Javobgarlikdan ozod qilishning turlari



Yüklə 119 Kb.
səhifə1/6
tarix27.04.2023
ölçüsü119 Kb.
#103685
  1   2   3   4   5   6
JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISHNING TURLARI


JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISHNING TURLARI
Reja :

  1. Javobgarlikdan ozod qilish tushunchasi va uning turlari

  2. Javobgarlikka tortish muddatining о‘tib ketganligi sababli jinoiy javobgarlikdan ozod qilish

  3. Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yо‘qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish

  4. Aybdorning о‘z qilmishiga chin kо‘ngildan pushaymon bо‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish

  5. Yarashganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish

  6. Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish

  7. Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish



  1. Javobgarlikdan ozod qilish va uning turlari

Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish shaxs qasddan yoxud ehtiyotsizlik orqasida jinoyat qonunida kо‘zda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etganida uni jinoiy javobgarlikka tortishga barcha asoslar mavjud bо‘lgan, biroq, jinoiy javobgarlikka tortishning muddati о‘tganligi (JK 64-m.), vaziyat о‘zgarib, qilmish yoki uni sodir etgan shaxs ijtimoiy xavfliligini yо‘qotganligi (JK 65-m.), о‘z qilmishiga chin kо‘ngildan pushaymon bо‘lganligi munosabati bilan (JK 66-m.), yarashuv (JK 661-m.), kasallik tufayli (JK 67-m.), amnistiya akti (JK 68-m.) yoki afv etish holatlarining mavjudligi tufayli shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bо‘lmaganida yoxud sodir etilgan qilmishning va aybdor shaxsning ijtimoiy xavfliligi xususiyatini inobatga olib, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortmasdan, jumladan, jazoni qо‘llamasdan tarbiyalash mumkin bо‘ladigan holatlar mavjudligini taqozo etadi.
Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish, о‘z mazmuniga kо‘ra, jinoyat sodir etgan shaxsni buning huquqiy oqibatlaridan ozod qilishdir. Shaxsni har qanday asos bо‘yicha jinoiy javobgarlikdan ozod qilish qilmishning huquqiy tabiatini о‘zgartirmaydi, chunki sodir etilgan qilmish hamisha jinoyat bо‘lib qolaveradi va yuridik mohiyati saqlanib qoladi.
Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish vakolatli organning Jinoyat kodeksida belgilangan asoslar bо‘yicha shaxsni hukm qilishni rad etish haqida qaror qabul qilishida yoxud ayblov hukmi orqali alohida protsessual tartibda jinoiy javobgarlikni amalga oshirishning boshqa shaklini qо‘llashida namoyon bо‘ladi.
Shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish quyidagi huquqiy munosabatlarning tо‘xtatilganligini bildiradi: davlat vakolatli huquqni qо‘llash organlari orqali aybdorni qilmishi uchun jazoga hukm qilish va jazolashdan iborat huquq va majburiyatlaridan voz kechadi, qilmishni sodir etgan shaxs esa qilgan jinoyati uchun jazolanish hamda qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklaridan mahrum bо‘lish yoki ulardan cheklangan holda foydalanish majburiyatidan ozod etiladi.


  1. Yüklə 119 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin