Har bir shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi jami 309 ta mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi
1. Har bir shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi jami 9 309 ta mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.
2. Yoshlar ishlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari tuzilmalarida mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash bo‘linmalari tashkil etildi.
• “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish;
• mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish.
• yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish;
• yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash;
• huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish.