Auditorlik faoliyatining huquqiy asoslari


Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə4/6
tarix19.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#100799
1   2   3   4   5   6
2-MAVZU. AUDITORLIK FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSLARI (3)

Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:


talabgorning belgilangan malaka talablariga muvofiq emasligi;
nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmaganligi.

Sertifikatning amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:


auditorning sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi arizasi;
uch yil davomida auditorlik faoliyatida ishtirok etmaganlik;
sertifikat rasmiylashtirilgan sanadan e’tiboran olti oy davomida auditorning sertifikatni olish uchun kelmaganligi;
vakolatli davlat organining sertifikat berish to‘g‘risidagi qarori qonunga xilof ekanligi fakti aniqlanganligi;
sertifikat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganligi;
sudning muayyan huquqdan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi qonuniy kuchga kirgan hukmi;
sudning sertifikat egasini belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi qarori;

Quyidagilar ushbu Qonun talablarini bir marta qo‘pol tarzda buzish deb e’tirof etiladi:

  • auditorlik tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida nazarda tutilgan cheklovlarni buzganlik;
  • bila turib soxta auditorlik xulosasini tuzganlik;
  • auditorlik tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida olingan maxfiy axborotni auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilganlik, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
  • auditorlik tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida aniqlangan, buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek moliyaviy hisobot tuzish bo‘yicha belgilangan talablarning xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan buzilishi faktlarining auditor tomonidan yashirilganligi;
  • sertifikatni boshqa shaxsga uning auditorlik faoliyatida o‘z nomidan ishtirok etishi uchun ushbu hujjatdan foydalanishi maqsadida berganlik fakti aniqlanganligi;
  • auditorning nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlariga ko‘ra har xil tekshiruvlarni o‘tkazish uchun auditorlik tashkiloti va mazkur organlar o‘rtasida shartnoma tuzilmagan holda mutaxassis sifatida ishtirok etganligi;
  • auditor bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq auditorlik tashkilotining xodimi yoki muassisi (ishtirokchisi) ekanligi fakti aniqlanganligi;
  • auditorning har yilgi malaka oshirish kurslaridan o‘tmaganligi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin