«Gsp+» — ko‘pchiligimiz uchun tushunarsiz bo‘lgan bu abbreviatura eksportchilar uchun juda ko‘p narsani anglatadi. 10 apreldan O‘zbekiston uchun Yevropa Ittifoqining maxsus imtiyozlar tizimi (Gsp+)



Yüklə 20,08 Kb.
səhifə1/4
tarix22.10.2023
ölçüsü20,08 Kb.
#159577
  1   2   3   4
GSP


«GSP+» — ko‘pchiligimiz uchun tushunarsiz bo‘lgan bu abbreviatura eksportchilar uchun juda ko‘p narsani anglatadi. 10 apreldan O‘zbekiston uchun Yevropa Ittifoqining maxsus imtiyozlar tizimi (GSP+) kuchga kirdi va bu O‘zbekistondan 6200dan ortiq tovarlarni Yevropa Ittifoqi davlatlariga bojsiz olib kirish imkonini beradi. Bir qaraganda eksportchilarning «pichog‘i moy ustida» bo‘ladigandek, lekin hammasi bir qaragandagidek oson emas.

GSP+ nima?


GSP — bu «General System of Preferences» (Imtiyozlar bosh tizimi) iborasining qisqartmasi. Mohiyatan, bu O‘zbekistondagi qariyb hamma mahsulotlar Yevropa Ittifoqi davlatlariga bojsiz eksport qilinishini anglatadi. O‘zbekiston bu imtiyozlarga ega bo‘lgan 9-davlat bo‘ldi.
Keyingi beriladigan savolning oldini olib aytishim lozimki, sertifikatlash masalalariga buning aloqasi yo‘q.
O‘zbekistonga GSP+ tizimi nima beradi?
— Traut va Raysning «Marketing urushlari» nomli ajoyib kitobi bor, unda harbiy harakatlar va yangi bozorlarni egallash o‘rtasida o‘xshashlik izlangan. Mana shu solishtirishlar doirasida o‘zbek ishlab chiqaruvchilari eng zamonaviy qurolga ega bo‘lishdi, deb aytgan bo‘lardim.
Yevropa bozorida raqobat juda kuchli. Butun jahondan eng yaxshi ishlab chiqaruvchilar xaridorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borishadi, tovar uchun narx hisobi uning har donasiga sentning o‘ndan bir qismigacha boradi. Endi vaziyatni tasavvur qiling, ishlab chiqaruvchi sentning o‘ndan bir qismiga talashib, iqtisod qilishga tirishib yotganda kutilmaganda u ulkan bonusga ega bo‘ldi: muhokama qilinayotgan tovar Yevropaga bojsiz olib kirilishiga izn berildi. Bu bonusning kattaligi sentning o‘ndan bir qismi emas, mahsulot narxining 10 foizidan ham katta summalarda o‘lchanadi. Bir deganda O‘zbekistonning barcha mahsulotlari raqobatbardosh bo‘lib qoldi. Buni aytishga oson.
Lekin GSP+ rejimiga kirishish ortiqcha xursandchilikka sabab bo‘lishi kerak emas. Men ko‘plab ishlab chiqaruvchilar bilan gaplashdim, ular Yevropada savdo miqdori oshishi o‘z-o‘zidan ro‘y bermasligini ta'kidlashmoqda. Amaliyotga ko‘ra, «o‘z o‘zidan» faqat ziyonli biznes paydo bo‘lishi mumkin, muvaffaqiyat uchun esa sa'y-harakat qilish kerak, tizim qurish lozim.

Yüklə 20,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin