FIZIKA TAʼLIM YO’NALISHI 4 -KURS 403-GURUH TALABASI
BEKMURODOV BEKZODNING " HE-NE LAZERLAR ISHLASH PRINSIPI"
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Bajardi: Bekmurodov B
Qabul qildi:
TERMIZ-2023
He-Ne lazerlar ishlash prinsipi Mundarija: Kirish.....................................................................................................................3
1) Lazerlar haqida umumiy ma'lumot....................................................................5
2) Geliy-neon lazeri................................................................................................8
3) Yorug‘likning majburiy kombinatsion sochilishi................................................18
Xulosa...................................................................................................................23
Foydalangan adabiyotlar....................................................................................25
K I R I S H Mustaqil O’zbekiston Respublikasida 1997 yili 29 avgustda tasdiqlangan “Ta’lim to’g’risida ” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to’g’risidagi qonunlarini hayotga tadbiq etish mamlakatda tub islohotlarga olib keldi. U jamiyat ta’lim-tarbiyasiga mas’ul muassasalar oldiga xar tomonlama etuk barkamol avlodni etishtirishdek ulkan vazifani yukladi. Barkamol avlodni tarbiyalash ta’limtarbiya muassasalari tizimiga, u tizimda foydalanilayotgan o’quv dasturlari va o’quv rejalariga, shu dastur va rejalarga mos bo’lgan ta’lim-tarbiya vositalari va ular bilan ta’min etilganlik darajasiga bog’liqdir. Ta’lim-tarbiya vositalari orasida jaxon talab darajasida tayyorlangan o’quv darsliklari va qo’llanmalari alohida ahamiyatga egadir. Zamon talabi darajasida daslik va qo’llanmalar yaratish O‟zbekiston o‟quv muassasalari oldiga qo’yilgan eng dolzarb masalaga aylandi. Ushbu dolzarb masala ta’lim tizimining barcha jabhalariga ham bir hil taalluqlidir. Ushbu masalani hal etish maktab, kollej, listey va oliy yurtlari o’qituvchilari, ilmiy-tadqiqotlari xodimlari zimmasiga tushadi. Oliy o’quv yurtlari talabalariga mo’ljallangan maqbul o‟quv qollanmalar yaratish ham zikr etilgan dolzarb masalaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Lazer fizikasi fanidan oquv qollanmasini yaratiga qol urildi. Demak, universitet talabalari uchun shu kungacha ozbek tilida mavjud bomagan Lazer fizikasi oquv qollanmasini yaratish dolzarb masala tarkibidagi ishdir. Lazer fizikasi fanidan oquv qo‟llanmasini tayyorlashda Davlat Ta’lim standarti (DTS), o’quv dasturi va rejasi asos qilib olindi. Bu sohadagi ilmiy, o’quv adabiyotlari, turli anjuman materiallari va internet materiallari tahlil etildi. Natijada fan dasturi tuzilib, qo’llanma mundarijasi shu dastur asosida shakllantirildi. Demak, davlat meyoriy xujjatlari va mavjud ilmiy va o’quv ta’lim-tarbiya vositalari izlanish ishi (qo’llanma yaratish faoliyati) ning ob’ekti hisoblanadi.