Hakim nazirning mehnat, odob-axloq, vatanparvarlik mavzulariga bag‘ishlangan asarlarining ahamiyati haqida. Reja



Yüklə 18,06 Kb.
səhifə1/2
tarix03.05.2023
ölçüsü18,06 Kb.
#106729
  1   2
HAKIM NAZIRNING MEHNAT, ODOB-AXLOQ, VATANPARVARLIK MAVZULARIGA BAG‘ISHLANGAN ASARLARINING AHAMIYATI HAQIDA.


HAKIM NAZIRNING MEHNAT, ODOB-AXLOQ, VATANPARVARLIK MAVZULARIGA  BAG‘ISHLANGAN ASARLARINING AHAMIYATI HAQIDA.


Reja:
Hakim Nazirning hayot yo`li.
Hakim Nazir ijodi, uning asarlaridagi tarbiyaviy jihatlarning yoritilishi.

O'zbek bolalar adabiyoti har bir yozuvchi ijodida har xil talqin etildi. Kimdir nazmda, kimdir narsda ... Ijodkorlar asarlari bolalarcha tuyg'ular bilan yozilganligi, sof, samimiy xislarni yoritib bergani bilan boshqa adabiy turlardan ajralib turadi. Shunday samimiy tuyg'ularni baralla kuylagan ijodkorlardan yana biri O'zbek bolalar adabiyotining taniqli vakili, O'zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazirdir. Butun boshli roman o'qib tushuniladigan mazmunni u o'zining qisqa hikoyalariga singdirgan. Bu esa o'zi navbatida, yozuvchining "qalami o'tkirligi"dan dalolat beradi.


O‘zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir 1915 yil 15 oktyabrda Toshkentning Arpapoya mahallasida mahsido‘z kosib oilasida tavallud topdi. Boshlang‘ich ma’lumotni uyida onasi Malika otin maktabida olgan. Mehnat faoliyatini 15 yoshidan oyoq-kiyim fabrikasida boshlagan, ishlab turib, kechki yshchi-yoshlar maktabida o‘qishni davom ettirgan. 1941 yilda Toshkent Davlat pedagogika institutining kechki bo‘limini, 1954—1956 yilda Moskvada Oliy Adabiyot kursini bitirgan.
1933 yildan «Lenin uchquni» gazetasida ishlay boshlagan. Shundan beri 50 yil davomida uzluksiz bolalar matbuotida, respublika radioeshittirish Davlat qo‘mitasida, Badiiy adabiyot nashriyotida, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, mas’ul kotib, bosh muharrir, adabiy maslahatchi vazifalarida xizmat etdi.
Hakim Nazirning adabiy faoliyati 30-yillarning o‘rtalaridan boshlangan bo‘lib, dastlabki mashq hikoyalari 1934 yilda «Lenin uchquni», «Yosh kuch», «Vojatiy» kabi gazeta-jurnallarda bosilgan. Birinchi kitobi «Qishloqdagi jiyanlarim» 1948 yilda nashr etilgan. Kattalar va bolalar uchun jami chop etilgan kitoblari 50 dan ortiq. Ularda odob-axloq, odamiylik, do‘stlik va mehnatga muhabbat, vatanparvarlik haqida bahs boradi. Bolalarning rang-barang olamlari gavdalantiriladi.
Adibning «Pionerlar bog‘i» (1950), «Besh baho» (1955), «Cho‘l havosi» (1958), «Yaxshi nom» (1962), «Meni taniysizmi?» (1963), «Bolajonlarim» (1964), «Ali bilan Sher» (1971), «Bir og‘iz so‘z» (1982),«Baqaloq va chaqaloq»(1998) kabi hikoyalar to‘plamlari shu jihatdan xarakterlidir.
Adibning bolalar uchun yozgan qissalari orasida «Ko‘korol chiroqlari» (1954), «Yonar daryo» (1966), «Kenjatoy» (1976), «Tohir-Zuhra qissasi» (1985) va «Dadamni topib beringlar» (1991) kabi asarlarida yoshlarning boy, beg‘ubor va sirli ichki olami, mehnatga, oila va muhabbatga, hayotga bo‘lgan munosabatlari ifoda etilgan.
Yozuvchining «Lochin qanotlari» (1973) romani o‘zbek bolalar va o‘smirlar adabiyotida juda kam yoritilgan urush mavzusiga bag‘ishlangan.
Hakim Nazir dramaturg sifatida «Chiranma g‘oz — hunaring oz» pesasi bilan o‘zbek bolalar dramaturgiyasi rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan. Asar ko‘p yillar davomida Yosh tomoshabinlar teatri sahnasida qo‘yilgan va qo‘yilmokda.
Yozuvchi ijodida kattalar uchun yozilgan hikoyalar, ocherklar va qissalar ham yetakchi o‘rinni egallaydi. Jumladan, «Musobaqadoshlar» (1950), «Odamning qadri» (1958), «O‘tlar tutashganda» (1960), «Onaizor» (1961), «Aziz odam» (1964), «Shoshilinch telegrammalar» (1987) kabi hikoyalar va ocherklar to‘plamlari, «Suv gadosi» (1962) va «Ko‘kterak shabadasi» (1988) kabi qissalari shular jumlasidandir.
Hakim Nazirning 50 yilligi munosabati bilan ikki jildlik «Tanlangan asarlari» (1969—1970), 60 yilligi munosabati bilan besh jildlik «Tanlangan asarlari» (1977—1981) chop etilgan. Yozuvchining 80 yilligi munosabati bilan uning ikki yangi kitobi bosilgan — biri «Oq fotiha yoki bolalik sarguzashtlarim» xotira-qissasi (1995), ikkinchisi esa «Yodimdasiz, azizlarim» (1995) esdaliklaridir.
Hakim Nazirning o‘nlab kitoblari rus, qozoq, kirg‘iz, turkman, tojik, gruzin, arman, ukrain, belorus, latish, litva, eston, nemis, frantsuz, ispan, bulg‘or, chex, mo‘g‘ul tillariga ag‘darilgan.
Uning nashr etilgan asarlarining umumiy tiraji bir yarim milliondan oshib ketgan.
Hakim Nazir besh jildlik «Tanlangan asarlari» uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan (1981). 1984 yilda unga «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» faxriy unvoni berilgan. U Xans Kristian Andersen nomidagi Xalqaro Faxriy diplom bilan ham mukofotlangan (1984), «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (2000).
Hakim Nazir 1915- yili Toshkentda mahsido'z kosib oilasida tugʻilgan. 30-yillar kosibchilik qilish bilan birga, Toshkent pedagogika institutining kechki bo'limida o'qidi.
Dastlab gazetalar tahririyatlarida adabiy xodim, bo'lim mudiri, keyinchalik o'qituvchilik qiladi.Adibning ilk to'plami "Qishloqdagi jiyanlarim" 1948-yili dunyo yuzini ko'radi. Shundan keyin "Besh baho", "Cho'l havosi", "Yaxshi ism", "So'nmas chaqmoqlar", "Bir tup g'o'za", "Meni taniysizmi", "Bolajonlarim" nomli hikoyalar to'plamlari va "Chiranma g'oz" sahna asari e'lon qilinadi.
"Qishloqdagi jiyanlarim", "So'nmas chaqmoqlar", "Yonar dunyo", " Lochin qanotlilar", " Kenjatoy" kitoblarining rus tilida bosib chiqilishi taniqli bolalar yozuvchisiga katta shuhrat keltiradi. Adibning "Tohir-Zuhra", "Dadamni topib beringlar", "Oq fotiha" qissalarida milliy-ma'naviy qadriyatlar ulug'lanadi.
Respublika Davlat mukofotining laureati, G.Andersen nomidagi xalqaro diplom sovrindori, O'zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazirning qator asarlari bir necha tillarga tarjima qilingan.
Hakim Nazirning asarlarini tahlil qilar ekanmiz, ortiqcha o'ylantiradigan epizodlarning kamligi, xalq tilidan yozilganligi, soddaligi bilan ajralib turishiga amin bo'lamiz. Voqealar rivojining bir maromda borishi asarni o'qishli qilgan.
Avvalo, uning "Oqibat" hikoyasiga to'xtalaylik. Nomidan ham ko'rinib turibdiki, oqibat - insonlarning bir-biridan hol-ahvol so'rab turishi, sog'ligi, yurish-turishidan xabardor bo'lishi, bemor chog'ida salomatlik so'rab borishi kabi bir nechta insoniy sifatlarni o'zida mujassamlashtiradi.
Hikoya Aziza xolaning ayvon to'rida kasali qo'zg'ab qolgani uchun cho'zilib yotganidan boshlanadi. Barcha obrazlar markazida o'ziga oro berib, yasanib yuradigan lobar, fe'li ayniganroq ayol - Lazokatxon obrazi turadi.
Keksalik davrida yolg'iz qolgan qo'shni ayolga qilayotgan beminnat iltifoti orqasidan bo'ladigan voqealar rivoji kitobxonni hikoyaning keyingi davomini o'qishga undaydi. Kelinining otasi tuzukkina tadbirkorlardan ekanligini, ishlari yurishib ketgandan keyin saxiyligi tutib qolganini, qiziga yaqinidagi uydan bir kvartira olib berganini Aziza xola qo'shnisiga xokisorlik bilan aytib beradi. Ko'hna, tor pastqam hovlisida siqilibroq yashashayotgani-yu, o'z-o'zidan o'g'li O'ktam ham rafiqasi ketidan ergashganini kuyunchaklik ila, yuragi dardga to'lib gapiradi. Jismoniy jihatdan og'rib yotgan Aziza xolani ruhiy jihatdan ham qiynalmasligini istagan Lazokat opa O'ktamning ishxonasiga tegishli bir-ikkita telefon raqam topib, telefon qilishi qo'shnisiga bo'lgan g'amxo'rlik, yaxshi kunida ham, yomon kunida ham birga bo'lish, qo'shnisiga nisbatan mehribonlik tuyg'ularini barq urib rivojlanganini ko'rsatadi.
Albatta, qo'shnichilik munosabatlari azal-azaldan o'zbek xalqiga xos odat bo'lib kelgan. "Ha, egachi, o'z onalik qadringizni bilmasangiz shunaqa bo'ladi. Keliningiz yuzsizlik qilgan bo'lsa, o'g'lingiz o'ylashi, onaizoriga rahm qilishi kerak edi" - degan gaplari Lazokatxonning cho'rtkesar, shaddod, aniq gapni aytishi, dangalchi ekanligini ko'rsatadi.
Og'irlashib qolgan Aziza xolaga doktor chaqirishga majbur bo'ladi. O'g'li ham bu xabarni eshitib, silliqqina bo'lib kirib keladi. Lazokat opa ham O'ktamga og'ir dashnomlar yog'diradi. U esa "yer yorilmadi, yerga kirib ketmadi".
Bilamiz, turmushda har xil farzandlar uchraydi. Bir xillari o'z shaxsiy manfaatlarini birinchi o'ringa qo'yishadi, o'z huzur-halovatlariga berilib ketishadi-yu, ota-ona oldidagi burchlarini unutib qo'yishadi. Ana shunday betavfiqlar qatoriga kirib qolgan farzandni Hakim Nazir o'z asarida o'ziga xos tarzda yoritib bera olgan. Onalarning ortiqcha tortinchoqligi, xokisorligini o'zgacha tarannum etgan.
Ona siymosi haqidagi asarlar ko'p. O'.Hoshimov, S.Ahmad asarlaridagi singari H.Nazir ham ONA obrazini betakror, jozibali tasvirlaydi. Farzandining onasiga nisbatan oqibatsizligi haqidagi "Oqibat" hikoyasidagi xotima qismi ham rishtalarning qayta ulanishi, tiklanishi bilan yakunlanadi.
Hikoya o'ziga xos poetik jihatdan yoritilgan. O'g'liga bir so'z aytishga iymanadigan, fikrini bildirishga tortinadigan, yomon kunlarini ham sezdirmaslikka harakat qiladigan haqiqiy ONA obrazi tasvirlangan. H.Nazirning asarlaridagi qahramonlar bevosita hayotdan olingan. Voqealar reallik bilan barobar yuradi. Lazokatxon obrazi ona va farzand o'rtasidagi munosabatlarni qayta tiklanishiga sababchi bo'lgan, tarbiyali ayol. O'rnak bo'ladigan xislatlari juda ham ko'p. Shu bilan birga, qo'shnisiga bo'lgan mehribonlik, qayg'urish tuyg'ularini, qo'lidan kelgancha yordam berish, yolg'izlatib qo'ymaslik kabi o'zbekona urf-odatlarni o'zida mujassamlashtirgan obraz timsolida ko'rishimiz mumkin. H.Nazir asarlaridagi qahramonlarni badiiy to'qima sifatida kiritishda o'zining hayot davomidagi qarashlari, ko'rgan-bilganlarini, ilmiy tajribadan o'tgan voqea-hodisalarni asos qilib olgani ham alohida ahamiyatga ega.
H.Nazir hikoyalarida tarbiyaviy ruh yetakchilik qiladi. Ota-onaga bo'lgan hurmat, keksalik chog'ida qadrlash, doimo hurmat qilish, xizmatini bemminat, og'ishmasdan bajarish kabi insoniy sifatlar asosiga qurilgan asarlarini to'laligicha yoritib bera olgan.
Hakim Nazir 2008 yil 15 may kuni vafot etgan.


Yüklə 18,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin