Gaz ballonli avtomobillarning ta’minlash tizimini takomillashtirish usullari. Abdullaev Abdupatto Salimovich, katta o‘qituvchi, Andijon mashinasozlik instituti. Aminboyev Abdulaziz Shuhrat o’g’li, talaba, Andijon mashunasozlik instituti



Yüklə 24,56 Kb.
səhifə1/3
tarix05.11.2022
ölçüsü24,56 Kb.
#67499
  1   2   3
Gaz balonli avtomobillarni takomillashtirish


GAZ BALLONLI AVTOMOBILLARNING TA’MINLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI.
Abdullaev Abdupatto Salimovich, katta o‘qituvchi, Andijon mashinasozlik instituti.
Aminboyev Abdulaziz Shuhrat o’g’li, talaba, Andijon mashunasozlik instituti.
Annotatsiya. Ushbu maqolada gaz ballonli avtomobillarning ta’minlash tizimi, uning ishlash prinspi hamda avtomobillarga o’rnatilayotgan gaz uskunalarining turlari tahlil etilgan.
Kalit so’zlar: avtomobil, dvigatel, ta’minlash tizimi, siqilgan tabiiy gaz, gaz ballon, xavfsizlik, gaz uskunalari.
Аннотация. В этой статье анализируется система питания автомобилей с газовыми баллонами, принцип ее работы и типы газового оборудования, установленного в автомобилях.
Ключевые слова: автомобиль, двигатель, система питания, сжатый природный газ, газобаллон, безопасность, газовое оборудование.
Abstract. This article analyzes the gas supply system cars with gas cylinders, its principle of operation and the types of gas equipment installed in cars.
Key words: car, engine, supply system, compressed natural gas, gas cylinder, safety, gas equipment.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so'ng mamlakatimizda avtomobil sanoati shiddat bilan rivojlana boshladi. Avtomobillar soni kundan-kunga oshib bormoqda. Bu esa o’z navbatida mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblangan avtomobilsozlik sanoatiga xalq xo'jaligining barcha talablariga javob beradigan va atrof-muhitga kam zararli moddalar chiqaradigan shuningdek, yonilg'i tejamkorligi yuqori avtomobillarni ishlab chiqarish tarkibini oshirish va takomillashtirish vazifasini yuklaydi[1].
Avtomobil yonilg'isi sifatida qo'llaniladigan benzin va dizel yonilg'ilariga bo'lgan talabning o'sishi ularga muqobil yonilg'ilardan foydalanishni taqozo etmoqda. Hozirgi kunda tannarxi jihatidan arzon bo'lgan tabiiy gazlardan avtomobillarning yonilg'isi sifatida foydalanish keng yo'lga qo'yilgan. Respublikamizda tabiiy gazning ko'plab zahiralari bor va bu zahiralarda yuqori sifatli tabiiy gazlar bo'lib ulardan avtomobil dvigatellari uchun yonilg'i sifatida foydalanishda ortiqcha gazni qayta ishlash yoki kimyoviy usullarda ishlov berish texnologiyalari qo'llanilmasdan, to'g'ridan-to'g'ri yonilg'i sifatida foydalanish mumkin[3]. Bundan tashqari motor yonilg'isi sifatida qo'llaniladigan tabiiy gaz tannarxi jihatidan boshqa yonilg’i turlariga nisbatan ancha arzon turadi. Shu sababli hozirda respublikamizda avtomobillarning taxminan 70-80 % qismi tabiiy gaz yonilg’isida harakatlanmoqda [2].
Bundan tashqari motor yonilg'isi sifatida qo'llaniladigan tabiiy gaz neft mahsulotlaridan bir qancha afzalliklari bilan ustun turadi. Ulardan foydalanishda dvigatelning yuqori texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlariga erishiladi, chunki tabiiy gaz juda yaxshi antidetonatsion hossalarga ega, havo bilan aralashma hosil qilishi xususiyati juda yaxshi va havo bilan istalgan nisbatda aralashmalar hosil qilishi mumkin. Gazli dvigatellarda aralashma deyarli to'liq yonadi va ishlatilgan gazlarning zaharliligi ancha past bo'lganligidan atrof-muhit kam zararlanadi.
Asosiy agregatlar va dvigatel tizimlariga ko'ra, siqilgan gaz bilan ishlaydigan transport vositalarini hozirgi ishlab chiqarilayotgan benzinli dvigatelli avtomashinalar bilan birlashtirish darajasi o'rtacha 90% ni tashkil qiladi. Shu sababli, gaz yonilg'isiga o'tkazishda asosan karbyuratorli va injektorli dvigatelli avtomobillarning konstruksiyasini tubdan o'zgartrishni talab qilmaydi[4].
Siqilgan tabiiy gaz normal sharoitlarda istalgan bosimda gazsimon holatda bo'lib, ularga asosan metan va vodorod kiradi. Metan 20 MPa bosimgacha siqiladi va qalin devorli ballonlarda saqlanadi. Gazlarning qo'llanilishi porshen va gilza devorlaridan moy pardasining yuvilib ketishiga barham beradi, yonish kameralarida qurum hosil bo'lishini kamaytiradi, benzin bug'lari bo'lmaganligi uchun silindr gilzalarining devorlaridagi moy kuyib ketmaydi, natijada dvigatelning ishlash muddati va moy almashtirish davri 1,5-2 martaga uzayadi.
Biroq, gaz ballonli avtomobillarda ta'minlash tizimi murakkab, yong'in va portlash xavfsizligiga qo'yiladigan talablar esa yuqori bo'ladi. Gaz havo bilan aralashganda benzinga nisbatan ko'p hajmni egallagani uchun gazli dvigatellarning quvvati karbyuratorli dvigatelga qaraganda 10-20% kam bo'ladi[2]. Shuningdek, tabiiy gazning motor yonilg'si sifatida asosiy kamchiliklaridan biri hajmiy konsentratsiya energiyasining kamligidadir. Agar bir litr suyuq yonilg'ining yonishdagi issiqlgi 31426 kDj bo'lsa, normal sharoitlarda tabiiy gaz uchun bu qiymat 33,52–35,62 kDj ni tashkil etadi, Shu sababga ko'ra gazdan transport vositalarida motor yonilg'isi sifatida foydalanish uchun gazni dastlab yuqori bosim 20-25 MPa ga siqish kerak, buning uchun maxsus kompressor qurilmalaridan foydalanishni taqazo qiladi[3].
Gaz yonilg'isining qo'llanilishi dvigateldan chiqayotgan ishlatilgan gazlar tarkibidagi zararli uglerod oksidi, azot ikki oksidi va uglevodorodlarning umumiy miqdorini kamaytiradi. Ayniqsa ishlatilgan gaz tarkibida qo'rg'oshin umuman bo'lmaydi.
Chiqayotgan gazlarning zaharliligi gaz yonilg'isini yoqqanda benzin bilan ishlagandagidan ko'ra 3marta kam, dvigatel ishchi rejimini to'g'ri tanlaganda undan chiqayotgan shovqinlar darajasi kam va bu holat ayniqsa shahar sharoitida muhim hisoblanadi [2].
Karbyuratorli yoki injektorli dvigatellarni gaz yonilg’isiga o’tkazish ularni ikki xil yonilg’i tizimlarida ya’ni gaz va benzin yonilg’ilarida ishlashini ta’minlaydi. Ikkita yonilg’i tizimidan foydalanish avtotransport vositalarining umumiy quvvat zaxirasini ko'paytirish va ularning hajmini kengaytirishga yordam beradi.
Gaz yonilg’isida harakatlanayotgan transport vositalarining soni oshishi bilan gaz uskunalarini va gaz yonilg’isida harakatlanayotgan avtomobillarning yonilg’i ta’minlash tizimini takomillashtirishni taqozo etmoqda. Hozirgi kunda respublikamizda gaz yonilg’isida harakatlanayotgan avtomobillarga gaz uskunalarining quyidagi 4ta avlodi o’rnatilmoqda.

Yüklə 24,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin