FIZIKA DARSLARIDA ELEKTRON LUG’ATLARDAN FOYDALANISH
METODIKASI
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
28
Rahmatov Ilhom Ismatovich-Buxoro davlat universiteti Fizika kafedrasi dotsenti
Rahmatova Shohinur Ilhomovna-Buxoro davlat universiteti xorijiy filologiya yo’nalishi
talabasi
Har bir insonning madaniyatlilik darajasi uning xorijiy tillarni bilishi bilan hambelgilanadi. Har
bir xorijiy tilni bilgan inson o’sha til va millatning madaniyatini ham biladi. Xuddi shunday
O’zbekiston Respublikasida ham tillarni bilishga katta e’tibor qaratilmoqda. O’rta umumta’lim
makatablarida ingliz tilini birinchi sinfdan o’rganish bo’yicha chiqarilgan Davlat qaroriga ham 7 yil
to’ldi. Hozirda birinchi sinfdan ingliz tilini o’qishni boshlagan o’quvchilar 7-sinfda o’qishmoqda.
Fizika darslarida ularga ingliz tilida va rus tilida fizik terminlarning ta’rifi aytilsa yanada yaxshiroq
natijalarga erishish hamda o’quvchilarni til bilish darajasini oshirish mumkin.
1-rasm.Elektron lug’atdan izlash oynasi
Shuni nazarda tutib bizlar fizik terminlarni inglizcha ruscha va o’zbekcha tarjima ta’riflarini
to’pladik. Shu asosda dastur tuzub unga terminlarni joylashtirib chiqdik. Bu dasturni kompyuterda
yoki smartfonlarga yuklab olib ishlatish mumkin.
O’quvchiga kerak bo’ladigan tushunmay qolgan terminni lug’atni izlash oynasidagi “o’zbekcha”
degan satrga kiritiladi va “qidiruv” tugmasini bosiladi,(1-rasm). Unga kerakli bo’lgan ma’lumotni rus
va ingliz tilidagi tarjimasi chiqadi hamda o’zbek tilidagi ta’rifi chiqadi. Buni o’quvchi o’qib olishi
mumkin(2-rasm).
2-rasm.Elektron lug’atdan izlangan terminlar oynasi
Agarda lug’atni boyitish zarurati tug’ulsa uning “menyu” oynasida lug’at qo’shish oynasi ochiladi va
fizik termin o’zbekcha, ruscha, inglizcha nomlari va o’zbekcha izohi ko’shiladi hamda “qo’shish”
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
29
tugmasi bosiladi(3-rasm). Shundan so’ng bazaga yangi termin paydo bo’ladi. Lug’atdan foydalanish
qulay o’quvchilar ingliz, rus tilidagi so’z boyliklari oshadi, dunyo qarashi kengayadi va bilimlar
chuqurlashadi. Elektron lug’atdan barcha fizika faniga va tilga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
3-rasm. Elektron lug’atga terminlarni qo’shish oynasi
FIZIKA VA ELEKTRONIKA FANLARI BO’YICHA INTERFAOL O’QUV
QO’LLANMALARINI YARATISH VA ULARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI.
J. T. Ruzimurodov, Q.T. Xoliqov, J. Safarov, J. Jalilov, R.Hamroyev.
Samarqand davlat universiteti, Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazi
Respublikamizda Oliy ta’limda ham, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limida ham mavjud bo’lgan
dolzarb muammolardan biri bu zamonaviy, zamon talabiga javob beradigan texnik-mutaxasisliklar
bo’yicha adabiyotlar kamligi, zamonaviy emasligi, tushunish va o’zlashtirish darajasining pastligidir.
Bundan tashqari bugungi kundagi texnik taraqqiyot yuqori saviyali, yetuk, kreativ fikrlay oladigan
mutaxasislar tayyorlash talabini qo’ymoqda. Buning uchun esa fizika va elektronikani o’qitishni
ertaroq boshlash va ommaviylashtirish talab qilinadi. Shuning uchun oliy ta’limda, o’rta maktab va
kasb-hunar kollejlari, kasb-hunar markazlarida o’qitishda yangicha yondoshish vaqti keldi. Buday
yangicha yondoshuvlardan biri bo’lib “Learning by doing” ta’lim konsepsiyasini xizmat qilishi
mumkin. “Learning by doing” ta’lim konsepsiyasini joriy qilishda muaffaqiyatga erishishning asosiy
omillaidan biri bu zamonaviy adabiyotlar va o’quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanganlik
hisoblanadi. Shuning uchun fizika va elektronika bo’yicha interaktiv adabiyotlar ishlab chiqish
yuqoridagi daolzarb muammoning yechimlaridan biri bo’lib xizmat qiladi.
Maqsadimiz OTM va O’rta maxsus ta’lim muassasalarida, kasb-hunar markazlarida fizika,
elektronika va boshqa texnik fanlarni o’qitishda qo’llash mumkin bo’lgan interfaol o’quv qo’llanma
tayyorlash va undan foydalanish uslubiyatini yaratishdan iborat. Taklif qilayotgan interfaol
qo’llanmamiz “Learning by doing-bajarib o’rganaman” tamoyilini qo’llash imkoniyatini yaratadi.
Interfaol qo’llanma o’zida matnli va video tasvirli yo’riqnoma, laboratoriya ishlarini bajarish imkonini
beruvchi trenajorni birlashtirgan majmuadan iborat.
Majmua konstruktiv jihatdan ixcham qo’lda ko’tarib yurish mumkin bo’lgan chemodan-kitob
shaklida bo’lib, o’lchov asboblari paneli, tajriba maydonchasi, komponentlar va laboratoriya detallari
joylashtirilgan qism, nazariy ma’lumotlar, laboratoriya ishlari yo’riqnomasi, trenajo’rdan foydalanish
yo’riqnomasidan iborat qo’llanma kitob va CD diskda yozilgan video qo’llanmadan iborat.
Bunday interaktiv o’quv qo’llanmadan bevosita amaliy mashg’ulot davomida, darsdan tashqari
uyda yoki maxsus jihozlanmagan xonalarda mustaqil ta’lim jarayonida ham foydalanish mumkin.
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
30
Bizning fikrimizcha bunday tipdagi interfaol o’quv qo’llanmani nafaqat elektronika yoki
elektrotexnika fanlaridan fizika fanidan ham yaratish mumkin va bu bugungi kun zaruratidir.
Zamonaviy loyihalash va 3D formatda detallarni chop qilish texnologiyalarini qo’llagan holda
fizikaning mexanika, molekulyar fizika, elektr va magnetizm, optika bo’limlaridan trenajo’rli interfaol
qo’llanma yaratish imkoniyatlari mavjud. Ayniqsa umumta’lim maktablari va o’rta maxsus kasb-hunar
bilim yurtlarida bunday trenajo’rli interfaol qo’llanma samarali va keng qo’llanilish olish mumkin deb
hisoblaymiz. Shu bilan birga elektronika, elektrotexnika, fizika fanlaridan trenajo’rli interfaol
qo’llanma yaratish, qo’llash uslubiyati va samaradorligini baholash bo’yicha ilmiy-pedagogik
tadqiqotlar olib borishga e’tibor qaratish qaratish lozim deb hisoblaymiz.
TEXNIK FANLARNI O’QITISHDA “LEARNING BY DOING-BAJARIB O’RGANAMAN”
KONSEPSIYASIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI.
I. T. Ergashev, J. T. Ruzimurodov,
Samarqand davlat universiteti, Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazi
Mazkur maqolada mazkur maqolada texnik fanlarni o’qitishda “learning by doing”
konsepsiyasini qo’llash bo’yicha o’z fikr va mulohazalarimizni keltiramiz. “Learning by doing-Bajarib
o’rganaman” konsepsiyasi Amerikalik faylasuf-pedagog Jon Dyui (AQSH, 1859-1952) va uning
shogirdlari va izdoshlari (U.Kilpatrik, E. Kollins, E. Parkcherst) tomonidan o’tgan asr boshlarida taklif
qilingan bo’lib, ХХ asrda jahon pedagogik amaliyotida keng tarqalish oldi. Soddaroq talqinda bayon
qilinsa “Learning by doing-Bajarib o’rganaman” konsepsiyasi asosida “loyihalar usuli” yotadi.
Xususan biror predmetdan mo’ljallangan amaliy yoki laboratoriya mashg’uloti davomida talabalarga
loyihalar sifatida amaliy ish, laboratoriya ishi yoki topshiriqlar beriladi. Loyihani bajarish uchun zarur
bo’lgan yangi bilim va ko’nikmalar loyihani bajarish mobaynida, unga zarurat tug’ilishi jarayonida
berib boriladi (yoki o’quvchilar tomonidan qidiriladi), ijodiy yondoshishga undaladi. Bu usul nazariya
va amaliyot o’rtasidagi uzilish, nazaiyadan amaliyotga o’tishda yuzaga keladigan baryerlar
bo’lmasligini ta’minlaydi. Bu ta’lim usuli ayniqsa tor mutaxassislikka ixtisoslashgan texniklar,
muxandislar va ishchi xizmatchilarni qisqa vaqtda tayyorlashda o’z avfzalliklariga egaligini jahon
tajribasida o’zini ko’rsata oldi.
Sobiq Sovet Ittifoqida o’tgan asrning 20-yillarida bu usul keng qo’llanila boshlandi ammo 1931
yilgi “Boshlang’ich va o’rta maktab to’g’risida” gi kompartiya markaziy komiteti qarori bilan
qoralandi va ta’lim tizimidan olib tashlandi.
Bugungi kunga kelib esa bu konsepsiyaga qiziqish ortib borishiga quyidagi ijobiy jihatlari turtki
bo’lmoqda:
o’quv jarayoninig individuallashuvi yoki shaxsga yo’naltirilgan ta’lim;
yangi muloqot turi va darajasini shakllantiruvchi o’quvchilarning guruh bo’lib ishlashida
raqobat muhitining emas, jamoaviylik kooperatsiya ruhining shakllanishi;
o’zaro muloqotga kirishuvchi barcha subyektlar (o’quvchilar, o’qituvchi va ota-onalar) orasida
ijodiy muhit yuzaga kelishini ta’minlash;
jamoa bo’lib ishlashda va kooperatsiyada o’quvchilarning individual qobiliyatlarini yuzaga
chiqarish;
amaliy ko’nikmalarning tezroq va mustahkamroq shakllanishi.
Shu bilan birga bu konsepsiya ta’lim jarayoninig yo’naltirilganligini va natijalarning ikki tomonlama
bo’lishini ta’minlaydi. O’quvchi shaxsiy tajribaga ega bo’la boshlaydi va bu tajriba yangidan yangi
bilim va ko’nikmalar olishiga ko’maklashadi.
Yuqoridagi jihatlar Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazida o’qitishning asosiy
usullaridan biriga aylanishiga sabab bo’ldi.
Markazda o’qitiladigan barcha kasblar “Learning by doing” konsepsiyasini joriy qilish va
muaffaqiyatga erishish uchun albatta qator talablar va zaruriy shart sharoitlar zarur bo’ladi. Bular:
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
31
Moddiy texnik bazaning amaliy va tajriba ishlarni bajarishga yoki loyihalar bajarish uchun
yetarliligi
Amaliy va tajriba ishlarni bajarishda zarur bo’ladigan nazariy bilimlar va nima qilish
kerakligini qanday bajarish kerakligini aniq ko’rsata oladigan adabiyotlar, yo’riqnomalar va kitoblar,
kompyuter dasturlari, elektron darsliklar, videomateriallar va o’qituvchi animatsiyalar majmuasi
zarur bo’ladi.
Har bir mashg’ulot to’liq maqsadga yo’naltirilgan holda tizimli holda olib borish qobiliyatiga
ega bolgan malakali va tajribali o’qituvchilar talab qilinadi
Ta’ilm yo’nalishi o’quv rejasi va unda ko’zda turilgan fan dasturlari “Learning by doing”
konsepsiyasini joriy qilish uchun moslangan bo’lishi zarur. Bunda oq’uv rejasida fanlarga ajratilgan
soatlarining asosiy qismini nazariy soatlar emas balki amaliy mashg’ulotlar soatlari tashkil qilishi
zarur.
“Learning by doing” konsepsiyasini joriy qilishda ba’zi bir qiyinchiliklar ham yuzaga kelishi ham
tabiiydir. Bu qiyinchiliklar quyidagilarda ko’rinadi:
o’quv jarayonida har bir o’quvchiga individual yondashuv lozimligi ko’p vaqt va o’qituvchidan
katta kuch va e’tibor talab qiladi;
o’quvchilarning guruh bo’lib ishlash ko’nikmalarini shakllantirish va ziddiyatlardan saqlash;
mashg’ulotlar jarayonida doimiy ravishda talablarini kerakli yangi nazariy va amaliy bilimlar
bilan uzluksiz ta’minlab turish zarurati mavjudligi.
o’quvchilarning individual qobiliyatlarini shakllantirishda yuzaga keladiqan qiyinchiliklar.
amaliy ko’nikmalarning shakllanishida ko’r-ko’rona bajarish, tub mohiyatiga tushunmaslik.
“Learning by doing” konsepsiyasini joriy qilishda yuzga kelishi mumkin bo’lgan yuqorida tilga
olingan qiyinchiliklarni bartaraf qilish mumkin albatta va yechimlari quyidagilarda ko’rinadi:
amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini o’tishda talablar sonining me’yorda bo’lishini
ta’minlash.
o’quvchilarning guruh bo’lib ishlash ko’nikmalarini shakllantirish va ziddiyatlardan saqlash;
mashg’ulotlar uchun iloji boricha sodda tilda yozilgan adabiyotlar va yo’riqnomalar tayyorlash.
Yo’riqnomalarda berilgan ma’lumotlar yetarli bo’lib talabaning o’qituvchiga savol bilan murojatini
minimumga olib kelishi zarur. Mustaqil o’qish uchun zarur uslubiy ko’rsatmalar, asboblarning virtual
trenajorlari va kompyuter dasturlari zarur bo’ladi.
o’quvchilarning individual qobiliyatlarini shakllantirishda o’qituvchining shaxsiy namuna
ko’rsatishi, o’quvchi bilan darsdan tashqari ham individual ishlar olib borishiga to’g’ri keladi;
o’quvchilar amaliy ko’nikmalarini ko’r-ko’rona shakllantirmaslik uchun amaliy mashg’ulotlar
davomida har bir amal va vazifa mohiyatini tushuntirish va buning uchun kompyuter va axborot
texnologiyalaridan keng foydalanish yaxshi samara beradi.
Xulosa o’rnida quyidagi takliflarni bildirmoqchimiz.
Texnik fanlarni o’qitishda “learning by doing” usulini keng qo’llash bo’yicha ilmiy-pedagogik
tadqiqotlar va pedagogik tajribalar olib borish zarur. “Learning by doing” usulining mohiyatini va
amaliy qo’llanilishi bo’yicha aniq mutaxassisliklar uchun mo’ljallangan metodik tavsiyalar ishlab
chiqish zarur. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida “Learning by
doing” konsepsiysi haqida pedagog kadrlarga keng ma’lumot berish va treninglar tashkil qilish zarur.
Muxandislik, texnik sohalar mutaxasisliklarini o’qitishda “Learning by doing” konsepsiysini
qo’llash yuqori amaliy malakaga ega bo’lgan kadrlar tayyorlashga katta zamin yaratdi deb
hisoblaymiz.
HAVODAGI TOVUSH TEZLIGINING HARORATGA BOG'LIQLIGINI INNOVATSION
CASSY LAB 2 ILOVASI YORDAMIDA O'RGANISH.
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
32
B.F.Izbasarov ,T.Soliyev,. NavDPI
Oliy ta’limning bakalavriat bosqichida fizika kursi bo‘limlari mazmunini o‘zlashtirishi imkon
beradigan laboratoriya mashgulotlarining yangi modelini ishlab chiqish, ular vositasida talabalarning
o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirish, laboratoriya ishlanmalari strukturasini(tartibini) zamon talablari
asosida qayta ko‘rib chiqish, uning statistika va dinamikasini aniqlash, mazkur o‘qitish vositalari
samaradorligini ta’minlovchi laboratoriya mashgulotlari o‘tkazish metodikasini yaratish va ularni
o‘quv jarayoniga tadbiq etish, talabalarda eksperimentlarning mazmun-mohiyatini tavsiflashning
innovatsion uslublarini yaratish, ularda tarixiy asoslar yordamida bo‘lajak fizika o‘qituvchisi
kompetentligini shakllantirish bugungi kundagi dolozarb masalalardan biridir.Shu sababli zamonaviy
Sensor-CASSY qurilmalari yordamida yangi innovatsion labaratoriya ishini o’kazishning uslibiyotini
keltirmoqchimiz.
Kerakli asbob va qurilmalar: Sensor-CASSY, CASSY Lab 2, Timer, Haroratni o'lchash bloki,
NiCr-Ni harorat sensori yoki NiCr-Ni S adapter, NiCr-Ni harorat sensori, K tipli, Tovush tezligini
qayd qilish qurilmasi, Quvur va ga'ltaklar uchun taglik, Yuqori chstotali tovush dinamigi,
Universal
mrikofon,
Transformator
12 V/3.5 A,
Shkalali metall rels, 0.5 m, Egarsimon izolyatsiyali taglik,
ulovchi simlar, Windows
XP/Vista/7/8 OT kompyuter.
Ishning tasnifi
Mazkur tajriba tovush impulsining havodagi tarqalish tezligini gruppaviy va fazaviy tezliklari
teng bo'lgan holda aniqlaydi. Tovush impulsi "titrovchi" membranali karnayga arrasimon kuchlanish
berib hosil qilinadi. Bunda zarb natijasida havoda zarb to'lqini hosil bo'ladi. Tovush impulsi mikrofon
yordamida karnaydan malum masofada qabul qilinadi.
𝑐-tovush tezligini aniqlash uchun biz, tovush
impulsining karnayda hosil bolishi va mikrofonda qabul qilinishi orasidagi t vaqtini o'lchaymiz.
Karnayda shakllanadigan impulsning aniq boshlanish nuqtasini to'g'ridan-to'g'ri aniqlab
bo'lmaydi.Shuning uchun mikrofonni bir marta
𝑠
1
ikkinchi marta
𝑠
2
nuqtaga qo'yib o'lchash olib
boriladi. Tovush tezligi
𝛥𝑠 = 𝑠
1
− 𝑠
2
yo'llar farqi va o'tish vaqtlari farqi
𝛥𝑡 = 𝑡
1
− 𝑡
2
nisbati kabi
quyidagicha aniqlanadi
𝑐 = 𝛥𝑠/𝛥𝑡.Tovush qurilmasiga isitgichdan isitilgan havo yuboriladi shu
bilan birga shu vaqtda bu qurilma o'lchashga ta'sir qiluvchi tashqi faktorlar harorat farqi va havo
konveksiyasi kabilarni blokirovka qiladi. Bu tizimda
𝑝 bosim o'zgarmas saqlanadi (atrof muhitning
amaldagi bosimi ).
𝑇 harorat ortishi bilan 𝜌 havo zichligi kamayadi va tovish tezligi ortadi.
Ishning bajarish tartibi
1) Xona haroratidagi o'lchashlar
a) Qurilmani ishga tushuring
b) sekundomer orqali o'lchashlarni bir necha marta takrorlang.
c) Siljiydigan kontaktga ega bo'lgan mikrofon butun yo'l davomida plastik quvur ichida bo'lib,
metall relsda
𝛥𝑠 masofada o'zgarishlarni seza oladi.
d) sekundomer orqali o'lchashlarni bir necha marta takrorlang
e)
𝑐 = 𝛥𝑠/𝛥𝑡 ifodadan foydalanib tovush tezligini aniqlang (Draw Mean dan foydalanib
grafikdan tovush o'tishi vaqtining o'rtacha qiymatini aniqlang).
2) Haroratga bog'liqligini o'lchash
a) Qurilmani ishga tushiring
b) Universal mikrofonni o'rnating.
c) Xona haroratida yana o'tish vaqtini aniqlang va aniqlangan tovush tezligidan foydalanib
𝑠 =
𝑐 · 𝛥𝑡𝐴1 mikrofan va dinamik orasidagi masofani hisoblang, hamda bu qiymatni jadvalga yozing (s-
ustundagi birinchi qatorga kiriting).
d) Qizdirgichni ta'minlash manbaiga
(12 𝑉 , 𝑡𝑜𝑘 3.5 𝐴 𝑎𝑡𝑟𝑜𝑓𝑖𝑑𝑎) himoyalangan kabell bilan
ulang.
e) Tok o'tish vaqtini orqali har
5 °𝐶 da aniqlang.
Tajriba qurilmasi (rasmga qarang)
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
33
a) Isitgichni tovush tezligini o'lchash qurilmasidagi plastik quvurga tutashtiring.
b) Plastik quvurni quvur va shlanglaar uchun mo'ljallangan taglikka joylashtiring va yuqori
chastotali karnayni iloji boricha mushtahkam o'rnating.
c) Universal mikrofonni o'rtadagi tirqishga taxminan 1 sm chuqurlikka o'rnting va
harkatlanganda quvur ko'ndalang kesimiga parallel qolishini ta'minlang. Universal mikrofon
rezimlarni tanlash muruvatini "Trigger" (ishga tushurish) holatiga o'tkazing. Mikrofonni ishga
tushirishni esdan chiqarmang.
d) Darajalangan metall relsni tezda egarsimon tutgich ostiga qo'ying.
e) Sensor-CASSY dagi
𝐴 kirishga timerni va 𝐵 kirishga haroratni qayd qilish qurilmasini ulang
va zajirni rasmdagi kabi ulang,
𝑆 ta'minlash manbaidan kuchlanishni maksimal qilib o'rnating.
Xulosa.
Xona haroratida tovush tezligini aniqlaganingizda (a-holda) mikrofon va dinamik o'rtasidagi
masofadir. b) holda komyuter dasturi har bir ΔtA1 o'tish vaqtida tovush tezligining to'gri qiymatini
simulyatsiyalab hisoblaydi. Tovush tezligi qiymati o'lchash (tajriba) davomida Harorat ekranida
harorat funksiyasi sifatida yozib boriladi. Tuzatma kiritilgan to'g'ri chiziqni adabiyotlarda keltirilgan
quyidagi qiymat bilan solishtirishingiz mumkin.
𝑐 = (331.3 + 0.6 · 𝜗/°𝐶) 𝑚/𝑠. orqali
o'lchashlarni bir necha marta takrorlang.
UMUM TA’LIM MAKTABLARIDA FIZIKA FANIDAN MASALALAR YECHISHDA
ZAMONAVIY O`QITISH USLUBLARIDAN FOYDALANISH
To`rtko`l tumani № 46 umum ta`lim o`rta maktabo`qituvchisi Utebaev G,
Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI 4 –kurs talabasi Arzibekov M
Hozirgi kunda ta`lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va
axborot texnologiyalarni qo`llashga bo`lgan e`tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy
pedagogik texnologiyalar o`quvchilar egallagan bilimlarni o`zlari qidirib topishga, mustaqil o`rganib,
tahlil qilishga, hatto xulosalarni o`zlari to`liqtirishga o`rgatadi.
Albatta, fizik bilim olish anchagina murakkab jarayon bo‘lib, bu o‘quvchilarda alohida texnik
qobiliyat talab qiladiki, bunda o‘quvchi eng avvalo boshlang‘ich matematik bilimga ega bo‘lmog‘i
kerak. Fizikani o‘rganuvchi texnik qurilmalar bilan tanish bo‘lish va ularning ishlash jarayoniga
qiziqish eng asosiy jihatlaridan biridir. Bugungi kunga kelib, fizika fanini yaxshi o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilar kamaymoqda, chunki birinchidan texnik vositalar yetarlik emas, ikkinchidan maktab
laboratoriyasida fizikaviy jihozlar to‘liq emasligini ko‘rsatish mumkin.
Fizika fanini o‘rganishda faqatgina darslarda olinadigan bilimlarga suyanib bo‘lmaydi. Buning
uchun qo‘shimcha darslar tashkil etish va o‘quvchilarni o‘z ustida ishlashga o‘rgatish lozim. Bu
amallar fizika fani to‘garaklarida va qo‘shimcha dars mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi. [1] Fizik
masalalarni yechish o‘quvchilardan fizik hodisa va jarayonlar haqida yuqori tasavvur talab etadi. Fizik
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
34
masala odatda kichkina muammo bo‘lib, fizik metod va qonunlarga suyangan holda, mantiqiy
mulohaza etish, matematik hisoblashlar va eksperiment yordamida hal qilinadi. Fizik masalalarni
yechish jarayonida, asosiy fizik kattaliklar, qonunlar va hodisalar to‘g‘risida real tushunchalar hosil
qilishga qaratiladi. Muntazam ravishda fizik masalalarni yechib borish, o‘quvchilarni ijodiy ishlashga,
mustaqil fikrlash va amaliy izlanishga o‘rgatadi. O‘quvchilar tomonidan fizik masalalarni mustaqil
yechishni tashkil etish, muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. O‘quvchilarda mehnat sevarlik va maqsad
sari intiluvchanlik xarakterlari mustahkamlanadi. Masalalar yechish orqali o‘quvchilarga zamonaviy
fan va texnika yutuqlari haqidagi axboratlarni berish mumkin. O‘quvchilarni fizik masalalarni
yechishga o‘rgatish, murakkab pedagogik muammolardan biri hisoblanadi hamda ularni fizik
masalalarni yechishga o‘rgatish jarayoni o‘qituvchidan o‘qitishning turli uslublaridan keng
foydalanishni talab qiladi.
Masalan, Umum ta’lim maktablarida 6-11 sinflarida fizika fanidan masalalar yechishda,
mavzularini aks ettiruvchi plakatlar, chizmalar, kompyuter va videoproektor, ―Axborotnomaning
mavzulashtirilgan testlari va birliklar yozilgan ko‘rgazmali plakatlardan foydalanish bilan qator
o`qitishning klaster, debat, kichik gruhlarda, aqliy hujim uslublaridan foydalanish maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Darsda ishlatiladigan asosiy qonun, tushuncha va formulalarning o‘rinlarini almashtirib,
ekranda tasvirlab, o‘quvchilardan fizika fanining bo‘limlariga doir qonunlarini to‘g‘ri tarzda tasvirlab
berishlari so‘raladi. [3]
Har bir formula yoniga ularning birliklarini yozish talab etiladi. Shundan so‘ng berilgan
formulalardan kerakli kattaliklarni topish kerakligi aytiladi, so‘ngra o‘quvchilarda formula va
qoidalardan foydalanib masalalar yechish uchun ichki imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Masala yechish
namunasi ko‘rsatiladi. Shunday qilib o‘quvchilar masalalarni mustaqil ishlash uchun hamma yetarli
ma‘lumotlarga ega bo‘ladilar. So‘ngra ekranda kichik guruhlarga mustaqil yechish uchun masalalar
havola etiladi. [2] Har bir guruhning topshiriqlarini qanday bajarganligi va o‘rni, sardorlar topshirgan
natijalarni tekshirish orqali belgilanadi. Fizikadan masalalar yechish o‘quvchilar bilimni oshiribgina
qolmay, fanga bo‘lgan qiziqishini ortishi bilan birga, ularning hayotiy tafakkuriga, tasavvuriga ham
katta hissa qo‘shadi. Natijada ularning nazariy tayyorgarligi kuchayadi va ularda olamning zamonaviy
tabiiy ilmiy manzarasi yetarli darajada shakllanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. N. Turdiev, Z. Sangirova, N. Ne`matova Fizika, 6-sinf o`qutuvchilar uchun qo`llanma
2. A. Yunusaliev, Fizika Universal qo`llanma Toshkent 2015 yil
3. R. Ishmuhamedov, A. Abduqodirov, A. Pardaev. Ta`limda innovatsion texnologiyalar Toshkent,
2008 yil
Dostları ilə paylaş: |