Hisoblagichlar yordamida miqdor sarfini o’lchash I. Magnitoelektrik о‘lchash mexanizmi



Yüklə 170,94 Kb.
səhifə1/2
tarix12.06.2023
ölçüsü170,94 Kb.
#129016
  1   2
7- laboratoriya ishi Hisoblagichlar yordamida miqdor sarfini o’l


Hisoblagichlar yordamida miqdor sarfini o’lchash


I. Magnitoelektrik о‘lchash mexanizmi.

Magnitoelektrik о‘lchash mexanizmi (1.1-rasm) doimiy magnit 1, magnit qutb uchliklari 2, silindrsimon pо‘lat о‘zak 3, qо‘zg‘aluvchan chulg‘am (ramka) 4, spiral prujinalar 7,8, kо‘rsatkich (strelka) 9 va posongilar 10 dan tuzilgan.



1.1-rasm. Magnitoelektrik tizimdagi о‘lchash mexanizmi.


Ramkadan о‘tayotgan tok bilan (1.1-rasm) doimiy magnit maydonining о‘zaro ta’sirida ramkani harakatga keltiruvchi kuch F=BIlw hosil bо‘ladi.


Ifodada B- qutb uchliklari va silindrsimon о‘zak oralig‘idagi magnit induksiyasi; w-ramkaning о‘ramlar soni; l-magnit maydonida joylashgan ramkaning faol qismini uzunligi, I- tok kuchi.
Bu kuchlarning yо‘nalishi chap qо‘l qoidasiga binoan topiladi. Bu kuchlar hosil qilgan aylantiruvchi moment quyidagicha ifodalanadi:
, (1.1)
bu yerda b -ramkaning kengligi;
s - ramkaning yuzasi.
Aylantiruvchi moment ta’sirida ramka о‘q atrofida aylanganida spiral prujinalar buralib, teskari ta’sir etuvchi moment MT hosil qiladi:


MT= W , (1.2)

bu yerda W- solishtirma teskari ta’sir etuvchi moment bо‘lib, spiral prujinaning materiali va о‘lchamlariga bog‘liq:


- ramkaning burilish burchagi (kо‘rsatkichning shkala bо‘ylab surilishini kо‘rsatadigan burchak yoki bо‘laklar soni)
Ramkaga ta’sir etayotgan ikki (aylantiruvchi va teskari) moment о‘zaro tenglashganda ramka harakatdan tо‘xtab, muvozanat holatida bо‘ladi, ya’ni:
Ma = MT
yoki
BswI=W (1.3)
bundan
(1.4)
Oxirgi (1.4) ifoda magnitoelektrik о‘lchash mexanizmlarining shkala tenglamasi deb ataladi.
- о‘lchash mexanizmining tok bо‘yicha sezgirligi deyiladi. Kо‘rilgan о‘lchash mexanizmi uchun SI =const.
Shuni hisobga olib (1.4) ni quyidagicha yozamiz:
= SII. 1.5)

Ya’ni ramkaning burilish burchagi о‘lchanuvchi tokning qiymati 1 ga tо‘g‘ri proporsional, shu tufayli, magnitoelektrik о‘lchash mexanizmlari о‘zgarmas tok zanjirlarida ishlatiladi va ularning shkalasi bir tekis darajalangan bо‘ladi. Bunday shkaladan foydalanish ancha qulay.


Magnitoelektrik о‘lchash mexanizmlari ampermetr, voltmetr, Ommetr va galvanometrlar sifatida ishlatiladi. Bunday asboblar ancha murakkab bо‘lsada yuqori sezgirlikka ega bо‘lib, quvvatni kam iste’mol qiladi va tashqi magnit maydonining ta’siridan osongina muhofaza etiladi.



Yüklə 170,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin