Javobgarlikdan ozod qilishning turlari


Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yо‘qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish



Yüklə 119 Kb.
səhifə3/6
tarix27.04.2023
ölçüsü119 Kb.
#103685
1   2   3   4   5   6
JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISHNING TURLARI

3. Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yо‘qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish
Amaldagi О‘zR Jinoyat kodeksining 65-moddasida qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yо‘qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilishning ikki turi nazarda tutilgan, ya’ni:
a) sodir etilgan qilmish о‘zining ijtimoiy xavfliligini yо‘qotgan deb topilsa (1-q.);
b) jinoyat sodir etgan shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yо‘qotgan deb topilsa (2-q.), jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
Shaxsni qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyati yо‘qolganligi sababli jinoiy javobgarlikdan ozod qilish asoslariga quyidagilar kiradi: a) sharoitning о‘zgarganligi; b) qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyati yо‘qolishiga olib kelganligi.
Sharoitning о‘zgarishi deganda, obyektiv voqelikdagi sodir etilgan jinoyatning yangi ijtimoiy sharoitlarda ijtimoiy xavfliligini yо‘qotishiga olib kelgan о‘zgarish tushuniladi.
Qilmish, garchi ijtimoiy xavfli xususiyatini sharoit о‘zgarishi tufayli yо‘qotgan bо‘lsa-da, ammo g‘ayriqonuniyligini saqlab qolgan, ya’ni Jinoyat kodeksida jinoyat sifatida nazarda tutilgan taqdirdagina Jinoyat kodeksi 65-moddasining 1-qismini qо‘llashga yо‘l qо‘yiladi.
Jinoyat kodeksining 65-moddasi 2-qismida faqat ikki holat birgalikda mavjud bо‘lganidagina jinoiy javobgarlikdan ozod qilish mumkinligi nazarda tutilgan: a) jinoyat sodir etilganidan sо‘ng sharoitning о‘zgarganligi; b) buning oqibatida jinoyat sodir etgan shaxsning ijtimoiy xavfliligi yо‘qolganligi.
4. Aybdorning о‘z qilmishiga chin kо‘ngildan pushaymon bо‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish
Ijtimoiy xavfi katta bо‘lmagan yoki uncha og‘ir bо‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar jinoyat sodir qilingandan keyin jinoyat tufayli keltirilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilib, aybini bо‘yniga olish tо‘g‘risida arz qilgan, chin kо‘ngildan pushaymon bо‘lgan va jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan bо‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin (JK 66-m.).
Chin kо‘ngildan pushaymon bо‘lish deganda, shaxsning jinoyat sodir etganidan sо‘ng о‘z aybiga iqror bо‘lib, jinoyatni ochishga va keltirilgan zararni bartaraf qilib, jinoyatning ochilishiga yordam beradigan faol xatti-harakatini tushunish lozim.
«Aybini bо‘yniga olish» jinoyatni sodir etgan shaxsning о‘z jinoiy qilmishidan sо‘ng hokimiyat idoralariga yoxud rasmiy shaxslarga о‘z ixtiyori bilan murojaat qilib, sodir etgan jinoyati haqida tо‘g‘ri xabar yetkazish va qonunda belgilangan javobgarlik choralarini о‘tashga tayyor ekanligini bildiradi.
Jinoyatni ochishga faol yordam berish deganda, aybdorning о‘z aybiga chin kо‘ngildan iqror bо‘lishi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga sodir etilgan jinoyatning barcha jihatlari va holatlarini aniqlashda yordam berishi tushuniladi. U quyidagilarda о‘z ifodasini topishi mumkin: a) tergov vaqtida va sudda haqqoniy kо‘rsatmalar berish; b) tergov harakatlarida faol va tashabbus bilan ishtirok etish; v) ishtirokchilarni fosh etish; g) sodir etilgan jinoyat predmetlari va qurollarini yoxud ishga doir boshqa dalillarni qidirib topishga kо‘maklashish; d) jinoiy yо‘l bilan qо‘lga kiritilgan va topilgan hamda ish uchun juda katta ahamiyatga ega bо‘lgan boyliklar va boshqa narsalarning qayerda joylashganligini xabar qilish va h. k.

Yüklə 119 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin