Гигиена Нервной Системы

Yüklə 1,99 Mb.
səhifə1/9
tarix23.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#120988
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Anatomiya mt copy

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Odam antomiyasi fiziologiyasi fanidan MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIG‘i
301- guruh Biologiya (kechki) talabasi Rustamov Sanjar

Mavzu: Oliy nerv faoliyati. Xotira xususiyatlarini aniqlash

Reja:

Oliy nerv faoliyati

Oliy nerv faoliyati - hayvon va odam markaziy nerv sistemasi oliy boʻlimlari (bosh miya yarim sharlari pusti va pust osti markazlari)ning faoliyati; butun organizmning tashki muhit bilan normal munosabatda bulib turishini taʼminlaydi. Oliy nerv faoliyati terminini fanga I. P. Pavlov kiritgan. U Oliy nerv faoliyatif. ni "psixik faoliyat" bilan bir maʼnodagi tushuncha deb hisoblagan. Pavlov aytganidek, psixik faoliyatning hamma shakllari, jumladan, odam tafakkuri va ongi Oliy nerv faoliyatif. elementlaridandir. Oliy nerv faoliyatif. toʻgʻrisidagi taʼlimotni yaratuvchilardan biri — Pavlovning oʻtmishdoshi I. M. Sechenov boʻlgan. U "Bosh miya reflekslari" degan asarida (1863) psixik faoliyatning reflektor tabia-ti toʻgʻrisidagi gʻoyani rivojlantirgan.

Oliy nerv faoliyati organizmning gomeostazini ushlab turuvchi va shartsiz reflekslar orqali amalga oshiriladigan pastki nerv faoliyatiga (poʻstloq osti, uzunchoq miya va orqa miya, vegetativ nerv sistemasiga) asoslanadi. Atrof-muhit va ichki muhitdagi oʻzgarishlarga moslashish zarurati tugʻilganda, psixikaning moddiy asosi boʻlgan yuqori asab faoliyati mexanizmlari (poʻstloq, unga eng yaqin poʻstloq osti qismi) faollashadi. shartli reflekslar orqali amalga oshiriladi. Barcha yuqori asab faoliyati ikkita nerv jarayonidan iborat — qoʻzgʻalish va tormozlanish

Qoʻzgʻalish (fiziologiyada) - tirik hujayraning biror taʼsirga javob reaksiyasi, tirik sistemaning fiziologik nisbiy tinch holatdan maz-kur toʻqima yoki hujayra uchun xos boʻlgan faol holatga oʻtishi. 
Tormozlanish (fiziologiyada)—qoʻzgʻalish taʼsirida organlar, toʻqimalar yoki hujayralar nerv markazlari faoliyatini susaytiradigan nerv jarayoni. Odam va hayvonlar markaziy nerv sistemasida Tormozlanish jarayonlari mavjudligini ilk bor I. M. Sechenov (1863) aniqlagan.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin