Geometriya 7 A. Azamov, B. Haydarov, E. Sariqov, A. Qo‘chqorov, U. Sag‘diyev toshkent



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/17
tarix22.06.2020
ölçüsü2,44 Mb.
#31929
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
geometriya 7-sinf ozbek tilda 2


GEOMETRIYA
7
A. Azamov, B. Haydarov, E. Sariqov, 
A. Qo‘chqorov, U. Sag‘diyev
TOSHKENT
“YANGIYO‘L  POLIGRAF  SERVIS”
2013
Umumiy o‘tra ta‘lim maktablarining 
    
         
O‘zbekiston Respublikasi
       

    !   "  
          #$        
 "  %     %  &   %         "  %
&        %             "  %
&       &         &            
    &   #
'( )          &  %  
     %           #$    
          && #* &   
  %&   % &          &     + 
      %   &            &&  
 & #
,  "        &   &  + &
  # -                   "   &   
"  #
'( )      &     +   %
                &  &"   
     #
.'/  )%0112%0134#
    5
A. Ya. Normanov%
       %%6&7-
           8
S. X. Saidaliyeva%
       %                  
    8
B. Q. Eshmamatov%        %  9:"   
  & 8
I. V. Chernyakova%   90  &     #
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan ijara uchun chop etildi.
UO‘K: 514(075)
KBK 22.151
G35
G35 Geometriya 

5          &       ;

<#<# <  =  & #>#               #
 
-
 
 #5 @/    A% 0134#  3:1 &#
 
   
 
 
 
 
-6B5 3#C1DE

B$B 00#3D3 03
FG$H 2I22J44::2J
FG$H 2I22J44::2J

3
 
I bob. Planimetriya. Boshlang‘ich geometrik ma’lumotlar
1.
  Geometriya fani va predmeti. Geometriya fanining maqsad va vazifalari .................6 
2.
  Eng sodda geometrik shakllar: nuqta, to‘g‘ri chiziq va tekislik ...................................11
3.
  Kesma va nur ............................................................................................................14
4.
 Kesmalarni 
taqqoslash 
..............................................................................................16
5.
  Kesmaning uzunligi va uning xossalari. Kesmalarni o‘lchash ...................................20
6.
 Amaliy 
mashg‘ulot 
.....................................................................................................23
7.
  Burchak. Burchaklarni taqqoslash. Bissektrisa ..........................................................25
8.
 Burchaklarni 
o‘lchash. 
Transportir 
.............................................................................28
9. 
1-nazorat ishi .............................................................................................................31
10.
  Burchakning turlari: to‘g‘ri, o‘tkir va o‘tmas burchaklar ..............................................32
11.
  Qo‘shni va vertikal burchaklar hamda ularning xossalari ..........................................34
12.
  Geometriyani o‘rganishda fikrlar ketma-ketligi va o‘zaro bog‘liqligi ...........................37
13.
  Perpendikular to‘g‘ri chiziqlar .....................................................................................39
14. 
Teskarisini faraz qilib isbotlash usuli ..........................................................................43
15.
 Amaliy mashg‘ulot .....................................................................................................46
16. 
Bilimingizni sinab ko‘ring ...........................................................................................47
17.
 2-nazorat ishi .............................................................................................................52
II bob. Uchburchaklar 
18.
  Siniq chiziq. Ko‘pburchak ..........................................................................................54
19.
  Uchburchak. Uchburchakning turlari .........................................................................57
20.
  Uchburchakning asosiy elementlari: mediana, balandlik va bissektrisa ....................59
21.
  Uchburchaklar tengligining birinchi (TBT) alomati .....................................................62
22.
  Teng yonli uchburchakning xossalari .........................................................................65
23.
  Uchburchaklar tengligining ikkinchi (BTB) alomati ....................................................68
24.
  Uchburchaklar tengligining uchinchi (TTT) alomati ...................................................75
25. 
Kesma o‘rta perpendikularining xossasi ....................................................................77
26.
 Amaliy mashg‘ulot .....................................................................................................78
27.
  Bilimingizni sinab ko‘ring ...........................................................................................80
28.
 3-nazorat ishi .............................................................................................................84
III bob. Yasashga doir masalalar
29.
 Aylana ........................................................................................................................86
30.
  Sirkul va chizg‘ich yordamida yasashga doir masalalar ............................................88
31.
  Berilgan burchakka teng burchak yasash ..................................................................89
32.
  Berilgan burchak bissektrisasini yasash ....................................................................91
33.
  Berilgan to‘g‘ri chiziqqa perpendikular to‘g‘ri chiziq yasash. Kesmani 
 
teng ikkiga bo‘lish ......................................................................................................93
34.
  Uchburchakni berilgan uch tomoniga ko‘ra yasash ...................................................96
35.
  Bilimingizni sinab ko‘ring ...........................................................................................98
M U N D A R I J A

4
36.
 4-nazorat ishi .............................................................................................................98
IV bob. Parallel to‘g‘ri chiziqlar
37.
  To‘g‘ri chiziqlarning parallelligi ................................................................................. 100
38. 
Ikki to‘g‘ri chiziq bilan kesuvchi hosil qilgan burchaklar ........................................... 102
39.
  Ikki to‘g‘ri chiziqning parallellik alomatlari ................................................................ 104
40.
  Ikki to‘g‘ri chiziqning parallellik alomatlari (davomi) ................................................. 106
41.
 Teskari teorema ....................................................................................................... 108
42.
  Ikki parallel to‘g‘ri chiziq va kesuvchi hosil qilgan burchaklar .................................. 110
43.
  Mos tomonlari o‘zaro parallel bo‘lgan burchaklar .................................................... 112
44.
  Mos tomonlari o‘zaro perpendikular bo‘lgan burchaklar .......................................... 113
45.
  Bilimingizni sinab ko‘ring ......................................................................................... 116
46.
 5-nazorat ishi ........................................................................................................... 119
47.
  Uchburchak ichki burchaklarining yig‘indisi haqidagi teorema ................................ 120
48.
  Uchburchak tashqi burchagining xossasi ................................................................ 123
49. 
Masalalar yechish .................................................................................................... 125
50.
  To‘g‘ri burchakli uchburchakning xossalari .............................................................. 126
51.
  To‘g‘ri burchakli uchburchaklarning tenglik alomatlari ...............................................70
52.
  Burchak bissektrisasining xossasi .............................................................................73
53.
  Uchburchakning tomonlari va burchaklari orasidagi munosabatlar ......................... 128
54.
 Uchburchak tengsizligi 
............................................................................................. 130
55. 
Bilimingizni sinab ko‘ring ......................................................................................... 132
56.
 6-nazorat ishi ........................................................................................................... 136
V bob. Geometriya kursining aksiomatik qurilishi
57. 
Planimetriyaning aksiomatik qurilishi ....................................................................... 138
58 – 59. 
Parallellik aksiomasi tarixi va unga teng kuchli jumlalar ................................... 143
VI bob. Takrorlash
60. 
Geometrik masalalarni yechish ............................................................................... 146
61. 
Hisoblashga doir masalalar ..................................................................................... 148
62. 
Isbotlashga doir masalalar ....................................................................................... 150
63 – 64. 
Takrorlashga doir masalalar ............................................................................. 152
65 – 66. 
Bilimingizni sinab ko‘ring .................................................................................. 153
67 – 68. 
Yakuniy nazorat ishi .......................................................................................... 158
 
Javoblar va ko‘rsatmalar .......................................................................................... 158

PLANIMETRIYA.
BOSHLANG‘ICH GEOMETRIK
MA’LUMOTLAR
I BOB
Bilimlar:
—  Geometriya tarixiga oid asosiy ma’lumotlarni bilish;
—  nuqta, to‘g‘ri chiziq, tekislik, kesma, nur, burchak kabi dastlabki geometrik 
tushunchalarga ega bo‘lish;
—  dastlabki geometrik tushunchalarning asosiy xossalarini bilish;
—  geometriya va planimetriya ta’rifini bilish;
—  to‘g‘ri, o‘tkir va o‘tmas burchaklarni farqlay olish;
—  qo‘shni va vertikal burchaklar hamda ularning xossalarini bilish;
—  ta’rif, aksioma, teorema va isbot tushunchalarining mohiyatiga tushinib yetish;
—  teskarisini faraz qilib isbotlash usulini bilish.
Amaliy ko‘nikmalar:
—  Asosiy geometrik shakllarni tekislikda tasvirlash, belgilash, taniy olish va belgilariga 
ko‘ra o‘qish;
—  kesmalarni ko‘chirib qo‘yish, o‘zaro taqqoslash va ularning uzunliklarini o‘lchay 
olish;
—  burchaklarni ko‘chirib qo‘yish, taqqoslash va ularning gradus o‘lchovlarini topa 
olish;
—  geometrik shakllarni yasash va o‘lchash ishlarida chizg‘ich, sirkul, transportir kabi 
o‘quv qurollaridan foydalana olish.
Bu bobni o‘rganib chiqqach, quyidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarga 
ega bo‘lasiz:
Ahmad Farg‘oniy 
qayta qurgan Nil daryosi 
suvining sathini o‘lchash 
qurilmasi (IX a.)

6
Geometriya fani va predmeti. Geometriya fanining vazifalari
Geometriyaga oid dastlabki tushunchalar, 
bundan 4-5 ming yil muqaddam qadimgi Misrda 
paydo bo‘lgan. O‘sha kezlarda Nil daryosining 
suvi har yili toshib, ekin maydonlarini yuvib turgan. 
Shuning uchun, ekinzorlarni qayta taqsimlash va 
soliq miqdorini aniqlash uchun bu maydonlarda 
belgilash va o‘lchash ishlarini bajarishga to‘g‘ri 
kelgan (1-rasm). Qadimgi yunon olimlari yer o‘lchash 
usullarini misrliklardan o‘rganib, uni geometriya 
deb ataganlar. Geometriya” yunoncha so‘z bo‘lib, 
“geo” — yer, “metrio” — o‘lchash degan ma’noni 
anglatuvchi qismlardan tuzilgan.
Geometriyaga oid dastlabki tushunchalar Qa-
dimgi Bobilda ham paydo bo‘lgan. Xususan, ta-
rixchilar Pifagor teoremasi Bobilda topilgan deb 
hisoblashadi. Mil.avv. VII–VI asrlarda Qadimgi 
Xorazmda ham Misrdagi kabi Amudaryoning quyi 
qismida yer o‘lchash ishlari bajarilgan. 
Qadimgi Misrda geometriya bahaybat pirami-
dalar, qasrlar va turar joylarnu qurishda ham zarur 
bo‘lgan. Yunonlar uchun geometriya qurilishdan 
tashqari, dengizda suzishda ham zarur bo‘lgan 
(2-rasm). Mana shunday amaliy ehtiyojlar insonni 
turli shakllarni va ularning xossalarini o‘rganishga 
undagan.
Qadimgi Yunonistonning 7 donishmandidan biri 
bo‘lgan Fales geometriyaning dastlabki teorema-
larini isbotlagan.
Eramizdan avvalgi IV asrga kelib, geomet-
riyaga oid o‘rganilgan ko‘plab tushunchalar va 
ularning xossalari yig‘ilib qolgan. Yunon olimi Platon 
geometriyada ajoyib bir qonuniyatni payqagan: avval 
o‘rganilgan, to‘g‘riligi tasdiqlangan xossalardan 
mantiqiy fikrlash, mushohada yuritish orqali yangi 
xossalarni keltirib chiqarsa bo‘lar ekan. Bunday 
1
2
3
1

7
mashg‘ulot o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini 
o‘stirgani uchun geometriya maktablarda asosiy 
fanga aylangan. Hatto, Platon akademiyasining 
peshtoqiga “Geometriyani bilmaydiganlar uchun 
bu maktabga yo‘l yo‘q!” degan shior osib qo‘yilgan 
ekan (3-rasm).
Qadimgi  yunon  olimi Yevklid o‘sha paytgacha 
ma’lum bo‘lgan barcha geometrik tushuncha va 
xossalarni tartibga keltirib, «Negizlar» deb nomlangan 
kitobida bayon etdi. Bu kitob ikki ming yil mobaynida 
maktablar uchun eng muhim darslik vazifasini o‘tadi 
va fan taraqqiyotida ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Geometriyani o‘qitish hozir ham ana shu kitobdagi 
g‘oyalarga tayanadi.
O‘tmishda yashab o‘tgan deyarli barcha olimlar 
geometriya bilan shug‘llanganlar. Buyuk vatan-
doshlarimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, 
Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn 
Sino, Umar Hayyom ham Yevklid «Negizlar»ini puxta 
o‘rganib, bu fan rivojiga o‘z hissasini qo‘shganlar. 
Sharq mamlakatlarida geometriya handasa deb 
atalgan va unga katta ahamiyat berilgan. Bu fikrni, 
muhandis (injener) so‘zining o‘zagi “handasa” 
ekanligi ham tasdiqlab turibdi.
Bizni o‘rab turgan har bir predmet qandaydir 
shaklga ega. Masalan g‘ishtni olaylik. U 6-sinfdan 
sizga tanish to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidadir 
(4-rasm). Bundan tashqari uning 8 ta uchi bor — bular 
nuqtalardir, 12 ta qirrasi bor — bular kesmalardir, 6 
ta yog‘i bor — bular to‘g‘ri to‘rtburchaklardir. 
Nuqta, to‘g‘ri chiziq, kesma, burchak, uch-
burchak, kvadrat, aylana, kub, shar kabi qator 
geometrik shakllar bilan siz quyi sinflarda tanishgansiz 
(5 – 7-rasmlar)
Yevklid 
(eramizdan avvalgi 
III asr)
Q a d i m g i   y u n o n   o l i m i , 
geometriya fani shakllanishida 
katta o‘rin tutgan – “Negizlar” 
asari bilan mashhur.
4
5
6
nuqta
to‘g‘ri chiziq
kesma
burchak
kvadrat
uchburchak
Geometriya — geometrik shakllar va ularning 
xossalari haqidagi fan.

8
Savol, masala va topshiriqlar
1.  Geometriyaga oid dastlabki ma’lumotlar qayer- 
da va qanday paydo bo‘lgan?
2.  Geometriya so‘zining ma’nosi nima va nima 
uchun u shu nom bilan atalgan?
3.  Geometriyaga asos solgan va uning rivojiga his-
sa qo‘shgan qaysi olimlarni bilasiz?
4.  Samarqanddagi tarixiy yodgorliklar va hozirgi 
davrga oid inshootlar (8 –9-rasmlar) qurilishida 
geometriyaga doir bilimlar qanchalik kerak 
bo‘lgan?
5.  Geometriya fani nimani o‘rganadi?
6.  Planimetriya geometriyaning qanday bo‘limi? 
Stereometriya-chi?
7.  Tevarak atrofingizdan geometrik shakllarni es-
latuvchi predmetlarga misollar keltiring va ularni 
daftaringizga chizing.
8
9
5-rasmda tasvirlangan shakllar tabiatdagi turli 
jismlarning geometrik timsolidan iborat. Jismlarni 
geometrik nuqtai nazardan o‘rganganimizda ularning 
faqat shaklini inobatga olamiz.
Biz nuqta, kesma, burchak, uchburchak kabi 
yassi shakllarni daftar varag‘iga chiza olamiz. Kub, 
piramida, shar kabi fazoviy geometrik shakllarni esa 
chiza olmaymiz. Ammo ularning ko‘rinishini daftarda 
tasvirlashimiz mumkin.
Planimetriya geometriyaning boshlang‘ich bo‘-
limi bo‘lib, u tekislikdagi geometrik shakllarning 
xossalarini o‘rganadi. Fazoviy shakllarning xossala-
rini esa geometriyaning stereometriya deb atala-
digan bo‘limi o‘rganadi. Biz geometriyani o‘rganishni 
planimetriyadan boshlaymiz.
Planimetriya — geometriyaning bo‘limi bo‘lib, 
u tekislikdagi geometrik shakllarning xossa-
larini o‘rganadi.
7
kub
shar
10

9
8.  5– 7-rasmlarda tasvirlangan shakllarning qaysi 
xususiyatlariga qarab guruhlarga ajratish mum-
kin? Bu xususiyatlar qanday?
9.  Planimetriya 5 – 7-rasmlarda tasvirlangan  shakl-
lardan qaysilarining xossalarini o‘rganadi?
10. 10-rasmda futbol maydoni tasvirlangan. Bu tas-
virda qanday geometrik shakllarni ko‘rayapsiz?
11.  11-rasmda berilgan shaklda nechta uchburchak 
bor?
12. 12-rasmda davlatimiz gerbidagi timsol tasvir-
langan. U qanday geometrik shakllardan tuzil-
gan?
11
12
13
14
Tarixiy lavhalar.
 
Nilni jilovlagan farg’onalik alloma.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, yurtimizda yetishib chiqqan 
Ahmad al-Farg‘oniy (13-rasm) 861-yili Qohira shahri 
yaqinida Nil daryosidagi suv sathini o‘lchaydigan “Nilometr” 
(ya’ni “Nil o‘lchagich”) deb nomlangan inshootni barpo 
etgan (14-rasm). Ilmiy-texnik va me’moriy jihatdan 
g‘oyat  mukammal hisoblangan hamda o‘zida noyob geometrik 
yechimlarni mujassam etgan bu qurilmada olib borilgan 
o‘lchash  ishlari uzoq  vaqtlar  davomida dehqonchilik uchun 
juda zarur  bo‘lgan va u hozirgacha saqlanib qolgan. Ahmad 
Farg‘oniy o‘zining "Usturlob yasash  haqida risola" asarida 
astronomiya uchun muhim xossa — Ptolomey teoremasining 
nafis isbotini bergan. Ahmad al-Farg‘oniy sharafiga Oyda 
topilgan krater  nomlangan va Qohira sharida haykal 
o‘rnatilgan.
Ahmad al-Farg’oniy
(taxminan 797— 875-yillarda
yashab ijod etgan)
Buyuk astronom, matematik va geograf. 
O‘rta asr  Yevropa ilmiy adabiyotida uni 
Al'fraganus deb ataganlar.

10
Matematik masalalar xazinasi
Ma’lumki, keyingi paytlarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari juda tez 
rivojlanmoqda va jadal sur’atlar bilan ta’lim tizimiga ham kirib bormoqda. Shu kunga 
kelib, Internetning World-Wide-Web – Jahon axborot tarmog‘ida shunchalik ko‘p axborot 
manbalari joylashtirilganki, bu xazinadan foydalanish har bir yosh avlod uchun juda zarur 
va foydali. Mazkur web-sahifalardan siz o‘zbek, rus, ingliz va boshqa tillarda matema-       
tika olamidagi eng oxirgi yangiliklar, elektron kutubxonalar omborida saqlanayotgan ko‘p-
lab elektron darsliklarni topishingiz 
mumkin. Shuningdek, ular orqali 
turli-tuman nazariy materiallar, 
metodik tavsiyalar, son-sanoqsiz 
masalalar, misollar va ularning 
yechimlari, turli davlatlarda o‘tka-
zilayotgan matematik ko‘rik-tan-
lov va olimpiadalar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar va ularda taqdim 
etilgan masalalar, qiziqarli ma-
tematik masalalar va ularning 
yechimlari bilan tanishishingiz 
mumkin.
Xususan, 
www.eduportal.uz
 – Xalq ta’limi vazirligining axborot ta’lim portalidan ham 
geometriyaga oid o’zingini qiziqtirgan turli ma’lumotlarni olib ko‘rishni tavsiya etamiz.
Quyida yana bir qator axborot resurs manbalarining manzillari berilmoqda:
www.school.edu.ru 
– Umumta’lim portali (rus tilida) 
www.alledu.ru 
– “Internetdan ta’lim” portali (rus tilida)
www.allbest.ru 
– Internet resurslari electron kutubxonasi (rus tilida)
http://www.mathtype.narod.ru/
 – Online-darsliklar (rus tilida)
http://mschool.kubsu.ru/
 – Elektron qo‘llanmalar kutubxonasi. Sirtqi matematik olimpiadalar 
http://matematika.agava.ru/
 – Matematikadan 2000 dan ortiq masalalar (rus tilida) 
http://mat-game.narod.ru/
 – Matematik gimnastika. Matematik masalalar va boshqotirmalar  
http://mathproblem.narod.ru/
 – Matematik to‘garaklar, maktablar va olimpiadalar (rus tilida)
http://mathtest.narod.ru/
 – Matematik testlar (rus tilida)
http://www.ams.org/mathweb/
 – Math on the Web – Internetda matematika (ingliz tilida)
http://www.sch57.msk.ru/collect/smogl.htm
 – Matematika tarixiga oid materiallar (rus tilida)
http://www.mccme.ru/free-books/
 – Matematikadan masalalar to‘plami, o‘quv adabiyotlari (rus tilida)
http://mat.1seplember.ru
 – «Первое сентября» nashr uyining «Математика» gazetasi (rus tilida)
http://www.exponenta.ru
 – Matemaтik ta’lim sayti (rus tilida)
http://www.neive.by.ru
 – Geometrik portal (rus tilida)
http://zadachi.mccme.ru
 – Geometrik masalalar sayt (rus tilida)i
http://www.math-on-line.com
 – Qiziqarli matematika masalalari (rus tilida)

11

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin