Auditorlik faoliyatining huquqiy asoslari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə5/6
tarix19.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#100799
1   2   3   4   5   6
2-MAVZU. AUDITORLIK FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSLARI (3)

Sertifikatni tugatilishi


Nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha o‘z sertifikatining amal qilishi tugatilgan auditor sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil davomida sertifikat olish haqidagi ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli emas.
Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarishga sabab bo‘lgan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan auditorlik tashkiloti rahbari va auditor sertifikatlarining amal qilishi auditorlik tashkiloti to‘g‘risidagi ma’lumotlar Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan sanadan e’tiboran tugatiladi.

Talabgorga qo‘yiladigan malaka talablari


oliy ma’lumotga, oliy ta’lim muassasini bitirganidan so‘ng oxirgi o‘n yil ichida kamida uch yillik audit va buxgalteriya hisobi sohasida yoxud shu sohalarda oliy ta’lim muassasalarida dars berish bo‘yicha amaliy ish stajiga (shu jumladan, o‘rindoshlik asosida) ega bo‘lishi;
“buxgalteriya hisobi” va “audit” mutaxassisliklari bo‘yicha magistr diplomiga va auditorlik tashkilotida bir yildan kam bo‘lmagan amaliy ish stajiga (shu jumladan, o‘rindoshlik asosida) ega bo‘lishi;
fanning iqtisodiy tarmoqlari sohasida ilmiy darajaga ega bo‘lishi.
Bunda xorijiy davlatlarda olingan oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasidagi ma’lumotga ekvivalent deb topilgan taqdirda e’tiborga olinadi.

Test sinovi quyidagi bo‘limlar bo‘yicha 80 ta savoldan iborat bo‘ladi:


moliyaviy hisob ― 26 ta;
boshqaruv hisobi va moliyaviy tahlil ― 14 ta;
audit ― 26 ta;
soliq solish va tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish ― 14 ta.
Talabgorga malaka imtihonini topshirish uchun to‘rt soat vaqt taqdim etiladi.
Talabgorning to‘g‘ri javoblar bo‘yicha yakuniy natijasi 75 foiz va undan yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan bo‘lsa, u malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi.

AUDITORNING MALAKA SERTIFIKATI


N A M U N A


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin