Gaz jihozlari p65


bob. XIZMATLAR STRUHTURASI VA GAZ XO‘JALIGINI BOSHQARISH



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə2/4
tarix27.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#135483
1   2   3   4
Kitob 3268 uzsmart.uz

bob. XIZMATLAR STRUHTURASI VA GAZ XO‘JALIGINI BOSHQARISH


=hahar gaz xo‘jaligi tizimida foydalanishdagi asosiy vazifalar: iste'molchilarni gaz bilan uzluksiz ta'minlash; undan xavfsiz foydalanish; gaz tarmoqlaridagi bosimni zarur darajada tutib turish; gaz quvurlari va asboblardagi shikastlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda tuzatish; qurilgan gaz quvurlarini qabul qilish va ishga tushirishdan iborat.


Hozirgi vaqtda viloyat, o‘lka miqyosida gaz bilan ta'minlash tizimlaridan foydalanish (ekspluatatsiya qilish) ishlarini viloyat, o‘lka birlashmalari amalga oshiradi. Mamlakatimizda hozirgacha yagona gaz xo‘jaligi strukturasi yo‘q. Masalan, viloyat, o‘lka yoki muxtor respublika gaz xo‘jaligidan tashkiliy-texnikaviy foydalanish uchun viloyat, o‘lka, respublika ishlab chiqarish birlashmalari yoki bosh- qarmalar tuzilgan (1-rasm).
Viloyat, o‘lka, respublika ishlab chiqarish birlashmalari yoki boshqarmalari gaz xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyati boshqarmalar yoki trestlar orqali boshqariladi. Gaz xo‘jaligi boshqarmalar yoki trestlarining asosiy funk- siyalari — bu gazni sotish rejalarini bajarish, gaz xo‘jaligini avariyasiz ekspluatatsiya qilish, korxonalarni gaz yoqilg‘isiga o‘tkazish va gazdan ratsional foydalanishni nazorat qilish, ilg‘or texnika va texnologiyani joriy qilish, gaz jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatilishiga rahbarlik qilish, gazlashtirish va gaz bilan ta'minlash sohasida ilmiy-texnik axborotni tashkil qilish, kadrlar tayyorlash, mehnatni muhofaza qi- lish va mehnat xavfsizligi masalalari bo‘yicha amaldagi

6

Tuman xizmati Yerosti gaz quvurlari
Uy ichidagi gaz jihozlari

AD=
Gaz ta'mi- noti tartibi
Tuman xizmati

Tuman xizmati
Yerosti gaz quvurlari
Uy ichidagi gaz jihozlari

AD=

Gaz ta'mi- noti tartibi
Tuman xizmati
=anoat korxonalari



1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

qonunchilikka rioya qilish, gazdan xavfsiz foydalanish qoidalarini tashviq qilish va h.k.
Gaz xo‘jaligida ekspluatatsiya ishlarini bajaradigan bosh- qarma yoki trest struktura bo‘linmasining zvenolari quyida- gilar: tuman xizmatlari va gaz jihozlarining ma'lum turlarini ekspluatatsiya qiladigan xizmatlar. Gaz xo‘jaligini eksplua- tatsiya qilish trestlari turar joylar, kommunal-maishiy va boshqa korxonalarni gaz bilan ta'minlaydi, gaz quvurlari va gaz jihozlarini tuzatadi, gaz quvurlari o‘tkazilishi sifatini nazorat qiladi, avariyalarning oldini olish va bartaraf qilish ishlarini bajaradi, gazdan xavfsiz foydalanish usullarini targ‘ib qiladi. Trestlar amalga oshiradigan ishlar hajmini quyidagi ko‘rsatkichlar belgilaydi: beriladigan gaz miqdori, yerosti gaz quvurlarining uzunligi, gazlashtirilgan xona- donlar, kommunal-maishiy va sanoat korxonalari soni.
1-jadval
Gaz ta’minotining hajmiga to‘g‘ri keladigan shartli birliklar miqdori



Ko‘rsatkichlar



=hartli birliklar



=hartli birliklar miqdori

shahar- da

qishloq joyida

Tabiiy gaz uchun










Yerosti gaz quvurlari

1 km

10

10

Gazlashtirilgan

1000

100

200

Gazlashtirilgan maishiy va sanoat










korxonalari

1

0,5

1

Gazning yillik sotilishi

1 mln

2

2

Suyultirilgan gaz uchun










Gazlashtirilgan

1000

200

400

Gazlashtirilgan maishiy va sanoat










korxonalari

1

3

6

Gazni sotish

1 t

0,1

0,1

=tansiyalar sig‘imi

1 t

2

2

Gaz to‘ldiruvchi stansiyalarning unum-

1

1

1

dorligi (kun davomida avtomobillarni

avtomo-







gaz bilan to‘ldirish taxminiy quvvati)

bil







Gaz xo‘jaligining shartli birliklarida ifodalanadigan hajmiga qarab, trestlar va idoralar toifalarga bo‘linadi. Bunda 1-jadvaldan foydalaniladi.
Gaz xo‘jaliklari trestlari bajariladigan ishlar hajmi bo‘yicha besh toifaga bo‘linadi (shartli birliklarda):



    • 1-toifa 18000 dan ortiq;

    • 2-toifa 8000—18000;

    • 3-toifa 5500—8000;

    • 4-toifa 2000—5500;

    • 5-toifa 500—2000.

Gaz xo‘jaligi trestlari tarkibida quyidagi asosiy xizmatlar bo‘ladi: avariya-dispetcherlik; yerosti quvurlari va inshoot- lari; bino ichidagi gaz jihozlari; suyultirilgan gazlar; gaz bilan ta'minlash rejimlari va tuman ekspluatatsiya xizmati. Gaz xo‘jaligini ekspluatatsiya qilishni tashkil etish struk- turasi ishlar hajmi va beriladigan gaz miqdoriga bog‘liq.


=huning uchun yirik shaharlarda ekspluatatsiyani boshqar- ma va trestlar, kichik shaharlar va qishloq aholi punktlarida gaz xo‘jaligi idoralari yoki uchastkalari boshqaradi, ularga gaz xo‘jaligi viloyat boshqarmalari rahbarlik qiladi. Yuqorida ta'kidlangan ekspluatatsiya tashkilotlarining asosiy bo‘lin- malari yerosti gaz quvurlari va inshootlari xizmati, bino ichidagi gaz jihozlari xizmati hamda avariya-dispetcherlik xizmati hisoblanadi.

1.1. Yerosti quvurlari va inshootlari xizmati


Bu xizmatning asosiy vazifalari: iste'molchilarni gaz bilan ta'minlash ishlarini tashkil qilish, yerosti va yer usti gaz quvurlarini, ulardagi inshootlarni, suyultirilgan gaz rezervuar uskunalari guruhlari xavfsiz va avariyasiz ekspluatatsiya qilinishini tashkil qilishni ta'minlash. Zarur hollarda bu xizmat qoshida bajariladigan ish turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan uchastkalar tashkil qilinishi mumkin.


Xizmat quyidagi ishlarni bajaradi: gaz tarmoqlari va ulardagi inshootlar qurilishini texnik nazorat qilish; suyultirilgan gaz uskunalari guruhini montaj qilish; qurib bitkazilgan gaz quvurlari, suyultirilgan gaz uskunalari guruhini qabul qilish; xizmat ko‘rsatish, gaz quvurlari va gaz jihozlarini joriy va kapital ta'mirlash rejalari va grafik- larini ishlab chiqish, shu rejalar va grafiklarda ko‘rsatilgan ishlarni bajarish; yangi qurilgan va kapital ta'mirlashdan chiqarilgan gaz quvurlarini ishlab turgan gaz quvurlariga ulash va ularga gaz berish; gaz quvurlari trassalarini, gazni rostlash punktlari va rezervuar uskunalari guruhlarini ayla- nib, nazorat qilib turish; gaz quvurlari va rezervuar usku- nalari guruhlaridagi avariyalar va gaz tiqilib qolishlarini bartaraf qilish; yerosti quvurlarini zanglashdan asrash; yangi gaz quvurlarini ishlab turgan gaz quvurlariga ulash; DTK (FPM) va DTB (FPU)ni ishlatishga qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish; bundan tashqari, bu xizmat pay- vandlash hamda gaz xavfsizligini ta'minlash va bajarish ishlarini ham amalga oshiradi.
Bu xizmatning ish hajmi gaz quvurlariga xizmat qilish ishlarini hisobga olib aniqlanadi. =hartli birliklarda ifoda- langan bunday ishlar ro‘yxati 2-jadvalda keltirilgan.

2-jadval

Yerosti gaz quvurlarini texnik nazorati (aylanib chiqish) bo‘yicha ish bajarishning vaqt me’yorlari*



T/r

Ish turlari

=hartli birliklar

Vaqt me'yori

1.

2.
3.



Yerosti quvurlarini aylanib chiqish va tashqi ko‘rigi
Gaz quvuriga xizmat ko‘rsatish va gaz tahlillagich yordamida uning to‘yinganligini tekshirish Yerto‘lada yotqizilgan gaz quvur- larini tashqi ko‘rigi va gaz tah- lillagich yordamida yerto‘lalarni
gaz bilan to‘yinganligini tekshirish

1 km


1 gaz qudug‘i

1 yerto‘la



20,0
1,4


3,2


4.

Gaz tahlillagich yordamida

1 quduq,

1,0




quduq va yerto‘lalarning gaz bilan

yerto‘la







to‘yinganligini tekshirish (yerto‘la










bo‘linmalari)







5.

=uyuq gaz yig‘uvchi, gidroqurilma

suyuq gazni

1,0




va nazorat joyiga xizmat ko‘rsatish,

yig‘uvchisi







nazorat quvuriga xizmat ko‘rsa-










tish va gaz tahlillagich yordamida










gaz bilan to‘yinganligini tekshirish







6.

Gilamcha qopqog‘ini almashtirish

1 qopqoq

8,4

7.

Yer ishlarini bajarish bilan birga










gilamchani ko‘tarish va tushirish:










  • takomillashtirilgan qoplamada

1 gilamcha

49,3




  • takomillashmagan qoplamasiz

1 gilamcha

10,3

8.

Devorga o‘rnatiladigan bog‘lov










belgilarini o‘rnatish

1 belgi

8,3

* Gaz xo‘jaligi boshqarmasida foydalanish uchun.


1.k. Bino ichidagi jihozlar ishlari


Bu xizmatning asosiy vazifalari: turar joylar, jamoat va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining bino ichidagi gaz jihozlarini gaz bilan uzluksiz ta'minlashga doir ishlarni tashkil qilish; bino ichidagi gaz quvuri va gaz jihozlaridan xavfsiz, avariyasiz foydalanishni tashkil qilish va bajarish.


Zarur hollarda bu xizmatda bajariladigan ishlar turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan uchastkalar tashkil qilinishi mumkin. Bu xizmat o‘z asosiy vazifalariga muvofiq, quyida- gilarni ta'minlaydi: bino ichida gaz quvurlarini o‘tkazish va gaz jihozlarini montaj qilish ustidan texnik nazorat; bino ichidagi gaz jihozlari va gaz quvurlariga ish turlari bo‘yicha texnik xizmat ko‘rsatish rejalarini ishlab chiqish va o‘tkazish; tushgan arizalar bo‘yicha bino ichidagi jihozlarni rejadan tashqari ta'mirlash; turar joylar, jamoat va aholiga
xizmat ko‘rsatish korxonalarining bino ichidagi jihozlariga gaz ulash; bino ichidagi nosoz gaz jihozlarini almashtirish; gaz xavfsizligi ishlarini tashkil qilish va o‘tkazish; o‘lchash asboblari va texnik vositalarining holatini nazorat qilib turish va h.k.
Avariya-dispetcherlik xizmati (ADX). Bunday xizmatning
vazifalari: gaz bilan ta'minlash tizimlari ish tartibini bosh- qarish; gaz bilan ta'minlash obyektlaridagi avariyalarning oldini olish va cheklash ishlarini bajarish. Bu xizmat quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • gaz yetkazib beruvchilardan gazni qabul qilish va uni iste'molchilarga yuborish;

  • gaz yetkazib beruvchilarning gaz yetkazib berish shartnomasi shartlarini bajarishini nazorat qilish;

  • gaz taqchilligida, avariya rejimlarida, avariya-qutqa- ruv ishlarida, yangi obyektlarni ishga tushirishda hamda tarmoqdagi gaz oqimi va bosimini rostlashni talab qiladigan boshqa alohida holatlarda gaz tarmoqlarining ish tartibini tartibga solish;

  • gaz tarmog‘idagi ayrim uchastkalarni uzib qo‘yish

yoki gaz quvurlaridagi bosimni pasaytirish;

  • bufer iste'molchilarni uzib qo‘yish yoki ulash;

  • telemexanika vositalari, gaz tarmog‘i ish rejimini boshqarish avtomatik tizimlari hamda aloqa vositalarini ekspluatatsiya qilish;

  • avariyalarni cheklash va bartaraf qilish rejalarini ishlab

chiqish;

  • avariyalarning oldini olish va cheklash bilan shug‘ulla- nuvchi turli idoralar xizmatlarining kelishib ishlashi rejasini tuzishda qatnashish;

  • ADX xodimlari va tuman ekspluatatsiya uchastkalari

xodimlarini avariya ishlarini bajarish hamda operativ-texnik hujjatlarga o‘zgartirish kiritish qoidalarini o‘rganish;

    • gaz quvurlari va gaz jihozlari hamda boshqa gaz bilan ta'minlash vositalarining buzilganligi to‘g‘risidagi ma'lu- motlarni kecha-yu kunduz qabul qilish;

    • gaz bilan ta'minlash vositalarining buzilishiga doir

tushgan arizalarni hisobga olish va tahlil qilish; buzilishlarni kamaytirishga doir takliflarni ishlab chiqish;

    • avariyalar va baxtsiz hodisalarga doir aktlarni rasmiy-

lashtirish;

    • tuman ekspluatatsiya xizmatlari bajaradigan avariya- larni tuzatishga doir ishlarga texnik rahbarlik qilish va ularga metodik yordam ko‘rsatish;

    • obyektlarda bajarilgan avariya-texnik ishlari bajaril-

gandan so‘ng ularni tegishli xizmatlarga topshirish;

    • boshqarmadagi barcha qo‘shni xizmatlarning kelishib ishlashini tashkil qilish;

    • gaz tarmoqlariga keladigan gazlarga hidli modda

qo‘shilishini nazorat qilish va darajasini hisobga olish.
Trestlarda ADXdan 15—20 km uzoqlikda joylashgan, kamida 20 ming gazlashtirilgan xonadon bo‘lgan tumanlarga xizmat ko‘rsatish uchun uning filiallari tashkil qilinishi mumkin. ADXdan 60 km uzoqlikda joylashgan kamida 50 ming gazlashtirilgan xonadon bo‘lgan tuman eksplua- tatsiya xizmatlari qoshida ham shunday filiallar ochilishi mumkin. ADX ishonchli aloqa va axborot vositalari bilan ta'minlanishi lozim.
Ko‘pchilik gaz xo‘jaliklarida avariya va dispetcherlik xizmati birlashtirilgan. Unga ADX boshlig‘i rahbarlik qiladi. Yirik gaz xo‘jaliklarida bu xizmatlar mustaqil bo‘lim sifatida ishlaydi. Gaz xo‘jaligiga telemexanizatsiya va avtomatik boshqarish tizimi joriy qilinishi bilan dispetcherlik xiz- matining roli ancha ortadi va u mustaqil ravishda ajralib chiqadi.
Har qaysi xizmat muhandis-texnik xodimlar va o‘qib o‘rgangan ishchilar hamda moddiy baza (ustaxonalar,
omborlar, mexanizmlar, qurollar va boshq.) bilan ta'min- lanishi lozim. Xususan, avariya-dispetcherlik xizmatida avariya avtomobillari, yer qazish mashinalari, o‘ziyurar payvandlash agregatlari, navbatchi brigadaning avariya yuz bergan joyga tezda yetib borishi va tuzatish ishlarini bajarishi uchun boshqa asbob-uskunalari bo‘lishi shart.



  1. bob. GAZ XO‘JALIGINI EHSPLUATATSIYA QILISH


k.1. Gaz xo‘jaligini ekspluatatsiya qilish xizmati vazifalari

Gaz xo‘jaliklarining asosiy vazifasi — iste'molchilarni gaz bilan uzluksiz, ishonchli va tejamli ta'minlash.


=haharlar va aholi yashash punktlaridagi gaz quvurlari hamda gaz jihozlarini ekspluatatsiya qilish ishlarini ixtisoslashtirilgan gaz xo‘jaligi korxonalari amalga oshiradi.
=anoat, kommunal xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi korxo- nalariga qarashli gaz quvurlari va gaz jihozlariga shu korxonalarning gaz xizmatlari yoki shartnoma bo‘yicha xizmat ko‘rsatiladi. Kichik kommunal-maishiy korxonalar aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining gaz quvurlari va gaz jihozlariga shartnoma bo‘yicha xizmat ko‘rsatiladi.
Muhandis-texnik xodimlarga hamda xavfsizlik texnikasi qoidalari xavfli gaz ishlarini bajarish texnologiyasi bo‘yicha bilim olgan va imtihon topshirgan, xavfli gaz ishlarini bajarish bo‘yicha amaliyot o‘tagan, shaxsiy himoya vositalaridan foydalana oladigan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsata oladigan ishchilarga xavfli gaz ishlarini bajarishga ruxsat beriladi.
Ishchilarning bilimlari har yili, muhandis-texnik xodimlarning bilimlari har 3 yilda 1 marta tekshiriladi. Imti-
honlarning natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Unda tekshiruvdan o‘tgan ishchi qanday ish turlariga qo‘yilishi ko‘rsatiladi. =hu bayonnoma asosida ishchilarga guvohnoma beriladi. =hu bilan birga har bir ishchi ishga kirishishdan oldin ish o‘rnida xavfsizlik texnikasi bo‘yicha instruktajdan o‘tishi lozim; ishchilarga o‘z kasblari bo‘yicha xavfsiz ishlash usullari yo‘riqnomalari bilan tanishganligi xususida imzo qo‘ydirib olinishi lozim.
Gaz xo‘jaligini ekspluatatsiya qilish mobaynida qu- yidagilar ta'minlanadi: yangi montaj qilingan gaz quvurlari va uskunalarini qabul qilish va ishga tushirish; barcha gaz bilan ta'minlash tizimlari asboblari va gaz yoqilg‘isidan foydalanadigan agregatlarni soz holatda tutib turish; gazning bosimi me'yorida bo‘lishi va uning to‘g‘ri yoqish jarayonini nazorat qilish; mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish; gaz quvurlari, jihozlari va asboblaridagi avariya va shikast- lanishlarni bartaraf qilish.
Gaz yoqilg‘isining xavfli xossalari hisobga olinib, gaz xo‘jaligining ahvoli va ekspluatatsiyasi uchun Davlat nazo- rati o‘rnatilgan. Bu nazoratni «Davtexnazorat» inspektorlari amalga oshiradi. Ular gaz xo‘jaliklarini tekshirib, «Gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalari»ning bajarilishini nazorat qilib turadi. «Davtexnazorat» vakillari eng muhim gaz quvurlari va obyektlarini qabul qilish komissiyasi ishlarida qatnashadi, avariya va baxtsiz hodisalarning sababini tek- shiradi, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazadi hamda ularni o‘qitish va tayyorlash ishlarini nazorat qiladi.

k.k. Gaz xo‘jaligini ekspluatatsiya qilish javobgarligi va gaz nazorati


Gaz sizishi hamda gaz-havo aralashmalari hosil bo‘lib, portlash yuz berish ehtimoli borligi tufayli gaz xo‘jaligi xavfli tarmoq hisoblanadi. Bundan tashqari, gazning chala


yonishi tufayli yonish mahsulotlarining yaxshi chiqib ketmasligi va gaz asboblari o‘rnatilgan xonalarning yetarlicha shamollatilmasligi bois, odamlar bo‘g‘ilib yoki zaharlanishi mumkin. =huning uchun gaz xo‘jaligining istalgan obyektini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish ustidan qat'iy nazorat o‘rnatilgan. Bu nazorat qoidalari me'yoriy hujjatlar bilan belgilab qo‘yilgan.
Gaz xo‘jaligini ekspluatatsiya qilish qoidalariga rioya qilish va xavfsizlik texnikasi tadbirlarini bajarish ayni gaz xo‘jaligi rahbar muhandis-texnik xodimlari, shuningdek, shu xo‘jalikning aniq bir uchastkasi uchun mas'ul bo‘lgan shaxslar zimmasiga yuklanadi.
Gaz xo‘jaligini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish bilan shug‘ullanadigan barcha shaxslar «Gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalari» bo‘yicha, shuningdek, o‘zlari baja- radigan ishlar doirasida QMQning tegishli boblari bo‘yicha imtihon topshirib, guvohnoma olishlari zarur. Aholi yashay- digan punktlar va korxonalarning gaz xo‘jaliklarini loyiha- lash, qurish va ekspluatatsiya vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni «Davtexnazorat», sa- noatda va konchilikda ishlarni xavfsiz olib borish ustidan
«=anoatkontexnazorat» va «Davshahnazorat» amalga oshi- radi. Ba'zi yirik shaharlarda hokimlik gaz boshqarmala- rining inspeksiyasi mavjud.
«=anoatkontexnazorat» va «Davshahnazorat» inspektor- lari gaz xo‘jaligini ekspluatatsiya qilishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, xavfsizlik texnikasi qoidalarini buzgan shaxs- larni gaz xo‘jaligiga xizmat qilishdan chetlatish, xavfsizlik qoidalari buzilgan obyektlarga gaz berishni to‘xtatib qo‘yish uchun majburiy farmoyish berish huquqiga ega.
«Davshahnazorat» xalq xo‘jaligida gazni taqsimlash va undan samarali foydalanish ustidan nazorat qiladi.
«Davshahnazorat»ning asosiy vazifasi — korxonalar va
tashkilotlarda gazdan sanoat yoqilg‘isi sifatida foydalanil- ganda (bu korxona va tashkilotlar qaysi idoraga mansub- ligidan qat'i nazar) gazning unumli va samarali ishlatili- shini, tabiiy gazni iste'molchilarga berishning yagona tartibiga rioya qilinishini, gazdan foydalanadigan jihozlar va xizmat ko‘rsatish asboblarining texnik holatini, gaz yoqilg‘isidan foydalanish sohasida yangi texnika joriy qilinishini va gazni iste'mol qilish rejimlariga rioya qilini- shini nazorat qilish.
«Davgaznazorat» quyidagilarni amalga oshiradi:

  • yangi qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan va ishlab turgan korxonalar hamda yoqilg‘i iste'mol qiluvchi uskunalar uchun gazni yoqilg‘ining asosiy turi, deb tasdiq- lash va ularni yoqilg‘ining zaxira turlari bilan ta'minlash to‘g‘risidagi masalalar bo‘yicha yuqori rejalashtirish tashkilotiga xulosa taqdim qiladi;

  • korxona va tashkilotlarning gaz iste'mol qiluvchi

uskunalarini gaz tarmoqlariga ulash uchun ruxsatnoma beradi (bunda ularning gazdan unumli foydalanish uchun texnik jihatdan tayyorgarligi hisobga olinadi, bunday ruxsatnomasiz uskunalar gaz tarmog‘iga ulanmaydi);

  • gazdan yoqilg‘i sifatida foydalanadigan korxonalar va

tashkilotlar rekonstruksiya yoki modernizatsiya qilinganda, yangi gaz jihozlari va gaz apparatlari o‘rnatishga, ularni ishlatishga ruxsatnoma beriladi;

  • vazirliklar va idoralar gazni yoqilg‘i sifatida ishlatish

bo‘yicha ishlab chiqqan va kelishish uchun taqdim etgan yo‘l-yo‘riqlar, qoidalar va boshqa me'yoriy materiallarni ko‘rib chiqadi;

  • gaz yoqilg‘isini tejash yuzasidan korxonalar va tashki-

lotlar qo‘llagan ijobiy tajribalarni umumlashtiradi va tarqatadi, shuningdek, iste'molchilar oldiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish masalalarini qo‘yadi.
«Davshahnazorat» quyidagilarni nazorat qiladi:

    • gazni sarflash me'yorlariga va gaz yoqilg‘isi limitlariga hamda belgilangan gaz iste'moli tartiblariga rioya qilinayot- ganligini;

    • gaz yoqilg‘isi va gazni yoqishdan hosil bo‘ladigan

issiqlik energiyasi sarfini, korxonalar va tashkilotlarda gaz va issiqlik energiyasini tejash bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlarni;

    • gaz iste'mol qiluvchi korxonalar zaxira yoqilg‘i xo‘jali-

gining saqlanishi yoki uning tiklanishini;

    • gazdan foydalanuvchi uskunalar gaz tarmoqlariga ulash tartibiga rioya qilinayotganligini;

    • gazdan foydalanishga doir qoidalar, yo‘l-yo‘riqlar va ko‘rsatmalarga rioya qilinayotganligini;

    • gazdan foydalanuvchi uskunalarning texnik holati va chiqib ketayotgan, yongan gaz mahsulotlari issiqligidan qanday foydalanayotganligini;

    • gaz yoqilg‘isidan foydalanish borasida aniqlangan

kamchiliklar qanday bartaraf etilayotganligini.
«Davshahnazorat»ga quyidagi huquqlar berilgan:

    • kamchiliklarni bartaraf qilish to‘g‘risida farmoyishlar o‘z muddatlarida bajarilmay qolgan hollarda, gazning issiqlik energiyasidan foydalanish texnik ahvoli past bo‘lgan hollarda korxona yoki gazdan foydalanuvchi uskunalarni gaz magistrallaridan uzib qo‘yish;

    • aholini gaz bilan normal ta'minlash va magistral gaz

quvurlari sistemasining texnologik ish rejimini saqlash maqsadida korxonalarga gaz berish me'yorini o‘zgartirish va ularni zaxira yoqilg‘isiga o‘tishlari to‘g‘risida ogohlantirish;

    • tegishli tashkilotlar tomonidan iste'molchilarni avariya

holatida gaz bilan ta'minlash va ularni gaz tarmoqlaridan uzish navbati grafigini tuzishni talab qilish;

      • tegishli vazirliklar, idoralardan gazdan tejamsiz foyda- lanuvchi jihozlarni ishlab chiqarishdan olib tashlashni talab qilish.

Davlat inspeksiyasining mansabdor shaxslari quyidagi huquqlarga ega:

      • qaysi idoraga tegishli bo‘lishidan qat'i nazar, kun- ning istalgan vaqtida gazdan foydalanuvchi uskunalarni tekshirishga qo‘yilishi;

      • barcha korxonalar uchun majburiy bo‘lgan farmoyish-

larni berish;

      • korxonalardan tegishli ma'lumotlarni talab qilish;

      • respublika, viloyat va shahar gaz boshqarmalaridan, korxonalarning rahbarlaridan magistral gaz quvurlarining texnologik ish tartiblari avariya tarzida buzilgan hollarda gazdan foydalanuvchi uskunalarni uzib qo‘yishni talab qilish;

      • korxonalar bilan birga gazni maksimal olish davrida

uni iste'mol qilishni kamaytirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish;

      • gaz yoqilg‘isi uchun tashkilotlar va korxonalardan

tushgan talablarning haqiqiyligini tanlab tekshirish va shuni hisobga olib, gazni berish hajmi to‘g‘risida taklif ki- ritish;

      • gaz yoqilg‘isi isrof qilinayotganligi to‘g‘risida aktlar

tuzish va aybdorlarni belgilangan tartibda jazolash.



    1. Gaz xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish

Gaz xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatishda gazning sizishini o‘z vaqtida aniqlab, uni bartaraf qilishga alohida e'tibor beriladi. Quyidagilar gaz sizishiga sabab bo‘lishi mumkin:



      • payvand choklari uzilishi;

    • quvurlar devori chirishi;

    • kondensat to‘plagichlar va gidravlik zulfin naycha- laridagi uzilishlar;

    • armaturalar gaz quvurlariga ulangan joydagi nosozlik-

lar va h.k.
Ichki va tashqi yer quvurlaridagi sizishni hidlab ko‘rib va ulangan joylarga sovun ko‘pigi surib bilish mumkin; yerosti gaz quvurlarida esa, gaz sizishini aniqlash qiyinroq. Ba'zan, uni ham hididan yoki tashqi alomatlar, masalan, o‘tlarning sarg‘ayishi, suv sirtida pufaklar hosil bo‘lishi, qorda qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘lishi, o‘rtacha va yuqori bosimli gaz quvurlaridagi sizishda gazning vishillab chi- qishidan bilish mumkin.
Gaz taqsimlash tarmoqlari va inshootlari holatini tek- shirishga hamda sizishni aniqlashga doir asosiy oldini olish tadbirlari—kuzatuvchilarning gaz quvurlari trassalarini vaqt-vaqti bilan aylanib, ko‘zdan kechirib turish. Aylanib, ko‘zdan kechirib turish paytida gaz indikatorlari yordamida gaz quvurlari quduqlari, gaz quvurlariga o‘rnatilgan nazorat trubkalari, shuningdek, gaz quvurlarining ikki tomonidagi 15 metrgacha bo‘lgan masofadagi telefon, ichimlik suvi va issiqlik quduqlari, kollektorlar, binolarning yerto‘lalarida ham gaz sizishi tekshirib ko‘riladi. Ulardan qaysi birida gaz hidi borligi aniqlansa, gaz quvurining ikki tomonidan 50 metrgacha masofadagi uylarning yerto‘lalari va boshqa yerosti inshootlarida gaz hidi bor-yo‘qligi tekshirib ko‘ri- ladi, agar borligi aniqlansa, bu haqda avariya-dispetcherlik xizmatiga va shu inshootlar egalariga xabar beriladi.
Gaz xo‘jaligi xodimlari quduqlarning ichini va unda joylashgan armaturani tasdiqlangan grafik bo‘yicha vaqt- vaqti bilan tekshirib turishadi, kondensat to‘plagichlardan kondensat chiqarib tashlashadi, yerosti gaz quvurlarining elektr potensiallarini o‘lchashadi, korroziyadan elektr
himoya uskunalarining ishlashi tekshiriladi, gaz tarmog‘i- ning turli uchastkalarida bosimni o‘lchab, gaz tiqilib qol- gan-qolmaganligini aniqlab, gaz tarmog‘ining turli nuq- talarida gazdan namuna olingan holda hidli modda qo‘- shilganlik darajasi tekshirib ko‘riladi va h.k.
Yerosti gaz quvurlarida vaqt-vaqti bilan o‘tkazib tu- riladigan burg‘ilash va shurflash ishlari samarali profilaktik tadbir hisoblanadi. Burg‘ilash yo‘li bilan gaz sizishi bor- yo‘qligi tekshiriladi. Bunda gaz quvuri ulangan har bir joyda uning devoridan 0,3—0,5 m narida gaz quvuri yuqori sirtigacha, chuqurlikda teshiklar burg‘ilanadi. Agar ko‘cha- dan o‘tkazilgan yerosti gaz quvurining ulangan joylari sxemasi bo‘lmasa, shuningdek, hovlilar va xonadonlardagi gaz quvurlarida har 2 metrda bitta teshik burg‘ilanadi. Burg‘ilangan teshiklarda gaz hidi bor-yo‘qligi gaz indika- torlari yordamida yoki kimyoviy tahlil orqali aniqlanadi.
=hurflash yo‘li bilan quvurlarning izolatsiyasi va tashqi sirti holati aniqlanadi. Buning uchun taqsimlash gaz quvurining har bir kilometrida hamda hovli va dahadagi gaz quvur- larining har 200 metrdan keyin (hovlida kamida 1 shurf bo‘lishi kerak) shurf ochiladi. Burg‘ilash va shurflash muddatlari aniq sharoitlardan kelib chiqib belgilanadi (gaz quvuridan foydalanish muddatiga, izolatsiyaning tipiga, korroziya shart-sharoitiga qaraladi). Odatda, aholi punkti- ning binolar qurilib bo‘lgan qismida gruntning korrozion faolligi yuqori bo‘lsa, burg‘ilash va shurflash 5 yildan keyin, korroziya sabab bo‘ladigan sharoit yo‘q joylarda hamda aholi punktining binolar qurilib bo‘lmagan qismida har 10 yildan keyin bajariladi.
=uv to‘siqlari orqali o‘tkazilgan suvosti gaz quvurlariga profilaktik xizmat ko‘rsatishda ularning qirg‘oqqa yaqin uchastkalari gaz taqsimlash quvurlari bilan bir paytda, suv ostidagi uchastkalari esa, g‘avvoslar tomonidan ko‘z-
dan kechiriladi. Gaz quvurining suvosti qismi 30 metrdan uzun bo‘lganda kamida 2 yilda 1 marta, 30 metrdan kalta bo‘lganda 5 yilda kamida 1 marta tekshiriladi. =uvosti gaz quvurlarini «Krab» suv ostini kuzatish apparati yorda- mida tekshirish mumkin. Bu apparatning telekamerasi
30 metrgacha chuqurlikda suvga botirilganda, 70 metr- gacha masofaning tasvirini kuzatish mumkin.
GTB va GRU jihozlari ishini muntazam tekshirib turishdan tashqari, vaqt-vaqti bilan qo‘shimcha tekshi- ruvdan o‘tkazib turiladi; bosim rostlagichlar, filtrlar va saqlash klapanlari yiliga kamida bir marta tekshiriladi. Manometrlar har yili davlat sinovidan o‘tkaziladi.
Turar joylar va jamoat binolarida hamda kommunal- maishiy korxonalardagi gaz jihozlarini tekshirishda gaz asboblaridagi dudburonlarning holatiga, ayniqsa, katta e'tibor beriladi.
Barcha ko‘zdan kechirishlar va tekshirishlarning na- tijalari ekspluatatsiya jurnallariga qayd qilinadi, dud- buronlarning tekshiruvi to‘g‘risida akt tuziladi. Eksplua- tatsiya jurnallaridagi ma'lumotlar bo‘yicha gaz xo‘jaligini profilaktik va kapital ta'mirlash jadvallari tuziladi.

    1. Texnik nazoratni tashkil qilish



Juda xavfli gaz obyeklarini qurish va montaj qilishda qurilish-montaj ishlarining sifatiga jiddiy e'tibor berish lozim. Ishlarni bajarish ustidan nazorat qilish mas'uliyati qurilish-montaj tashkilotlari xodimlari, buyurtmachining texnik nazorati, shuningdek, shahar va tumanlararo gaz xo‘jaliklari zimmasiga yuklanadi. Qurilish-montaj tash- kilotlari tomonidan maxsus laboratoriyalar tashkil qilinishi lozim. Ularning vazifasi bajarilgan ishlarning sifatini nazorat qilib turishdan iborat bo‘lishi kerak. Ish yurituvchilar (pro- rablar) ham ayrim operatsiyalar bo‘yicha ish sifatini nazo-
rat qilib turishlari shart.
Ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj tashkilotlarining toifasiga qarab, ishlab chiqarish laboratoriyalari tashkil qilinadi. Ularning shtati va jihozlanishi 3, 4-jadval talab- lariga mos kelishi kerak.
S-jadval

Qurilish-montaj boshqarmasi ishlab chiqarish laboratoriyasi xodimlari




Lavozim

QMB toifasi

I

II

III

IV

Ishchi birliklar miqdori

Laboratoriya boshlig‘i (katta muhandis)

1


1


1


1


Radiograf-nazoratchi

3

2

1

1

Mexanik sinovlar bo‘yicha texnik

1


1








Izolatsiya bo‘yicha texnik- laborant

1


1


1





Haydovchi

1

1

1

1

JAMI

7

6

4

3



Izolatsiya materiallari va izolatsiyalash ishlarining sifatini nazorat qilish uchun har bir quvur izolatsiyalash zavodi yoki ustaxonasida laboratoriyalar tashkil qilinadi. Maxsus montaj tashkilotlarida esa, dala sinash laboratoriyasi bo‘ladi. Izolatsiya materiallari sifati va ularning standartga mosligini tekshirish vazifasi shu laboratoriyalarga yuklanadi. Ular joriy tekshiruvlarni o‘tkazishib, quvurga qoplanadigan himoya qoplamasining tarkibi va konstruksiyasi loyihaga mos ke- lishini tekshirishadi, loyihada va xavfsizlik qoidalarida ko‘zda tutilgan tadbirlarning bajarilishini texnik nazorat qilishadi. Laboratoriya jihozlari 4-jadvalda keltirilgan.
4-jadval

Ishlab chiqarish laboratoriyalarida izolatsiya ishlarini nazorat qilish uchun zaruriy jihozlar




Ko‘rsatkichlar



O‘lchov birligi

Miqdori


Izolatsiya butunligini aniqlovchi asbob

dona

2

Igna o‘tish chuqurligini aniqlaydigan penitrometr

—"—


2


Bitum cho‘zuvchanligini aniqlaydigan va uning to‘plamida «sakkiztalik» bo‘lgan duktilometr

—"—

2

Yumshatish haroratini o‘lchaydigan «halqa va shar» asbobi

—"—


3


Izolatsiya qalinligini o‘lchovchi asbob

—"—

2

Quvurning ustki qismidagi izolatsiyaning yopishqoqligini aniqlovchi «Adgezimetr» uskunasi

—"—

2

Quvurning pastki qismini tekshiradigan
«uzun qo‘lli» oyna

—"—


3


250—350 ˚C gacha haroratni o‘lchaydigan termometrlar

—"—


15


Elektr plitkalar

—"—

4

Tosh savdo tarozilari

—"—

2

=htativlar

—"—

8

Toshlari har xil og‘irlikda bo‘lgan laborato- riya tarozilari







0690 0900 areometrlari

to‘plam

3

Kavsharlashda ishlatiladigan lampa

dona

1

Ruxlangan chelak

—"—

5

=tol soati

—"—

1

=ekundni o‘lchovchi

—"—

4

Qum soatlari

to‘plam

3

Termostat

dona

2

Maxsus kiyim: xalatlar, qo‘lqopli g‘iloflar, qo‘lqoplar, sochiqlar



odam soniga qarab

Idishlar to‘plami: eksikatorlar, chinni bu- yumlar, kolba, har xil stakanlar, byuksalar, probirkalar, kristallizatorlar, toshpaxta turlari va boshqalar

to‘plam

3

Ishlab chiqarish laboratoriyalari uchun jihozlar va asboblar 5-jadvalda keltirilgan.


5-jadval

QMB ishlab chiqarish laboratoriyalari uchun jihozlar va asboblar



Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

=oni

Radioaktiv izotopni tashish uchun avto- mobil

dona


1


Transport mashinasi

—"—

1

FУM-Iridiy 5—2 gamma uskunasi

—"—

1—2

NPA-1Д ko‘chma rentgen qurilmasi

—"—

1

Magnitografik nuqson aniqlagich

—"—

1

ДK-02-KNД nurlanish darajasini o‘lchovchi asbob

to‘plam


1


Dizimetrlar uchun zaryad berish uskunasi

dona

1—2

Radiometr

—"—

1

1, 2, 3-raqamli nuqson o‘lchagich

—"—

15—20

N statoskop

—"—

1

Qizil fonar

—"—

1—2

Bo‘laklovchi УMM-50 mashinasi

—"—

1

Laboratoriya xodimlari QMB rahbariyatini ishlar bajarilishidagi texnologik jarayon qoida buzilishlari va brak paydo bo‘lishi haqida ogohlantirishi lozim. Brak aniq- langanda, akt tuziladi va uni bartaraf qilish yuzasidan tavsiyalar beriladi. Brak aniqlanganda, laboratoriya xodimlari quyidagilarni amalga oshirish huquqiga ega:


  1. ishlarni to‘xtatib qo‘yish va bu haqda QMB rah- bariyatiga darhol xabar berish;

  2. brakka yo‘l qo‘ygan ishchilarni ishdan ozod qilish;

d) ishlab chiqarish laboratoriyalari izolatsiya pay- vandlash ishlarini nazorat qilish natijalarini sahifalari ra- qamlanib, bog‘lab qo‘yilgan maxsus jurnallarga qayd qili- shadi.
Buyurtmachi, eng avvalo, biron-bir obyektni gazlash- tirishga doir qurilish-montaj ishlari boshlanishdan oldin qurilish-montaj tashkilotida quyidagi hujjatlar mavjudligini tekshirib ko‘rish lozim:

  • Davlat inspeksiyasi organlarining ishlarni bajarish huquqini beradigan ruxsatnomasi;

  • ishchilarda payvandlash va izolatsiyalash ishlarini

bajarish uchun hujjatlar;

  • ishlatiladigan izolatsiya materiallari, quvurlar va elek- trodlarning sertifikatlari;

  • qurilish-montaj tashkilotlarida materiallar va jihoz- larning saqlanish va taxlanish tartibiga rioya qilinayotgani va h.k.

Qurilish-montaj tashkilotlari tomonidan belgilangan texnologik jarayonlarni, xavfsizlik texnikasi qoidalari QMQda ko‘zda tutilgan me'yorlar buzilgan taqdirda texnik nazorat xizmati ishlarini to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega. U bu haqda buyurtmachi va qurilish-montaj tashkilotining rahbarlariga xabar berishi lozim.
Gaz quvurlarini o‘tkazish va montaj qilishda, kom- munal-maishiy, sanoat va qishloq xo‘jaligi obyektlarini gaz- lashtirishda texnik nazorat xizmati qurilish-montaj tash- kilotlarining ish yurituvchilari bilan birga tegishli ijro-tex- nika hujjatlarini to‘ldirishi lozim. Obyektlarni ishga tu- shirish muddatlari va ishlarning sifati hujjatlarning o‘z vaqtida rasmiylashtirilishiga bog‘liq. Obyektlarni gazlash- tirishda shahar va tumanlararo gaz xo‘jaligi tashkilotlari ishlarni bajarish sifatini muntazam nazorat qilib turishlari lozim. Bu tashkilotning xodimlari ijro-texnika hujjatlari o‘z vaqtida tuzilishini, uning sifatini kuzatib turishlari kerak, chunki ishlar tugagach, bu hujjatlar gaz xo‘jaliklari ekspluatatsiya xizmatlariga kelib tushadi. O‘rtacha va yuqori bosimlarda ishlovchi gazlashtirilayotgan obyektlarni qurish va montaj qilishda Davlat inspeksiyasi xodimlari ham ish sifatini nazorat qilishadi, bunday obyektlarning texnik hujjatlarini rasmiylashtirishda ishtirok etishadi.



S-bob. YERUSTI VA YEROSTI GAZ QUVURLARINI EHSPLUATATSIYA QILISH

3.1. Gaz quvurlarini ekspluatatsiya qilishga doir vazifalar va ishlar tarkibi


Gaz quvurlarini ekspluatatsiya qilish xizmatining vazifasi — gaz quvurlari va ulardagi inshootlarni kuzatish hamda iste'molchilarga gazni uzluksiz va xavfsiz, yetarli miqdorda va zarur bosimda yetkazib berishni ta'min- laydigan holatda tutib turish. Buning uchun gaz quvurlari va ularga o‘rnatilgan armaturalar, inshootlarni vaqt-vaqti bilan ko‘zdan kechirib, tuzatib turiladi. Bundan tashqari, gaz quvurlaridagi bosim zarur darajada tutib turilishi zarur.


Gaz quvurlari holatini kuzatish deganda, gaz quvurlari trassalarini aylanib chiqish va yerosti inshootlari quduq- larida gaz hidi bor-yo‘qligini izchil tekshirish tushuniladi. Quduqlarda gaz hidining paydo bo‘lishi — ularga yaqin o‘tgan gaz quvurlari buzuqligi va uni tuzatish zarurligini bildiradi. Buning uchun gaz sizayotgan joyni aniq topish, shu yerdagi quvur atrofini kovlash va shikastlangan joyni yamash lozim.
Gaz quvurlari trassalari va quduqlarni uzluksiz kuzatib turishdan tashqari vaqt-vaqti bilan (3—5 yilda 1 marta) gaz tarmog‘ini zichlikka tekshirib turiladi. Bunda burg‘i- lash yoki boshqa usullardan foydalaniladi va profilaktik ta'mirlash ishlari bajariladi.
Iste'molchilarga gazni uzluksiz berish uchun gaz quvur- lari va undagi inshootlarni soz holatda saqlab turish, tar- moqqa kelayotgan gaz miqdori va bosimini rostlab turadigan uskunalarni uzluksiz ishlatib qo‘yish lozim. Gaz quvurlari gazni uzluksiz o‘tkazib turish uchun ulardan kondensat- larni, qurilish yoki ekspluatatsiya vaqtida quvurlarga tushib qolgan cho‘kindilar va yot narsalarni chiqarib tashlash lo- zim. Gaz quvurlariga o‘rnatilgan armaturalar va inshootlarni ham vaqt-vaqti bilan tekshirib, soz holatda tutib turiladi. Iste'molchilarga berilayotgan gazning bosimini zarur darajada tutib turish uchun gaz sarfiga monand ravishda gaz tarmog‘iga gaz berishda (shahar rostlagichlari, gaz- golder-lar va h.k.) bosim rejimi tiklab turilishi lozim. Bu- ning uchun iste'molchilardagi bosim kuzatib turiladi, shu kuzatuv natijalari bo‘yicha shahar rostlagichlarida, shuningdek, shahar tarmog‘iga bevosita gaz beradigan za- vodlarda bosim rejimi belgilanadi. Agar iste'molchilarda gaz bosim yetarli bo‘lmasa, rostlagichlardan chiqish bosimi ko‘tariladi yoki qo‘shimcha rostlagichlar o‘rnatiladi. Agar bosim keragidan yuqori bo‘lsa, aksincha, rostlagichdan
chiqishdagi bosim pasaytiriladi. Iste'molchilardagi gaz- ning bosimini kuzatib turish gaz quvurlarining soz ish- layotganligi va gaz tiqilib qolayotgan joylarni aniqlashga yordam beradi. Gaz quvurlaridagi har qanday baxtsiz hodisaga olib keladigan yoki gaz bilan normal ta'minlash tartibini buzadigan shikastlarni bartaraf qilish ham gaz xo‘jaligi ekspluatatsiya xizmati vazifasi hisoblanadi.
Ayni vaqtda ekspluatatsiya xizmati vazifalari jumlasiga yangi qurilgan gaz quvurlarini qabul qilish, ularni ishlab turgan tarmoqqa ulash va ishga tushirish ham kiradi. Bu- tun masalalar majmuyini hal qilish ekspluatatsiya trest- lari va gaz xo‘jaligi idoralari zimmasiga yuklanadi. Bu tashkilotlarning tarkibi va strukturasi, asosan, gaz xo‘jali- gining hajmiga qarab belgilanadi.

3.k. Gaz quvurlari qurishda payvandlash ishlarini nazorat qilish


Quvurlarni payvandlash — gaz quvurlari o‘tkazishdagi eng mas'uliyatli ish. Payvandlash ishlari texnologiyasidan biroz bo‘lsa ham og‘ish, «Gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoida- lari»ni buzish va operatsiyalarni o‘z vaqtida nazorat qilmaslik og‘ir oqibatlarga olib keladi. =haharda gaz quvurlari o‘tkazishda, odatda, ikki xil payvandlash usulida—elektr- yoyli va gaz payvand usulidan foydalaniladi.


Quvurlar uchlarini yig‘ish (choklarini tayyorlash).
=haharda gaz quvurlarini o‘tkazishda operatsiyalashgan nazorat quvurlar uchlarini payvandlashga moslab yig‘ish paytidan boshlanadi. Bunda payvandlash qaysi usulda bajarilishi va payvandlanadigan quvurlarning diametri qancha bo‘lishi ahamiyatga ega emas. Quvurlar uchlarini payvandlashga moslab yig‘ishdan oldin quvurlarning uchlari, unga yaqin va tashqi sirtlar kamida 10 mm kenglikda yaltiraguncha tozalanganmi yoki yo‘qligi tekshiriladi.
6-jadval

Payvandlash uchun birikadigan joyni yig‘ishdagi tirqishlar o‘lchami





Payvandlash



Quvur devorining qalinligi, mm da

8 gacha

8—10

11 va undan yuqori

Elektr yoyi bilan qo‘l yordamida payvandlash

20,5


31


3,51


Avtomatik

1,51

21

2,51

Gazli



2,50,5



Elektr-yoyli va gaz payvandda quvurlar uchlari ilash- tirilgandan so‘ng ularning orasidagi masofa (tirqish) 1 mm bo‘lishi kerak. Yoyli payvand uchun quvurlar chekka- larining siljishi 7-jadvalda ko‘rsatilgan miqdorda bo‘li- shiga ruxsat beriladi. Quvur devorining qalinligiga qarab, quvur uchi qiyamas qismining og‘ish balandligi 1—3 mm gacha 35—40˚ bo‘lishi kerak.


7-jadval

Chetlar siljishining chegaraviy miqdori



Quvur devorining qalinligi,
mm da

Quvur chetlarining siljishi (undan
ko‘p emas), mm da

5—6

1,5

7—8

2

9—14

2,5

Yuqorida bayon etilgan parametrlar bo‘yicha quvurlar uchlari payvandlashga moslab yig‘ilgandan so‘ng, uchlari ilashtirib olinishi kerak. Ilashtirish uchlarni payvandlashda ishlatiladigan markali payvandlash simi bilan bajarilishi zarur.


Har qaysi ilashtirishning uzunligi burilishdagi uchlar uchun kamida 30—40 mm, to‘g‘ri joydagi uchlar uchun
50—60 mm bo‘lishi lozim. Ilashtirish balandligi quvur devori qalinligining 40—50 foizidan oshmasligi zarur. Ilashtirishlar soni quvurlarning diametriga bog‘liq; diametri 200 mm li quvurlar uchun 2 ilashtirish; 250—300 mm li uchun 3 ilashtirish; 350—500 mm li uchun 4 ilash-
tirish; 630 mm uchun 5—6 ilashtirish; 720 mm uchun
6—7 va 820 mm uchun 8—9 ilashtirish tavsiya qilinadi. Qo‘lda elektr yoyli payvandlashda choklar qatlami soni quyidagi ma'lumotlarga mos bo‘lishi lozim (8-jadval):

8-jadval

Payvandlangan chokning qatlam miqdori



Quvur chetlarining qiyalik burchagi, gradusda

Quvur devorining qalinligi, mm da

6 gacha

6—11

11—14

Qatlam miqdori, kam emas

30—45

2

3

4

20—25

2

2

3

Gaz payvand bir chokli qilib bajariladi. Buriladigan chokning barcha nuqtalarida kuchaytirish balandligi kamida
1 mm va quvur devori qalinligining 40 foiziga yetishi mumkin. 3 va 4 qatlamli choklar qilib payvandlashdagi ayrim qatlamlar qalinligi 9-jadvalda ko‘rsatilgan.

9-jadval
Quvurlar choklarini 3 va 4 qatlamli payvandlashdagi ayrim qatlamlar balandligi





Qatlam tartib raqami



Chok qatlami balandligi quvur devorining qalinligiga bo‘lgan nisbati, % da

uch qatlamli

to‘rt qatlamli

1

20—25

15—20

1+2

70—80

50—60

1+2+3

100+kuchaytirish

80—90

1+2+3+4




100+kuchaytirish

Ko‘p qatlamli payvandlashning ushbu afzalliklari bor: har xil qatlamlardagi kovaklar bir-biriga to‘g‘ri kel- maganligi uchun payvand birikmaning zichligi oshadi, yuqori qatlamlarni payvandlash chog‘ida pastki qatlam choklari metali me'yorlashishi hisobiga hosil qilingan qatlam metali tuzilishi yaxshilanadi, chok metalining kristallanish sharoiti yaxshilanadi, erigan metall vannasi hajmi kichrayadi, uchlarni payvandlash texnologiyasi (ay- niqsa, burilmaydigan choklarda) soddalashadi.
Payvandlashdagi nuqsonlar. Payvand birikmalarda
nuqsonlarning paydo bo‘lishiga turli omillar sabab bo‘ladi, masalan, payvandlash texnologiyasi jarayonining bu- zilishi, sifatsiz elektrodlar borligi, payvandlash simi va kavshar materialining sifatsizligi, payvandchilarning malakasizligi.
Texnik nazorat xodimlari payvand birikmalarni ko‘zdan kechirib, nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashi lozim. Payvand chok tashqaridan qaraganda, tekis va biroz bo‘rtiq sirtga ega bo‘lishi, chokning butun aylanasi uzunligi bo‘yicha bir tekis kuchaytirilishi zarur.
Ichki nuqsonlarga chala payvandlanish, shlak ara- lashmalari, kovaklardagi darzlar kiradi. Ularni faqat rentgen usulida va magnitli nazorat grafik yordamida aniqlash mumkin.
Xonalardagi gaz quvuri MTU (markaziy tayyorlov uskunalari) tayyorlagan qismlardan montaj qilinadi. MTU zagotovka tayyorlash paytidan boshlaboq, texnik nazoratni tashkil qilish lozim. Uning vazifasi: gaz quvuri detallari va uzellarini payvandlashga tayyorlashni; gaz quvurlari montaj qilinishini va gaz jihozlari montaj qilishni hamda o‘rnatishni nazorat qilish. Texnik nazorat xizmati shuni yaxshi bilishi kerakki, gaz quvurlari tizimlarining payvand konstruksiyasi gaz quvurlarini ochiq va yopiq (ariqchalar, shaxtalar, beton
panellarida) o‘tkazishga yaraydi; payvand birikmalarning ko‘pi muqim (statsionar) sharoitda (MTUda) tayyorlanishi lozim. =anuzellarda montaj choklari iloji boricha kam bo‘lishi kerak.
Diametri 15—25 mm li (uchma-uch payvandlana- digan) quvurlar faqat MTU sharoitida payvandlanadi. Bunda, albatta, quvurlarning uchlarini aniq tutashtiradi- gan konduktorlardan foydalaniladi.
Gaz quvurlari detallarini tayyorlash va ishlatishda, quyidagi talablar bajarilishi shart:

  • uchma-uch tutashtiriladigan gaz quvurlari kesigi tekisligi gaz quvuri o‘qiga qat'iy perpendikular bo‘lishi, ruxsat etiladigan og‘ish esa, 0,5 mm dan oshmasligi;

  • pitirlar tashqi va ichki tomondan tozalab tashlanishi;

  • payvandlanadigan gaz quvuri zihi (chekkasi) moy, loy va zangdan tozalanishi;

  • quvurlarning patrubok ulanadigan joyidagi teshik-

ning diametri patrubokning ichki diametriga teng bo‘lishi (1 mm bo‘lishi mumkin);

  • quvur payvandlangan joydagi ichki sirtida do‘mboq- lar bo‘lmasligi;

  • gaz quvurining tayyorlangan detallarining chiziqli

o‘lchamlari zarur qiymatdan 2 mm dan ko‘p, gaz quvuri uzellariniki 4 mm dan oshmasligi zarur.
Gaz quvurlarining payvand choklari va uzellariga pat- ruboklarni payvandlab qo‘yishga ruxsat burilmaydi. Pay- vand chokli quvurlardan tayyorlanadigan uzellar va de- tallarni shunday tayyorlash kerakki, ular montaj qilingan- dan keyin payvand choklarini kuzatish va tuzatish mum- kin bo‘lsin.
Uchma-uch ulanadigan quvurlarning uchlari orasidagi tirqish quvurning devori qalinligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu qalinliklarning qiymatlari nisbati 10-jadvalda berilgan.
10-jadval

Birikadigan quvurlar o‘rtasidagi tirqish o‘lcham nisbatlari







Quvur devorining qalinligi, mm da

Qo‘l yordamida payvandlashda birikadigan joydagi tirqish, mm da

gazli

elektr yoyli

2,75 gacha

0,5—1

0—1

2,75—3,5

1—1,5

0,5—1

3,5—6

1,5—2

1—1,5

Gaz quvurlarining uzellari maxsus qisqichli markaz- lovchi moslamalarda yig‘iladi. Agar bunday moslamalar yo‘q bo‘lsa yoki ulardan foydalanib bo‘lmasa, quvurlar- ning bir-biriga taqalgan uchlari 2—3 joyidan payvand- lab, ilashtirib qo‘yiladi. Gaz quvurlarining uzellari va za- gotovkalarini tayyorlash davrida payvandlash ishlarini bajarishda texnik nazorat xizmati ularni qat'iy nazorat qilib turishi lozim. Ayniqsa, payvandlash texnologiyasi va payvandchining malakasiga alohida e'tibor berish lozim.


Gaz quvurlarining kichik diametrli quvurlarni payvand- lovchi shaxslar maxsus mashqlarni bajarib, qoniqarli na- tijalarga erishgandan so‘nggina ishga qo‘yiladi. Ular quyidagi natijalarga erishishlari lozim:

  1. payvand chok quvur aylanasining butun uzunligi bo‘yicha, biroz qavariq va mayda tangachalar tarzidagi naqshli bo‘lishi kerak; payvand chok quvur aylanasining butun uzunligi bo‘yicha bir tekis kuchaytirilishi lozim; bu kuchaytirilish buriladigan uchlar uchun kamida 1 mm va ko‘pi bilan quvur devori qalinligining 30 foizigacha, burilmaydigan uchlar uchun kamida 2 mm va ko‘pi bilan 40 foizgacha bo‘lishi kerak;

  2. payvand chokda darzlar, g‘ovaklar, kesiklar va chuqurchalar, quvur ichida metall do‘nglar bo‘lmasligi kerak;

  3. chokning eni quvur devorining 2—2,5 mm qalin- ligidan oshmasligi lozim.

Quvurlar uchlarini payvandlashga kirishishdan oldin uchlar qanday yig‘ilganligi (yaxshi taqalganligi yoki ta- qalmaganligi)ni tekshirib ko‘rish kerak. Agar uchlar yuqo- ridagi talablarni hisobga olmay yig‘ilgan bo‘lsa, kam- chilaklarni tuzatmay turib, payvandlash qat'iy taqiq- lanadi. Devorining qalinligi 4 mm gacha bo‘lgan quvur- larni qo‘lda gaz bilan payvandlashga ruxsat beriladi, 4 mm dan katta quvurlarni elektr yoyli payvandlash lozim.
Payvandlash ishlari MTU va zavodlarda hamda quri- lishlarda bajarilganda, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilingan holdagina gaz payvandlash apparatlaridan foy- dalanishga ruxsat beriladi. Qurilishlarda ballonlarda kel- tirilgan asetilendan foydalanishga yoki yengil ko‘chma ge- neratorlar FBД-0,8, FBP-1,25, FBH-1,25 larni ishla- tish tavsiya qilinadi.
Gaz quvurlarini payvandlashdagi dastlabki materiallar Cb-0,8 yoki Cb-0,8 A rusumli payvandlash simi hisob- lanadi. Bunday sim bilan payvandlashdan oldin uni ishlab chiqarishdagiga o‘xshash namunani payvandlab, sinab ko‘rish kerak. =im ko‘p uchqunlar sachratmasdan oson erishi lozim. Chokning sirtida g‘ovaklar paydo bo‘lmasligi kerak.
Payvandlash ishlarini bajarishda qanday asbob va simni ishlatish lozimligini bilish shart. Agar quvurlarning devori 3 mm dan kam bo‘lsa, 1-raqamli uchlikni, 3—4 mm li bo‘lsa, 2-raqamli uchlikni ishlatish lozim. Agar devori- ning qalinligi 3 mm gacha bo‘lgan quvurlar payvandla- nadigan bo‘lsa, diametri 2—3 mm li sim, 3—4 mm li quvurlar uchun 3—4 mm li sim qo‘llaniladi.
Payvandlashni o‘zgaruvchan tokda va o‘zgarmas tokda bajarish mumkin. Devorining qalinligi 5 mm gacha bo‘lgan quvurlarni diametri 3 mm li elektrodlar bilan; buriladigan uchlarni 100—250 A, burilmaydigan uchlarni 80—120 A tok bilan payvandlash lozim. Yuqori malakali payvand- chilarga 150—160 A li tokda 4 mm diametrli elektrodlar bilan payvandlashga ruxsat beriladi.
Karbonat angidrid himoya muhitida quvurlarni pay- vanlash tartibini qo‘llaniladigan jihozlar va payvandlash simining xiliga hamda quvur devorining qalinligiga qarab belgilanadi. Kichik diametrli quvurlarning uchlarini elektr kontakt payvandlash usulida ham payvandlash mumkin. Buning uchun quvurlarning uchlari va qisqichlarga tegib turadigan joylari loy va zangdan, moydan tozalab tash- lanadi.
Quvurlarni kimyoviy usulda yedirish po‘lat cho‘tka yoki jilvir doira bilan tozalash tavsiya qilinadi. Uchma-uch payvandlashda me'yordan og‘ishlar quyidagi qiymatdan oshmasligi zarur:

  • tayanchlar ustiga qo‘yib payvandlashda uzunlik bo‘yicha 0,5 mm, tayanchlarsiz payvandlashda 1 mm;

  • tashqi diametri 20 mm gacha bo‘lgan detallar uchun

uchma-uch taqaladigan quvurlarning o‘qi siljishi—0,5 mm, diametri 30 mm gacha bo‘lgan detallar uchun—1 mm, diametri 30 mm dan katta bo‘lgan detallar uchun—1,5 mm.
Payvandlab bo‘lingan chok ichki va tashqi tomonidan, albatta, tozalab tashlanadi. Kichik diametrli quvurlarni qarshilik usulida payvandlash tavsiya qilinadi. Texnik nazorat xizmati gaz quvurlarini yig‘ish va payvandlash paytida payvand birikmalari sifatini nazorat qilib turishi shart.
Yoyli va gazli payvandlashda uchma-uch payvand- lanadigan quvurlarning uchlarini tayyorlashga, loy va zanglardan tozalashga e'tibor berish lozim. Quvurlar uch-
lari orasidagi tirqishga rioya qilgan holda ularni yaxshilab markazlash zarur. Payvandlash tartibiga hamda texnologik tartibga qat'iy rioya qilish lozim.
Elektr kontakt usulida payvandlashda texnik nazorat xizmati: quvurlarni payvandlashga tayyorlash; payvand- lash kallagida quvurlarni markazlashni; payvandlash tar- tibi (tok kuchlanishi, bosim, qisish, cho‘kish qiymati va h.k.)ni, quvur ustiga metall yopishib qolmaganligini na- zorat qilishi lozim.
Texnik nazorat xizmati operatsiyalarni nazorat qilishdan tashqari, quvurlarni tashqi ko‘zdan kechirib, ularning tozaligiga ishonch hosil qilishi zarur. Texnik nazorat xizmati payvand choklarining atrofi kamida 20 mm yaxshilab tozalanishini talab qilishi shart. Payvand choklarini qayta payvandlashga ruxsat berilmaydi. Aniqlangan teshiklar, g‘ovaklar va boshqa nosozliklarni chekanka qilib tuzatish qat'iy taqiqlanadi.

    1. Gaz quvurlarini ishlab turgan gaz tarmoqlariga ulash

Gaz quvurlarini ishlab turgan gaz tarmoqlariga ulash eng mas'uliyatli va xavfli ishlar jumlasiga kiradi. Bu ishni gaz xo‘jaligi ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning o‘qitib- o‘rgatilgan maxsus brigadalari bajaradi. Brigada ixtiyorida ulanadigan gaz quvurining ochib-berkitish armaturasi, probkalar va jihozlar ko‘rsatilgan sxema bo‘lishi kerak. Bu sxemani qurilish tashkiloti beradi. Gaz quvuri 200—1200 Pa gaz bosimi ostida ulanadi. Agar bosim bundan past bo‘lsa, ishlab turgan gaz quvurida teshik ochilgan, lekin yangi gaz quvuri ulanmagan paytda bosim nolgacha pasayib, sistemaga havo kirib qolish xavfi tug‘iladi. Agar bosim 1200 Pa dan yuqori bo‘lsa, gaz quvurida teshik ochish va payvandlash mumkin emas, chunki qirqilayotgan tirqishdan chiqa- yotgan alangani o‘chirish qiyin bo‘ladi. Bu alanga pay-


vandchi va chilangarni kuydirishi mumkin. =hu bilan birga, payvand chok g‘ovakli va mo‘rt bo‘lib chiqadi.
Ishlab turgan past bosimli tarmoqqa gaz quvurini ulashda gazni o‘chirib turmasa ham bo‘ladi. Bunda iste'molchilar tarmoqdan uzib qo‘yilmaydi. Agar gaz quvurlaridagi bosim 1200 Pa dan yuqori bo‘lsa, bosim rostlagichlar orqali pasaytiriladi. Yangi gaz quvurlarini ishlab turgan gaz qu- vurlariga ulashning eng keng tarqalgan usullaridan biri teleskopik usuldir. Bu usulda ulanadigan gaz quvuri eski gaz quvuriga 90˚ burchak ostida yaqinlashtiriladi. Ulanadigan gaz quvuri uchiga quvur bo‘lagi kiydiriladi. Uning qarshisiga diametri kiydirilgan quvur bo‘lagi diametridan kattaroq bo‘lgan patrubok payvandlanadi. Patrubok ichida eski gaz quvuri devorida ulanadigan gaz quvuri diametriga teng diametrli tuynuk ochiladi. =hu tuynuk o‘rnidan chiqqan metall parchasi oldindan payvandlangan sterjen yordamida chiqarib olinadi, patrubokka ulanadigan quvur bo‘lagi tiqiladi, oradagi tirqish asbest bilan zichlab qo‘yiladi. Ulash uzelidan havo chiqarib yuborilgandan so‘ng ulanadigan quvur bo‘lagiga halqa kiydiriladi va payvandlanadi. Pay- vandlangan joy sovigach, gaz bosimini pasaytirmagan holda ishlab turgan gaz quvuriga yangi gaz quvuri payvandlanadi. Bunda zulfin o‘rnatilishi shart emas.
Yangi gaz quvurini ishlab turgan eski gaz quvuriga gazni
butunlay o‘chirib ulash kamdan kam hollarda qo‘llaniladi. Bu usuldan gazni butunlay o‘chirmay turish xavfli bo‘lgan hollarda (ishlab turgan qozon va pechlar yaqinida) foydalaniladi.
Gaz quvurlarini «puflash» (ya'ni undan havoni chiqa- rish va gaz bilan to‘ldirish) yangi gaz quvuri eskisiga ulab bo‘lingan zahoti bajariladi. Buning uchun ulanadigan gaz quvuri oxiriga maxsus quvur («puflash» shami) ulanadi yoki kondensat to‘plagichlarning chiqish naychalaridan foydalaniladi. «Puflash» shamlarining yerdan balandligi
2,5 mm chamasi, soni va diametri esa, havosi chiqarila- digan gaz quvurining uzunligi va diametriga bog‘liq bo‘ladi. Puflashning tugaganligini bilish uchun chiqayotgan gazni tahlil qilish kerak. Agar undagi kislorod miqdori 1 foizdan kam bo‘lsa, puflash tugagan bo‘ladi.
Turar joylarda jami aholi uylariga joylashib bo‘lgandan so‘ng gaz beriladi. Yashovchilar gaz asboblaridan foyda- lanish qoidalari bilan tanishtiriladi va har bir xonadonga yo‘riqnoma beriladi. Jamoat va kommunal binolarning gaz quvurlariga gaz berishda maxsus o‘qib-o‘rgatilgan shaxs ishtirok etishi shart. Abonentlarga gazni shahar gaz tarmoq- larini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot vakili ochib beradi.



    1. Yerosti gaz quvurlarini ishlatish tartibi

Yerosti gaz quvurlari iste'molchilarga bir xil miqdorda kerakli bosimda uzluksiz va xavfsiz gaz uzatishni ta'minlash maqsadida gaz quvurlariga o‘rnatilgan moslama va quril- malarni doimiy (rejali tarzda) qurib boriladi va ta'mirla- nadi. Bundan tashqari, gaz quvurlaridagi bosim kerakli miqdorda ushlab turiladi.


Gaz quvurlari holatini kuzatishga gaz quvurlari tras- salari va yerosti qurilmalari quduqlarining gazlanganlik darajasini tartibli kuzatish hamda qurib borish ishlari kiradi. Quduqlarda gaz paydo bo‘lsa, quduq yonida gaz quvuri tuzatilmagan yoki ishdan chiqqan (gaz chiqib ke- tishi ro‘y beryapti) bo‘lsa, uni zudlik bilan ta'mirlash zarur. Buning uchun, avvalo, gaz chiqqan joyni aniqlash, so‘ng gaz quvuri ochib, ta'mirlanadi.
Gaz quvurlari trassalari va quduqlarini doimiy kuza- tishdan tashqari, gaz tarmoqlarini davriy (3—5 yilda bir marta) ravishda burg‘ilash orqali zichligi tekshiriladi va tadbirli ta'mirlash ishlari olib boriladi.
Iste'molchilarga gazni uzluksiz uzatish gaz quvurlari ta'mirlanganligi va tarmoqdagi gaz miqdori hamda bosimi
uzluksiz tartiblanganligi bilan ta'minlanadi. Gaz quvurlari gazni uzluksiz o‘tkazib turishi uchun gaz quvurlarini qurish yoki ishlatish natijasida ularga tushgan keraksiz mosla- malar, yotqiziqlar yoki kondensat doimiy olib tashlanadi. Gaz quvurlariga o‘rnatilgan moslama va qurilmalar davriy ravishda tekshiriladi va tartibga solinadi.
Iste'molchilarga gazni bir xil bosimda uzatish uchun shahar tarmog‘ida (shahar gaz tartiblagichi, gazgolder va boshq.) sarf bo‘ladigan gaz bosimini tartiblashtirish lo- zim. Buning uchun iste'molchilarga yuboriladigan gaz bosimini doimiy kuzatish tashkil etiladi, uning natijasiga qarab, shahar gaz tartiblagichlar ishi tartiblashtiriladi. Bun- dan tashqari, shahar tarmog‘iga bevosita gaz beruvchi zavodlarda ham gaz bosimi tartiblashtiriladi. Iste'molchi- larda gaz bosimi past bo‘lsa, unda tartiblagichdagi chiqish bosimi ko‘tariladi yoki qo‘shimcha tartiblagichlar o‘rna- tiladi. Gaz bosimi haddan ziyod oshib ketsa, tartiblagichda chiqish bosimi pasaytiriladi. Iste'molchilarga beriladigan gaz bosimini kuzatib borish gaz quvurlarining ta'mirlan- gani va turli tiqilmalarni aniqlashga yordam beradi. Gaz quvurlaridagi turli nosozliklarni bartaraf etish bilan turli baxtsiz hodisalar oldi olinadi va me'yorda gaz bilan ta'min- lanadi. Bu gaz xo‘jaligi xizmatining vazifalariga kiradi.
Ishlatish vazifalaridan yana biri — qayta qurilgan gaz quvurlarini qabul qilish, uni ishlab turgan tarmoqqa ulash va ishlatish. Turli majmuadagi masalalarni hal etish gaz xo‘jaligini ishlatish trestlari va idoralari zimmasiga yuklanadi. Bu tashkilot turi va tuzilishi, asosan, gaz xo‘jaligining hajmi orqali belgilanadi.



    1. Gaz quvurlari trassalarini ko‘rikdan o‘tkazish

Ishlash jarayonida yerosti gaz quvurlari va armaturalar shikastlanadi. Bunday nosozliklar, asosan, quyidagilar:


payvandlash oqibatidagi yorilishlar, quvurlar qo‘shilgan joydagi buzilishlar, quvur devorlarining korroziyasi, su- rilma birlashma (flanes)larining yorilishi, salniklar qo‘- shilmalari orasidan gaz chiqishi, kondensat yig‘uvchining nosozliklari va boshqalar.
Gaz sizib chiqishi natijasida tuproqning turli yo‘na- lishlarida tarqaladi, nozichlik orqali qo‘shni kollektorlarga, turli yerosti qurilmalarining quduqlariga, bino yerto‘lalari va birinchi qavatlarga chiqishi mumkin. Ko‘p gaz chiqqan hollarda takomillashgan yopilmalar yo‘lida, shuningdek, qish va yomg‘irli kunlarda tuproqning muzlashi yoki suv bilan to‘lishi natijasida tashqi haroratga erkin gaz chi- qishi qiyinlashganda yuz beradi. Kollektorlarga, quduq yoki yerto‘lalarga gaz sizishi natijasida baxtsiz hodisalar — zaharlanish, gazli havoga alanga yoki uchqunning tushishi bois yong‘in, portlash yuz berishi mumkin.
Gaz quvurlaridagi nosozliklarni aniqlash va baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun gaz quvurlari tizimli kuza- tuv ishlari tashkil etiladi. Birinchi navbatda, belgilangan reja bo‘yicha maxsus brigadalar gaz quvurlari trassalarini davriy ko‘rikdan o‘tkazish nazarda tutiladi. Gaz quvurlarini ko‘rikdan o‘tkazishda quyidagilar bajariladi: gaz sizishi- ning tashqi sabablarini aniqlash uchun gaz quvurlari tras- salarini ko‘rikdan o‘tkazish. Buni yoz kunlarida gaz quvuri trassasida o‘simliklar paydo bo‘lishidan bilish mumkin.



4-bob. GAZ QUVURLARINING ELEHTROHIMYOVIY HIMOYASI

4.1. Gaz quvurlarining elektr o‘lchamlari


Yerosti gaz quvurlarining zanglashi oqibatida yemirilish holati bir qator elektr o‘lchamlari asosida aniqlanadi.


O‘zgarishga taalluqli asosiy hajmlar quyidagilar:

  1. gaz quvurlarining yerga nisbatan potensiali;

  2. gaz quvurlarining boshqa yerosti qurilmalari va elektrlashtirilgan transportlariga nisbatan potensiali;

  1. gaz quvurlari bo‘ylab o‘tayotgan tokning hajmi va yo‘nalishi;

  2. yerosti metall qurilmalaridan oqayotgan tokning zichligi.

Gaz quvurlarining korrozion holatini baholashda, av- valambor, yerga nisbatan potensiali olinadi. Potensiallar- ning farqini o‘lchash uchun bir necha o‘n volt (yer va gaz quvurlari oralig‘ida) bir necha o‘nlik volt (elektrlash- tirilgan temiryo‘l relslari va gaz quvuri oralig‘i), bir necha o‘lchamlarga ega voltmetrlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Quyidagi o‘lchov chegaralari tavsiya qilinadi: 0,1, 0,3, 3, 10 va 100 V. Qoniqarli natija olish uchun qo‘llani- layotgan o‘lchov voltmetr 10000 /V dan kam bo‘l- magan kirish qarshiligiga ega bo‘lishi lozim.
Dala o‘lchovlarida yerga o‘tkazuvchi elektrodlar sifa- tida, odatda, po‘lat elektrodlari qo‘llaniladi. Gaz quvur- larining zanglash oqibatida yemirilish holatini baholashda potensiallarning o‘rtacha farqi kabi ahamiyatini bilish muhimdir. Bir joydagi o‘lchov muddati asosiy adashgan tok manbayiga bog‘liq bo‘lib, o‘zgarishi mumkin:

  1. tramvay va metro doirasidagi adashgan toklar ta'siri;

  2. elektrlashtirilgan temir yo‘llariga qarashli tuman- larda, o‘lchash davrida elektr poyezdlarning harakat jadvali asosida o‘lchov tumanidagi poyezdlarning har ikki yo‘na- lish bo‘yicha qatnovi hisobga olinadi.

Adashgan toklarni o‘lchashda belgilar lahzasini sanash bir xil oraliqda — 5 sekundda bajariladi. =analgan belgilar dala bayonnoma jurnaliga voltda, ikkinchi belgigacha aniqlikda olinadi.
Dala jurnaliga, albatta, o‘lchov joyining eskizi yerga biriktirilganligi bilan birgalikda yoki doimiy tekshiruv joyining biriktirilgan raqami ko‘rsatiladi. O‘rtacha miqdor hisobi quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi:
vo‘r= (A/n)·b,
bu yerda, vo‘r — o‘rtacha miqdor potensialining bir bel- gisi; A — umumiy yig‘indi miqdori potensiali bir bel- gisi; n — hamma hisoblarning soni (ijobiy, salbiy va nolga baravar bo‘lgan miqdor).
O‘lchash davrida kunlik avtomatik yozish juda foydali, ayniqsa, adashgan toklarning kuchli ta'siri aniqlangan maydonda (potensialning o‘rtacha miqdori — 0,2 V yuqori) bo‘lmagan hamda qidiruv ishlab chiqarishning himoya parametrlarini aniqlash vaqtida.
O‘lchamlar natijasiga qarab, potensiallar xaritasi tuzi- ladi, bunda rangli tayoqchalar bilan potensiallarning o‘rtacha miqdori belgilanadi. Qizil rang — ijobiy poten- sial, yuqoriga ajratiladi, ko‘k rang — salbiy potensial, pastga ajratiladi.


BAYONNOMA №

Potensialning yerga nisbatligi


Gaz quvuri . O‘lchov joyi . Ob-havo . Asbob № . O‘lchash kuni va vaqti 2014-yil , soat min. To — soat minutgacha. Taqsimlash narxi .



Asbob ko‘rsatkichi

Eslatma

Yig‘indilar o‘lchovi

O‘rta- cha miqdor

Ijobiy o‘zgarish

Yig‘indilar bo‘linmasi

=albiy o‘zgarish

Yig‘indilar bo‘linmasi

Maksi- mum bo‘lin- mada

+



Mini- mum bo‘lin- mada





O‘rtacha umumiy miqdor

O‘lchov birligi







O‘lchov birligi







O‘lchovni olib boruvchi (imzo). Olib bordi (imzo).


2014-yil .

Ishlab turgan gaz quvurlarida elektr o‘lchovlarning o‘tkazish davri, odatda, kamida:



  1. xavfsiz joylarda — bir yilda bir marta;

  2. adashgan toklarning aniqlangan joylarida — har cho- rakda bir marta;

d) elektr himoyali gaz quvurlarida — o‘n kunda bir marta.
Ijobiy potensiallarning topilmaganligi gaz quvurlardagi xavfsiz joylar, deb hisoblanadi. Bu holatda hamma elektr o‘lchovlar gaz quvurining va yer o‘rtasidagi potensiallarni farqiy aniqlash bilan taqqoslanadi.
Agarda, xavfli joylar aniqlansa, u holda gaz quvurlari va elektrlashtirilgan temiryo‘llarning relslari hamda boshqa yerostidagi qurilmalar, gaz quvurlari yonida joylashgan yoki ularning kesishgan yeridagi potensiallar farqi qo‘- shimcha ravishda o‘lchanadi.
Tokning gaz quvurlari bo‘ylab yo‘nalishi millivoltmetr yordamida o‘lchanadi, gaz quvurining ikki nuqtasiga ulanib o‘tkaziladi.
Gaz quvuridan o‘tayotgan tok kuchi (J) quyidagi ifoda
orqali aniqlanadi:



Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin