O’quv jarayonini tashkil etishning umumiy diagnostikasi.
REJA:
1. Psixologik-pedagogik metodikalar va ularning t’lim jarayonini tashxislashdagi o’rni.
2. P.I.Tretyakovning “ta’lim olganlik darajasini tashxislash” metodikasi.
3. G.A.Russkiy tomonidan asoslangan “o’quvchilarning o’quv materiallari matni bilan mustaqil ishlashga tayyorgarlik darajasini tashxislash” kabi metodikasi.
Shaxsning individual psixologik o’ziga xosliklari xamda axloqiy fazilatlarga egalik darajasini o’lchash xamda baxolashga qaratilgan faoliyatining shakl, metod va vositalari yig’indisi.
Psixologik hamda pedagogik adabiyotlarning aksariyatida tashxislash maqsadida qo’llaniladigan barcha psixologik-pedagogik metodikalar bir nom “Psixologik testlar” deb nomlanadi. Metodikalarning bunday nomlanishi xato. Zero metodikalar sifatida birgina testlardan foydalanilmaydi. Qolaversa, “metodika” tushunchasi negizida faqatgina metodlar ifodalanmaydi. Shu sababli ayni o’rinda “metodika” tushunchasining moxiyatini tushunib olish talab qilinadi.
METODIKA
Aniq belgilangan maqsaga erishish yo’lida, ma’lum vazifalarni bajarishda foydalaniladigan pedagogik faoliyatning tashkiliy shakllari, metodlari va vositalari jamlanmasi xisoblanadi.
Metodika faqatgina metodlar yig’indisidan tashkil topmaydi. Nazariy jihatdan u maqsadga erishish yo’lida o’qituvchi tomonidan tanlangan pedagogik faoliyat shakllari, metodlari va vositalarining yig’indisidan tarkib topadi.
Agarda metod umumiy harakterga ega bo’lsa, undan farqli ravishda metodika xususiy xarakter kasb etadi. Ya’ni, xar bir metodika muayyan shaxsning muallifligiga asoslanadi. Pedagogik va psixologik jarayonlarda ikki turdagi metodikalardan foydalaniladi.
5.Ijodiy ishni namoyish qilish imkoniyatiga ega bo’lishi zarur.
Metodika o’z moxiyatiga ko’ra o’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini (BKM) ni baxolash mqsadida ularning e’tiboriga quyidagi mazmunga ega mustaqil ishlarini tavsiya etishi maqsadga muofiq ekanligini nazarda tutadi.
G.A.Russkiy METODIKASI.
O’zida o’quvchilar tomonidan mavzu bo’yicha bilimlar tizimini o’zlashtirganlik darajasini aniqlash va ularning bilish faoliyatining takomillashtirish, to’g’rilashga imkon beruvchi individual dasturlar loyixasini tuzishdan iborat.
Bilim-ta’limning asosiy tarkibiy qismi bo’lib, usiz maqsadga muvofiq xarakatlarni tashkil etish mumkin emas.
Metodikani qo’llashda o’qituvchi o’quvchilarga o’rganilayotgan mavzu bo’yicha bilimlar tizimi tuzilishining mantig’ini ifodalovchi savollarni taklif qiladi.
Demak, Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirish dolzarb pedagogik vazifalardan biri sanaladi. Pedagogik tadqiqotlar ta’lim samaradorligini oshirish obyektiv va subyektiv omillarga bog’liq ekanligini tasdiqlaydi.
P.I.Tretyakov va G.A.Russkiy tomonidan ishlab chiqilgan metodikalar ta’lim, tarbiya jarayonini tashkil etishda aloxida amaliy qiymatga ega ekanligini tasdiqlaydi.