Hadis va uning tarbiyaviy ahamiyati



Yüklə 23,95 Kb.
səhifə1/3
tarix29.03.2023
ölçüsü23,95 Kb.
#90952
  1   2   3
Hadis va uning tarbiyaviy ahamiyati


Hadis va uning tarbiyaviy ahamiyati
Hadis - islom dinida Qur’ondan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manba
bo‘lib, Muhammad alayhissalomning hayoti va faoliyati, uning diniy va axloqiy
ko‘rsatmalarini o‘z ichiga oladi. Muhammad payg‘ambar biror gap aytgan, biror ish
qilib ko‘rsatgan yoki boshqalar qilgan biron-bir ishni ko‘rib turib, uni man etmagan
bo‘lsa, ana shu uch holat sunnat hisoblanadi. Ana shunday xatti-harakatlar yoki
ko‘rsatmalar hadis deb yuritiladi. Hadislarda islom dinining qonun-qoidalari bilan
birgalikda insoniy fazilatlar ham keng tashviq qilinadi, insoniylik sha’niga dog‘
tushiradigan yomon sifatlar qoralanadi. Ya’ni, hadislarda o‘zaro do‘stonamunosabatlar, qarindosh, ota-ona va farzandlarning haq-huquqlari, mehr-oqibat,
halollik, poklik, adolat, insof-tavfiqli bo‘lish targ‘ib qilingan. Razolat, kibr-u havo,
adovat, hasad, xiyonat, yolg‘onchilik, fitna-fasod, zulm kabi illatlarga nafrat
tuyg‘ulari ifodalangan.
Vaqt o‘tishi bilan turli ijtimoiy ziddiyatlar, dindagi ichki g‘oyaviy kurashlar
natijasida soxta hadislar ham paydo bo‘la boshlagan. Natijada hadis ilmi bilan
shug‘ullanuvchi olimlar - muhaddislar hadislarni ishonchli manbalar asosida qayta
ko‘rib chiqishga, ularning haqiqiylarini soxtalaridan ajratishga kirishganlar. Shunday
qilib, islom olamining turli yerlarida hadis ilmining yirik targ‘ibotchilari va
mualliflari paydo bo‘la boshladi.
Hadis ilmining rivojlanishiga, ayniqsa, bizning yurtimizdan yetishib chiqqan
muhaddislar ulkan hissa qo‘shishgan. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-
Buxoriy, Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy, Abu Muhammad Abdulloh ibn
Abd ar-Rahmon ad-Dorimiy as-Samarqandiy o‘z umrlarini hadis to‘plash va ularni
o‘rganishdek muqaddas ishga bag‘ishlaganlar.
Mashhur muhaddislar orasida Imom Buxoriy eng oldingi o‘rinda turadi. Uning
yozgan kitoblari ichida eng mashhuri «Al-jome’ as-sahih» (bu asar «Al-jome’ assahih
» nomi bilan ham mashhur)asaridir. Imom Buxoriygacha o‘tgan muhaddislar
hadis kitoblariga barcha eshitgan hadislarini kiritar edilar. Hadislarni barcha shartlari
bilan tekshirib, ularni sahih (ishonchli) yoki g‘ayrisahih (ishonarsiz) qismlarga
ajratmas edilar. Birinchi bo‘lib bu uslubni Imom Buxoriy joriy etgan.
Hadislar tuzilishiga ko‘ra, yuqorida ta’kidlanganidek, ikki qismdan - hadisning
mazmuni (matni) va uning sanadidan iborat. Hadislarni bir-biridan eshitib, rivoyat
qilib, avloddan avlodga qoldirib kelgan roviylar ro‘yxati hadisning musnadi deyiladi.
Muhammad payg‘ambardan so‘ng biron-bir hadis yozib olingunga qadar o‘tgan vaqt
ichida ushbu hadisni bir-biriga naql qilib kelgan roviylar tartibida (musnadda) uzilish
bo‘lmasa, bunday hadislar ishonchli hisoblangan.
Mustaqil respublikamizning oldida turgan asosiy vazifalardan biri - yuqori
malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Ta’lim maskanlarimiz ma’naviy baquvvat,
bilimli, o‘z mustaqil Vatanimizdan faхrlanish tuyg‘usiga boy kishilarni tarbiyalashi
kerak. Bu esa ta’lim - tarbiya oldidagi murakkab, keng ko‘lamli muammolardan
biridir. Xalq ta’limi tizimida hal qiluvchi inson-o‘qituvchidir. Agar o‘qituvchi ijodkor
va izlanuvchan bo‘lsa, o‘quvchining bilim darajasi ham baland bo‘ladi.
O‘qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta’lim
mazmunini egallagan bo‘lishlari kerak. Pedagog xodimlar o‘zlarini kasb ko‘nikmalari
muallimlik va tarbiyachilik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart, deb
ta’kidlanadi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda. O‘qituvchi kasbining nozikligi,
mas‘uliyatliligi va murakkabligi hamda sharafli ekanligi to‘g‘risida mulohazalar,
muallimning mahorati, ularga qo‘yiladigan talablar, fazilatlariga oid qarashlar, munosabatga kirishish mahorati, muomala madaniyati Sharq mutafakkirlarining
asarlarida o‘z ifodasini topgan. Sharq pedagogikasi va pedagogik mahorati ming
yillik tarixga ega. Sharq ma’naviy-madaniyatining xilma-xil jihatlari, ayniqsa
Uyg‘onish davrida juda rivojlangan bo‘lib, bu davrda yashab ijod etgan Abu Nasr
Farobiy, Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy,
Jaloliddin Devoniy, Alisher Navoiy va boshqa ko‘plab mutafakkirlarning ijodlari
pedagogik tafakkur taraqqiyotida yosh murabbiylarning ma’naviy-axloqiy
kamolotida muhim manbaa bo‘lib xizmat qiladi.
Sharqning buyuk allomasi, qomusiy olim Abu Nasr Farobiy (873-950)
muallimning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va uning o‘ziga xos xususiyatlari
to‘g‘risida ibratli g‘oyalarni ilgari surgan. Uning fikricha, «o‘qituvchi - aql-farosatga,
chiroyli nutqqa ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarni to‘la va
aniq ifodalay olishni bilmog‘i zarur. Shu bilan birga o‘z or-nomusini qadrlashi,
adolatli bo‘lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega
bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga erishadi», - deb ta’kidlaydi. Farobiy o‘qituvchi shaxsiga
xos qator fazilatlarga xolisona, odilona, oqilona sharh berish imkoniyatiga erishgan
buyuk zotdir. Shuning uchun mazkur sharhlar, ilmiy ilovalar, teran fikrlar, ibratli
mulohazalar ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.
Mazkur muammo yuzasidan mulohaza yuritgan atoqli olim Abu Ali ibn Sino
(980-1037) ning fikricha, «...O‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rosggo‘y va bola
tarbiyalash uslublarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmog‘i lozim.
O‘qituvchi o‘quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o‘rganib, uning aql
qatlamlariga kira olmog‘i lozim». Abu Ali ibn Sino mulohazasiga ko‘ra tarbiyachi
dastlab bolalarni yaxshi ko‘rishi, hurmat qilishi, ular bilan xushmuomala bo‘lishi
shart. Agar bola ishni yaxshi bajarsa, uni o‘z vaqtida rag‘batlantirish, gohida maqtab
qo‘yish, aksincha bo‘lganda esa, unga tanbeh berishi kerak. Lekin, deydi Ibn Sino,
tanbeh bolaning izzat-nafsiga tegadigan bo‘lmasligi lozim, o‘quvchiga murosasozlik
qilish esa bolaning o‘zboshimcha bo‘lib qolishiga olib boradi, - deydi Ibn Sino.
Nasriddin Tusiy o‘zining «O‘qituvchilarni tarbiyalash to‘g‘risida» degan asarida
shunday deydi: «O‘qituvchi munozaralarni olib borishi, rad etib bo‘lmaydigan
darajada isbot qilishni bilishi, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishonishi, nutqi esa
mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo‘lishi dozim... O‘qituvchi nutqi
hech qachon va hech qaerda zaharxandali, qo‘pol va qattiq bo‘lishi mumkin emas.
Dars paytida o‘qituvchi o‘zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin».
O‘qituvchi va uning mahorati to‘g‘risida nazm mulkining sultoni A.Navoiy,
A.Jomiy va boshqalarning asarlarida o‘qituvchi qobiliyati, shaxsiy fazilatlari, uning
nutqi, notiqlik san‘ati, madaniyati haqida qimmatli, durdona fikrlari mavjud. Buyuk
mutafakkir Abdurahmon Jomiy o‘z asarlarida bola dunyoqarashining - kamol
topishida maktab va muallimning roliga katta baho beradi. Uning fikriga qaraganda, muallim aqlli, adolatli, o‘zida barcha yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo‘lishi
kerak. O‘zini nomunosib tutgan odam hech vaqt boshqalarga bilim bera olmaydi,
degan fikrni bildiradi.
Ustoz, muallimsiz qolganda zamon, Nodonlikdan qora bo‘lurdi jahon, - deb
hitob qiladi u «Iskandar xirodnomasi» asarida. O‘zbek adabiyotining dahosi Alisher
Navoiy o‘z asarlari va ilmiy qarashlarida o‘qituvchilik qobiliyati va uning obro‘si,
odobi yuzasidan ibratomuz mulohazalar yuritadi. Alloma fikricha o‘qituvchi
faoliyatini ijodiy yondashuvsiz tasavvur qila olmaydi. U doimo o‘z ustida mukammal
ishlashi, tajriba oshirib borishi zarur deydi. Ana shu boisdan uning asarlarida odob,
axloq, ziyraklak, irodaviy kuch, poklik, samimiylik xislatlari asosiy o‘rinni egallaydi.
O‘qituvchining har jihatdan ibrat va namuna bo‘lishlari ta’lim va tarbiya garovi
ekanligiga ishora qilgan. O‘qituvchining kasb mahoratini tarbiyalashning mohiyati
to‘g‘risidagi mulohazalar «Qobusnoma», «Xotamnoma», «Qutadg‘u Bilig» kabi
buyuk asarlarda ham bayon etib berilgan. Chunki bu asarlarning barchasi
odobnomaning xuddi o‘zginasi bo‘lganligi sababli tarbiyachi-murabbiyning o‘ziga
xos xislatlarining shakllanish bosqichlari ifodalab berilgan.
XVIII-XIX asrda Turkistondagi jadidlar harakatining asoschilaridan biri, buyuk
ma’rifatparvar o‘qituvchi, mohir tadqiqotchi Abdulla Avloniy ta’lim tizimi, o‘qitishni
takomillashtirib, o‘qituvchilar malakasini oshirish, bo‘lg‘usi o‘qituvchini tayyorlash
muammolariga mutlaqo yangicha yondashgan olimdir. Uning fikricha ijodiy izlanish,
o‘qish va o‘qitishning yangi shakli, uslub hamda vositalarini qidirish o‘qituvchining
eng muhim sifatlaridan biridir,-deb ta’kidlaydi. Shunday qilib, O‘rta Osiyo
mutafakkirlari va o‘zbek ma’rifatparvarlari o‘qituvchi kuchli xotiraga, iroda va
tafakkurga, aql-zakokatga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi, ko‘zlangan maqsadni amalga
oshirish yo‘lida jonbozlik, qatiyatlilik ko‘rsatishi, o‘quvchilarning ruhiy dunyosiga
to‘g‘ri yo‘l topa olishi, ularga ta’sir o‘tkazishi, vijdonli, samimiy, odobli, nazokatli,
ishchan, mas‘ul shaxs sifatida faoliyat ko‘rsatishi zarur ekanligini o‘z asarlarida
ta’kidlab o‘tadilar.
Hozirgi davrda mamlakatimizda pedagogik faoliyatning rivojlanishida jahon
mutafakkir-olimlarining pedagogik qarashlari va ta’limotlari ijobiy ahamiyatga egadir.
Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib
bormoqda va bu talablarni amalda to‘g‘ri hal qilish vazifasi o‘qituvchiga bog‘liqdir.
Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi-sinfdagi o‘quv
jarayoni tashkilotchisidir. Jamiyatning o‘qituvchi oldiga qo‘yadigan asosiy talablari

Yüklə 23,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin