Garmonik tebranma harakat kinematikasi va dinamikasi. Garmonik t
1-MA’RUZA: TEBRANMA HARAKATLAR. REJA:
Garmonik tebranma harakat kinematikasi va dinamikasi.
Garmonik tebranma harakat energiyasi.
Matematik, fizik, prujinali mayatniklar va tebranish konturi.
4. So‘nuvchi va majburiy mexanik tebranishlar
Tayanch iboralar: Talabalarga garmonik tebranma harakat kinematikasi va dinamikasi, garmonik tebranma harakat energiyasi,matematik, fizik, prujinali mayatniklar va tebranish konturi to’g’risida ma’lumot berish.
Garmonik tebranma harakat kinematikasi va dinamikasi Vaqt o‘tishi bilan takrorlanuvchi harakat yoki fizik jarayonlar tebranishlar deb ataladi. Tabiatda va texnikada tebranma harakatlar keng tarqalgandir. Misol uchun soat mayatnigining tebranishi, o‘zgaruvchan elektr toki va boshqalar. Shuning uchun tebranma harakatlarning fizik tabiatiga qarab ularni mexanik, elektromagnit va boshqa tebranishlarga ajratish mumkin. Ammo tebranma harakat yoki jarayonlar turli bo‘lishiga qaramay, ularning barchasi umumiy qonuniyatlar asosida yuzaga keladi.
Sodda garmonik harakatda jismning tezlanishi uning muvozanat holatidan jism holatigacha bo`lgan masofaga to`g`ri proparsional bo`ladi. Jism yoki fizik jarayon muvozanat vaziyatiga ega bo‘lishi zarur va uni shu holatidan chiqarish va avvalgi vaziyatiga qaytaruvchi kuchlar mavjud bo‘lishi kerak. Agar jism dastlab olgan energiyasi hisobiga muvozanatdan chiqib, tashqi kuch bo‘lmagan holatida o‘z tebranishlarini ancha vaqt amalga oshirib tursa, bunday tebranishlar erkin yoki xususiy tebranishlar deb ataladi. Ular orasida eng sodda ko‘rinishi garmonik tebranishlardir. Garmonik tebranishlarda tebranuvchi kattaliklar vaqt o‘tishi bilan sinus yoki kosinus qonuniyatlariga bo‘ysungan holda o‘zgarishi kuzatiladi:
, (1)
bu yerda u – tebranuvchi kattalik, A - tebranuvchi kattalikning amplitudasi (maksimal siljishi), - doiraviy yoki tsiklik chastota, j t = 0 vaqtdagi tebranishning boshlang‘ich fazasi, . t – vaqtdagi tebranish fazasi.