www.arxiv.uz
Reja:
1. Genlarning o`zaro ta`sir etish xillari.
2. Genlarning komplementar ta`siri.
3. Genlarning epistaz ta`siri.
4. Genlarning modifikator ta`siri.
1) Mendel qonunlarini o`rganish jarayonida bitta gen bitta belgini yuzaga chiqarishini ko`rib chiqdik. Ammo ayrim holatlarda chatishtirishlar natijasi Mendel qonuniyatlaridagidek bo`lib chiqmadi. Chunki ayrim holatlarda bitta belgi ikki va undan ortiq genlarning o`zaro ta`siri natijasida va aksincha bir necha belgilar bitta gen ishtirokida yuzaga chiqishi aniqlandi. Bu esa duragaylarda belgilarning ajralish nisbatiga albatta ta`sir qiladi. Demak har bir organizm genotipini bir-biriga aloqasi bo`lmagan alohida olingan genlarning to`plami deb bo`lmaydi. Genlarning o`zaro ta`siri deyilganda genlarning jismoniy jihatdan bir-biriga ta`sir ko`rsatishi emas balki ularning birlamchi va ikkilamchi mahsulotlarining belgilarni yuzaga chiqarish jarayonidagi o`zaro ta`sir tushuniladi.
Genlarning o`zaro ta`sirining allel va allel bo`lmagan genlarning o`zaro ta`siriga ajratib ko`rsatish mumkin.
Genlarning o`zaro ta`siri xillari
allel genlarning o`zaro ta`siri
allelmas genlarning o`zaro ta`siri
to`liq dominantlik
Chala domi- nantlik
o`ta domi- nantlik
Кodomi- nantlik
komple mentar
epistaz
poli meriya
Allel genlarning o`zaro ta`siri to`liq dominantlik, chala dominantlik, o`ta dominantlik va kodominantlik shakllarida yuzaga chiqadi. To`liq dominantlik - geterozigotali duragaylarning barchasida faqat bitta allelning belgisi to`liq namoyon bo`lib, ikkinchi allel belgisining paydo bo`lmasligi.
Chala dominantlikda dominant gen o`z xususiyatini to`liq yuzaga chiqara olmaydi. Belgi chala dominantlik bilan yuzaga chiqqanda birinchi avlodning geterozigotali duragaylarida dominant belgi to`liq paydo bo`lmaydi.
O`ta dominantlik - dominant allelning geterozigota holida - Aa, gomozigotaliligiga - AA qaraganda o`z belgisini kuchliroq nomoyon qilishi.
Кodominantlik - geterozigotali organizmda har ikkala allelga ham xos belgilarning yuzaga chiqishi.
Odatda har bir gen mustaqil ravishda bitta belgini yuzaga chiqaradi. Lekin ayrim holatlarda bitta genning belgini yuzaga mustaqil chiqarishda unga allel bo`lmagan, ikkinchi gen o`z ta`sirini ko`rsatishi mumkin. Allel bo`lmagan genlarning uch xil ta`siri yaxshi o`rganilgan: komplementarlik, epistaz va polimeriya.
2) Кomplementarlik - allel bo`lmagan genlarning har biri alohida-alohida belgini yuzaga chiqarib, birgalikda esa boshqacha belgini yuzaga chiqarishi. Кomplementarlikda ikkinchi avlod duragaylarida belgilarning ajralishi 9:3:3:1, yoki 9:7 yoki 9:3:4 nisbatlarda bo`ladi.
Genlarning komplementar ta`siri turli xil bo`lishi mumkin. Masalan, oq gulli no`xatlar chatishtirilganda qizil gulli no`xatning paydo bo`lishi, qora ( AAvv ) sichqon bilan albinos (aaVV ) sichqon chatishtirilganda va nihoyat kelib chiqishi har xil bo`lgan sharsimon qovoqlar chatishtirilganda ko`ramiz.
Agar kelib chiqishi har xil (AAvv va aaVV), lekin sharsimon qovoqlar chatishtirilsa, F1 da faqat gardishsimon (AaVv) qovoqlar vujudga kelib, F2 da ajralish 9:6:1 bo`ladi, ya`ni 9 ta gardishsimon, 6 ta sharsimon, 1 ta cho`zinchoq qovoqlar hosil bo`ladi. Bunda dominant komplementar genlarning har biri alohida sharsimon qovoqni, ikkala komplementar dominant gen o`zaro ta`sir etib, gardishsimon qovoqni vujudga keltiradi. Bu genlarning resessiv allellari o`zaro ta`sir etishi natijasida cho`zinchoq (aavv) qovoq rivojlanadi.
Sutemizuvchilarning hujayralarida virusga qarshi maxsus oqsil ya`ni interferon ishlab chiqariladi. Interferonning hosil bo`lishi ikkita allel bo`lmagan genning komplementar ta`siriga bog`liq. Bu genlarning biri ikkinchi xromosomada ikkinchisi esa beshinchi xromosomada joylashgan.
Voyaga etgan kishilarning gemoglobinida har biri alohida gen bilan boshqariladigan to`rtta polipeptid zanjiri bo`ladi. Demak gemoglobin molekulasining sintezida to`rtta komplementar genlar qatnashadi.
3) Epistaz-bitta gen ta`sirining unga allel bo`lmagan ikkinchi gen ta`siridan ustun bo`lishi. Lekin ayrim holatlarda epistaz resessiv gen ta`sirida ham yuzaga chiqishi mumkin. Shunga ko`ra genlarning epistaz ta`sirini ikkiga, ya`ni dominant va resessivga ajratiladi. Dominant epistazda bitta dominant gen ta`sirida ikkinchi dominant gen o`z belgisini yuzaga chiqara olmaydi (A >V). Resessiv epistazda esa resessiv gen ta`sirida dominant gen o`z belgisini chiqara olmaydi (a >D). O`ziga allel bo`lmagan bironta genning ta`sirini yo`qotib, o`zining belgisini yuzaga chiqaruvchi genga epistatik, belgisini yuzaga chiqara olmaydigan genga gipostatik gen deyiladi.
Genlarning epistaz ta`siri otlarda yaxshi o`rganilgan. Кulrang ot (SSvv) qora ot (ssVV) bilan chatishtirilsa birinchi avlod duragaylarining genotipi SsVv bo`lib, hammasi kul rang bo`ladi. Duragaylarning kul rang bo`lishi S genning V gen ustidan dominantlik qilishini ko`rsatadi. Birinchi avlod duragaylari o`zaro chatishtirilganda ikkinchi avlodda fenotip bo`yicha belgilar 12:3:1 nisbatda ajraladi. Dominant S geni bo`lgan hamma duragaylarning rangi kulrang, V genlari bo`lgan duragaylarning rangi qora, ikkala resessiv alleli bo`lgan duragaylar esa malla rangli bo`ladi. Ayrim holatlarda, dominant epistazda, ikkinchi avlodda belgilarning ajralishi 13:3 nisbatda ham bo`lishi mumkin. Masalan, oq tovuqlarni (CCII va ccii) o`zaro chatishtirilganda shunday natija olinadi. Resessiv epistazda esa ajralish 9:3:4 nisbatda bo`ladi.
4) Polimeriya - allel bo`lmagan bir necha genlar ta`sirida bitta belgining yuzaga chiqishi. Shunday polimer genlar ta`sirida hosil bo`ladigan belgilar polimer genlar hisoblanadi. Polimer genlar odatda bitta harf bilan ifodalanadi, ya`ni A1, A2, A3, A4 va hokazo. Bitta organizmda shunday bir xil genlarning to`planishi natijasida ularning ta`siri kuchayadi. Agar polimer genlarning yig`indisi ko`p bo`lsa, organizmning belgisi kuchli rivojlanadi, agar kam bo`lsa, shu belgi kuchsizroq rivojlanadi. Polimer belgilarning yuzaga chiqishini asrimizning boshlarida shved genetigi G.Nison-Ele (1908) qizil va oq donli bug`doylarni o`zaro chatishtirib, ularning ikkinchi avlodida belgilarning monoduragay chatishtirishdagidek 3:1 nisbatini oldi. Lekin shunday belgilari bo`lgan bug`doylarning ayrim navlari chatishtirilganda ikkinchi avlodda belgilar 3:1 nisbatda bo`lmasdan 15:1 nisbatda, ya`ni 15 ta rangli (qizil) va 1 ta rangsiz (oq) bo`lib chiqdi. Rangli bug`doy donlari rang jihatdan ham tekis bir xil bo`lmasdan to`q qizildan tortib to qizg`ish ranggacha hosil bo`ladi. Qizil rangni allelning dominant genlari oq rangni esa ularning resessivi yuzaga chiqaradi. Dominant genlar sonining kamayishi bilan belgi ham (qizil rang) kuchsizroq bo`lib yuzaga chiqadi. Dominant genlar sonining oshishi bilan belgi ham kuchliroq namoyon bo`ladi, bunga kumulyativ polimeriya deyiladi.
Ayrim holatlarda polimer genlar belgilarning faqat soninigina aniqlab bermasdan sifatini ham belgilashi mumkin. Bunda belgilarning paydo bo`lishi dominant genlarning soniga bog`liq bo`lmasdan ularning bor yoki yo`qligiga bog`liq bo`ladi va bu holni kumulyativ bo`lmagan polimeriya deb yuritiladi. Кo`pgina belgilar polimer genlar ta`sirida yuzaga chiqadi. Masalan: o`sish tezligi, tirik vazni, tovuqlarning serpushtligi, sut va undagi yog` miqdori, vitaminlarning to`planishi, biokimyoviy reaksiyalar tezligi, hayvonlarda nerv sistemasining xususiyatlari va hokazolar.
Genlar polimer ta`sirining biologik ahamiyati shundaki, polimer genlar ishtirokida yuzaga chiqqan belgilar bitta gen bilan yuzaga chiqqan belgilarga qaraganda juda mustahkam va turg`un bo`ladi. Polimer genlar bo`lmaganda organizm har xil ta`sirlarga, ayniqsa mutagen omillar ta`siriga oson beriluvchan bo`lar edi.
5) Asosiy genlarning ta`sirini kuchaytiruvchi yoki susaytiriluvchi genlarga modifiktor genlar deyiladi. Ular belgini keskin o`zgartirmasdan balki uning rivojlanishini kuchaytirishga va kuchsizlantirishga sabab bo`ladi. Modifikator genlar dominant yoki resessiv bo`lishlari mumkin. Masalan, ola-bula sichqon-larda bu tus faqat ularga shunday tus beradigan asosiy genga emas, balki modifikator genlarning ko`proq (4 dan 10 gacha) bo`lishiga ham bog`liq ekanligi aniqlangan. Modifikator genlarning ta`siri qoramol, cho`chqa, qo`y, otlar rangining va o`simliklar gulining olachipor bo`lishiga olib keladi. Ma`lum bo`lishicha, moddalar ishlab chiqarish uch tipdagi genlarning: strukturali genlar, operator genlar va regulyator genlarning o`zaro ta`siri natijasida tartibga solinar ekan.
Polipeptidlarda aminokislotalarning ketma-ket joylashishini belgilovchi genlar strukturali genlar deb ataladi. Bunday genlar ma`lum bir ferment hosil qilish qobiliyatiga ega bo`lib, ular bunday fermentni sintez qilishni to`xtatishi yoki ehtiyoj bo`lsa, davom ettirishi mumkin ekan. Bunday tartibga solishni operator genlar va regulyator genlar amalga oshiradi. Operator gen regulyator gennning buyrug`iga binoan strukturali genning aktivligini kuchaytiradi yoki susaytiradi.
Adabiyotlar:
Dostları ilə paylaş: |