Auditorlik faoliyatining huquqiy asoslari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə1/6
tarix19.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#100799
  1   2   3   4   5   6
2-MAVZU. AUDITORLIK FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSLARI (3)

AUDITORLIK FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSLARI

“Audit” kafedrasi

Z.Xamidova

REJA:

1. Auditorlik faoliyatini sertifikatlashtirish tizimi

2.Auditorlik kasbiga qo’yiladigan malakaviy talablar

3.Auditorlik faoliyatini tartibga solishda professional tashkilotlar roli.

Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari:


malaka imtihonlarini o‘tkazishda va test savollarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
auditorlar va auditorlik tashkilotlari tomonidan Xalqaro buxgaltyerlar federatsiyasining Xalqaro odob-axloq standartlari bo‘yicha kengashi tomonidan e’lon qilingan Professional buxgalterning odob-axloq kodeksiga (bundan buyon matnda Professional buxgalterning odob-axloq kodeksi deb yuritiladi) rioya etilishining tizimli monitoringi tashkil etilishini ta’minlaydi;
auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlaydi;
renking o‘tkazishning yagona tartibini belgilaydi;
renking o‘tkazilishini tashkil etadi va har yili 1-mayga qadar uning natijalarini o‘z rasmiy veb-saytlarida e’lon qiladi;
auditorlarning respublika jamoat birlashmalari a’zolarining reyestrlarini yuritadi va ularni o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi;
zarurat bo‘lganda, buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning ishida ishtirok etadi;
har yili 10-yanvarga qadar auditorlarning malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi to‘g‘risidagi axborotni vakolatli davlat organiga taqdim etadi.

Auditor va uning yordamchisi


Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganligi munosabati bilan Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan auditorlik tashkilotini ilgari boshqargan auditor auditorlik tashkiloti Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan sanadan e’tiboran uch yil ichida boshqa auditorlik tashkilotining rahbari bo‘lishi mumkin emas.
Auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan, auditorlik tashkilotida ishlovchi hamda auditorning topshirig‘iga ko‘ra auditorlik xulosasiga va auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa hujjatga imzo qo‘yish huquqisiz auditorlik tekshiruvida ishtirok etadigan jismoniy shaxs auditorning yordamchisidir.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin