O‘ZBEKISÒON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RÒA MAXSUS ÒA’LIM VAZIRLIGI
O‘RÒA MAXSUS, KASB-HUNAR ÒA’LIMI MARKAZI
M.M. ATABAYEVA
GAZ TA’MINOTI TIZIMI JIHOZLARIDAN FOYDALANISH VA ULARNI TA’MIRLASH
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
4-nashri
Toshkent — «ILM ZIYO» — 2017
UO‘K: 662.959.63 (075) KBK 38.762.1ya722 O86
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
O‘quv qo‘llanmada gaz ta’minoti tizimi jihozlarini qurish, foy- dalanish va ularni ta’mirlash asosi izohlangan. Gaz quvurlari, GÒP, ichki xonadon jihozlari, suyultirilgan gazni saqlovchi guruh jihozlari- dan foydalanuvchi ishlab chiqarish binolari, shaharlarda, ishchi po- syolkalarida hamda qishloq joylarida qurish va montaj qilish ishlarida texnik tekshiruv usullariga e’tibor berilgan.
Taqrizchi:
B.À. ALIYEV — texnika fanlari nomzodi, dotsent.
ISBN 978-9943-16-295-2 © «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2007-y.
2
© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2017-y.
HIRISH
Gaz sanoati tez sur'atlar bilan rivojlana borib, yoqilg‘i- energetika balansida o‘z strukturasini o‘zgartirgan holda sanoat korxonalari hamda qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotiga, butun kommunal-maishiy sektorga katta ta'sir ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qish- loq aholisini ichimlik suvi va gaz bilan ta'minlash Davlat dasturi to‘g‘risida»gi qarorini bajarish borasida 2010-yilga- cha bo‘lgan davr uchun O‘zbekistonni tabiiy va suyultiril- gan gaz bilan ta'minlash bosh rejasi ishlab chiqilgan edi. Rejaning asosiy vazifasi — tabiiy va suyultirilgan gazga, moddiy-texnik resurslarga ehtiyoj hajmini aniqlash va O‘zbekistonni 2010-yilgacha to‘liq gazlashtirishdan iborat edi. Ushbu qarorga muvofiq, ko‘rsatilgan davr mobaynida qishloq joylarda, shahar tipidagi posyolkalarda gaz taqsim- lash tarmoqlarini foydalanishga topshirish ko‘zda tutildi. Ochiq konlar negizida xalq xo‘jaligini gazlashtirish dasturi kengaydi, respublikamizdagi aholi yashash punktlariga
o‘tkazilgan gaz quvurlari ancha uzaydi.
2010-yilgacha bo‘lgan davr uchun mo‘ljallangan O‘z- bekistonni tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta'minlash bosh rejasiga ko‘ra, tabiiy gazning asosiy iste'molchilari qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati, energetika, kimyo sanoati hisoblanadi. Gaz bilan ta'minlash bosh rejasi O‘zbekiston Respublikasining xalq xo‘jaligi obyektlarini loyihalashga asos bo‘ladigan hujjatdir. Unga vaqt-vaqti bilan
o‘zgartirishlar kiritib turiladi. O‘zbekistonning qishloq joylarini yonilg‘i bilan ta'minlashning asosiy variantlari ko‘rib chiqilgan, jumladan, gazni kommunal-maishiy va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun berish, suyultirilgan gazdan ovqat pishirish, chorvachilik binolarni isitish va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish, suyultirilgan gazdan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish. Qish- loq joylarini gazlashtirish — aholining turmush tarziga katta o‘zgartirishlar kiritadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada gaz bilan ishlash bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in mutaxassislari tayyorlashga oid mavzular keng yoritilgan. Kelajakda ularning o‘z kasbining ustasi bo‘lib yetishishida ushbu kitob muhim rol o‘ynaydi.
Dostları ilə paylaş: |