Haydarov muhammad o‘ff 403 E’tibor uchun, dars uchun katta rahmat, ustoz!



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix13.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#143236
  1   2   3   4   5
Omonim, antonim, sinonimlar lug’ati



HAYDAROV MUHAMMAD 
O‘FF 403
 
E’TIBOR UCHUN, DARS UCHUN KATTA RAHMAT, USTOZ! 
 
8-SIMENAR 
“Omonim, antonim, sinonimlar lug’ati” mavzusi yuzasidan savol va 
topshiriqlar 
1.
Omonim lug’atlar haqida ma’lumot bering. 
2.
“O’zbek tili omonimlarining izohli lug’ati”da berilgan, hozirgi kunda 
eskirgan omonimlarga misollar yozing va izohlang. 
3.
Antonim lug’at haqida ma’lumot bering. 
4.
“O’zbek tili antonimlarining izohli lug’ati”dagi eskirgan va yangi kirib 
kelgan antonimlarga misol yozing va izohlang. 
5.
Sinonimlar lug’ati haqida ma’lumot bering. 
6.
“O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati”dagi kirgan va yangi kirib kelgan 
sinonimlarga misollar yozing va izohlang. 
JAVOBLAR 
1.
Omonimiya xuddi sinonimiya va antonimiyada bo’lganidek, minimum 
ikki til birligi orasida yuzaga keladi. Bunday munosabatlarni belgilashda til 
birliklarinig har ikkala tomoni ham – ifoda pani hamda mazmun plani ham inobatga 
olinadi.
“O’zbek tili omonimlarining izohli lug’ati” omoifoda bilan boshlanadi. 
Omoifoda talaffuzi va yozilishi bir xil bir necha leksema borligini ko’rsatadi. 
Omoifoda satr boshidan kata harflar bilan yozilgan.


Lug’atda berilgan 497 omoifodaning 372 tasi ikki omoleksemali, 93 tasi 
uch omoleksemali, 21 tasi to’rt omoleksemali, 7 tasi besh omoleksemali va 4 tasi 
omoleksemali bo’lib, 1160 dan ortiq leksemani birlashtiradi. 
Omoifoda ostiga birlashuvchi har bir omoleksema satr boshidan qora 
harflar bilan yozilgan va rim raqamlari qo’yib farqlqngan. 
Agar omoleksema boshqacha shaklda ham ishlatilsa, yonida shunday 
shakli ishlatilgan.
Ushbu lug’atda omoleksemalarning ketma-ket joylashishida quyidgi 
qonuniyatga amal qilingan: 
1)
asli bir leksemaning taraqqiyoti natijasida paydo bo’lgan, biri 
ikkinchisidan o’sib chiqqan bo’lsa, ular ana shu taraqqiy etish 
izchilligi asosida joylashtirilgan; 
2)
biri ikkinchisidan o’sib chiqmagan, asli o’zaro bog’liq bo’lmagan 
leksemalar bo’lsa, bularni joylashtirishda turkumlarni sanashdagi 
an’anaviy tartibga amal qilingan: avval ot leksema, so’ngra sifat 
leksema, fe’l leksema va boshqalar. 
Omoleksemalarga avval tarixiy-etimologik izoh berilgan: 
1)
o’zbekcha leksemalarda imkon boricha quyidagilar ta’kidlanadi: 

asli fonemalar ( tovushlar) tarkibida farq bo’lganligi; 

yasama bo’lsa, qaysi leksemadan ( sememadan) qaysi affiks bilan 
yasalganligi, omoleksemalarning yasalish asosi va yasovchiga har xil 
ajralishi; 

asl ma’nosi va boshqalar. 
2)
o’zlshma leksemalarda imkon boricha quyidagilar ta’kidlanadi: 

asli qaysi til leksemasi ekanligi; 

o’sha tildagi tovush tizimi, grafik shakli; 

asl ma’nosi va boshqalar. 


Tarixiy-etimologik 
izohdan 
keyin omoleksemaning leksik ma’nosi 
ta’riflangan, o’rni bilan sinonimlari keltirilgan, qavs ichida ruscha ekvivalenti berilgan. 
Omoleksemalarni farqlab olishga yordamlashuvchi belgi sifatida ular qatnashuvi bilan 
hosil qilingan leksemalar keltirilgan,, bunda, avval, soda, keyin qo’shma, so’ngra esa 
juft va takroriy leksemalar keltirilgan. 
Shundan so’ng omoleksemalarning boshqa leksemalar bilan bog’lanish 
imkoniyatini va bunda qaysi Grammatik shalkda bo’lishini aks ettiruvchi birikmalar, 
ba’zan gaplar berilgan. Undan keyin esa omoleksemalarning nutqda qo’llanishini 
namoyish qiuvchi matn parchalari keltirigan, ushbu matn parchalari original o’zbek 
adabiyoti asarlaridan olingan.
Lug’atda polisem leksemalarning leksik ma’nolari, avvalo, biri ikkinchisidan 
o’sib chiqqan omoleksemalar maqolalarda berilgan. Bundan tashqari omoleksemalar bir 
leksemaning boshqa-boshqa sememasidan yasash natijasida yuzaga kelgan bo’lsa, 
bunday leksemalarda ham ularning zarur leksik ma’nolari keltirib o’tilgan. 
2.
“O’zbek tili omonimlarining izohli lug’ati” da tilimizda mavjud
deyarli barcha omonim so’zlar keltirilgan. Ularning ba’zilari bugungi kunga kelib, 
eskirgan so’zlar qatoriga kiritilgan. “O’zbek tili omonimlarining izohli lug’ati” dagi 
omonim so’zlardan namunalar: 

Avral I
(asli inglizcha over – tepaga + all – hamma ) 
ot; 
dengizchilik termini
. Kemaning barcha shaxsiy sostavi qatnashgan holda 
bajariladian umumiy ish.
 Kemada a v r a l e’lon qilmoq.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin