G‘azal tahlili



Yüklə 2,68 Kb.
tarix20.09.2023
ölçüsü2,68 Kb.
#145554
G‘azal tahlili-fayllar.org


G‘azal tahlili

G‘azal tahlili


A. Navoiyning “Qaro ko‘zum” nomli g‘azalini tahlil qilmoqchiman. Bu asar barchaning ko‘nglidan joy olgani uchun ham ko‘p marotaba tahlil qilingan. Navoiyshunos bir olim ushbu g‘azalda baytlar so‘ngida qil’gil emas balki qil-qil so’zlari yozilgan, o’qishda xatolikka yo’l qo’yilgan degan edilar.
G’azal bir qarashda oshiqning yorga murojaatiga o’xshasada, ko’pchilik olimlar uni kengroq ma’noda ifodalashadi. Ya’ni g’azalda do’tlarning, ustoz va shogirdning bir-biriga bo’lgan muhabbati aks etgan deb qarashadi. Ikkala fikr ham to’g’riga o’xshaydi.
Qaro ko’zum, kel-u mardumlug’ emdi fan qilg’il,
Ko’zum qarosida mardum kebi vatan qilg’il.
Yuzing guliga ko’ngil ravzasiu yasha gulshan,
Qading niholig’a jon gulshanin chaman qilg’il.
Takovaringg’a bag’ir qonidin hino bog’la,
Itingga g’amzada jon rishtasin rasan qilg’il.
Firoq tog’ida topilsa tuprog’im, ey charx,
Xamir etib, yana ul tog’da ko’hkan qilg’il.
Yuzung visolig’a boshtin-ayog’ chin ila shikan qilg’il.
Xazon sipohig’a, ey bog’bon, emas moni’,
Bu bog’ tomida gar ignadin tikan qilg’il.
Yuzida terni ko’rib, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg’il.
Navoiy, anjumane shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog’lig’ o’qin sham’I anjuman qilg’il.
Baytlarga e’tibor bering, haqiqatda ham lirik qahramon aniq tasvirlanmagan. Shuning uchun ham ko’pchilikda turli fikrlar mavjud bo’lgan.
Firoq tog’ida topilsa tuprog’im, ey charx,
Xamir etib, yana ul tog’da ko’hkan qilg’il.
Bu baytda ham bir tarafdan qaraganda oshiqning yorga, bir tarafdan qaraganda do’stning do’stga murojaatiga ham o’xshatsa bo’ladi.
Xazon sipohig’a, ey bog’bon, emas moni’,
Bu bog’ tomida gar ignadin tikan qilg’il.

Bu bayt ham juda chiroyli yozilgan. Aslida, Navoiy g’azallarida chiroylimas baytning o’zi yo’q. Men shu kungacha ushbu g’azalni oshiq qahramonning yorga murojjati deb bilar edim. Ammo, g’azal haqidagi maqolani o’qigach, g’azalni ham boshidan o’qib chiqdim. O’qigan maqolam ta’sir qildimi, bilmadim-u lekin o’qigandan so’ng haqiqatda ham do’stlarning muhabbati ham yoritilgandek tuyuldi.


http://fayllar.org
Yüklə 2,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin