Gaz turbina qurilmalari Reja
Gaz turbina qurilmalari
Reja:
1. Gaz turbinalari
2. Regeneratsiyali gaz turbina qurilmalari
3. Havoni pog’onali siqish va pog’onali yondirishli gaz turbina qurilmalari
1. Gaz turbinalari
Gaz turbinasi deb, ishchi jismi yonuvchi gaz va havo aralashmasidan iborat bo’lgan issiqlik yuritgichiga aytiladi. Ishlash printsipi va konstruktsiyasi jihatidan bug’ turbinasiga o’xshash. Gaz turbinasining oquvchi qismida gaz oqimidan issiqlik energiyasi avval kinetik va so’ng rotor aylanishi mexanik ishiga aylanadi.
Gaz turbina qurilmalari bug’ turbinalariga nisbatan quyidagi afzalliklariga ega:
1) ixcham;
2) kondensator qurilmasining yo’qligi;
3) konstruktsiyasining soddaligi va qulayligi;
4) metall tejamkorligi;
5) sovitish uchun ko’p suv talab qilinmaydi.
Gaz turbinasining quyidagi kamchiliklari mavjud:
1) gaz turbinalarining tez ishdan chiqishi;
2) ishlatiladigan yoqilg’iga yuqori talabliligi.
Bug’ turbinalari kabi gaz turbinalari ham aktiv, reaktiv, bir pog’onali va ko’p pog’onali bo’ladi. Gaz harakatiga qarab o’qli va radial turlariga bo’linadi. Agar gaz turbina o’qi yo’nalishida harakat qilsa, u o’qli gaz turbinasi bo’ladi. Agar gaz turbina o’qiga perpendikulyar (ko’ndalang) harakat qilsa, unda radial gaz turbinasi bo’ladi. Reaktiv gaz turbinalarining qo’llanilishi FIK va ish rejimining barqarorlanishiga olib keladi. Ishlash rejimi, issiqlik miqdori, ishlatiladigan yoqilg’i turiga qarab ko’p pog’onali gaz turbinalari 2–7 va undan ham ko’p pog’onali bo’lishi mumkin. Kam miqdorli yuklamalar uchun bir pog’onali gaz turbinalari iqtisodiy qulay.
32–rasm. Gaz turbinasi qurilmasi sxemasi va tsikli.
Gaz turbinalari bug’ turbinalariga nisbatan yuqori boshlang’ich haroratda ishalydi. SHuning uchun uning detallari issiqqa chidamli po’latdan yasaladi, ba’zi holda ishchi kuraklarni sovitish uchun maxsus qurilmalar o’rnatiladi. Bundan tashqari, gaz turbinalari past (boshlang’ich) bosimda ishlaganligi sababli gazning kengayishi natijasida hajmi bir necha yuz barobar ortadi. SHuning uchun gaz turbinasini ishga tushirishdan oldin uning aerodinamikasi tekshirib ko’riladi. Gaz turbinasining alohida qurilmalarini hisoblash metodikasi bug’ turbinasi hisobi metodikasi bilan bir xil.
Kompressor atmosferadan havoni so’rib, kerakli bosimgacha siqib beradi va yonish kamerasiga uzatadi. Yonish kamerasiga nasos orqali forsunkadan yoqilg’i keladi va havo bilan aralashib yonadi. Hosil bo’lgan issiq aralashma turbinaga yo’naltiriladi (32–rasm). Aralashma haroratini yonish kamerasida havo miqdori orqali o’zgartirish mumkin. Masalan, turbina uchun issiq havo harorati 900–1100 K bo’lsa, u uzoq muddat ishlashi isbotlangan. Yonish harorati esa yonish kamerasida 2000 K ni tashkil etadi. Turbinada gaz kengayib, mexanik ish bajaradi. Turbina validagi quvvatning bir qismi kompressor kuraklarining aylanishiga sarf bo’ladi, qolgani iste’molchiga uzatilishi yoki elektr energiyasi olishga sarf bo’lishi mumkin.
Gaz turbina qurilmasining ish tsikli nazariy va haqiqiy termodinamik tsikllarga bo’linadi. Nazariy termodinamik tsiklda soddalashtirishlar qabul qilingan:
1) tsikl yopiq deb qaraladi, ideal gaz miqdori, tarkibi va sig’imi o’zgarmas;
2) tsikldagi hamma jarayonlar qaytar, issiqlik va gidravlik yo’qotishlar yo’q;
3) kompressorda siqilish va turbinada kengayish adiabatik bo’ladi, entropiya qiymati o’zgarmas.
33–rasm. Gaz turbina qurilmasining P–V va T–S diagrammalari.
Yonish kamerasiga issiqlik berilganda izobara bo’yicha (4–1) harorat T4 dan T1 gacha ortadi. 1–2 chizig’i turbinada ish jismining izoentropik kengayishini xarakterlaydi. Haqiqiy tsiklda ichki sraflar hisobiga issiqlik yo’qoladi va tsikl 1–2 chizig’i bo’yicha bo’ladi.
Termodinamik tsiklda issiqlik olinishi 2–3 izobarasi bilan ifodalanadi. Issiqlik olinish natijasida harorat boshlang’ich holatiga keladi (T). Haqiqiy jarayonda esa 2–3 chizig’i turbinadan gazning atmosferaga chiqarib yuborilishidagi sovishini bildiradi.
Termodinamik tsiklning termik f.i.k.:
1 = (q1–q2) /q1 = I0/q1
bu yerda:
q1–keltirilgan issiqlik miqdori;
q2–olingan issiqlik miqdori;
I0–olingan foydali ish.
Foydali ish turbina va kompressor izoentropik ishlari farqiga teng:
I0 = I0t – I0k
Kompressorda izoentropik siqilish 3–4–a–v yuza bilan belgilanadi va tsikl boshidagi hamda oxiridagi entalpiyalar farqi bilan ifodalanishi mumkin:
lok=i4 – i3 = cp(T4 – T3)
bu yerda: cp – o’zgarmas bosimdagi gazning issiqlik sig’imi;
i4–i3 – shakldagi siqilish boshidagi va oxiridagi entolpiya;
T4–T3 – 3–4 nuqtadagi absolyut harorat.
Turbinada gazning izoentropik kengayishi p-v diagrammada a–1–2–v yuza bilan belgilanadi hamda kengayishi boshi va oxiridagi entalpiya farqi bilan ifodalanishi mumkin:
lok= i1 – i2 = cv(T1 – T2)
bu yerda: cv – o’zgarmas hajimdagi gazning issiqlik sig’imi;
i1–i’2 – kengayish boshi va oxiridagi entalpiya;
T1–T2 – 1–2 nuqtadagi absolyut harorat.
Tsiklga keltirilgan issiqlik miqdori T–S diagrammada s–4–l–d yuza bilan belgilanadi:
q1 = cp(T1 – T4).
Haqiqiy jarayonda kompressorda gazning siqilishi va turbinada kengayishidagi ish miqdori:
lk = cp (T4 – T3);
lt = cp (T1 – T2).
Kompressor ichki f.i.k.:
k = 10k / 1k = (T4 – T3) / (T4 – T3).
Dostları ilə paylaş: |