Gipermatn tushunchasini yaratilishi 1960 yillarning oxirida Ted Nelson ismli olim gipermatn tushunchasini yaratdi. Bu kontseptsiya butun olam to`rining asosini tashkil etadi. Unda xujjatlar va sahifalar orasida bog`lanishlar ko`zda tutilganligini alohida ta'kidlab o`tish kerak.
Nelson axborotni o`rganishning yangi usulini taklif qildi. U o`quvchiga ma'lumotlarni kitobdagi kabi ketma-ket joylashgan tarzda emas, balki o`quvchiga qulay bo`lgan va zarurat tug`ilganda turli joylarda joylashgan sahifalarga ham o`ta olish imkoniyatiga ega bo`lgan tarzda tasvirlashni hoxlagan edi. Bu usulda kitobni boshidan oxirigacha o`qish va axborotni ketma-ket o`zlashtirish o`rniga o`quvchi o`zi tushunmagan biror so`zni ajratib olishi va bu so`z haqida ko`proq ma'lumotga ega bo`lishi mumkin.
Nelson o`zi taklif etgan usulni quyidagicha tasavvur qilgan edi. Masalan, konstitutsiyani o`qib turib saylov tizimi tushunchasiga duch keldingiz, shu erdan boshqa xujjatni ochib, saylov tizimi qanday ishlashi haqidagi batafsil ma'lumotlarni olasiz.
U erdan saylov tizimining tashkil etilgan paytidan hozirgi kungacha bo`lgan tarixi aks etgan xujjatga o`tasiz. Bu xujjatdan sobiq prezidentlardan birining tarjimai holiga o`tdingiz. U erda prezidentning sevimli mushugi haqida o`qib turib, hayotingizdagi birinchi mushukni qanday boqishga bag`ishlangan xujjatga, bu xujjatning paypoqlar va mushuklar to`g`risida gap borgan qismidan paypoqlarga bag`ishlanganboshqa xujjatga va xokazolarga o`tishingiz mumkin. Nihoyat, o`qishni tugatganingizda saylov tizimiga umuman aloqasi yo`q, lekin siz qiziq va foydali, deb hisoblagan ma'lumotda to`xtaysiz.
Bu esa hozirgi kunda internetda foydalaniladigan gipermatnning o`zginasidir. Tim Berners-Li olimlar tarmoq orqali o`z ilmiy ishlarini tarqatishlarining oson usulini yaratish haqida o`ylaganda ham, balki shu narsalar uning hayolidan o`tgandir. Uning maqsadi, olimlarning izlanishlari haqidagi xujjatlarning biridan ikkinchisiga o`tish va ularning ishlari haqida to`liq ma'lumotga ega bo`lish imkonini beradigan tizimni yaratish edi. Shu tariqa gipermatn dunyoga keldi.