o‘qituvchisi 

kompetentligini shakllantirish bugungi kundagi dolozarb masalalardan biridir.Shu sababli zamonaviy 

Sensor-CASSY qurilmalari yordamida yangi innovatsion labaratoriya ishini o’kazishning uslibiyotini 

keltirmoqchimiz. 

Kerakli asbob va qurilmalar: Sensor-CASSY, CASSY Lab 2, Timer, Haroratni o'lchash bloki, 

NiCr-Ni  harorat  sensori  yoki  NiCr-Ni  S  adapter,  NiCr-Ni  harorat  sensori,  K  tipli,  Tovush  tezligini 

qayd qilish qurilmasi, Quvur va ga'ltaklar uchun taglik, Yuqori chstotali tovush dinamigi,

 

Universal 



mrikofon,

 

Transformator  



12 V/3.5 A,

 

Shkalali metall rels, 0.5 m, Egarsimon izolyatsiyali taglik,



 

ulovchi simlar, Windows 

XP/Vista/7/8 OT kompyuter. 

Ishning tasnifi

 

Mazkur tajriba tovush impulsining  havodagi tarqalish tezligini gruppaviy va  fazaviy tezliklari 

teng bo'lgan holda aniqlaydi. Tovush impulsi "titrovchi" membranali karnayga arrasimon kuchlanish 

berib hosil qilinadi. Bunda zarb natijasida havoda zarb to'lqini hosil bo'ladi. Tovush impulsi mikrofon 

yordamida karnaydan  malum  masofada qabul qilinadi.

𝑐-tovush tezligini aniqlash uchun biz, tovush 

impulsining  karnayda  hosil  bolishi  va  mikrofonda  qabul  qilinishi  orasidagi  t  vaqtini  o'lchaymiz. 

Karnayda  shakllanadigan  impulsning  aniq  boshlanish  nuqtasini  to'g'ridan-to'g'ri  aniqlab 

bo'lmaydi.Shuning  uchun  mikrofonni  bir  marta 

𝑠

1



  ikkinchi  marta 

𝑠

2



  nuqtaga  qo'yib  o'lchash  olib 

boriladi. Tovush tezligi 

𝛥𝑠  =   𝑠

1

− 𝑠



2

 yo'llar farqi va o'tish vaqtlari farqi 

𝛥𝑡  =   𝑡

1

− 𝑡



2

 nisbati kabi 

quyidagicha  aniqlanadi 

𝑐  =  𝛥𝑠/𝛥𝑡.Tovush  qurilmasiga  isitgichdan  isitilgan  havo  yuboriladi  shu 

bilan  birga  shu  vaqtda  bu  qurilma  o'lchashga  ta'sir  qiluvchi  tashqi  faktorlar  harorat  farqi  va  havo 

konveksiyasi kabilarni  blokirovka qiladi. Bu tizimda 

𝑝 bosim o'zgarmas saqlanadi (atrof muhitning 

amaldagi bosimi ). 

𝑇 harorat ortishi bilan 𝜌 havo zichligi kamayadi va tovish tezligi ortadi. 

Ishning bajarish tartibi 

1) Xona haroratidagi o'lchashlar 



a) Qurilmani ishga tushuring 

b) sekundomer orqali o'lchashlarni bir necha marta takrorlang. 

c) Siljiydigan kontaktga ega bo'lgan mikrofon butun yo'l davomida plastik quvur ichida bo'lib, 

metall relsda 

𝛥𝑠 masofada o'zgarishlarni seza oladi. 

d) sekundomer orqali o'lchashlarni bir necha marta takrorlang 

e) 

 𝑐  =  𝛥𝑠/𝛥𝑡  ifodadan  foydalanib  tovush  tezligini  aniqlang  (Draw  Mean  dan  foydalanib 

grafikdan tovush o'tishi vaqtining o'rtacha qiymatini aniqlang). 

2) Haroratga bog'liqligini o'lchash 



a) Qurilmani ishga tushiring 

b) Universal mikrofonni o'rnating. 

c) Xona haroratida yana o'tish vaqtini aniqlang va aniqlangan tovush tezligidan foydalanib 

𝑠 =


𝑐 · 𝛥𝑡𝐴1 mikrofan va dinamik orasidagi masofani hisoblang, hamda bu qiymatni jadvalga yozing (s-

ustundagi birinchi qatorga kiriting). 



d)  Qizdirgichni  ta'minlash  manbaiga 

(12 𝑉 , 𝑡𝑜𝑘 3.5 𝐴 𝑎𝑡𝑟𝑜𝑓𝑖𝑑𝑎)  himoyalangan  kabell  bilan 

ulang. 

e) Tok o'tish vaqtini orqali har 

5 °𝐶 da aniqlang. 



Tajriba qurilmasi (rasmga qarang) 

“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

33 


 

a) Isitgichni tovush tezligini o'lchash qurilmasidagi plastik quvurga tutashtiring. 

b)  Plastik  quvurni  quvur  va  shlanglaar  uchun  mo'ljallangan  taglikka  joylashtiring  va  yuqori 

chastotali karnayni iloji boricha mushtahkam o'rnating. 

c)  Universal  mikrofonni  o'rtadagi  tirqishga  taxminan  1  sm  chuqurlikka  o'rnting  va 

harkatlanganda  quvur    ko'ndalang    kesimiga  parallel  qolishini  ta'minlang.  Universal  mikrofon 

rezimlarni  tanlash  muruvatini  "Trigger"  (ishga  tushurish)  holatiga  o'tkazing.  Mikrofonni  ishga 

tushirishni esdan chiqarmang. 

d) Darajalangan metall relsni tezda egarsimon tutgich ostiga qo'ying. 

e) Sensor-CASSY dagi 

𝐴 kirishga timerni va 𝐵 kirishga haroratni qayd qilish qurilmasini ulang 

va zajirni rasmdagi kabi ulang, 

𝑆  ta'minlash manbaidan kuchlanishni maksimal qilib o'rnating. 

 

Xulosa. 

Xona  haroratida  tovush  tezligini  aniqlaganingizda  (a-holda)  mikrofon  va  dinamik  o'rtasidagi 

masofadir. b) holda komyuter dasturi har bir  ΔtA1 o'tish vaqtida tovush tezligining to'gri qiymatini 

simulyatsiyalab  hisoblaydi.  Tovush  tezligi  qiymati  o'lchash  (tajriba)  davomida  Harorat  ekranida 

harorat funksiyasi sifatida yozib boriladi. Tuzatma kiritilgan to'g'ri chiziqni adabiyotlarda keltirilgan 

quyidagi  qiymat  bilan  solishtirishingiz  mumkin. 

𝑐  =   (331.3  +  0.6  · 𝜗/°𝐶) 𝑚/𝑠.  orqali 

o'lchashlarni bir necha marta takrorlang. 

 

UMUM TA’LIM MAKTABLARIDA FIZIKA FANIDAN MASALALAR YECHISHDA 



ZAMONAVIY O`QITISH USLUBLARIDAN FOYDALANISH 

 

To`rtko`l tumani № 46 umum ta`lim o`rta maktabo`qituvchisi Utebaev G, 

Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI 4 –kurs talabasi Arzibekov M 

 

Hozirgi  kunda  ta`lim  jarayonida  interfaol  metodlar,  innovatsion  texnologiyalar,  pedagogik  va 



axborot  texnologiyalarni  qo`llashga  bo`lgan  e`tibor  kundan-kunga  kuchayib  bormoqda.  Zamonaviy 

pedagogik texnologiyalar o`quvchilar egallagan bilimlarni o`zlari qidirib topishga, mustaqil o`rganib, 

tahlil qilishga, hatto xulosalarni o`zlari to`liqtirishga o`rgatadi. 

Albatta, fizik bilim olish anchagina murakkab jarayon bo‘lib, bu o‘quvchilarda alohida texnik 

qobiliyat talab qiladiki, bunda o‘quvchi eng avvalo boshlang‘ich matematik bilimga ega bo‘lmog‘i 

kerak.  Fizikani  o‘rganuvchi  texnik  qurilmalar  bilan  tanish  bo‘lish  va  ularning  ishlash  jarayoniga 

qiziqish  eng  asosiy  jihatlaridan  biridir.  Bugungi  kunga  kelib,  fizika  fanini  yaxshi  o‘zlashtiruvchi 

o‘quvchilar  kamaymoqda,  chunki  birinchidan  texnik  vositalar  yetarlik  emas,  ikkinchidan  maktab 

laboratoriyasida fizikaviy jihozlar to‘liq emasligini ko‘rsatish mumkin.  

Fizika fanini o‘rganishda faqatgina darslarda olinadigan bilimlarga suyanib bo‘lmaydi. Buning 

uchun  qo‘shimcha  darslar  tashkil  etish  va  o‘quvchilarni  o‘z  ustida  ishlashga  o‘rgatish  lozim.  Bu 

amallar  fizika  fani  to‘garaklarida  va  qo‘shimcha  dars  mashg‘ulotlarida  amalga  oshiriladi.  [1]  Fizik 

masalalarni yechish o‘quvchilardan fizik hodisa va jarayonlar haqida yuqori tasavvur talab etadi. Fizik 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

34 


 

masala  odatda  kichkina  muammo  bo‘lib,  fizik  metod  va  qonunlarga  suyangan  holda,  mantiqiy 

mulohaza  etish,  matematik  hisoblashlar  va  eksperiment  yordamida  hal  qilinadi.  Fizik  masalalarni 

yechish jarayonida, asosiy fizik kattaliklar, qonunlar va hodisalar to‘g‘risida real tushunchalar hosil 

qilishga qaratiladi. Muntazam ravishda fizik masalalarni yechib borish, o‘quvchilarni ijodiy ishlashga, 

mustaqil fikrlash va amaliy izlanishga o‘rgatadi. O‘quvchilar tomonidan fizik  masalalarni mustaqil 

yechishni tashkil etish, muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. O‘quvchilarda mehnat sevarlik va maqsad 

sari intiluvchanlik xarakterlari mustahkamlanadi. Masalalar yechish orqali o‘quvchilarga zamonaviy 

fan  va  texnika  yutuqlari  haqidagi  axboratlarni  berish  mumkin.  O‘quvchilarni  fizik  masalalarni 

yechishga  o‘rgatish,  murakkab  pedagogik  muammolardan  biri  hisoblanadi  hamda  ularni  fizik 

masalalarni  yechishga  o‘rgatish  jarayoni  o‘qituvchidan  o‘qitishning  turli  uslublaridan  keng 

foydalanishni talab qiladi.  

Masalan,  Umum  ta’lim  maktablarida  6-11  sinflarida  fizika  fanidan  masalalar  yechishda, 

mavzularini  aks  ettiruvchi  plakatlar,  chizmalar,  kompyuter  va  videoproektor,  ―Axborotnomaning 

mavzulashtirilgan  testlari  va  birliklar  yozilgan  ko‘rgazmali  plakatlardan  foydalanish  bilan  qator 

o`qitishning klaster, debat, kichik gruhlarda, aqliy hujim uslublaridan foydalanish maqsadga muvofiq 

hisoblanadi. Darsda ishlatiladigan asosiy qonun, tushuncha va formulalarning o‘rinlarini almashtirib, 

ekranda tasvirlab, o‘quvchilardan fizika fanining bo‘limlariga doir qonunlarini to‘g‘ri tarzda tasvirlab 

berishlari so‘raladi. [3] 

Har  bir  formula  yoniga  ularning  birliklarini  yozish  talab  etiladi.  Shundan  so‘ng  berilgan 

formulalardan  kerakli  kattaliklarni  topish  kerakligi  aytiladi,  so‘ngra  o‘quvchilarda  formula  va 

qoidalardan  foydalanib  masalalar  yechish  uchun  ichki  imkoniyatlar  paydo  bo‘ladi.  Masala  yechish 

namunasi ko‘rsatiladi. Shunday qilib o‘quvchilar masalalarni mustaqil ishlash uchun hamma yetarli 

ma‘lumotlarga ega bo‘ladilar. So‘ngra ekranda kichik guruhlarga mustaqil yechish uchun masalalar 

havola etiladi. [2] Har bir guruhning topshiriqlarini qanday bajarganligi va o‘rni, sardorlar topshirgan 

natijalarni tekshirish orqali belgilanadi. Fizikadan masalalar yechish o‘quvchilar bilimni oshiribgina 

qolmay, fanga bo‘lgan qiziqishini ortishi bilan birga, ularning hayotiy tafakkuriga, tasavvuriga ham 

katta hissa qo‘shadi. Natijada ularning nazariy tayyorgarligi kuchayadi va ularda olamning zamonaviy 

tabiiy ilmiy manzarasi yetarli darajada shakllanadi.  

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 

1. N. Turdiev, Z. Sangirova, N. Ne`matova Fizika, 6-sinf o`qutuvchilar uchun qo`llanma 

2. A. Yunusaliev, Fizika Universal qo`llanma Toshkent 2015 yil 

3.  R.  Ishmuhamedov,  A.  Abduqodirov,  A.  Pardaev.  Ta`limda  innovatsion  texnologiyalar  Toshkent, 

2008 yil  

 


Yüklə 11,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin