Hazm tizimi filogenezi
Reja:
1. Ovqat hazm qilish fiziologiyasi.
2. Tarixiy va individual rivojlanish.
3. Hazm tizimining anatomiyasi.
4. Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari.
Ovqat hazm qilish - organizm iste'mol qilgan oziq moddalarni tarkibiy jihatdan o‘zlashtira oladigan darajagacha fizikaviy va kimyoviy qayta ishlash jarayonlaridir. “Ovqat hazm qilish fiziologiyasi” “Odam va hayvonlar fiziologiyasi”ning bir bo‘limi bo‘lganligi uchun mazkur fanga aloqador bo‘lgan barcha yo'nalishlar bilan yaqindan bog'liqdir. Hazm fermentlari tomonidan oziqa polimerlarining parchalanishi biokimyoviy usullar bilan, so‘rilish jarayonlari esa biofizikaviy va biokimyoviy yondashishlar orqali o‘rganilganligi va tushuntirilganligi uchun mazkur fanda ma’lumotlar faqat fiziologik usullardan tashqari biokimyoviy va biofizikaviy usullar asosida ham olinadi. Hazm fiziologiyasini o‘rganishda turli fizikaviy (ballonografiya, elektrogastrografiya va boshqalar), matematik (statistika, kimyoviy va fizikaviy yuklamalarni berish, matematik modellash, turli a’zolarning funksional sig‘imlarini aniqlash va boshqalar) usullar qollanganligi bu fanning flzika, matematika kabi fanlar bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Tarixiy va individual rivojlanish davomida hazm tizimi organizm murakkablashuvi tufayli ham o‘zgaradi. Shuning uchun hazm fiziologiyasi evolutsion, solishtirma va yoshga oid fiziologiya bilan bog‘liq. Organizmning rivojlanish darajasiga qarab unda hazm jarayoni turlicha amalga oshadi. Eng sodda hayvonlarda oziq moddalaming gidrolizi, asosan, vakuola va sitoplazma ichida bo'lsa, yuqori rivojlangan hayvonlarda oziq moddalaming hujayraviy parchalanish jarayoni lizosomalarda va vakuolalarda ro‘y beradi. Enterotsitlar va hazm kanali devorining boshqa qismalarida tarkibiy farqlar hazm jarayonining samaradorligini belgilaydi. Demak, hazm fiziologiyasi fanida sitologik va gistologik ma’lumotlardan ham foydalaniladi. Odam va hayvonlar hazm tizimida 400 dan ortiq obligat, simbiont va parazit mikroorganizmlarning va qator gelmintlaming mavjudligi ovqat hazm qilish fiziologiyasi mikrobiologiya, tibbiy parazitologiya va gelmintologiya fanlari bilan bog'liqligini ko'rsatadi. Hazm jarayonini amalga oshirishda hazm tizimidan tashqari asab va gumoral boshqaruv mexanizmlari, qon bilan ta’minlanish, muskullarning harakati, ayiruv a’zolar ishtirok etganligi uchun bu fan barcha funksional tizimlarning (asab, yurak-tomir, ayiruv, endokrin) fiziologiyasi bilan bog'liq bo'lib, ovqatlanish fiziologiyasining nazariy asosi sifatida xizmat qiladi. Ovqat hazm qilish fiziologiyasi qator fanlar bilan bog'liq bo'lishiga qaramay, uning quyidagi xususiy vazifalari mavjud:
- Turli sharoitda hazm tizimidagi tarkibiy va funksional o'zgarishlar o‘rtasidagi bog'liqlikni aniqlash;
- Hazm tizimining boshqa funksional tizimlar bilan aloqasini o'rganish;
- Hazm jarayonini o'rganuvchi usullarni takomillashtirib, yangi usullarni yaratish;
- Hazm a’zolarining ovqatning assimilatsiyasi bilan bog'liq bo'lmagan funksiyalarini o'rganish;
- Ekologik omillar hamda kasalliklar ta’sirida hazm a’zolarining oziqaning о'zlashtirishidagi ishtirokini tekshirish, individual hayot davomida hazm tizimining ta’sirchanligini aniqlash;
- Hazm a’zolarining boshqa funksional tizimlar bilan aloqalarini aniqlash, amaliy diyetologiya va gastroenterologiya uchun tavsiyalar ishlab chiqish;
- Hazm jarayonining biokimyoviy, biofizikaviy, molekular va genetik asoslarini yoritish;
- Hazm jarayonining tarixiy va individual evolutsiyasini o'rganish, uning yanada rivojlanishi haqida aniq fikrlar ishlab chiqish.
Hazm tizimining anatomiyasi Ovqat hazm qilish yo'li diametri turlicha bo'lgan uzun kanal shaklidagi tuzilma bo'lib, u qorin bo‘shlig'ida joylashgan Asosiy sekretor a’zolar hazm kanalining tashqarisida joylashgan bo‘lib, bularga ovqat hazm qilish jarayonida og'z bo‘shlig'iga ochiladigan uch juft so'lak bezi (quloq oldi, til osti va jag‘ osti), ingichka ichakning o'n ikki barmoqli ichak bo'limiga ochiladigan jigar (o't yo'li orqali) va me'da osti bezlari kiradi. Butun hazm yo'lining shilliq qavatida joylashgan juda ko'p sonli mayda bezlarning yo'lari ham hazm kanaliga ochiladi. Tishlar hazmda ishtirok etuvchi yordamchi moslama bo'lib, oziq moddalarning mexanik ishlovida ishtirok etadi. Ovqat hazm qilish kanali o‘z ichiga og'iz bo‘shlig'i, xalqum (tomoq), qizilo'ngach, ingichka va уo'g'on ichaklarni olib, anal teshigi bilan tugalianadi. Hazm kanali atrofidagi organlarga barcha hazm bezlari, tishlar va qorin pardasi kiradi.
Og'iz boo'shligi (cavum oris) old tomondan lablar, yon tomondan lunj, yuqori tomondan tanglay, past tomondan til va ogiz bo'shlig'ining tubini hosil qiluvchi mushaklar hamda orqa tomondan xalqum bilan tutashtirib turuvchi kichik tilcha (isthmus faucium) bilan chegaralangan . Jag'ning alveolar o'simtalari tishlar bilan birgalikda og'izni oldingi (vestibulum oris) va asosiy og'iz bo‘shlig'iga (cavum oris proprium) ajratadi. Lablar (labia oris), asosan, tashqi tarafdan teri va shilliq qavatlar bilan qoplangan ikkita mushak buramalardan - yuqori (labium superius) va pastki (labium inferius) lablardan iborat bo'lgan tuzilmalardir. Lablarning mushaklari ogizning yumaloq mushagi va g'ovak biriktiruvchi to'qima hisobiga hosil bo'lib, uchta qismga bo'linadi: teri (pars cutanea), hamda oraliq (pars intermedia) va shilliq qavatlar (pars mucosa).
Lunjlar (buccae) tashqaridan teri bilan, ichki tomondan og'izning shilliq qavati (tunica mucosa oris) bilan qoplangan. Ikkala qavat o‘rtasida lunj mushagi (m. buccinators) joylashgan. Lunjlarning shilliq qavatida bezlar (glandulae buccales) mavjud boiib, ularning yo'lari og'iz bo'shlig'iga ochiladi. Ikkinchi katta oziq tishning ro'parasida har bir lunj shilliq qavatida quloq oldi bezning so'ig'ichi (papilla parotidca) bo'lib, undan quloq oldi bezining so'lak yo'li (ductus parotideus) og'iz bo'shlig'iga ochiladi. Tanglay (palatum) yumshoq va qattiq tanglaylarga ajratiladi. Tanglayning oldingi qismi suyak asosiga (palatum osseum) ega. Bu soha qattiq tanglay (palatum durum) deb nomlanib, uning suyakli asosi yuqori jag'ning tanglay o'simtalaridan va tanglay suyaklarining gorizontal o'simtalaridan hosil bo'lgan. Tanglayning orqa tarafi - yumshoq tanglay (palatum molle), asosan mushaklar, aponevroz va bezlardan tashkil topgan. Uning tanglay pardasi (velum palatinum) deyiluvchi oldingi gorizontal qismi uzunchoq bo‘yinni (isthmus faucium) hosil qilib, kichik o‘simta shakliga ega bo'lgan tilcha (uvula)ga aylanadi.
Til (lingua, s. glossa) da oldingi erkin qism yoki tilning tanasi (corpus linguae) va orqa qismi - tilning ildizi (radix linguae) farqlanadi . Tilning yuqori sathi g‘adir-budursimon shilliq qavat (tunica mucosa linguae) bilan qoplangan bo'lib, u til ildizi va tilning pastki sohasida silliq bo'ladi. Tilning ustida juda ko‘p so‘rg‘ichlar mavjud bo'lib, ular to‘rt guruhga ajratiladi: ipsimon so‘rg‘ichlar (papillae filifonnes), butun tilning tanasida joylashgan; zamburug‘simon so‘rg‘ichlar (papillae fungiformes), 150 dan 200 gacha bo'lib, asosan, tilning tana qismida joylashgan; eng katta tarnovsimon so‘rg‘ichlar (papillae vallatae) tilning tanasi va ildizi chetida, har tomonda 7 tadan 11 tagacha bo'ladi va yaproqsimon so‘rg'ichlar (papillae foliatae) tilning yon tomonida bo'ladi. Til bezlari (glandulae linguales) shilimshiq, seroz va aralash bezlarga bo'linadi. Shilliq va aralash bezlar o‘rtasida oldingi til bezi (glandula lingualis anterior) va tildagi bodomsimon o‘simtaning bezlari (glandulae tonsillae lingualis) farqlanadi. Til mushaklari (mm. linguae) ikki guruhdan iborat bo'ladi: birinchi guruhi skelet mushaklari bo' lib, til suyaklardan uning tanasigacha cho‘ziladi, ikkinchi guruh esa uning asosiy massasini tashkil qiladigan tilning xususiy mushaklaridir
Halqum (pharynx) ovqat luqmasini ogiz bo‘shligidan qizilo'ngachga o'tkazuvchi naydir. Shu bilan birga, halqum burun bo'shlig'i va hiqildoq o‘rtasida havo o'tkazuvchi rolini ham bajaradi. Halqum umurtqa pog‘onasining oldingi qismida, VI bo'yin umurtqasi ro‘parasida joylashgan. U torayib, qizilo‘ngachga o'tib ketadi. Halqum bo'shlig'i uch qismga bo'linadi yuqori burunhalqum (pars nasalis); o'rta ogiz (pars oralis) va pastki hiqildoq (pars laryngea). Halqumning oldingi tomonidagi halqumga kirish teshigi (aditus larvngis) uni hiqildoq bo‘shligi (cavum laryngis) bilan tutashtiradi. Hiqildoq devori uch qavatdan: adventitsial (tashqi biriktiruvchi qavat, tunica adventitia); mushak qavati (tunica muscularis) va shilliq qavatdan (tunica mucosa) tashkil topgan.
Qizilo‘ngach (esophagus)da uchta bo'lim ajratiladi: bo‘yin bolimi, ko'krak bo'limi va qorin bo'limi . Qizilo‘ngach umurtqa pog‘onasining oldida joylashgan boiib, ikkita sagittal va ikkita frontal tekisliklarda bo'lingan to'rtta egrilikka ega. Qizilo‘ngachning diametri bir xil emas. Uning uchta toraygan (sfinkter) va ikkita kengaygan qismlari mavjud. Uzunligi bo'yicha mushak qavatlari bir xil darajada rivojlanmagan. Qizilo‘ngachning qoplovchi adv'entitsial (qo‘shimcha) qavati g‘ovak to‘qimadan iborat bo'lib, bu to‘qima yordamida u boshqa a’zolarga yopishadi.
Me'da (ventriculus, s. gaster) ko'rinishi to‘ntarilgan retortaga o‘xshash, kovak a’zo bo'lib, shakli va kattaligi turli odamlarda va bir kishining o‘zida ham turlicha boiadi . U qorin bo‘shlig‘ining yuqori qismida, diafragma tagida joylashgan bo'lib, uning 2/3 qismi chap tomonda va 1/3 qismi o‘ng tomonda joylashgan. Kattalarda me'daning hajmi bir litrdan ikki yarim litrgacha bo'lishi mumkin. Me'dada kirish (kardiya - cardiaca (gastrica), tana (fundus, (fomix) gastrici) va chiqish (pilorus, pylorica) qismlari ajratiladi. Me'daning kirish (qizilo‘ngachning me'daga o‘tish joyida, ostium cardiacum) va chiqish kanali (me'daning o‘n ikki barmoq ichakka o‘tish joyida, canalis pyloricus), old (paries anterior) va orqa (paries posterior) devorlari hamda ikkita egriligi: kichik (curvatura minor) va katta (greater curvature) egriliklari farqlanadi. Kichik egrilik me'daning yuqori o‘ng tarafida, katta egrilik esa pastki chap tarafida joylashgan. Me'daning ichki yuzasi g‘adirbudur bo‘lib, qat-qat shilliq qavat burmalaridan tashkil topgan. Me'daning uch xil xususiy bezi (glandulae gastricae propriae) : asosiy, qoplama, qo‘shimcha hamda pilorik bezlar (glandulae pylorica) farqlanadi. Asosiy bezlar fermentlar, qoplama bezlar xlorid kislotasi va qo‘shimcha bezlar shilliq moddalarni ishlab chiqaradi. Me'da devori to‘rtta: ichki shilliq, shilliq osti, mushak va tashqi seroz qavatlardan iboratdir. Shilliq qavat yuzasi bir qavatli prizmatik epiteliy hujayralar bilan qoplangan. Bu qavatda bir talay naysimon me'da bezlari bo‘lib, ana shu bezlar tomonidan me'da shirasi ishlab chiqariladi. Mushak qavati uch qatlam silliq mushak tolalaridan tuzilgan. Tashqi qatlam uzunasiga yotgan mushak tolalaridan, o‘rta qatlam xalqa shaklidagi tolalardan, ichki qatlam esa qiyshiq yotgan tolalardan iborat. Mushak tolalarining o‘rta - sirkular qavati me'dadan chiqish kanali sohasida pilorik jom (qisqich) hosil qiladi. Bu jomning qisqarishi tufayli me'daning chiqish kanali yopiladi. Pilorik jom sohasidagi shilliq qavat burmalari pilorik qopqoq deb ataladi. O ‘simlikxo‘r kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilarning me'dasi ancha murakkab tuzilgan bo'lib, to‘rt bo'lakdan (katta qorin, to‘rqorin, qatqorin, shirdon) iborat. Odatda, ularning oziqasida o‘simlik tarkibida qiyin hazm bo'ladigan kletchatka ko‘p bo'ladi. Kavsh qaytaruvchilar me’dasida simbiont holda yashovchi mikroorganizmlar kletchatkaning hazm bo'lishiga yordam beradi. Ular dastlab oziqani yaxshi chaynamasdan yutadi. Oziqa katta qoringa tushib, mikroorganizmlar ta’sirida oson o‘zlashtiriladigan holatga keladi. Bunda qisman parchalangan oziqa ogiz bo‘shlig‘iga qaytarib chiqariladi va oziq tishlar yordamida yaxshi chaynalib, me'daga qayta yutiladi. To‘rqorindan o‘tgan maydalangan oziqa qatqorin va shirdonda keyingi mexanik va kimyoviy o‘zgarishlarga duch keladi.
Ingichka ichak (intestinum tenue) me'daning pilorik qismidan boshlanadi, jigar va me'dadan pastroqda, kindik sohasida va kichik chanoq bo‘shlig‘ida ko‘p sonli burmalar hosil qilib, yo‘g‘on ichakka ulanib ketadi. Ingichka ichakning uzunligi odamda 5 m chamasida bo'ladi, diametri esa ichak bo‘ylab asta kamayib boradi. O‘n ikki barmoq ichakning diametri 5 sm bo'lsa, ingichka ichakning yo‘g‘on ichakka o‘tish joyida u 2,5-3 sm gacha kamayadi. Ingichka ichak uch qismdan iborat bo'ladi. U boshlang'ich - o'n ikki barmoq ichak (duodenum), o‘rta - och ichak (jejunum, ingichka ichak uzunligining 2/5 qismi) va oxirgi yonbosh ichak (ileum, ingichka ichak uzunligining 3/5 qismi) lardan tashkil topgan.
O'n ikki barmoq ichak me’da osti bezining boshchasini yuqoridan. o'ngdan va pastdan hamda qisman tanasini o'rab, taqasimon yoki yarim xalqasimon shaklda joylashadi. O'n ikki barmoq ichak kalta (27-30 sm) bo‘lib, me’daning chiqish qismidan boshlanadi, o'ngga va orqaga yo‘l olib, tez orada qayriladi va III bel umurtqasining ro‘parasida pastga tushadi. U yana qayrilib, II bel umurtqasining ro‘parasigacha ko'tariladi va ichakning tutkich qismi boshlangan joydan och ichakka o‘tadi. Ichakning boshlang‘ich bo'lim yuqori qismi (pars superior), ikkinchi bo‘lim pastga tushuvchi qismi (pars descendens), uchinchisi gorizontal qism (pars horizontalis, inferior) va to‘rtinchisi yuqoriga ko'tariluvchi qism (pars ascendens) deb nomlanadi. Ingichka ichakning ichak tutkich bilan bog‘langan qismi o'n ikki barmoq ichakning burrnasidan boshlanib, o‘ng yonbosh chuqurchasida tugallanadi. Ingichka ichakning o‘n ikki barmoq ichakdan keyin keluvchi qismi qorin pardasi ichida (intraperitoneal) joylashgan bo‘ladi.
Och va yonbosh ichaklar. O'n ikki barmoq ichakning davomi och va yonbosh ichaklar deyiladi. Ichakning bu qismi juda ko'p sonli burmalar va egriliklar - ichak qovuzloqlarini hosil qilib, qorin bo'shligining o'rta va pastki qismlarini to'ldirib turadi. Ingichka ichakning shilliq qavati uchun ko‘ndalang burmalar (valvulae conviventes Kerckringii) xarakterlidir Ingichka ichak devorida Luberkim (glandulea Lieberkuehnianae) va Brunner bezlari (glandulea Brunner) o'rin olgan. Butun ichak bo‘уlab yakka va yig‘ma limfa tugunlari joylashgan. Vorsinkalaming ichida esa qon tomirlar tarmogi hamda bitta yoki bir necha limfa tomirlari mavjud . Odamda ingichka ichak yuzasi shilliq qavatdagi burmalar, vorsinka va mikrovorsinkalar hisobiga 300-500 marta kattalashadi. Ingichka ichak shilliq qavatining 1 mm2 yuzasiga 30-40 vorsinka va har bir epiteliosit 1700-4000 mikrovorsinkalarga to‘g‘ri keladi. Ichak epiteliysining 1mm2 yuzasida 50-100 mln mikrovorsinka mavjud.
Yo‘g‘on ichak (intestinum crassum) uch qismdan: ko‘richak, chambar va to‘g‘ri ichaklardan iborat . Chambar ichak o‘z navbatida. to‘rt qismga: yuqoriga ko‘tariluvchi, ko‘ndalang, pastga tushuvchi va sigmasimon chambar ichaklarga bo‘linadi. Yo‘g‘on ichakning uzunligi katta yoshli odamlarda 1,5-2,0 metr atrofida bo‘ladi. Ichakning diametri boshlanish qismida 7 sm, oxirida esa 4 sm chamasida bo'ladi. Yo‘g‘on ichak devori shilliq qavat, shilliq osti qavat, mushak va seroz qavatlardan tashkil topgan. Shilliq qavat serburma va vorsinkalari kam bo'ladi. Shilliq parda epiteliysi bir qavatli, prizmatik, ustunsimon epiteliositlardan, qadoqsimon ekzokrinotsitlardan va juda kam uchraydigan endokrinotsitlardan iborat. Shilliq osti qavatda yog‘ hujayralar, tomir va asab chigallari joylashgan. Mushak tolalari ichki - aylanma va tashqi - bo‘ylama qavatlardan iborat bo'lib, bo‘ylama qavat uchta tasmacha shaklida - teniyalarga yigilgan. Ichakning teniyalari oraliqlaridagi qismi mushak tolalari kam bo'lganidan bo‘rtib chiqadi. Ikkala mushak qavati oraligida elastik tolali biriktiruvchi to‘qima, qon-tomirlar va asab chigallari to‘plangan. Tashqaridan yo‘g‘on ichakni seroz qavat qoplab turadi.
Ko‘richak (cecum) shakli bir tomoni yopiq bo‘lgan qopga o‘xshash, yonbosh ichakka tutashadigan joydan pastroqda joylashgan. Ko‘richak to‘la (peritoneal) yoki uch tomondan (mezoperitoneal) qorin parda bilan qoplangan bo‘lishi mumkin.Uning orqa devorida ileosekal burchagidan 0,5-5,0 sm pastroqda chuvalchangsimon o‘simtasi (appendix vermiform-mis) joylashgan.
Chambar ichak (colon) joylashuvi jihatdan ingichka ichak chigalini o‘rab turganga o‘xshaydi. Yuqoriga ko‘tariluvchi chambar ichak o‘ng tomonda, ko‘ndalang ichak yuqorida, pastga tushuvchi ichak chapda, sigmasimon ichak ham chapda va qisman pastda joylashgan bo‘ladi. Yuqoriga ko‘tariIuvchi chambar ichak (colon ascendens) ko‘richakning davomi bo‘lib, jigarning pastki sathiga yetib, chapga buriladi, ventral tomondan ko‘ndalang chambar ichakka o‘tib, yo‘g‘on ichakning o‘ng burmasini hosil qiladi.
Ko‘ndalang chambar ichak (colon transversum) pastga tushuvchi ichakka va keyin sigmasimon ichakka oiadi. Ko'ichak va chambar ichaklarning devori shilliq, mushak va seroz qavatlardan iboratdir. Mushak qavati (tunica muscularis) ikkita: bo‘ylama va aylanma qavatlardan tashkil topgan. To‘g‘ri ichak (rectum) yo‘g'on ichakning oxirgi bo'lim bo'lib, kichik chanoq suyaklari sohasida joylashgan. To‘g'ri ichak ikki qismdan: jom va oraliq sohalardan iborat .Birinchi qismi ampuladan yuqori va keng ampula qismlaridan (ampulla recti), ikkinchi qismi orqa chiqaruv kanali (canalis analis) dan iborat bo'lib, qorin parda bilan o'ralmagan. Ampuladan yuqori bo'gan qismi seroz qavatga ega bolib, kalta va qalin ichak tutkichga ega.
OVQAT HAZM QILISH TIZIMI KASALLIKLARI
. Ovqat hazm qilishda juda ko'p organlar ishtirok etadi. Va shunga mos ravishda, ularga zarar etkazadigan kasalliklar ham ko'p. Mutaxassislarning eng tez-tez uchraydigan diagnostikasi quyidagilardan iborat:
ezofagit;
ascites;
peritoneal yopishqoqlik;
oshqozon yarasi, o'n ikki barmoqli ichak, qizilo'ngach;
churra;
gastrit;
o'tkir gastrit;
Crohn kasalligi;
ezofagitli va bo'lmagan gastroesofagal reflyuks;
xolangit;
xolelitiyoz;
irritabiy ichak sindromi ;
paraproktit;
dysbioz;
enterokolit;
gastroduodenit;
o't yo'llari toshlari;
pankreatit (o'tkir va surunkali shaklda);
jigar sirrozi.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
1. Афанасьев Ю.И., Юрина Н.А. Гистология. - М.: Медицина, 1989.
2. Битти А.Д. Диагностические тесты в гастроэнтеро логии: Пер с англ. - М..Медицина, 1995.
3. Бузник 11.М. Энергетический обмен и питание. - М., 1978.
4. Витебский Я.Д. Пишетесь рационально. Курган, 1991.
5. Габи Хаубер-Швенк, Михаэль Швенк Питание. Atlas. Москва: Атлас. 2004.
6. Гогулан М. Законы здоровья. М., 1998.
7. /https://uz.everaoh.com/ovqat-hazm-qilish-tizimi-kasalliklari/
Dostları ilə paylaş: |