Hayvonlarning yashash muhitlari va adaptatsiyalar. Hayvonlarning yashash muhitlari hilma-xil bo’lib, undagi shartsharoitlar o’ziga xos va o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi



Yüklə 120,59 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü120,59 Kb.
#210008

HAYVONLARNING YASHASH MUHITLARI VA ADAPTATSIYALAR. Hayvonlarning yashash muhitlari hilma-xil bo’lib, undagi shartsharoitlar o’ziga xos va o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Barcha mavjudotlar kabi hayvonlar ham nafaqat o’zaro, balki muhit omillari bilan doimiy mustahkam aloqada bo’ladi. Hayvonlar hayoti davomida muhitning o’zgaruvchan sharoitlariga doimo moslashib boradi, va o’zining hayotiy jarayonlarini muvofiqlashtiradi. Hayvonlar shart-sharoitlari bilan keskin farqlanadigan to’rt xil yashash muhitida tarqalgan. Ular dastlab suvda, keyinchalik quruqlik va havoda yashashga moslashgan, sekin asta tuproqni ham egallagan, ma’lum bir guruhlari esa, organizm tanasida parazitlikka yoki simbiotik hayot kechirishga ixtisoslashgan. Hayvonlarning muhit omillariga moslanishi ularning adaptatsiyasi deb nomlanadi. Adaptatsiya tiriklik uchun xos bo’lgan murakkab xususiyatlardan biri. Uning mahsuli sifatida hayvonlarning yashovchanligi ko’payishi va rivojlanishlari turli darajada yuzalanadi. Adaptatsiya hujayra darajasidan boshlab, hayvonlarning fe’l-atvorida, jamoalar, ekosistemalarning shakllanishi va barqarorligida o’z ifodasini topadi. Evolyutsiya jarayonida organizmlar adaptatsiya xususiyatlari yuzalanibgina qolmay, balki u o’zgarib ham boradi. Organizmlarga ta’sir etuvchi muhitning bir qismi yoki xususiyati ekologik omillar deb nomlanadi. Ekologik omillar turlicha bo’lishi va ular organizmlarga ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi mumkin. Ularga, 1. Abiotik 2. Biotik 3. Antropogen omillarni kiritish mumkin. Abiotik omillarga yorug’lik, harorat, namlik, iqlim joyining rel’efi, tuproqning mexanik, kimyoviy va fizik xossalari, radioaktiv nurlanish, bosim, suvning sho’rlanganligi, shamol va oqim kiradi. Bularning barchasi hayvonlarga to’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita ta’sir etadi. Biotik omillar barcha mavjudotlar o’rtasidagi murakkab munosabatlar va o’zaro aloqalarning majmuidir (mutualizm, parazitizm, kommensalizm va 26 boshq.). Har bir oranizmga boshqa mavjudotlar bevosita va bilvosita o’z ta’sirini o’tkazadi. Organizmlar o’rtasidagi biotik munosabatlar biotsenoz va populyatsiyalarning barqarorligini ta’minlovchi eng asosiy omil hisoblanadi. Antropogen omil – inson faoliyatining barcha yo’nalishidagi ko’rinishi. Insoniyat ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida tabiatga o’zining ijobiy yoki salbiy ta’sirini o’tkazib kelgan. Bu jarayon keyingi yuz yillikda kuchayib borib, tabiatning butunlay o’zgarishiga sabab bo’ldi. Hozirgi kunda zamin tabiati, o’simlik va hayvonot dunyosining taqdiri kishilik jamiyati – antropik omil faoliyatiga bog’lanib qolgan. Alohida olingan omilning har biri turli hayvonlarga o’ziga xos ta’sir ko’rsatadi. Masalan, kuchli shamol ochiqlikda yashovchi yirik hayvonlarga noqulaylik tug’dirsa-da, lekin uning kuchi uyalarida yashirinib yotgan mayda jonivorlar uchun umuman sezilarsiz bo’lishi mumkin. Qator omillar uzoq davr mobaynida o’zgarmaslik xususiyatiga ega. Jumladan, erning tortishish kuchi, quyosh, dengiz va okeanlarning tuz tarkibi, atmosfera xossasi turlarning uzoq muddatli tarixiy-evolyutsion jarayonida ham nisbatan doimiylik xususiyatini saqlab qolgan. Harorat, namlik, yorug’lik kuchi, yong’inlar, shamol kabi omillar esa vaqt va fazoda o’zgarishda bo’ladi. Har bir omilning o’zgaruvchanlik darajasi hayvonlarning yashash muhitiga bog’liq. Masalan; harorat kuchi quruqlikda o’zgarib tursada, okean va dengizlar tubi, g’orlarda deyarli o’zgarmaydi. Parazitlar uchun xo’jayin organizmi kafolatli ozuqa manba hisoblansa, yirtqichlar hayoti, aksariyat hollarda miqdor zichligiga bog’liq bo’ladi. Muhit sutkalik, mavsumiy obhavoning o’zgaruvchanligi, shuningdek, tabiiy ofatlar – bo’ron, er silkinishlari va siljishlari, suv toshqinlari natijasida muhit omillari kutilmagan holda tartibsiz o’zgaradi. Muhit omillari ma’lum vaqt davomida, ba’zida uzoq davr mobaynida ma’lum yo’nalishdagi o’zgarishda bo’ladi. Jumladan, keyingi yillarda atmosfera tarkibidagi karbonat angidrid ulushi ortib bormoqda, natijada Er yuzasining harorati 100 yil ichida 0,5-10C ga ortdi. Ushbu holat shu zaylda davom etsa, XX asrga kelib, bu ko’rsatkich yana 1,5-4,50S ga ko’tarilishi mumkin. Muhit omillari hayvonlarga qo’zg’atuvchi, chegaralovchi, muvofiqlashtiruvchi va ogohlantiruvchi kuch sifatida o’z ta’sirini o’tkazadi. Muhit natijasida hayvonlar organizmida borayotgan fiziologik va biokimyoviy jarayonlar sharoitga mos 27 ravishda o’zgarib bir maromda mutanosiblashadi. Omillarning chegaralovchanlik kuchi ayni sharoitda hayvonlar yashashi uchun noqulay vaziyatni yuzaga keltiradi. Hayvonlardagi anatomik va morfologik moslanishlar muhit omillarining muvofiqlashtiruvchi modifikatsiyalovchi ta’sirining mahsulidir. U yoki bu omil signal sifatida boshqa omillarning o’zgarishidan darak beradi, ogohlantiradi. Muhit omillarining ta’sir etishini umumiy qonuniyatlari Ekologik omillar qanchalik xilma-xil va ularning organizmlariga ta’sir etish yo’nalishlari turlicha bo’lishiga qaramay muhit omillarining mavjudotlarga ta’sir etish nuqtai nazaridan ushbu jarayonlarning umumiy qonuniyatlari farqlanadi. Optimum qonuni. Har qanday omilning mavjudotlarga bo’lgan ijobiy yoki salbiy ta’siri, uning kuchiga bog’liq bo’ladi. Omilning mavjudot yashashi va rivojlanishi uchun eng qulay miqdor-kuchi optimum chegarasi yoki normal hayot zonasi deb nomlanadi. Optimumdan qanchalik chetga chiqila boshlansa, tur uchun xos bo’lgan yuqori va quyi kritik nuqtalari ta’sir ko’rsata boshlaydi. Omil jadallashuvini ushbu nuqtalardan chetga chiqishi natijasida mavjudot nobud bo’ladi (2-rasm). Kritik nuqtalar chegarasi turning yashovchanlik va moslanuvchanlik darajasini belgilab, uning ekologik valentligini ifodalaydi. Turlar optimum talab darajasi va ekologik valentligi bilan bir-biridan farqlanadi. Masalan, tundradagi oq tulkilar havo haroratining 800S ga (Q300S dan – 550S gacha) qadar bo’lgan o’zgarishlariga moslashgan. Issiq buloqlarda yashovchi Copilia mirabilis qisqichbaqasi suv haroratining 60S (230S dan 290S ga qadar) chegarasidagi o’zgarishlarga chidaydi xolos. Keng ekologik valentlikka ega bo’lgan hayvonlar nomlanishiga “evri” old qo’shimchasi qo’yib aytiladi. Masalan, evriterm, evribiont, evrigidrid, evrigal, evribatlar va boshqalar. Aksincha past ekologik valentlikka ega bo’lganlariga “steno” old qo’shimchasi qo’llaniladi, jumladan: stenobiontlar, stenoterm, stenobat, stenogidrid, stenogallar. Ekologik omilning jadalashuviga bog’liq holda turning chidamlilik 28 chegarasini ifodalovchi sxema quyida ifodalandi. 2-rasm. Ekologik omilning jadallashuvi Turning valentligi ekologik sharoitlari o’zgaruvchan yashash muhitlarini ishg’ol eta olish darajasini ham belgilaydi. Past ekologik valentlikka ega bo’lgan turlar omillarning o’ta chegaralangan darajadagi o’zgarishlariga moslashgan bo’ladi va ularni stenotoplar deb nomlanadi. Agar tur xilma-xil va o’zgaruvchan ekologik sharoitda yashashga moslashgan bo’lsa, ulardagi ekologik valentlik chegarasi bir muncha kengligini bildiradi va bunday hayvonlar evritoplar guruhini tashkil etadi. Ekologik omillarni hayvonlarning turli funktsiyalariga bir xil ta’sir etmasligi qoidasi. Har bir omil hayvonlarning u yoki bu funktsiyalariga turlicha ta’sir etadi. Muayyan bir hayotiy jarayon uchun optimum bo’lgan omil kuchi boshqasi uchun pessimum bo’lishi mumkin. Masalan, Q40-450S li harorat sovuqqonli hayvonlardagi modda almashinuvi jarayonini tezlashtirsada, lekin ulardagi faollikni keskin pasaytiradi. Bunda hayvonlar tinim holatiga o’tadi. Baliqlar tuxumlarini (uvildirig’ini) etilishi uchun muvofiq bo’lgan harorat uni tashlash uchun etarli bo’lmasligi mumkin. 29 Muhit omillari ta’siriga tur individlari javob reaktsiyalarining o’zgaruvchanligi va xilma-xilligi qoidasi. Tur individlarining muhit omillariga optimal va pessimal chegaralari o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu farqlar individlarning nasliy, jinsiy, yosh, fiziologik xususiyatlari bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Don mahsulotlari zararkunandasi – parvona kapalagi qurti uchun minimal kritik harorat – 70S, etuklari uchun – 100S da qurtlar nobud bo’lsa-da, lekin zararkunandaning kapalaklari va tuxumlari omon qoladi. Ko’sak qurtiga qarshi qo’llanilgan kimyoviy zaharlar g’o’za tunlami kapalagining tuxumlariga deyarli ta’sir etmaydi. Har bir omilga hayvonlarning nisbiy mustaqil moslanish qoidasi. Muhitning xar bir omiliga nisbatan hayvonlarning ekologik valentligi o’ziga xos bo’ladi. Biror omilga chidamli bo’lgan hayvon boshqa omillarga ham bir xil darajada bardoshli bo’lmasligi mumkin. Masalan, cho’l va tog’ oldi mintaqalarida uchrovchi hasharotlar quruq va issiq iqlimga moslashgan, ular yuqori namlik sharoitida yashay olmaydi. Turlar ekologik spektrining o’ziga xosligi qoidasi. Tashqi muhitning barcha omillariga nisbatan bo’lgan talabi – ekologik spektri o’ziga xos bo’lib, hatto bir xil sharoitda yashaydigan turlarning “ekologik spektri” bir-biridan farq qiladi. Omillarning o’zaro ta’sir etish qoidasi. Omilning hayvonlarga bo’lgan ijobiy yoki salbiy ta’siri uning jadallik darajasiga, shuningdek bir vaqtning o’zida ta’sir etayotgan boshqa omillarga ham bog’liq bo’ladi. Hayvonlar uchun optimal bo’lgan omil boshqa omillar ta’sirida salbiy tomonga o’zgarishi mumkin. Masalan, hayvonlarga yuqori haroratning namlik bilan bo’lgan ta’siri kuchli bo’ladi. Past haroratning ta’sir kuchi shamol bilan yanada ortadi. Cheklovchi omillar qoidasi. Muhit omillari hayvonlar uchun qulay sharoitni yaratish bilan birga, ularning yashashini cheklab ham qo’yish mumkin. Turning ekologik spektridagi birgina omilni kritik chegaradan chiqishi uni nobud qiladi. Cheklovchi omillar turning arealini belgilaydi. Turlarning shimolga tomon siljishiga past harorat ta’sir etsa, qurg’oqchil va cho’l mintaqalarida esa namlik va yuqori haroratning ta’siri cheklovchi hisoblanadi. Sebarganing changlanishi va urug’ berishi paxmoq arilarga bog’liq bo’ladi. Dengiz suvi tarkibidagi fosfatlar miqdori ham cheklovchi 30 ahamiyatga ega. Uni me’yorida bo’lishi planktonlarning mo’lligi va mahsuldorligini belgilaydi. Abiotik omillar va ularga hayvonlarning moslanish xususiyatlari Populyasiyalardagi, demak, tur ichidagi individlarning o‘zaro munosabati xilma-xil, murakkab va ziddiyatli bo‘ladi. Pirovard natijada ular populyasiya va turning saqlanib kolishiga xizmat kiladi. Butun populyasiya uchun foydali bo‘lgan turga xos moslanishlar ayrim individlar uchun zararli va ularning nobud bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, baliqchi qushlar bolalari juda ko‘payib ketganida ularning bir qismini yo‘qotadi, ya’ni yeb qo‘yadi yoki boshiga urib, yegan ozig‘ini qaytarib chiqarishga majbur etadi, shunda chiqarib tashlangan oziqni tezda voyaga yetgan qushlar yeb ketadi. Ba’zan chittaklar 1-2 ta bolasini uyasidagi to‘shamaga bosib o‘ldiradi. Bir populyasiya individlari bir-biri bilan bevosita to‘qnash kelmasligiga yordam beradigan bir qancha moslanishlar bor. Masalan, qo‘ng‘ir ayiq daraxtlarni tirnab o‘ziga oziq topadigan joy chegarasini belgilaydi. Bo‘ri o‘zi oziqlanadigan maydonni siydigi bilan belgilaydi. Chittak, qizilto‘shning erkaklari sayrab, o‘zi oziqlanadigan joynn ma’lum qilib turadi. Hayvonlar boshqalar joyining chegarasini buzishdan ehtiyot bo‘ladi. Bir turdagi hayvonlar populyasiyasida o‘zaro yordam va hamkorlik mavjudligini kuzatish mumkin: naslni birgalashib boqish, tarbiyalash va asrash shular jumlasidandir (masalan, asalari oilalarida, yilqilar podasida). Shunday kilib, tur ichidagi kurash tur individlari serpushtligining kamayishi va bir qismining nobud bo‘lishi bilan birga davom etib boradi. Biroq, bu - umuman olganda, turning yashash muxitiga, shu kurashni keltirib chiqaradigan faktorlarga ko‘proq moslanish tomonga qarab avlodlar davomida takomillashib borishiga yordam beradi. Moslashganlikning xilma-xilligi. Hayvonlarning tashqi va ichki tuzilishi, instinktlari, xatti-harakati xayot sharoitiga moslashib borishi bilan 31 xarakterlanadi. Bir muhitning o‘zida har xil hayvonlar turlicha moslashgan bo‘ladi. Krot oyoqlari bilan yerni kovlaydi, ko‘rsichqon esa boshi va kuchli kurak tishlari bilan yer tagidan yo‘l ochadi. Tyulen kurak oyoqlari, delfin esa dum suzgich kanotlari yordamida suzadi. Har xil moslamalari borligi uchun o‘simliklar chetdan ham changlanadi. Hujayra shirasida konsentrlangan qand eritmasi borligi tufayli qarg‘atuyoq bilan ko‘k pereleskaning bahorgi nozik nihollari noldan past temperaturaga ham chidaydi. Daraxt va butalarning past bo‘yli va mayda bargli bo‘lishi, ildizlarining yuza joylashishi, bahor bilan yozda o‘simliklarning juda tez rivojlanishi, bularning hammasida tundrada hayot kechirishga moslashishning ta’siri bor. Ko‘payish intensivligining har xil bo‘lishi tur, uning populyasiyalari saklanishiga xizmat qiladigan muhim moslanishdir. Nasli ko‘plab nobud bo‘ladigan turlar (parazit chuvalchanglar, baliqlarning ko‘p turlari) eng ko‘p sonli nasl bersa, nasl uchun qayg‘urish instinkti rivojlangan turlar kam sonli nasl beradigan bo‘ladi. Kolyushka degan mayda baliq erkagi quradigan uyasiga atigi 120-150 dona uvildiriq tashlaydi, urug‘langan uvildiriq va undan chiqqan chavaq baliqlarni erkagi qo‘riqlaydi. Treska degan baliq esa 4 mln ga yakin uvildiriq tashlaydi, lekin naslini qo‘riqlamaydi. Organizmlarda moslanishlar paydo bo‘lishi. Atrof-muhitning konkret sharoitiga murakkab va xilma-xil moslanishlar paydo bo‘lishini Darvin nazariyasi materialistik nuqtai nazardan tushuntirib beradi. Yashil barglarda yashaydigan biror populyasiyaga mansub qurtlar tanasining himoya rangi qanday paydo bo‘lganini ko‘rib chiqamiz. Ularning ajdodlari boshqa rangda va barglar bilan oziqlanmagan bo‘lishi mumkin. Qandaydir biror hodisa tufayli ular yashil barglar bilan oziqlanishga majbur bo‘lgan, deb faraz qilaylik. Doim ro‘y berib turadigan mutasiyalar tufayli bu hasharotlar populyasiyalarining rangi bir xil bo‘lmagan, shuning uchun juda ko‘p kurtlar ichida barglar orasida kamrok ko‘zga tashlanadigan och yashil tusli individlar ham bo‘lgan. Yashash uchun kurashda tabiiy tanlanish ta’sirida asosan och 32 yashil tusli individlar yashab qolgan va nasl qoldirgan. Keyingi avlodlarda bu prosess davom etgan, qurtlar tanasining rangi atrof-muhitning asosiy rangiga tobora ko‘proq moslashib borgan. Mimikriya hosil bo‘lishini ham xuddi shunday tushuntirish mumkin. Tanasining shakli, rangida, xatti-harakatida himoyalangan hayvonlarga o‘xshashlikni kuchaytiradigan kichik bir irsiy o‘zgarishlari bo‘lgan individlar yashab ketish va nasl qoldirish uchun foydali o‘zgarishlari bo‘lmagan individlarga karaganda ko‘prok imkoniyatga ega bo‘lgan. Foydali o‘zgarishlar yashash uchun kurashda tabiiy tanlanish ta’sirida avloddan-avlodga kuchayib borib, takomillashgan va himoyalangan hayvonlarga o‘xshashlik belgilarining to‘planishiga olib kelgan. Har bir moslanish va ularning butun kompleksi bir kancha avlodlardagi yashash uchun kurash va tanlanish prosessida irsiy o‘zgaruvchanlik asosida yuzaga keladi. Organizmlarning moslashganligi evolyusiyani harakatlantiruvchi kuchlarning mazkur yashash sharoitidagi ta’siri natijasidir. Moslanishlar paydo bo‘lishini tushuntirish uchun Darvin bergan izoh shu masala xususidagi Lamark tushunchasidan tubdan farq qiladi. Hayvonlar tanasining rangi yoki shaklini o‘zgartirishni «mashq qilgan» va shuning natijasida moslashib olgan, deb taxmin kilib bo‘lmaydi. Organizmlarning bir-biriga o‘zaro moslashganligini, masalan, ishchi asalarilar xartumining ular changlaydigan gul tuzilishiga mos bo‘lishini ham bu bilan tushuntirib bo‘lmaydi: ishchi asalarilar ko‘paymaydi, ona asalarilar esa garchi nasl bersa ham xartumini «mashq qildira olmaydi», chunki ular guldan chang yig‘maydi. Organizm ularda faqat foydali irsiy o‘zgarishlar paydo bo‘lishi yo‘li bilan bevosita moslashib oladi, degan nazariya pirovard natijada azaldan maqsadga muvofiqlik to‘g‘risidagi tushunchalarga borib taqaladi. Bu nazariyaning idealistik xarakterini Darvinning evolyusiyani harakatlantiruvchi kuchlar to‘g‘risidagi ta’limoti asosida ochib berish mumkin. Organizmlardagi moslanishlarning nisbiyligi. Organizmning tuzilishi va funksiyalarining maqsadga muvofiqligi uning faqat konkret tashqi muhit bilan munosabatlarida ifodalanadi. Xar qanday moslanish u evolyusiyani 33 harakatlantiruvchi kuchlar ta’sirida qanday sharoitda yuzaga kelgan bo‘lsa, xuddi shunday sharoitdagina organizmlar omon qolib, yashab ketishi uchun imkon beradi. Lekin bunday sharoitda ham u nisbiy bo‘ladi. Oftob charaqlab turgan qish kunida oq kaklik qorga tushgan soyasi bilan o‘zini sezdirib qo‘yadi. O‘rmonda qorda ko‘zga chalinmaydigan oq quyon daraxtlar tanasining qora fonida ko‘rinadigan bo‘lib qoladi. Hayvonlardagi instinktlarni kuzatish bir qancha hollarda ular nisbiy ekanligini ko‘rsatadi. Tungi kapalaklar, garchi nobud bo‘lsa ham, o‘zini olovga uradi. Ularni instinkt olovga jalb qiladi: ular asosan tunda yaxshi sezilib turadigan ochiq rangli gullardan nektar yig‘adi. Organning tor doirada ixtisoslashganligi organizmning halokatiga sabab bo‘lishi mumkin. Uzun qanot qaldirg‘och tekis joydan ko‘tarilib, uchib keta olmaydi, chunki uning qanotlari uzun va oyoklari juda kalta bo‘ladi. U biror narsaning chetidan, xuddi tramplindan sakragandek sakrasagina, uchib keta oladi. O‘simliklarning xayvonlarga yem bo‘lishiga to‘sqinlik qiladigan moslanishlari nisbiydir Tikanaklar bilan ximoyalangan o‘simliklarni, odatda, mollar chetlab o‘tadi, ammo yantoqni tuya, echkilar, och qolgan qoramollar xush ko‘rib yeydi. Xar xil turlarga mansub organizmlarning, masalan, suvo‘t bilan zamburug‘ning lishaynikda birga yashashi-simbiozning foydasi ham nisbiydir. Ba’zan lishaynikning zamburug‘ iplari o‘zi bilan birga yashaydigan suvo‘tlarni nobud qiladi. Organizmlarda foydasiz organ va belgilar uchraydi, masalan, otlarning grifel suyaklari, hech qachon suvga tushmaydigan tog‘ g‘ozlarining barmoqlari orasidagi pardalar, maymun va odamda bo‘ladigan uchinchi qovoq qoldiqlari shular jumlasidandir. Mana shu va boshqa ko‘pgina faktlar moslanishlar mutlaq bo‘lmay, nisbiy ekanligini ko‘rsatadi. Yorug’lik. Sayyoramizdagi barcha organizmlar yorug’lik energiyasini Quyoshdan oladi. Erga etib kelayotgan yorug’lik oqimi ming angestremdan (1Ang10-8 sm) qisqa to’lqin uzunligidan tortib bir necha ming metrlar bilan o’lchanadi. Er yuzasiga yorug’likning 3900 dan 7700 angestremga qadar to’lqin uzunligidagi qismi yoki Quyosh radiatsiyasining 50% ga yaqini etib keladi. Faqatgina ultrabinafsha va infraqizil nurlar hamda spektrning ko’rinadigan etti xil nurlari hayvonlar hayotida muhim rol o’ynaydi. Hayvonlar yorug’lik energiyasini to’g’ridan-to’g’ri va bog’langan holda oziqlanishi orqali qabul qiladi (To’lqin uzunligi: 0.29-0.40 Nm li ultrabinafsha 34 nurlar, 0.40-0.75 Nm li ko’rinadigan oq nurlar va 0.75-1.0 Nm li infraqizil nurlar). Yorug’lik hayvonlarning ko’rishi, tevarak atrofni ilg’ashi, fazoda mo’ljal olishida asosiy rolni o’ynaydi. Hayvonlar ko’zlari orqali tashqi olam haqidagi axborotni qabul qiladi va unga tegishli javob reaktsiyasini qaytaradi. Hayvonlardagi ko’rish organlarining mukammallashuvi evolyutsiya jarayoni bilan hamohang ketgan. Ko’rish va uning qamrovi ayni guruh hayvonlarning evolyutsion rivojlanish darajasiga bevosita bog’liq bo’ladi. Umurtqasizlardagi eng sodda ko’zlar yorug’likni oddiygina ilg’ash organlari bo’lsa, sodda hayvonlarda bu tsitoplazmaning bir qismi sifatida shakllangan. Yorug’likni qabul qilish ko’rish pigmentlarining o’zgarishi, ya’ni fotokimyoviy reaktsiyalar hisobiga amalga oshadi. Ayrim sodda tuzilgan ko’zlar yorug’lik to’lqinlarining o’zgarishlaridangina (masalan, kun va tun almashinishi) dalolat beradi. Mukammal ko’rish jarayoni murakkab darajada tuzilgan ko’zlargagina xos xususiyatdir. Nisbatan sodda tuzilganligi bilan ajralib turuvchi o’rgimchak ko’zlari atrofidagi narsalarni 1-2 sm masofadangina payqay oladi. Eng yuqori darajada tuzilgan ko’zlar umurtqalilarda, boshoyoqli mollyuskalarda va hasharotlarda bo’ladi. Hasharotlardagi murakkab ko’z va uning ahamiyati orqali predmetlarning shaklini, rangini, joylanish uzoqligini farqlay oladi. Baliqlarda teleskopik ko’rish, amfibiyalarda harakatdagi narsani ko’rish, qushlarda 1 km dan ham, 1 sm dan ko’rish orqali narsa va buyumlarni farqlash mavjud. Mukammal ko’rish insonlarga, primatlarga, ayrim qushlar – lochin, boyo’g’li, burgutlar va tasqaralarga xos. Odam va primatlarda: - bir vaqtda 2 ko’z bilan qarash; - predmet rangini, shaklini aniq ajratish; - ungacha bo’lgan masofani aniq hisoblash xos. Murakkab darajada tuzilgan ko’zlarning sezgirlik imkoniyati ham yuqori bo’ladi. Qorong’ulikka moslashgan inson ko’zlari 5 kvant jadallikdagi yorug’likni qabul qila oladi, bu esa ulardagi fizikaviy imkoniyat chegarasini ham belgilaydi. Hayvonlarning yorug’lik spektridagi ranglarni ajrata olish imkoniyati turlicha. Insonlar qizil, zarg’aldoq, yashil, ko’k-yashil, ko’k-binafsha ranglarni ajratadi. Ular ultrabinafsha va infraqizil nurlarni payqay olmaydi. Ayrim hayvonlar (kalmarlar, ilonlar) yorug’lik spektridagi infraqizil nurlarni 35 osonlik bilan ajratadi va qorong’ulikda ham o’z o’ljasini bemalol topa oladi. Asalarilar ko’zga ko’rinmas ultrabinafsha nurlarni payqasa-da, qizil ranglarni ajrata olmaydi. Ko’pchilik hasharotlarning tinim davridan chiqib faol hayot kechirishiga o’tishi yorug’lik kuchiga va haroratga bog’liq bo’ladi. May qo’ng’izi (Melolontha hippoicastani)ning g’umbakdan chiqishi quyoshning botishi soatiga to’g’ri keladi va bu muddat bahordan yozga tomon sekin asta kechikib boradi. Kunlik hasharotlardan Oligoneuriella rhenana havo harorati Q150S bo’lib, kun botayotgan paytda uchib chiqadi. Uning rivojlanishida yorug’lik va harorat o’rtasidagi mutanosiblik muhim ahamiyatga ega. Yorug’lik kuchining o’zgarishi hayvonlarning fe’l-atvor reaktsiyalariga ham ta’sir qiladi. Masalan, kun tig’iga kelganda cho’l agamasi yulg’un, saksovul kabi butalarining yuqori yaruslariga chiqib olib jon saqlaydi. Harakatda bo’ladigan hayvonlar o’ziga joy tanlashda yoritilish darjasini ham hisobga oladi. Kecha-kunduz davomidagi faollik uchun ma’lum darajadagi yorug’lik talab etiladi. Hayvonlar kunduzgi, tungi, g’ira-shirada faol hayot kechiruvchilar ekologik guruhlariga ajraladi. Ularning faolligi mavsumga, iqlim sharoitlari va yorug’lik jadalligiga qarab o’zgarishi mumkin. Masalan, cho’l va chala cho’l mintaqalarida yashovchi yumronqoziqlar ertalab va kechki paytlarda aktiv faoliyatda bo’ladi, kunduzgi paytda uyalarida yashirinib yotadi. Sharoitga bunday moslanish ushbu mintaqalarda yashayotgan hasharotlar, sudralib yuruvchilar va sut emizuvchilarga ham xos. Yorug’likning kunlik va mavsumiy o’zgarishlari hayvonlarning urchishiga, migratsiya va boshqa biologik maromlariga o’z ta’sirini o’tkazadi. Ba’zi hasharotlar kun qisqarishi natijasida ko’payish jarayonini to’xtatadi, kun uzayishi bilan esa ko’payish qayta tiklanadi. Namlik. Suv – tiriklikning eng muhim va ajralmas tarkibiy qismi. Hayvonlar tsitoplazmasining 70-90%, qo’ng’izlar va kapalaklar lichinkalari og’irligining 50% va ayrim meduzalar tanasining 90% ini suv tashkil etadi. Biokimyoviy jarayonlarning borishida suv muhit vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham namlikning me’yorida saqlanishi barcha organizmlar uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Sovuq harorat, qor qoplami, namlik bilan birga yorug’likning jadalligi, ayniqsa ultrabinafsha nurlar hayvonlar rangiga jiddiy ta’sir etadi. To’q rang 36 hayvonlarni ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi, boshqa nurlarni o’ziga yig’ib tana haroratini me’yorida saqlanishiga yordam beradi. Namlikka bo’lgan ehtiyoji va yashash joylari bo’ylab taqsimlanishiga muvofiq hayvonlar quyidagi ekologik guruhlarga ajraladi: Gidrofillar – hayoti doimo suvda o’tuvchi bu guruhga gidrobiontlar kiradi. Gigrofillar – yashash joylaridagi, havodagi nisbiy namlik yuqori yoki shu darajaga yaqin bo’lgan sharoitda uchraydigan hayvonlar guruhi. Bu guruhga qator amfibiyalar, ko’pchilik qorin oyoqli mollyuskalar, yomg’ir chuvalchanglari, tuproq faunasining asosiy vakillari, g’orlarda yashovchi hayvonlar va baliqlar mansub. Mezofillar – o’rtacha namlik sharoitida yashovchi hayvonlar. Ular mo’’tadil va o’rta tog’ mintaqalarida, madaniy landshaftlarda yashaydi. Mezofillar namlikni mavsumiy o’zgarishlariga birmuncha bardoshli bo’ladi. Kserofillar – qurg’oqchil sharoitda yashashga moslashgan hayvonlar. Cho’l, chala cho’l va tog’oldi hududlarda uchraydigan ko’pchilik hasharotlar va sut emizuvchilar mazkur ekologik guruh vakillaridir. Kserofillarning barchasi quruq va qurg’oqchil iqlim sharoitlariga keng ma’noda adaptatsiyalangan. Masalan, Helix desertorum shilliqurti noqulay sharoitda yozgi tinim davriga o’tadi va uning “yozgi uyqusi” 4 yilga qadar davom etishi mumkin. Toshbaqalarda yozgi va qishki uyqu mavjud bo’lib, 6-7 oy uxlaydi. Hayvonlar suvga bo’lgan talabini 4 xil yo’l bilan qondiradi. 1. Bevosita suvni ichish orqali. Ayrim reptiliyalar, sutemizuvchilar va qushlar suvni ko’plab istemol qiladi. Ayrim qushlar, tuyoqlilar, yirtqichlar, ko’rshapalaklar uzoq muddatli suvsizlikka chiday olmaydi va suv topish maqsadida uzoq masofalar bo’ylab uchib harakatda bo’ladilar. Qaldirg’och va jarqaldirg’ochlar suv havzasi bo’ylab uchib o’tadi va pastlab suvni qabul qiladi. Tuyalar 2-3 haftagacha suvsiz yura oladi, lekin bir suv ichganda 200 l gacha suv ichishi mumkin. 2. Ovqat orqali. Cho’l mintaqalarida yashovchi ko’pchilik hayvonlar (kemiruvchilar, antilopalar va boshqalar) hech qachon suv ichmaydi, ular uchun iste’mol qilinayotgan ozuqa suv manbai hisoblanadi (metabolitik suv deyiladi). Gul sharbati, qon bilan oziqlanuvchi hasharotlar ovqat bilan hatto ehtiyojidan ortiq suvni oladi. 37 3. Teri orqali suvni qabul qilish. Amfibiyalar, ayrim hasharotlar va kanalar namlikni butun tanasi bo’ylab qabul qiladi. Kolorado qo’ng’izi, taxtakana havodagi nisbiy namlik minimal darajada bo’lgan sharoitda ham suvga bo’lgan ehtiyojini tanasi bo’ylab suvning adsorbtsiyalanishi ularning hayotida muhim ekologik ahamiyatga ega. 4. Metabolitik suv hisobiga yashash. Ya’ni organizmlardagi yog’lar, oqsillar, karbon suvlarning parchalanishidan ajralgan suvning assimilyatsiyalanishi. Qurg’oqchil iqlim sharoitida yashaydigan kemiruvchilar turli hasharotlar va tuyalar suvni shu usul bilan o’zlashtiradi. Qulay sharoitda cho’ldagi sut emizuvchilar va qushlarning tanasida yog’ ko’plab to’planadi, noqulay mavsum boshlanganda esa, u sarflanadi. Yog’lar hayvonlar uchun nafaqat energiya manbai, balki suvga bo’lgan ehtiyojini qondiruvchi omil vazifasini ham bajaradi, chunki yog’ oksidlanib parchalanganda ko’p suv ajraladi. Don, un, yog’och bilan oziqlanuvchi hasharotlar hayoti ham metabolitik suvga bog’liq. Namlik teri orqali, nafas olish jarayonida, siydik, ter va ekskrementlar bilan transpiratsiyalanishi va bug’lanish mumkin. Namlikni yo’qotishga nisbatan hayvonlardagi moslanishlar xilma-xil bo’lsada, ularni 3 guruhga ajratish mumkin. 1. Suv sarfining kamayishi hayvonlardagi morfologik va fiziologik moslanishlar bilan bog’liq. Qurg’oqchil sharoitda yashaydigan hayvonlarning tanasi namlikni saqlashga yordam beradigan chig’anoqlar, tangachalar bilan qoplangan yoki himoya kosachasi bo’ladi, mollyuskalar esa chig’anoqlar bilan himoyalangan, cho’l hasharotlari tanasi qalin xitindan iborat. Lekin cho’lda yashovchi hayvonlarning barchasida ham shu singari morfologik moslanish kuzatilmaydi. Masalan, tekis oyoqli qisqichbaqasimonlarning vakili sanalgan “eshakqurt” quruqlikda yashaydi, tanasi yupqa-nozik xitin bilan himoyalangan. Ular Qoraqum va Qizilqum cho’llaridan tortib adir zonalarni ham egallagan. Evolyutsiya jarayonida ichki nafas olish organlarining shakllanishi hayvonlarga suv sarfini birmuncha kamayishiga sabab bo’lgan. Quruqlik hayvonlarida jabralarni yo’qligi va hasharotlarda, ko’poyoqlilar va o’rgimchaksimonlar nafas olish organlari sifatida traxeyalar tizimini paydo bo’lganligi, mollyuskalarda “o’pkalar”, amfibiyalarda o’pka va teri orqali nafas 38 olish, reptiliyalar, qushlar va sut emizuvchilarda haqiqiy o’pkalarning taraqqiy etganligi unga misol bo’ladi. Siydik va ter hisobiga suv sarfini kamaytirishda organizmlardagi azot almashinuvini muvofiqlashtirish muhim ahamiyatga ega. Oqsillar parchalanishi bilan ajralib chiqqan ammiakning juda kam miqdori ham organizm uchun zaharli ta’sirini ko’rsatadi. Uni zararlantirish uchun esa yuqori hajmdagi suv sarfi talab etiladi. Hayvonlardagi o’ziga xos moslanishlar ayni holatni oldini olishga xizmat qiladi. Jumladan, yuqori kontsentratsiyadagi siydikni ajratish ko’pchilik hayvonlardagi namlikni me’yorida ushlab turishiga nisbatan adaptatsiyalanish usullaridan biri. Masalan, reptiliyalar, hasharotlar va quruqlik mollyuskalarining ayrimlari quruq uratlarni ajratadi. Namlik etarli bo’lgan sharoitda yashaydigan hayvonlar siydigi tarkibidagi ammiakning umumiy ulushi sezilarli bo’ladi. Hasharotlar (shiralar) ozuqasi tarkibidagi suvning mo’lligi ular ajratayotgan suyuqlikda ammiak miqdorining yuqoriligi sabab bo’lgan. Sut emizuvchilar siydigida nisbatan zararsiz mochevina bo’ladi. U dissimilyatsiya mahsuloti sifatida qon zardobida va tana bo’shlig’ida yig’ilib, nisbatan yuqori kontsentratsiyada ajralib chiqadi. Siydik bilan birga zararli tuzlar ham chiqarib tashlanadi. Siydik va qon zardobi kontsentratsiyalari o’rtasidagi mutanosiblik suvni tejalish darajasini ham ifodalaydi. Masalan, siydikning plazmaga nisbatan kontsentratsiyasi odamlarda 4,2 marta ortiq, qo’ylarda bu ko’rsatkich 7,6 ga, tuyalarda – 8 ga va qo’shoyoqlarda esa 14 ga teng. Cho’lda yashovchi tangachali sudralib yuruvchilar, toshbaqalar va qushlar, hasharotlar suvda yomon eriydigan siydik kislotasini ajratadi, o’rgimchaklar esa, guaninni chiqarib tashlaydi. Guanin va siydik kislotalari bilan eng minimal darajadagi suv ajraladi. Kemiruvchilar va antilopalarning tanasidagi kam miqdordagi ter bezlari, quruq najas ulardagi suv sarfi bir muncha past darajada ekanligidan dalolat beradi. Namlikni yo’qotish chegarasi barcha organizmlarda bir xil darajada emas. Masalan, odamlar tanasidagi vaznga nisbatan 22% gacha suvni yo’qotish mumkin, lekin undan ortiqcha yo’qotganda odam halok bo’lishi mumkin. Bu chegara tuyalarda 27% ni tashkil etsa, qo’ylarda 23% va itlarda 17% ga to’g’ri keladi. Suvning tejalishida organizmlardagi qator fiziologik moslanishlar ham 39 muhim rol o’ynaydi. Jumladan, ayrim hayvonlarning ovqat qoldiqlari va najasi bilan chiqayotgan suv ichaklarda yana so’riladi, tashqariga bir muncha quruq holdagi najas chiqarib tashlanadi. Shuning uchun ham hayvonlarda namlikni iqtisod qilinish darajasi chiqindi tarkibidagi namlik me’yori bilan ham o’lchanadi. Masalan, yaylovdagi qoramol tezagining 100 g og’irligiga 566 g suv to’g’ri keladi, tuyalarda bu ko’rsatkich 109 g ni, suvsiz sharoitda esa 76 g ni tashkil qiladi. Nisbiy namlik past sharoitda yashovchi hasharotlarning ayirish tizimlari – malpigi naylarining oxirgi yo’g’on ichakning orqa devoriga tutashgan bo’lib, undagi suv so’rilishi orqali organizm ehtiyoji uchun qayta sarflanadi, ya’ni reabsorbtsiyalanadi. Namlik etarli bo’lgan sharoitda hayot kechiruvchi va suyuq ozuqa bilan oziqlanuvchi hasharotlarda esa reabsorbtsiya hodisasi kuzatilmaydi. Ular siydik orqali tashqariga har xil tuzlar va mochevina chiqaradi. Bu mazkur hasharotlarning ayirish tizimi bilan bog’lanmagan. 2. Metabolitik suvni o’zlashtirish quruq yoki namligi kam bo’lgan ozuqa bilan oziqlanib hayot kechiruvchi hayvonlarda kuzatiladi. Kunduz kunlari uyalarida jon saqlaydigan mayda kemiruvchilar faqat yuqori haroratdagina himoyalanmay, namlikni ortiqcha sarfini ham oldini oladi. Bu muddatda namlikka bo’lgan ehtiyoj metabolitik suv hisobidan qoplanadi. Afrika cho’llarida yashovchi chumolilarning lichinkalari tanasidagi yog’lar oksidlanishi natijasida ajralgan suv hisobiga yashaydi. Bundan tashqari ularning gemolimfalari tarkibidagi oqsillar yuqori osmotik bosimni ta’minlaydi, bu esa namlikning bug’lanishini sekinlashtiradi. 3. Ekologik va etologik adaptatsiyalar xilma-xil bo’lib, keng tarqalgan moslanishlardan biri cho’l hayvonlarining tungi tarzi yoki qulay yashash joylarini topish maqsadida bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi va boshqalar misol bo’ladi. Namlikning hayvonlarga ta’siri. Namlik hayvonlarning umriga, rivojlanishiga serpushtligiga, fe’l-atvoriga: geografik tarqalishi va yashash joylarini tanlashiga, shuningdek populyatsiya miqdor zichligiga ta’sir ko’rsatadi. Hayvonlar umrining uzunligi va rivojlanishi namlikka bog’liq bo’ladi. Jumladan, cho’l hayvonlari uzoq muddatli suvsizlikka chiday oladi, lekin baqalar nisbiy namlik past sharoitda tezda nobud bo’lib ketadi. Namlik etarli 40 bo’lganda uy pashshasining rivojlanishi jadal ketsada, lekin namlik kamayishi bilan bu jarayon sekinlashib boradi va butunlay to’xtashi mumkin. Namlik va hasharotlar serpushtligi o’rtasida ma’lum bog’liqlik mavjud. Masalan, Panolis flammea kapalagining 80% urg’ochilari yuqori namlik sharoitida qo’shila olmaydi, namlikning ko’tarilishi kapalak serpushtligini susaytiradi. Namlikning o’zgarishi hayvonlarning fe’l-atvorida ham o’z ifodasini topadi. Jumladan, qon so’ruvchi chivinlar havoning nisbiy namligi 40% dan past sharoitda issiqqonli hayvonlarga “hujum” qilmaydi va qon so’rishdan to’xtaydi. Chiriyotgan to’nkadagi namlik ko’tarilgan taqdirda, unda oziqlanayotgan ksillofag qo’ng’izlar jadallik bilan to’nkani tark etadi va boshqa qulay yashash joyiga “qochadi”. Hayvonlarning geografik tarqalishi va yashash joylarini tanlashi boshqa omillar bilan birga namlikka ham bevosita bog’liq bo’ladi. Jumladan, hayvonlarning vertikal mintaqaviy taqsimlanishi va yashash joylarini tanlashda ushbu holat asosiy ahamiyatga ega. Namlik va harorat birgalikda hayvonlarning populyatsiya miqdor zichligiga sezilarli ta’sir etadi. Bahor va dastlabki yoz oylarida nisbiy namlik yuqori bo’ladi, bu esa hasharotlarni ko’plab ko’payishiga imkoniyat yaratadi va ularning miqdor zichligi yuqori darajaga ko’tariladi. Yozning ikkinchi yarmida quruq va issiq havo hasharotlar populyatsiya miqdor zichligini keskin pasayishiga olib keladi. Harorat. Atrof-muhit harorati hayvonlarning ko’payishiga, rivojlanishiga, yashovchanligiga, tana haroratiga va moddalar almashinuvi jarayoniga, shuningdek populyatsiya miqdor zichligi hamda turli yashash joylari bo’ylab taqsimlanishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko’rsatadi. Haroratni hayvonlar butun tanasi bo’ylab qabul qilib, ortiqcha issiqlikni atrof-muhitga chiqarib tashlaydi. Bu holat muhit haroratiga bog’liq holda namoyon bo’ladi va organizmning issiqlik darajasini ifodalaydi. Ma’lumki, Vant-Goff qoidasiga muvofiq, haroratning 100S ga ko’tarilishi kimyoviy jarayonlarni 2-3 martaga tezlashtiradi. Lekin, biologik jarayonlar uchun bu qoida haroratning muayyan chegarasidagina amal qiladi, harorat ko’rsatkichining ushbu chegarasidan chetga chiqishi organizmlarda borayotgan moddalar almashinuvini keskin susaytiradi. Masalan, reptiliyalar 41 tuxumining rivojlanishi bilan harorat o’rtasida to’g’ri chiziqli bog’lanish yo’q. Huddi shuningdek, haroratni ko’tarish bilan tovuq tuxumining rivojlanishini tezlashtirish mumkin emas, aksincha, jo’jani rivojlanib voyaga etishi uchun 21 kun davomida doimiy 40-410S harorat zarur. Hayvonlardagi har bir hayotiy jarayonning borishi uchun haroratning quyi va yuqori pog’onasi, optimum chegarasi zarur. Masalan, gulmoy balig’ining uvildirig’i 00S da, chavaqlar esa Q 20S da rivojlana boshlaydi. Agar harorat shunday tursa, chavaqlarining chiqishi uchun 205 kun, Q50S da 85 kun va Q100S da esa 41 kun zarur bo’ladi. Kolorado qo’ng’izi Q 120S da rivojlana boshlaydi, Q 250S haroratda uning lichinkalik davri 14-15 kun davom etadi, Q300S li sharoitda lichinka bor yo’g’i 5,5 kunda voyaga etadi. Q330S da u rivojlanishi, fiziologik va biokimyoviy jarayonlari harorat o’zgarishiga monand to’g’ri chiziqli ko’tarilmaydi, aksincha, ularning har biri turli yo’nalishdagi giperbola chizig’ini hosil qiladi. Ikkinchi tomondan, bu jarayonlarning borishi birgina haroratga bog’liq bo’lib qolmay, ularga boshqa ekologik omillar ham ta’sir etadi. Barcha omillar singari haroratning to’g’ridan-to’g’ri ta’siri jamoadagi boshqa hayvonlar hayotida, yashash joylarini tanlashida va boshqa holatlarda o’z ifodasini topadi. Harorat hayvonlar uchun signal vazifasini o’taydi. Uning o’zgarishi bilan hayvonlar yashashi uchun qulay joy izlaydi, bir mintaqadan ikkinchisiga ko’chadi, ularning hayotida va geografik taqsimlanishida qator o’zgarishlar ro’y beradi. Hayvonlardagi issiqlik almashinuvi nerv-gumoral yo’l bilan boshqariladi. Issiqlik almashinuvining poykilotermlik va gomoyotermlik usullari farqlanadi. Poykiloterm hayvonlarda o’zgaruvchan tana harorati va moddalar almashinuvi kuzatiladi. Muhit haroratiga monand poykilotermlarning tana harorati ham o’zgarib turadi. Gomoyotermlardagi moddalar almashinuvi bir me’yorda ketadi va ular doimiy tana haroratiga ega bo’ladi. Poykiloterm va gomoyotermlardan tashqari oraliq guruh vakillari – geterotermlar ham kuzatiladi. Geterotermlar mavsumiy faol hayot kechirganda, ular gomoyotermlar singari tana haroratini doimiy saqlaydi, lekin qishki (yumronqoziqlar, olmaxonlar, qo’shoyoqlar, ayrim qushlar) yoki 42 chuqur uyquda (ko’rshapalaklar, bo’rsiqlar, ayiqlar, kolibri qushlari, jarqaldirg’och va boshqalar) ulardagi modda almashinuvi susayadi, tana harorati muhit haroratidan biroz farq qiladi, xolos. 3-rasm. Issiqqonli va sovuqqonli hayvonlar O’simliklardan farqliroq hayvonlar muskullar bilan ta’minlangan, shu sababdan ular o’zining ichki haroratiga nisbatan ham yuqoriroq darajadagi issiqlikni ishlab chiqara olish imkoniyatiga ega. Muskullar qisqarishida hosil bo’lgan energiya boshqa organ yoki to’qimalar harakati davomida ajaralayotgan issiqlikdan bir necha barobar yuqori bo’ladi, muskullar qanchalik tez harakat qilar ekan, ajaralayotgan issiqlikning miqdori ham shuncha yuqori bo’ladi. Hayvonlar tana haroratini vaqtincha yoki doimiy bir me’yorda boshqara olishi mumkin. Hayvonlardagi haroratga adaptatsiyalanishning asosiy yo’llari kimyoviy va fizikaviy termoregulyatsiyadan iborat, misol tariqasida kunduzgi va tungi aktiv hayvonlarni olish mumkin. Hayvonlarning fe’l-atvor harakatlari asosida tana haroratini idora etilishi. Tashqi muhit haroratining pasayishiga javoban faol ravishda tanadan issiqlik ajralishi yoki issiqlik ajratishni atrof-muhit haroratining o’zgarishiga qarab muvofiqlashishi kimyoviy termoregulyatsiya deyiladi. Fizikaviy termoregulyatsiya tanadan issiqlik ajratishning o’zgarishi, ya’ni tana issiqligining yig’ilishi yoki aksincha ortiqcha bo’lsa, chiqarib yuborishdir. 43 Fizikaviy termoregulyatsiya organizmlarning morfologik va anatomik tuzilishlari bilan ifodalanadi. Hayvonlarning yung qoplamlari, qon-tomir tizimining joylashish xususiyati, yog’ qatlamlari va zahiralari, teri yoki nafas yo’li orqali suv bug’latishni boshqarish fizikaviy termoregulyatsiyani belgilovchi omillardan hisoblanadi. Hayvonlar bir mintaqadan boshqasiga siljishi, yashash joylarini o’zgartirishi va boshqa murakkab fe’l-atvor harakatlari asosida noqulay sharoitlarga moslashadi. Ko’pchilik hayvonlar uchun fe’l-atvor harakatlari asosida haroratni idora etilishi noqulay sharoitlarga moslanishning yagona va samarali usulidir. Poykiloterm hayvonlar hozirda harorat kam o’zgaradigan suv havzalaridagina emas, balki harorat tez-tez o’zgaruvchan mintaqalar – quruqlik, mo’’tadil iqlim sharoitida va hatto Arktikada ham uchraydi. Bu holat poykilotermlarni noqulay iqlim sharoitlariga ham moslashganligidan dalolat beradi. Poykilotermlarning hayoti atrof-muhit haroratiga mos ravishda o’zgarib turadi. Masalan, Bodenxeylir Shistocerea gregaria chigirtkasining faolligi va haroratning o’zgarishi o’rtasidagi bog’liqlikni tadqiq etib, quyidagi bosqichlarni farqlagan: - past haroratli sharoitdagi karaxtlikdan chiqish; - mo’ylovlar va panjalarning sust harakati; - ishonchsiz o’rmalash; - me’yoridagi harakatlar; - o’ta faollik; - kuchli qo’zg’alish; - yuqori harorat ta’siridagi karaxtlik; - issiqdan nobud bo’lish.
Biotik omillar Tabiatdagi biotik munosabatlar xilma-xil bo’lib, ularning eng muhimlari yirtqich-o’lja, parazit-xo’jayin, tekinxo’rlik, o’zaro foydali, qarama-qarshi aloqalar, betaraflik, o’simlik va hayvonlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar, sig’indilik, uya parazitizmi va boshqalar hisoblanadi. Bularning barchasi uyg’unlikda biotik omillarni tashkil etadi. Yirtqich-o’lja va parazit-xo’jayin munosabatlari organizmlar o’rtasidagi ozuqa orqali bo’ladigan munosabatlardir. Chunki, geterotroflar boshqa geterotrof yoki avtotroflar hisobiga yashaydi. Ma’lumki, yirtqichlar o’ljasini ushlab jonsizlantirib, so’ng eydi. Shuning uchun yirtqichlarda o’ziga xos fe’latvor (aktiv reaktsiya, tez harakat va boshqalar) shakllangan bo’ladi. Mushuksimonlar oilasiga mansub bo’lgan gepardlar o’lja ketidan quvlaganda, bir sekundda 20 metr yo’lni bosadi, soatiga 110 hatto 140 km tezlikda chopa oladi. 62 9-rasm. O’ljasini tutishga otlangan gepard Yirtqichlar o’z o’ljasini ta’qib qilish va ularni ushlash paytida muayyan energiya sarf etadi va ma’lum qarshilikka ham uchraydi. Bu esa, yirtqich o’ljada o’ziga xos ekologik moslanishning shakllanishi va ayni organizmlar guruhining progressiv evolyutsiyalanishiga sabab bo’ladi. Shu bilan birga, o’ljada passiv himoya vositalari – bilintirmay qo’yadigan aks-soya, chalg’ituvchi va ogohlantiruvchi rang, narsalarga va boshqalarga tahdid qilish, himoya qalqoni, tikanlar va boshqalar vujudga kelgan. Bularning barchasi tabiiy tanlashning natijasi hisoblanadi. Yirtqichlarda o’ziga xos moslanishning belgisi – ularning keng ozuqa spektriga ega ekanligidir. Buning asosida yirtqichlar alohida bir o’ljaga bog’lanib qolmasdan, sharoitga qarab osonlikcha bir o’ljadan ikkinchisiga o’ta oladi. Tabiatda yirtqichlar ovqatlanishi uchun imkoni boricha kam energiya sarf etishga harakat qiladi. Shuning uchun ham bular son jihatdan ko’proq bo’lgan va oson ovqatlanadigan, lekin biologik to’la qiymatli o’lja bilan oziqlanadi. Oq ayiqlar xilma-xil jonivorlar bilan oziqlanadi: tyulenlar, baliqlar, lemminglar (sichqonlar oilasiga mansub tur), oq tulki va boshqalarni ovlaydi. Lekin bularning ichida u tyulenlar go’shtini xush ko’radi, ilvirslar esa echkilarni bir necha soatlab poylab yotadi. Yaqin vaqtlarga qadar yirtqichlarga zararli hayvonlar hisobida qaralar edi. Buning natijasida qator yirtqich hayvonlar shavqatsiz qirib tashlanib, tabiatga katta zarar etkazildi. Chunki, ular o’lja bo’lgan kasal zaif individlarni populyatsiya tarkibidan tozalab katta foyda keltiradi va sanitar vazifani bajaradi. Jumladan, hatto bo’rilarni shimol bug’ulari podalarining tez ko’payishi va yashovchanligining ortishiga yordam berishi aniqlangan. 63 Yirtqichlar tabiiy tanlanishning borishini tezlashtiruvchi omillardan biridir. Yirtqichlardan farqliroq parazitizm turning xo’jayinligi tor ma’nodagi maxsus moslashganligidir. Masalan, odam askaridasi faqat odam ingichka ichagida yashasa, ot askaridasi esa faqat otlardagina parazitlik qiladi. Chunki parazitlar o’z xo’jayinidan faqat ozuqa manbai sifatidagina emas, balki undan vaqtincha yoki doimiy yashash muhiti sifatida ham foydalanadi. Parazitlar xo’jayin tanasida xavf-xatardan to’liq himoyalangan parazitlik hayotiga moslashuv tufayli, ularda qator organlar reduktsiyalangan, morfofiziologik soddalashishga sabab bo’lgan. Masalan, tasmasimon chuvalchanglarda ovqat hazm qilish sistemasi butunlay qisqarib ketgan, nerv sistemasi ham reduktsiyaga uchragan. Shiralar o’simliklarning bargi, novdasi va ildiz qismida parazitlik qilishi bilan birga, ular faoliyati natijasida ozuqa o’simligining turli qismlarida hosil bo’lgan turli-xil gallar ichida ham hayot kechirishga moslashgan. Bunday gallarning bahorda teraklar, qayrag’och bargi va novdalarida ko’plab uchratish mumkin. Gallar ichidagi shiralar ancha sodda tuzilgan, mo’ylablari 4 bo’g’imli, ko’zlari 3 fasetkali, kam harakatli bo’ladi. Ularning hayoti uchun muhim sanalgan dum va shira naychalari bo’lmasligi mumkin. Tabiatda parazit-xo’jayn munosabati stabillashmagan taqdirda parazitlar faoliyati juda xavfli bo’ladi. Tripanasomalar, antilopalar qonida yashaganda, bu hayvonlarga umuman zarar keltirmaydi, lekin ular antilopalardan tse-tse pashshalari orqali odamlarga o’tgach, ya’ni transmissiya sodir bo’lgach o’ta xavfli, o’lim bilan tugallanuvchi uyqu kasalligini yuzaga chiqaradi. Shuningdek, tasodifan kelib qolgan zararkunandalar mahalliylariga nisbatan qishloq xo’jaligi ekinlariga kuchli zarar keltiradi. Bu o’rinda kolorado qo’ng’izi tipik misol bo’la oladi. O’z vatani – Shimoliy Amerikada yovvoyi ituzumdoshlar bilan oziqlanadigan bu hasharot asrimiz boshlarida tasodifan kartoshka bilan G’arbiy Evropaga olib kelinishi, ularning bu joylarda ko’payishi, tez tarqalishi va kartoshkazorlarga jiddiy zarar keltirishiga sabab bo’ldi. Respublikamizning kartoshkachilik xo’jaliklarida ham bu zararkunanda ko’plab uchrab turadi. Keyingi yillarda Respublikaning qator tumanlarida (Farg’ona, Namangan va b.) kartoshka dalalarida uning zarari sezilarli bo’lmoqda. 64 Yirtqich-o’lja, parazit-xo’jayin munosabati tabiatda moddalar almashinuvida va turlar sonining boshqarilishida muhim rol o’ynaydi. Paxta dalalari va bog’larda zararkunanda hasharotlar sonini kamaytirib, boshqarib turuvchi asosiy omillardan biri yirtqich va parazit organizmlarning faoliyatidan boshqalari qulaygina foydalanishi mumkin. Bu organizmlar o’rtasida kommensalizm – bir tomonlama foydali munosabat bo’lib, ikkinchi organizmga umuman zarar etmaydi. Yirik yirtqichlarning o’lja qoldiqlari bilan o’limtikxo’r qushlarning ovqatlanishi bunga misol bo’ladi. Keyinchalik chumchuqsimonlar o’txo’r hayvonlar chiqindilaridan to’liq hazm bo’lmagan donlarni topib eydi. 10-rasm. Laylaklardagi uya kommensalizmi Tabiatda uya kommensalizmi ko’proq kuzatiladi. Laylaklarning ko’p yillik uyalari shox-shabbalari oralarida chumchuqlar ham bola ochadi, sut emizuvchilar uyalarida – oqqanotlilar, kanalar, bitlar, burgalar kabi ko’plab bo’g’imoyoqlilar yashaydi. Kommensalizm turlarning yanada yaqinroq bog’lanishiga imkon beruvchi biotik munosabatdir. Organizmlar o’rtasidagi o’zaro munosabat – mutualizm tabiatda keng tarqalgan. Bu aloqa vaqtli yoki doimiy bo’lishi mumkin. Doimiy foydali o’zaro munosabatni simbioz deb yuritiladi. Инсонлар ҳаётида бир қанча жониворлар уларга доимо ҳамрох бўлиб, уларнинг хизматини қилиб келади. Эҳтимол, миллион-миллион йилар яшаган одамлардан бири ўрмондан қандайдир бўри боласини топиб олиб уни капасида ўзидан ошган овқатлик билан боқиб, тарбиялаб катта қилган. Кейинчалик бу бўри боласи эгасига жуда 65 меҳрибон бўлиб уни қўриқлаш, ҳайвонларни ҳам турли йиртқичлардан ҳимоя қилиш, капа қўриқлаш каби хизматларни қила бошлаган. Шундай қилиб минглаб йиллар оша инсон ўзга бўрилардан ҳосил бўлган энг яқин дўсти ит билан бирга яшашга ўтган. Ит одамга бошқа турли ёввойи ҳайвонларни ҳам хонакилаштиришга ёрдам берган. Одам ит мисолида ўзга дўстлар топиб олганидек, табиатда жуда кўп ҳайвон ва ўсимликлар ҳам ўзларига мос бўлган шундай ёрдамчиларни топиб олган. Аниқланишича, одам пайдо бўлмасдан анча олдинги даврларда турли ҳайвонлар ўзларига шундай ёрдамчиларни топиб, бирга яшаб келар экан. Агар кишилар 40 дан ортиқ ёввойи ҳайвонларни аста-секин маданийлаштириб ўзларига ёрдамчи қилиб олган бўлсалар, биргина чумолиларнинг ўзи бирга яшаш учун одамларга нисбатан 50 баробар кўп ёввойи ҳайвонларни "хонакилаштириб" улардан ўз ҳаётлари мобайнида фойдаланишга ўтишган. Бу митти жониворлар уяларида минглаб чумолилардан ташкил топган жамоа бўлиб яшашларига қарамай яна уйларидан турли ҳайвонларга жой бериши, улар билан ҳамкорликда яшашга ўтишлари хайратлидир. Биз турли ахборот манбаларидан мушукни жўжаларни асраб олганлиги, она товуқ эса мушук болаларини етаклаб, ҳимоя қилиб юриши, тулкининг хўроз билан дўстлиги кабиларни биламиз. Бундай хабарлар газета, журналларда сенсatsiя тарзида берилади. Бироқ, табиатда бундай ҳодисалар жуда кўп учрайди. Чўлларда, ўтлоқларда юрганимизда эгнимизга қўйтиканнинг игнали мевалари ёпишиб қолиши кўпчиликка маълум. Айниқса чорва моллари далаларда ўтлаб юрган пайтларида уларнинг юнгларига бундай мевалар жуда кўплаб ёпишиб қолади. Ундан ташқари, қўйтикан билан озиқланган жониворлар ичагига тушган ўсимлик мевалари ҳазм бўлмай, маълум вақтлар ўтганидан сўнг ҳайвон қаерга борган бўлса ўша ерда тупроққа бу мева ахлат билан тушиб қолади. Демак ҳайвонлар бу ўсимликни табиатда кенг тарқалишига хизмат қилишар экан. Қизиғи шундаки, янтоқ уруғи ҳайвон ичагига тушмаса ундан янги ўсимлик ривожланмас экан. Инсонлар жуда кўп нарсаларни, билимларни табиатдан олишади. Кишилар ўсимлик ва ҳайвонларни тузилишин ўрганиш билан жуда бой илмий маълумотларни тўплаган бўлсалар, эндиликда бу организмларни ўзаро биргалашиб тотувликда яшаш сирларни ҳам ўрганиб бормоқда. 66 1. Чумоли ўсимликнинг нектар чиқарувчи безидан нектарни ўзлаштирмоқда, 2. Гул асосининг ривожланиши, 3,4-ўсимликлар чумолиларнинг чиқиндисини сўнгалсимон ўсимталари орқали ички юза қатламга сўриб олади, 5. Чумолиларнинг бўшлиқлар орқали ўтиши натижасида ўсимлик танаси ва юзаси йириклашади, 6. Бу бўшлиқлар бир-бири билан туташмайди, балки ташқарига алоҳида очилади. Расм-1. Ўсимлик ва чумоли орасидаги симбиоз Irisomyrmex авлодига мансуб чумолилар билан Myrmecodia авлодига мансуб ўсимликлар орасидаги симбиоз ҳам аҳамиятга сазовор ҳодисалардан биридир. Бу ўсимликлар турли дарахтлар танасида яшовчи, бу жойларнинг тупроқлари минерал моддаларга камбағал жойларда яшаганликлари туфайли доимо минерал моддаларга талабчан бўлишади. Бу моддаларга бўлган талабларни ўсимлик чумолилар билан ҳамкорликда қондиради. Бу симбиоздан чумолилар ҳам ўсимлик ўзаро фойда кўришади. Гап шундаки, чумолилар бу ўсимлик гулининг асосида жойлашган (2) нектарларида ҳосил бўладиган шира билан озиқланишади (расмдаги 1-унсур). Чумолилар гулда ўзларидан чиқарган ташландиқлари (3) эса гул учун яхши туйимли моддалардан саналади. Гул чумоли ташландиқларини ўзининг аррасимон шаклдаги таглиги билан (4) сўриб олади. Ko’p hollarda “zohid qisqichbaqa”lar o’z chig’anog’i ustiga 1-2 ta aktiniyani “mingashtirib” oladi, bunda aktiniyaga “transport vositasi” bo’lib xizmat qilgan qisqichbaqa xavf-xatardan holi bo’ladi, aktiniya ushlagan oziqning bir qismi bilan yaxshigina ovqatlana oladi. Chumolilar ham shiralar bilan simbioz yashaydi. Chumolilar shiralar naychalarini mo’ylabi bilan “qitiqlaganda” hasharot shirin suyuqlik tomchisini chiqaradi, bu tomchi hisobiga chumoli ovqatlanadi. Bunday paytda shiralar har minutda tomchitomchi shirin suyuqlik ajratib turadi. Shuning uchun ham agar shiralar biror o’simlikda ko’payib ketsa, chumolilar ularni daraxtning boshqa shoxiga yoki boshqa o’simlikka ko’chirib o’tkazadi. Hushyorlik bilan ularni tugmacha 67 qo’ng’iz, oltinko’z, qandalalar va boshqa dushmanlardan himoya qiladi. Shuning uchun ham tabiatda ko’pchilik shiralar doim chumolilar bilan birga yashaydi. O’simliklardan lishayniklar zamburug’lar va suv o’tlarining birgalikda – simbioz yashashi natijasida shakllangan organizmlardir. Turlarning ekologik talab darajasi qanchalik yaqin bo’lsa, tabiatda qarama-qarshi munosabat – raqobat vujudga keladi. Bunday turlar birga yashagan paytda ular noqulay sharoitga tushib qoladi. Ya’ni ovqat manbalari, yashash joyi va boshqalar chegaralanib qoladi. Raqobat o’zaro munosabatda bo’ladigan ikkala organizm uchun ham salbiy ta’sir etuvchi biotik aloqadir. Shuning uchun ham bir xil ekologik talab darajasidagi turlar bir joyda yashasa, ertami, kechmi biri ikkinchisini siqib chiqaradi. Raqobat bir tur ichida ham turlararo munosabatda ham uchraydi. Qarama-qarshi munosabatlar tur ichida, turlararo to’g’ridan-to’g’ri yoki nisbiy bo’lishi mumkin. Turlararo to’g’ridan-to’g’ri raqobat yirtqich-o’lja, parazit-ho’jayin munosabatida ifodalanadi. Turlararo nisbiy kurashda o’z ozuqasini osonlik bilan topa oladigan hayvon ikkinchisiga nisbatan ustun bo’ladi. O’txo’r sut emizuvchilar va chigirtkalar ikkalasi ham fitofag bo’lgani uchun ular o’rtasida nisbiy qarama-qarshilik kuzatilmaydi. Tur ichidagi to’g’ridan-to’g’ri raqobat yashash joyi ikkinchisi uchun ovqat bo’ladi. G’o’za tunlami kapalagi odatda tuxumlar soni bitta tupda 3-5 tagacha borishi mumkin, bunda eng avval tuxumdan chiqqan ko’sak qurti o’zidan keyingi rivojlangan “nasllarini” eb tugatadi va yakka o’zi mo’l ozuqa hisobiga to’liq voyaga etadi. Tur ichidagi nisbiy raqobat kuchsiz individlarning ko’plab qirilishiga sabab bo’ladi. Jumladan, bo’ridan ikki quyon qochayotgan bo’lsa, tur ichidagi nisbiy kurashda albatta tez yuguradigan epchil va aqlliroq quyon yutib chiqadi. Biotik munosabatlar ichida neytralizm ma’lum hududda birga yashayotgan ikki turni bir-biriga ijobiy ham salbiy ham ta’sir ko’rsatmasligida ifodalanadi. O’rmondagi olmaxon va loslar umuman raqobatda bo’lmaydi. Lekin o’rmondagi yong’in, zararkunandalarning ko’payishi bularga turli darajada ta’sir etadi. Evolyutsiya jarayonida o’simlik va hayvonlarning bir-biri bilan yaqin aloqasi birgalikdagi taraqqiyoti ularda o’zaro moslanishlarning vujudga kelishiga sabab bo’lgan. Shuning asosida o’simliklarning hasharotlar 68 yordamida changlanishi, changlatuvchi hasharotlar, qushlar, sut emizuvchilar guruhlari vujudga kelgan: ko’pchilik o’simliklar urug’i hayvonlar yordamida tarqalishga moslashgan. O’simlik va hayvonlar o’rtasidagi biotik muonsabatlarni eng muhimi ularning ovqat orqali bo’ladigan trofik aloqasidir. O’simliklar hayvonlar uchun ovqat manbai bo’lib xizmat qiladi. O’simlikxo’r hayvonlarning ozuqaga nisbatan maxsus moslanishi xilma-xil bo’lib, ularning ichida so’ruvchi fitofaglar (shiralar, qandalalar, tsikadalar) alohida o’rin tutadi. Ko’pchiligi esa o’simliklarning vegetativ yoki er osti organlari hisobiga yashaydi. Ko’sak qurtlari g’o’zaning o’sish nuqtasi gul va hosil elementlarini zararlasa, tomir qurtlari esa erta bahorda ekin tomirini qirqib zarar etkazadi. O’simliklarning changlanishida hayvonot dunyosining roli katta. Tabiatda 1600 ga yaqin qushlar bu muhim biologik jarayonni amalga oshirishda qatnashadi. Janubiy Amerika va markaziy Amerika o’simliklari ma’lum qismining changlanishida ko’rshapalaklar alohida o’rin tutadi. Bizning sharoitimizda o’simliklarning, ayniqsa g’o’za gulining changlanishida asalarilar muhim ahamiyatga ega. Aniqlanishicha, ishchi asalari 1 minutda 12 ta, 1 kunda esa 4000 ta gulga qo’nadi. Bir asalari oilasida 10000 dan 50000 ga qadar individlar bo’lishi nazarda tutilsa, ular bir kunda 360 mln. ga yaqin gulni changlata oladi. Hayvonlar o’simliklarning tarqalishida ham katta ahamiyatga ega. O’simlik urug’lari va sporalarining hayvonlar yordamida tarqalishi zooxoriya deb ataladi. Hayvonlar urug’lardan ozuqa zahirasini yig’adi. Ularni bir joydan ikkinchi joyga siljitadi, bunda urug’larning bir qismi qulay sharoitlarga tushib, unib chiqadi. Sariq chumoli koloniyasi a’zolari uyadan 70 m. radiusda 36000 tagacha o’simlik urug’ini sochar ekan. Tuyoqli hayvonlarning yunglariga maxsus moslamalar yordamida ilashib qolgan urug’lar ba’zan minglab km, gacha tarqala oladi. Bulardan tashqari, ko’pchilik o’simliklarning urug’lari hayvonlar xazm sistemasida butunligicha saqlanib qoladi va ularning ekskrementlari bilan boshqa joylarga tushib unib chiqadi. Maynalarning chiqindilaridan gilos, olcha, uzum, itburun, shilvi va boshqa mevalar urug’larini topish mumkin. Otlar, qo’ylar va yirik shoxli qoramollar go’ngida yovvoyi boshoqlilar urug’lari ko’plab saqlanib qoladi. Hisoblanishicha, 1 gektarga solingan 60 tonna ot go’ngida 90 mingtagacha yovvoyi o’simliklar urug’i bo’ladi. 69 Yuqorida ko’rib o’tilgan biotik munosabatlar turlararo va tur ichidagi bo’ladigan murakkab aloqalarning eng xarakterlilaridir. Bu munosabatlarning barchasi tiriklikning yagona birlik – biotsenoz darajasida bir-biriga bog’lab turadi. Shuning uchun ham biotsenozdagi organizmlar uning ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, ularni foydali yoki zararli turlarga shartli ajratiladi, chunki tabiatdagi hayvonot dunyosi barcha vakillarning o’z o’rni bor. Biologik maromlar Tirik tabiatning muhim xususiyatlaridan biri unda sodir bo’lib turuvchi hayotiy jarayonlarning uzluksizligi va davriyligidir. Barcha tirik organizmlar hayoti, hujayradan tortib biosferaga qadar muayyan maromga asoslangan har bir tur kun va yil davomida, shuningdek, mavsumiy hayotini boshqaradi. Biologik marom (ritm) – organizmlardagi hayotiy jarayonlarni vaqt birligi davomida ma’lum izchillikda, qat’iy ravishda boshqarilishidir. Er yuzidagi barcha organizmlarda ichki va tashqi maromlar kuzatiladi. Tashqi maromlar geofizik tabiatga ega, ular erning o’z o’qi va quyosh atrofida aylanishiga nisbiy bog’langan. Bu jarayonga bog’liq holda mavsumiy va sutkalik o’zgarishlar ro’y beradi, harorat, namlik, yorug’lik kuchi, bosim va boshqa omillar o’zgaradi. Quyoshning faolligi ham tabiatga o’z ta’sirini o’tkazadi. Jumladan, quyosh uchun 11 yillik davriylik xos. Tashqi o’zgarishlarning barchasi tirik organizmlarning hayotiy jarayonlarga va fe’latvorlariga ta’sir etadi. Ichki davriylik, birinchi navbatda, organizmlardagi fiziologik maromlardir. Davriylik va maromlar RNK va DNK sintezida, oqsillarning sintezlanishi va yig’ilishida, mitoxondriy faoliyatida, hujayra bo’linishida, muskullar qisqarishida, nafas olishda, yurak faoliyatida va boshqa qator hayotiy jarayonlarda kuzatiladi. Barcha ichki maromlar va davriylik uyg’unlashib organizmlarning fe’l-atvorlarini belgilaydi. Ichki va tashqi maromlar o’rtasidagi ketma-ketlik va mutanosiblik vaqt davomida ifodalanadi. Shuning uchun ham organizmlar uchun vaqt eng asosiy omil sifatida ekologik ahamiyatga ega. Barcha organizmlar o’zlaridagi tashqi va ichki biomaromlar nuqtai nazaridan vaqtga doimo moslashib borishlari lozim. Organizmlardagi ko’pchilik hayotiy jarayonlar, faollik va boshqa holatlar, 70 asosan, geofizik tsikllariga mos keladi. Shuning uchun ham bu maromlarning barchasini adaptiv sutkalik maromlar deb nomlanadi. Organizmlardagi adaptiv biologik maromlar fiziologik moslanish sifatida tashqi muhitning ekologik o’zgarishlariga ularning javob reaktsiyasidir. Shu jihatdan ular organizmlarda kechayotgan sof fiziologik maromlardan (nafas olish, qon aylanish va boshqalar) farqlanadi. Bir hujayralilardan odamlarga qadar barcha organizmlarda sutkalik marom kuzatiladi. Insonlarda 100 dan ortiq sutkalik o’zgarishlar bilan bog’langan fiziologik jarayonlar aniqlangan. Jumladan, uyqu va uyg’oqlik, tana haroratining o’zgarishi, yurak urishi maromi, nafas olish maromi, siydik tarkibi va hajmi, ter ajralishi, jismoniy va aqliy faollik va boshqalar. Aniqlanishicha, soxta oyoqlilarning ko’payish tezligi ham kun davomida o’zgarib turar ekan. Hayvonlardagi uyqu (tinim) va uyg’oqlik (tiyraklik) davrning mutanosibligiga mos ravishda, tungi va kunduzgi faol hayvonlar guruhlari farqlanadi. Kunduzgi faol hayot kechirish tovuqsimonlarda, qator chumchuqsimonlarda, ayrim kemiruvchilarda, chumolilarda va ninachilarda kuzatiladi. Tungi faol hayvonlar guruhiga tipratikan, ko’rshapalak, boyo’g’li, yovvoyi cho’chqalar, mushuksimonlar, suvaraklar va boshqalar mansub. Ayrim hayvonlar esa tunda va kunduzi ham bir xil maromda faollikda bo’ladi yoki bardamlik va nisbiy tinim davri ularda bir me’yorda qaytariladi. Bunday maromlar ko’p fazali – polifaz maromlar deb nomlanadi (masalan, erqazarlar, ayrim yirtqichlar va boshqalar). Ko’pchilik hayvonlardagi sutkalik maromlar ulardagi harakat faolliklarining o’zgarishlariga mos keladi, fiziologik jarayonlarda esa ortiqcha o’zgarishlar ro’y bermasligi mumkin. Bu holat kemiruvchilarda aniqlangan. Sutkalik o’zgarishlarning fiziologik jarayonlarga bo’lgan sezilarli ta’siri ko’rshapalaklarda yaxshi ifodalangan. Ular yozning kunduz kunlarida tinim holatida bo’lib, poykilotermlik xususiyatini namoyon etadi. Ularning tana harorati atrof muhitnikiga barobar bo’lib, nafas olishi, yurak urishi, sezgirligi keskin pasayadi. Oqshom va tunda gomoyoterm bo’lgan bu hayvonlarning muskullari jadallik bilan qisqaradi va kimyoviy termoregulyatsiya hisobiga ajralgan issiqlik tana haroratini ko’taradi. Natijada ulardagi harakatlar aniq va tez bo’ladi. 71 Ayrim turlardagi faollik sutkaning muayyan bir vaqtiga mos keladi, boshqalarida esa sharoitga qarab u yoki bu tomon siljishi mumkin. Masalan, qisqichbaqasimonlardan zahkashlar va ayrim qo’ng’izlar faolligi bevosita tashqaridagi harorat va namlikka bog’liq holda o’zgarishi mumkin. Ular uyalaridan barvaqt ertalab va kechqurun (ikki fazali tsikl) yoki faqat tunda (bir fazali tsikl) yoki kun bo’yi chiqishi mumkin. Endogen maromlardan farqini tajriba asosida ham izohlash mumkin. Masalan, ko’pchilik hayvonlar doimiy harorat, namlik va yorug’lik sharoitida saqlangan taqdirda ham ulardagi sutkalik maromlar buzilmagan va aniq izchillikda uzoq muddat davomida qaytarilganligi kuzatilgan. Bunday barqaror ichki maromlar tsirkad (circa – atrofida, dies – kun, sutka) maromlar nomini olgan. Ko’rshapalaklar tunda falaj bo’lganlari uchun ma’lum bir vaqtdagina uyg’onadilar. Lekin ular kun bo’yi to’liq qorong’ulikda saqlangan taqdirda ham sutkalik maromini bemalol qaytaradi. Bunda istisno tarqasida ko’rshapalaklarning ba’zilari boshqalaridan faollikni bir oz oldin boshlagan bo’lsa, qolganlaridagi faollik bir necha daqiqadan so’ng boshlangan. Insonlardagi tsirkad maromlar turli vaziyatlarda: g’orlarda, germetik kameralarda, suv osti kemalarida o’rganilganda shu narsa ma’lum bo’ldiki, ulardagi sutkalik maromlardan cheklanishlar har bir insonning asab tizimi va tipologiyasiga bog’liq ekan. Shu jihatdan bir oila a’zolarining tsirkad maromlari turlicha bo’lishi tabiiy. Tsirkad maromlar mos bo’lgan fe’l-atvor reaktsiyalaridagi stereotip organizmlarni sutkalik o’zgarishlariga oson moslasha olish imkoniyatini beradi. Lekin hayvonlarni bir joydan ikkinchi joyga siljishida, tarqalishida nisbatan barqaror fe’l-atvor reaktsiyalari bir muncha noqulaylik tug’dirishi tabiiy. Bu holat barcha hayvonlarni keng areallarda erkin tarqala olish imkoniyatini chegaralab qo’yadi. Masalan, kulrang kalamushlar keng ekologik valentlikka ega va ulardagi tsirkad maromlar sutkalik o’zgarishlarga oson moslashadi. Qora kalamushlardagi bunday imkoniyatlar bir muncha chegaralangan. Shuning uchun ham kulrang kalamushlar butun er yuzi bo’ylab deyarli keng tarqalgan. Organizmlardagi tsirkad maromlar ma’lum chegarada o’zgarishi ham mumkin. Masalan, odamlar o’zi yashayotgan joydan uzoqqa, boshqa mintaqaga borib qolganda ulardagi tsirkad maromlar “eskicha” namoyon bo’ladi, fiziologik jarayonlar izchilligida buzilish ro’y beradi. Oradan 72 bir necha kun yoki haftalar o’tishi bilan yangi joyning sutkalik o’zgarishlariga organizm moslashib qoladi. Tsirkad va kunlik maromlar asosida organizmlar aniq vaqtni belgilay oladi va ulardagi bu xususiyat “biologik soat” nomini olgan. Yuqori darajada takomillashgan hayvonlardagi murakkab tug’ma hattiharakatlarning namoyon bo’lishida vaqt muhim ahamiyatga ega, ya’ni ular vaqtni mo’ljalga oladi, jumladan, qushlarning safar uchishlarini boshlanishi va tugallanishi, hayvonlarning mavsumiy migratsiyalari va boshqalar. Dengiz va okeanlarda suvning ko’tarilishi va pasayishi sutka davomida ikki marta hamda oyning boshi va oxirida kuzatiladi. Shuning uchun qirg’oq mintaqalarida yashayotgan hayvonlarga 24 soat davomida yorug’lik va boshqa omillarning o’zgarishidan tashqari suvning ko’tarilishi va pasayishi ham ta’sir etadi. Ushbu maromlarga qirg’oqlarda yashovchi organizmlar moslashgan. Jumladan, ustritsalar (mollyuskalar) suv to’lqinining qaytishi vaqtida pallalarini yopib olib butunlay ovqatlanmaydi. Kaliforniya sohillarida tarqalgan aterina baliqlari rivojlanish davrida oy davomida suvning eng yuqori ko’tarilib tushishidan foydalanadi. To’lqin suvining ko’tarilishi kuzatilgan vaqtda urg’ochisi qirg’oqdagi qum ostiga ivildirig’larini tashlaydi, oradan 15 kun o’tgandan so’ng ulardan chavaqlar chiqadi va suvning ikkinchi marta eng yuqori ko’tarilib tushishidan suvga tushib ketadi. Oylik maromlar quruqlik va dengizda yashovchi ayrim hayvonlarda kuzatiladi. Hayvonlarning yorug’likka javob reaktsiyasi kuchsiz magnit maydoni ta’siri yoki mo’ljal olish tezligi kabilar oylikmarom bilan bog’liq. Oylik maromlar palolo ko’p tukli chuvalchangining ko’payishida, xironomid chuvalchanglari va kunliklarning g’uj bo’lib yig’ilishida kuzatiladi. Yillik maromlar. Fizik omillarning yil va mavsum davomidagi o’zgarishi hayvonlardagi xilma-xil moslanishlarni vujudga keltirgan. Bu holat ularning mavsumiy faolligi, ko’payishi, migratsiyasi, noqulay mavsumlarga moslanishlarida o’z ifodasini topgan. Bahorgi uyg’onish, yozgi faollik va tinim, qishki yillik maromlarga asoslangan. Hayvonlardagi yillik maromlar asosan endogen bo’lib uni tsirkan (appiya – yil) maromlar deb nomlanadi. Kun uzunligining o’zgarishi hayvonlardagi yillik maromlarni boshqarilishida asosiy ahamiyatga ega. Hayvonlarning hayotiy shakllari 73 Hayvonlarning yashash muhitiga moslanish usullaridan biri morfologik adaptatsiyadir. Hayvonlarning tashqi muhit omillariga morfologik moslanish bilan namoyon etadigan yashash tarzi hayotiy shakllar deyiladi. Hayvonlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida yashab turgan muhitga mos ravishda morfologik va ekologik moslanish xususiyatlari shakllangan. Rus ekologi D.N.Kashkarov birinchilardan bo’lib zooekologiyada hayotiy shakllarni ilk marta tasnifladi. Olimning ta’kidlashicha, hayvonlarning hayotiy shakllarini tasniflashda tashqi muhitning umumiy xususiyatlaridan tashqari, ayni shu sharoitdagi harakatlanish imkoniyatlari, ozuqaning harakteri va boshqalar inobatga olinishi lozim. D.N.Kashkarovning tasnifiga ko’ra, hayvonlarning hayotiy shakllari quyida berilgan. Hayvonlarning hayotiy shakllari tasnifi Hayvonlarning iqlimga bo’lgan munosabati bo’yicha: I. Covuq qonli hayvonlar Yil davomida faol hayvonlar Yilning ma’lum davrida faol hayvonlar A) yozgi uyquga ketadiganlar B) qishki uyquga ketadiganlar II. Issiqqonli hayvonlar A. O’troq hayot kechiruvchilar 1. Yil davomida faol hayvonlar 2. Yilning ma’lum davrida faol hayvonlar a) yozgi uyquga ketadiganlar b) qishki uyquga ketadiganlar B. Mavsumiy hayot kechiruvchilar 1. Uya quruvchilar 2. Qishki faol hayvonlar 3. Yozgi faol hayvonlar 4. Ko’chib yuruvchilar 74 Hayvonlarning harakatlanishiga moslanish bo’yicha: I. Suzuvchi hayvonlar A) nektonlar B) planktonlar V) bentoslar II. Suvda va quruqlikda yashovchilar A) sho’ng’ib yuruvchilar B) sho’ng’imaydiganlar va boshqalar V) faqat suvdan ovqat topadiganlar III. Kavlovchi hayvonlar Butunlay er kavlovchi (hayoti to’lig’icha tuproq ostida o’tadigan) hayvonlar Nisbatan er kovlaydiganlar (ma’lum muddatga tuproq yuzasiga chiqadigan) hayvonlar IV. Quruqlikda yashovchi hayvonlar 1. Uya qurmaydiganlar A) yuguruvchilar B) sakrovchilar V) o’rmalovchilar (sudraluvchilar) 2. Uya quradiganlar A) yuguruvchilar B) sakrovchilar V) o’rmalovchilar (sudraluvchilar) 3. Qoyalarda hayot kechiruvchilar V. Daraxtlarga o’rmalab chiqib yashovchilar A) daraxtlardan tushmasdan hayot kechiruvchilar B) daraxtga tirmashib chiquvchilar VI. Havo muhitida yashovchilar A) havoda oziq topuvchilar 75 B) ozuqasini havoda turib ta’qib etuvchilar Hayvonlarning namlikka bo’lgan munosabati bo’yicha: 1. Namlikni oluvchilar – gigrofillar 2. Quruqlikni sezuvchilar – kserofillar Hayvonlarning ozuqa xarakteri bo’yicha: 1. O’simlikxo’rlar A) ko’katxo’rlar B) donxo’rlar V) mevaxo’rlar 2. Hammaxo’rlar 3. Yirtqichlar A) hasharotxo’rlar B) etxo’rlar 4. O’limtik va o’laksaxo’rlar Hayvonlarning ko’payish joylari bo’yicha: 1. Er ostida ko’payuvchilar 2. Er yuzasida ko’payuvchilar 3. O’t-o’lanli yaruslarda ko’payuvchilar 4. Butalarda ko’payuvchilar 5. Daraxtlarda ko’payuvchilar 6. Turli bo’shliq va uyalarda ko’payuvchilar Hayvonot dunyosining hayotiy shakllarini umumiy tarzda ifodalovchi ushbu ekologik tasnif, hozirgi paytda keng talqin etilgan va har bir tasnifiy guruhlar doirasidagi xususiy hayotiy shakllar ham aniqlangan. 76 3-BO’LIM. POPULYATSIYALAR EKOLOGIYASI Populyatsiya – muayyan joyda uzoq muddat yashagan bir turga mansub individlar yig’indisi. Populyatsiyaning chegarasi odatda tarkibida ayni tur bo’lgan biotsenoz chegarasiga mos keladi. Populyatsiya turning eng quyi tuzilma birligidir. To’da, gala, prayd va partsellyar guruhlar birlik bo’la olmaydi, chunki ular bir mavsumda tarqalib ketadi. Uch xil: geografik, ekologik va mahalliy populyatsiyalar farqlanadi. Muayyan tur tarqalgan arealdagi muhit omillarining xilma-xilligi populyatsiyadagi turli moslanish belgilarining shakllanishiga sabab bo’ladi. Populyatsiyadagi genetik birlik turning biologik aloqalanishiga va barqororligini saqlanishiga yordam beradi. Populyatsiyadagi individlararo munosabatlar turlararo shakllangan biotik munosabatlarga bir muncha yaqin, ayniqsa, ular o’rtasidagi mutualistik va qarama-qarshi munosabatlar ko’proq kuzatiladi. Populyatsiyadagi individlarning bir-biriga bo’lgan ta’siri muhitning abiotik omillari ta’siriga nisbatan ham yuqori bo’ladi. Populyatsiyagagina xos bo’lgan munosabatlar bu bog’lanishlardir. Populyatsiyadagi individlar o’zaro chatishib erkin nasl beradi. Partenogenetik ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan hayvonlarning populyatsiyalari o’ziga xos toza chiziqlarni hosil qiladi. Populyatsiyadagi individlar chegaralangan ozuqa resurslaridan unumli foydalanadi va erkin nasl qoldiradi. Populyatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri o’zining son jihatdan idora etishi – miqdor zichligini boshqarishidir. Muayyan sharoitda optimal miqdor zichligini saqlab turilishi populyatsiya gomeostazi deyiladi. Barcha populyatsiyalar uchun quyidagi xususiyatlar xos: -populyatsiyadagi individlar soni (mo’lligi); -zichligi; -tug’ilish; -o’lim (nobud bo’lish); -populyatsiyadagi o’sish; -o’sish sur’ati. Populyatsiyalar uchun shakllanish tuzilmalari ham xos bo’ladi. 77 Individlarning ma’lum hududda tarqalishi, jins va yosh nisbatlari, morfologik, fiziologik, fe’l-atvor va genetik xususiyatlari populyatsiyaning shakllanish tuzilmasini ifodalaydi. Har bir turning populyatsiyalari va o’ziga xoslik uning biologik xususiyatlari va tashqi muhit omillariga bog’liq bo’ladi. Turning populyatsion tuzilmasi Tur muayyan hududda tarqalib, bir yoki bir necha populyatsiyalarni hosil qilishi mumkin. Turning tarqalish hududi arealni belgilaydi. Turning populyatsion tuzilmasi uning biologik xususiyatlari, harakatlanishi, tabiiy to’siqlarini enga olish imkoniyatini, shuningdek, arealdagi geografik va muhit omillarining xilma-xilligiga bog’liq. Tur keng hududda tarqalib turli mintaqalar bo’ylab doimiy harakatda bo’lsa, uning populyatsiyalari soni ham yuqori bo’ladi. Shimol bug’ulari va oq tulkilar keng mintaqalarda mavsumiy migratsiya qiluvchi hayvonlardan sanaladi. Oq tulkilar asosiy ko’payish joylaridan bir necha yuz, ba’zan esa minglab kilometr uzoqlashishi mumkin. Bu holat shimol bug’ulari va oq tulkilarga monand turlarning populyatsiyalari o’rtasidagi chegaralar odatda yirik geografik to’siqlar – daryolar, jarliklar, tog’lar orqali o’tadi. Ba’zida, tur jadal harakatlanish xususiyatiga ega bo’lsa, nisbatan katta bo’lmagan arealda yagona populyatsiyani hosil qilishi mumkin. Masalan, echkilar urug’iga kiruvchi Severtsov turi katta Kavkaz tog’ining g’arbida, Dog’iston turi esa shu tog’ning sharqiy qismida, har biri alohida populyatsiyalarni hosil qiladi. Ular 4 ming metr balandlikkacha ko’tariladi. Qishda sovuq va qordan qochib, tog’ning pastrog’iga tushadi. Harakatlanish ancha sust bo’lgan hayvonlarning yashash joylariga bog’liqlik darajasi yuqori bo’ladi, ular bir necha sondagi mayda populyatsiyalarni hosil qiladi. Bu holat tarqalgan hududdagi landshaftlar xilma-xilligini ham ifodalaydi. Tog’li mintaqalarda bunday turlarning hududiy differentsiallashishi ularning fe’l-atvorlariga bog’liq holda past tekisliklardagiga nisbatan ancha murakkab bo’ladi. Masalan, qo’ng’ir ayiqlar yashash joylariga o’ta bog’langan, shuning uchun ham bir tog’ning o’zida mayda guruhlar shaklida yashaydi. Qo’ng’ir ayiqning har bir guruhi o’ziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi. Qo’shni populyatsiyalarni ayni tur yashashi uchun noqulay bo’lgan 78 hududlar ajratib turadi. Jumladan, qora baliqning har bir buloqdagi populyatsiyasini quruqlik chegaralab turadi. Lekin, ayrim turlar keng hududlarda yoppasiga tarqalish asosida populyatsiyalarni hosil qilishi mumkin. Masalan, cho’l va chala cho’llarda yumronqoziqlarning miqdor zichliklari doimo yuqori bo’ladi, ayrim hollarda ular yashash uchun bir muncha noqulay joylarni ham mavsumiy – vaqtincha egallab oladi. Yumronqoziqlar populyatsiyalari o’rtasidagi chegaralar shartli ravishda miqdor zichliklari asosida faqlanadi. Turning yoppasiga tarqalishiga barcha biotop va mintaqalarda ko’plab uchraydigan etti nuqtali xonqizi qo’ng’izi ham misol bo’ladi. Ular qishlash oldidan ancha uzoq masofalarga migratsiya qiladi. Bunday holatda populyatsiyalar o’rtasidagi chegaralar sust farqlanadi. Bir biotop va yaqin hududlarda yashayotgan qo’ng’izlar uzoq mintaqalardagi vakillariga nisbatan ko’proq aloqada bo’ladi. Ayni vaziyatda masofada, individlar o’rtasidagi aloqani cheklab populyatsiyalararo chegarani ifodalashi mumkin. Ba’zida bir turning o’zi aniq ifodalangan va chegaralari aniq ifodalanmagan populyatsiyalarga ega bo’ladi. Boshoqli ekinlarning havfli zararkunandalaridan biri hasvalar tuxumidan rivojlanib chiqqandan so’ng 2- 2,5 oy davomida jadal ovqatlanadi. Shundan so’ng ular qishlash uchun ixota daraxtzorlari yoki tog’ oldi o’romonzorlari tomon yuzlab, ayrim hollarda esa minglab kilometr masofaga uchib ketadi, daraxt va butalar ostidagi shoxshabba to’kilgan barglar orasida bahorga qadar tinim davrida bo’ladi. Hasvalarning masofa bo’ylab uchish uzoqligi tanasiga yig’ilgan yog’ zahirasiga bog’liq. Natijada qishlash joylarida turli hududlardan uchib kelgan qandalalar bo’lishi mumkin. Qishlab chiqqan qandalalar bahorda shamol yo’nalishiga monand tarqaladi va kelgan manzillariga qaytishi shart emas. Shu asosda keng hududlar bo’ylab hasvalarning doimiy aloqasi va almashinishi ro’y beradi. Bu holat populyatsiyalarni aniq chegaralanishiga to’sqinlik qiladi. Hasvalar ayrim tog’ oldi hududlarida muqim yashaydi va aniq chegaralangan populyatsiyalarni hosil qiladi. Populyatsiyalar o’rtasida individlar almashinuvi doimiy yoki vaqti-vaqti bilan sodir bo’lishi mumkin. Quzg’unlar mavsumiy ko’chish davrida galadagi yosh quzg’unlarning bir qismi shu joyning o’zida qolib muqim yashayotgan vakillari bilan yangi juftliklarni shakllantiradi. Qo’shni suv havzalaridagi 79 baliqlar o’rtasidagi individlar almashinuvi juda kam ro’y beradi. Bahorgi suv toshqinlari tufayli baliqlar o’zi yashab turgan joydan ikkinchisi yashab turgan joyga o’tishi mumkin. Populyatsiyalar o’rtasidagi aloqalar turni yagona birlik sifatida barqaror mavjud bo’lishini ta’minlaydi. Aksincha, populyatsiyalarni bir-biridan keskin chegaralanishi yangi turlarning hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Populyatsiyalar o’rtasidagi farqlar faqat miqdoriy ko’rsatkichga asoslanmay, ulardagi morfologik, fiziologik va fe’l-atvor belgilarini o’zida ifodalashi mumkin. Populyatsiyalar o’rtasidagi farqlarning barchasi tabiiy tanlanishning mahsuli sifatida yuzalanadi. Qozog’istonda dala sichqonlari tog’ daryolari va suv yo’llari bo’ylab yashashga moslashgan, uning past tekislikdagi vakillari yopiq suv havzalarining zich qamishzor va to’g’ayzorlarida hayot kechiradi. Tog’da tarqalgan sichqonlar kurak tishlarining o’tkirligi, dumining kaltaligi bilan ajralib turadi. Past tekisliklardagidan farqliroq ular qishga ozuqa yig’adi va bir yilda 6-7 oy davomida ko’payadi. Past tekisliklarda esa dala sichqonlari yil davomida ko’payadi, har bir urg’ochi tog’dagilarga nisbatan 1-2 ta ko’p bola berishi mumkin. N.P.Naumov ta’rifiga ko’ra, tur – bir-biriga bosqichma-bosqich bo’ysinuvchi ierarxik tizimdagi populyatsiyalar majmui. Eng yuqori bosqichda turning kenja turlari yoki geografik farqlari turadi. Kenja turlarning tarqalish kengligi turning biologik xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Faol harakatlanuvchi turlar va kenja turlarning areallari juda keng bo’lishi mumkin. Ayni mintaqaning geografik shart-sharoitlari yaqin bo’lgan hududlarini geografik populyatsiyalari egallaydi. Geografik populyatsiyalar, o’z navbatida, ayrim joylarni egallovchi ekologik, biotopik, mahalliy, elementar populyatsiyalardan tashkil topadi. Quyi bosqichga tomon populyatsiyalar o’rtasidagi munosabatlar kuchayib, ular o’rtasida farqlar kamayib boradi. Yuqoriga tomon populyatsiyalararo munosabatlar chegaralanib, kenja tur doirasidagi morfologik, fiziologik farqlar va o’ziga xos fe’l-atvor belgilari barqarorlashib boradi. Populyatsiyalarning biologik tuzilmasi Populyatsiya tuzilmasining ko’rsatkichlari – miqdor zichligi, 80 organizmlarning kenglikdagi taqsimlanishi, turli yosh va jinsga mansub individlarning nisbati bilan ifodalanadi. Organizmlarning individual xususiyatlari genotipga va undan mujassamlangan irsiy axborotni ontogenezda namoyon bo’lishi va yuzalanishiga bog’liq. Har bir individ jinsi, o’lchamlari, fe’l-atvori, morfologiyasi va muhit omillariga moslanuvchanlik darajasi bilan farqlanadi. Mazkur belgilarning taqsimlanishi ham populyatsiya tuzilmasini ifodalaydi. 11-rasm. Pavianlarda to’da shakllanishi: S – urg’ochi; M – bolalari; V – to’da boshi ; N – past darajadagi (yoki kichik) erkaklar Populyatsiya tuzilmasi barqaror emas, u o’zgaruvchan. Organizmlarning o’sishi va rivojlanishi, tug’ilishi va nobud bo’lishi miqdor zichligining yuqorilashishi va pasayishi populyatsiya doirasidagi turlar nisbatlarining o’zgarishiga sabab bo’ladi. Ayni davrdagi populyatsiya tuzilmasi bundan keyingi o’zgarishlar yo’nalishlarini belgilaydi. Populyatsiyaning ko’rsatkichlari. Populyatsiyadagi individlar mo’lligi uning muhim ko’rsatkichlaridan bo’lib sonlarda, absolyut va nisbiy zichliklarda ifodalanadi. Aniq chegaraga ega bo’lgan populyatsiyalardagi individlarning umumiy sonini aniqlash va belgilash birmuncha qulay. Boshqa holatlarda popuyatsiyaning zichligi aniqlanadi. Populyatsiya zichligi ma’lum maydon birligi (1sm2, 1m2, 1km2 va boshqalar) ga to’g’ri keluvchi individlar sonidir. Populyatsiyaning zichligi va miqdori bir-biriga bog’liq ko’rsatkichlardan, populyatsiyalar tadqiq etilayotganda turlar miqdori va zichligi barobar e’tiborga olinadi. Ta’kidlanganidek, populyatsiyaning absolyut 81 va nisbiy zichligi farqlanadi. Absolyut zichlik ma’lum bir maydon birligiga to’g’ri keluvchi populyatsiyaning miqdorini ifodalaydi, ma’lum maydon birligidagi individlar soni zichlikka mos keladi. Populyatsiyalar qiyoslanayotganda ketma-ket kuzatishlarda ulardagi nisbiy zichlik e’tiborga olinadi. Nisbiy zichlikning o’zgarishi asosida populyatsiyadagi ko’payish yoki kamayishi vaqt birligidagi ko’rsatkichlarini aniqlash mumkin. Quruqlik hayvonlarning populyatsiyalaridagi individlar soni maydon birligida, suv – ko’pchilik umurtqasizlar, tuproq, mezo va mikrofaunasi suv va tuproqning hajm birligida hisobga olinadi. Populyatsiyaning zichligi vaqt birligi davomida o’zgarib turadi. Populyatsiya zichligining o’zgarishi cheksiz bo’lmaydi. 12-rasm. Olle qoidasining tasviri Populyatsiya zichligining quyi chegarasi undagi individlar sonining minimal darajada bo’lishini, shuningdek, populyatsiyaning bundan keyingi ijobiy yoki salbiy taqdirini ham ifodalaydi. Zichlikning yuqori chegarasi populyatsiyadagi individlar sonining ortib ketishi, tur ichidagi munosabatlarning kuchayishi va boshqaruvchi omillar hisobiga o’z-o’zini boshqarish, cheklash holatini ifodalaydi. Populyatsiya zichligi o’rtacha ko’rsatkichga ega bo’lganda, individlar hayotchanligi eng yuqori darajada bo’ladi. Bunda barcha hayotiy jarayonlar yuqori samarali bo’lib, populyatsiyadagi individlarning yashovchanligi, ko’payishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yuzaga keladi. Ushbu holat ekologiyada Olle qoidasi asosida izohlanadi (12-rasm). Populyatsiyaning jins tuzilmasi. Populyatsiyaning jins tuzilmasi erkak va urg’ochi individlarning son jihatdan nisbatidir. Jinslar nisbati 82 organizmlarda ko’payishning dastlabki bosqichlarida - otalanishda aniqlangan bo’ladi. Xromosomalar o’rtasidagi mutanosiblik va belgilarning almashinishi bo’lajak avlodning morfologiyasi, fiziologiyasi va fe’l-atvorini belgilaydi. Populyatsiyaning o’lchami. Har xil turlarning populyatsiyalari birbiriga o’lchami bilan farq qiladi. Tur individlar qanchalik yirik bo’lsa, populyatsiya areallari keng va bir muncha siyrak tarqalgan, aksincha mayda turlar kichik maydonda yoki yuzada zich populyatsiyalarni hosil qiladi. Ushbu holat populyatsion tuzilmasi mavzusida batafsil ko’rib o’tilgan. Populyatsiyaning miqdor zichligini o’zgarishida jinslar bir-biriga teng bo’ladi. Aksariyat hollarda qaysidir jins ulushi yuqoriroq bo’ladi. Ekologik nuqtai nazardan populyatsiyadagi jinslar nisbatining biror tomonga siljishi ushbu populyatsiyaning mavqei bilan bog’liq. Masalan, asalarilar, termitlar va chumolilarda erkaklari faqat otalanishda ishtirok etadi. Shu sababdan jamoadagi urg’ochi jinslar nisbati ko’p bo’ladi. Ko’pchilik umurtqali hayvonlar ontogenezining dastlabki bosqichlarida erkaklari ko’proq uchraydi. Ondatralar populyatsiyalarida yangi tug’ilgan bolalari orasidagi erkak va urg’ochilari soni deyarli teng bo’ladi, keyinchalik esa urg’ochilar soni bir muncha pasayib ketadi va ular o’rtasidagi nisbat 140:100 ni tashkil etadi. Tovuqsimonlar va o’rdaksimonlarda ham xo’rozlari ko’proq bo’ladi. Bolalariga ozuqa topish va ularni katta qilishda erkak va urg’ochilari bir xil ishtirok etadigan hayvonlar populyatsiyalaridagi jinslar nisbati teng bo’ladi. Jumladan, monogam sut emizuvchilar, qushlar va boshqalar shular jumlasidandir. Populyatsiyaning barqarorligida urg’ochi organizmlar soni muhim ahamiyatga ega. Jinslar nisbatiga tashqi muhit omillari ham ta’sir etadi. Masalan, o’rmon chumolilari tuxumidan Q200S li haroratdan past sharoitda faqat erkaklari, yuqori haroratda esa urg’ochilari rivojlanishi kuzatilgan. Buning asosiy sababi tuxum yo’lidagi spermalar faqat yuqori haroratli sharoitda faol bo’lib, tuxumni otalantira olishidir. Pardaqanotlilarning otalanmagan tuxumlaridan erkaklari rivojlanadi. Shiralarning erkak va urg’ochilari kech kuzdagina paydo bo’ladi (rivojlanadi), ya’ni bu jarayonga harorat, kun uzunligining o’zgarishi ta’sir etadi. Populyatsiyaning yosh tuzilmasi. Organizmlarning tug’ilish va o’lim (nobud bo’lish) o’rtasidagi mutanosiblik jinslar o’rtasidagi nisbat bo’lib, populyatsiyaning ko’payishi – reproduktsiya imkoniyatini belgilaydi. 83 Hayvonlar hayotida 3 davr farqlanadi. Jinsiy voyaga etmagan (yosh bolalik), jinsiy etuklik va qarilik davrlari. Har xil turda bu ko’rsatkich turli xil bo’lishi mumkin. Ko’pchilik hayvonlarda birinchi davr ancha uzoq bo’ladi. Masalan, kunliklarning lichinkalari 1-3 yil umr ko’radi, imago davrida 2-3 soat, ba’zan bir necha kun yashaydi xolos. Shuningdek, bahorilar voyaga etgan davrida oziqlanmaydi, bir necha lichinkasi esa suvda 1-3 yil hayot kechiradi. Amerika tsikadasining lichinkalik davri 17 yil davom etadi. Yosh piramidalari 3 turga bo’linadi. Keng asosga ega bo’lgan yosh piramidalar jadal ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan hayvonlarda kuzatiladi. Ularning populyatsiyalarida bolalari soni doimo yuqori bo’ladi. O’rtacha asosga ega bo’lgan yosh piramidalar me’yorida ko’payadigan hayvonlar populyatsiyalariga xos. Tor asosga ega bo’lgan yosh piramidalar xos bo’lgan populyatsiyalardagi tug’ilish ancha past darajada, qarilarning soni ortiq bo’ladi. Hayvonlar populyatsiyalarining yosh tuzilmasiga antropogen omil ham ta’sir etishi mumkin. Jumladan, ov qilinadigan hayvonlarning yosh nisbatlari imagolarning xo’jalik faoliyati natijasida o’zgarishi kuzatiladi. Masalan, eng ko’p ovlanadigan baliqlardan seldsimonlarning 5-6 yoshdagilarigina to’rga tushadi. Yoshlari to’r teshiklaridan bemalol o’tib ketadi. Turning ko’payish xususiyatlariga bog’liq holda populyatsiya bir bo’g’inga yoki bir necha bo’g’inga mansub individlardan tashkil topadi. Bahorda chigirtkalarning qishlab chiqqan tuxumlaridan birinchi yoshdagi lichinkalar paydo bo’ladi. Mikroiqlimga bog’liq holda lichinkalarning tuxumdan rivojlanishi bir tekis ketmasligi mumkin, lekin ma’lum davr oralig’ida ularning barchasi tuxumdan chiqib ulguradi. Bu davrda mazkur populyatsiya faqat birinchi yoshdagi lichinkalardan iborat bo’ladi. Keyingi 2-3 hafta davomida individlarning rivojlanishidagi mutanosiblikning buzilishi sababli populyatsiyada turli yoshdagi lichinkalar uchraydi. Yoz oxirida esa barcha lichinkalar voyaga etib ulguradi va populyatsiya to’lig’icha jinsiy etuk individlardan tashkil topadi. Ayrim hayvonlarning populyatsiyalari tarkibida turli bo’g’inga mansub individlar uchraydi. Bu kabi hayvonlar 2 guruhga ajratiladi: hayoti davomida bir marta va ko’p marta ko’payadiganlar. May qo’ng’izining urg’ochilari tuxum qo’ygandan so’ng tez nobud bo’ladi. Uning lichinkalari 3 yil hayot kechirib, keyin g’umbakka aylanadi va 84 undan etuk hasharot chiqadi. May qo’ng’izining populyatsiyasida bir davrning o’zida 4 yoshga mansub individlar uchraydi. Har yili oxirgi yoshdagilari voyaga etib hayotini tugallaydi, yangi bo’g’in individlari paydo bo’ladi. Ko’payishi may qo’ng’iziga o’xshash hayvonlarning bir necha avlodi mavsum davomida almashishi mumkin. Masalan, g’o’za tunlami g’umbak holda qishlaydi va mavsum davomida 3-4 avlod beradi. Ularning populyatsiyalarida, ayrim hollarda ikki yoki uch bo’g’inga mansub individlar uchrashi mumkin. Hayoti bir necha marta ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan hayvonlar populyatsiyalarining yosh tuzilmalari ancha murakkab bo’ladi. Jinsiy voyaga etgan davri qisqa bo’lgan hayvonlarning populyatsiyalaridagi yosh nisbatlari barqaror bo’lmaydi. Dala sichqonlari populyatsiyalarining yosh tuzilmasi mavsum davomida murakkablashib boradi. Bahorda populyatsiya o’tgan yilda tuzilgan individlardan tashkil topadi. Keyin ularga birinchi va ikkinchi bo’g’in vakillari qo’shiladi, 3 va 4-bo’g’in dunyoga kelayotgan davrda dastlabki ikki bo’g’inga mansub sichqonlar voyaga etib bola beradi. Kuzga borib populyatsiyani bahorda tashkil etgan etuk sichqonlar nobud bo’ladi va populyatsiya turli yoshga mansub individlardan iborat bo’ladi.
Yüklə 120,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin