Hozirgi zamon iqtisodiy qarashlari evolutsiyasi



Yüklə 12,04 Kb.
tarix20.01.2023
ölçüsü12,04 Kb.
#79816
Hozirgi zamon iqtisodiy qarashlari-fayllar.org


Hozirgi zamon iqtisodiy qarashlari

Hozirgi zamon iqtisodiy qarashlari evolutsiyasi

Firdavs



1. Neoklassik sintez konsepsiyasining mohiyati 2. Neoklassik sintez konsepsiyasining yangi versiyalari 3. P.Samuelsonning «Ekonomiks» asaridagi g‘oyalar 4. Ekonometrikaning hozirgi zamon asosiy yo‘nalishlari
REJA:
1. Neoklassik sintez konsepsiyasining mohiyati
Iqtisodiyotda bir qancha ofatlar, xususan, ommaviy ishsizlik va infyatsiya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Qanday qilib aholining mo‘tadil va to‘la bandligini, real daromadlar o'sishini ta’minlash mumkin degan savollar haimnani, iqtisodiyot fani namoyandalarini ham qiziqtirib kelmoqda. Ayniqsa, inqirozsiz iqtisodiy sikining sirlari muhimdir. Bu va boshqa masalalar bilan neoklassik sintez yo‘nalishi shug‘ullanib, unda klassik iqtisodiy ta’Iimot tomonidan ilgari aniqlangan haqiqat va qoidalar hozirgi davrdagi daromadlar shakllanishi nazariyalari bilan sintez qilinadi.
Bu sohada barakali ijod etgan P.Samuelsonning fikricha, «neoklassik sintez» aslida hozirgi neokeyns va neoliberal qoida va «haqiqat»laming ilk neoklassik g‘oyalar bilan, shuningdek, klassik maktabning ayrim postulatlari, awalo, hozirgi davrdagi daromadlar shakllanishi nazariyalari bilan birlashtirib qarashidir.
Paul Samuelson (1915.15.5, Geri, AQSH, Indiana shtati) — amerikalik iqtisodchi. 1940-yildan Massachusets texnologiya institutida professer assistenti, 1966-yildan shu institut professor 1941-yildan boshlab oʻqituvchilik bilan birga davlat muassasalarida maslahatchilik ham qilgan (1961—68 yillarda Oq uyning iqtisodiyot boʻyicha maslahatchisi). Xalqaro iqtisodiy uyushma prezidenti (1965— 68). Samuelsonning ilmiy ishlari hozirgi zamon iqtisodiyot fanining deyarli barcha sohalarini qamraydi. Iqtisodiy dinamika nazariyasi, iqtisodiy sikllar, isteʼmolchi talabi nazariyasi, farovonlikning iqtisodiy nazariyasi, xalqaro iqtisodiyot nazariyasiga muhim hissa qoʻshgan. Samuelsonning iqtisodiy qarashlari qisqacha neoklassik sintez deb ataladi va daromadlarning taqsimlanish qonuni hozirgi zamon marjinalistik goyalarining "klassik" prinsiplar bilan birgalikda tahlil etiladi. Saralash iqtisodiyot nazariyasi tarafdori, yaʼni davlatning iqtisodiyotga qisman aralashuvini maʼqullaydi. Samuelsonning "Ekonomiks" darsligi (1945) va "Iqtisodiy tahlil asoslari" (1948) asari bir necha bor nashr etilgan. Nobel mukofoti laureati (1970).
O‘tgan asrning 50-yillari boshlarida neokeynschilar­ (R. Xar­rod, E. Domar, E. Xansen va boshq.) bandlik va inflatsiya o‘rtasida optimal nisbatni topishga harakat qilib, iqtisodiy o‘sish muam­mosiningyechimini ishlab chiqadi. “Neoklassik sintez” konsepsiyasi ham shunga yo‘naltirilgan. Jumladan, P. Samuelson neoklassik va Кey­nscha nazariyalarni, ishlab chiqarishning optimal darajasini ta’minlovchi hamda talabni faollashtiruvchi omillarni bog‘lashga harakat qiladi. P. Samuelsonning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, qachonki to‘liq bandlikka erishilganda bozorningo‘zini-o‘zi tartiblash tizimi ta’sir ko‘rsata boshlaydi.
Кey­ns
P. Samuelson
2. Neoklassik sintez konsepsiyasining yangi versiyalari
Yangi g'oyaning paydo bo'lishi bilan iqtisodiy tahlilda aralash shakldagi qarashlar ustundir, iqtisodiyotni tartibga solishning turli shakllari taklif etiladi. Hozirgi davrda iqtisodiyotni makroiqtisodiy tartibga solishda asosan uchta ta’Iimot qarashlari qorishmasi ishtirok etadi.
1) turli modifikatsiyadagi keynschilik ta’limotlari
2) taklif iqtisodiyoti nazariyalari
3) monetarizm
Keynschilik qarashlarida, asosan, davlatning iqtisodiyotda faol ishtiroki keng taig'ib etiladi. Bunda konyunkturaning o'zgarishi bilan ishlab chiqarishning yuqori darajasini ta’minlash, ish bilan bandlik, siklik rivojlanishni yumshatish asos qilib olinadi. Asosiy e’tibor davlat budjetiga qaratiladi, shu yo‘l bilan to‘lov imkoniyatlariga talab to‘g‘ridan to‘g‘ri tartibga solinadi.
Monetaristlaming fikricha, iqtisodiy hayotga umuman aralashmaslik prinsipi qo‘llab-quvvatlanadi.
Ayrim fikrlar bo'yicha neoklassik sintez faqat iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishnigina emas, balki umumiy iqtisodiy muvozanatni modellashtirishni ham o‘z ichiga oladi. Ayrim olimlaming aytishicha (A.B.Anikin), Samuelsonning neoklassik sintezi, awalo, klassik mikroiqtisodiyotni yangi makroiqtisodiyot bilan qo‘shilishi deb qaraladi.
Yuqorida keltirilgan qarashlami uch qismga bo‘lish mumkin:
Birinchisi iqtisodiyotda to‘la bandlikni ta’minlash va bu prinsipm erkin bozor iqtisodiyoti elementlari bilan biigalikda (iqtisodiy liberalizm), shuningdek, erkin bozor stixiyasini chegaralovchi keynschilik konsepsiyasi elementlari ham qo‘llanilishi mumkin. Ayniqsa, davlat siyosatida Fiskal va pul-kredit tizimlari hamda «ishsizlikning tabiiy normasi» (M.Fridmen) konsepsiyasidagi antiinflatsion imkoniyatlar, hamda Eixard-Ryopkelaming «Ijtimoiy bozor xo‘jaligi» prinsiplari birgalikda harakat qiladi.
Ikkinchi qarashlarda XIX asming oxirida neoklassiklar tomonidan ilgari surilgan qiymat (qimmat) nazariyasida eski va yangi qiymat nazariyalari yoki xarajat nazariyasi va eng yuqori foydalilik nazariyasi yotadi. Bu yerda maijinalistlaming ikkinchi to‘lqini vakili A. Marshall ilgari surgan yondashuv sistemasi to‘g‘risida gap bormoqda. Bu yerda V. Paretto va boshqalaming baho, talab va taklif hamda umumiy iqtisodiy muvozanat masalalari ko'zda tutiladi.
Uchinchi qarash bo‘yicha umumiy iqtisodiy muvozanatning hozirgi modeli bir vaqtning o'zida makro va mikroiqtisodiy tadqiqotlarga asoslanadi. Bu tadqiqotlarda awalgi sof iqtisodiy nazariya va mukammal raqobat qarashlardan voz kechiladi, ishlab chiqarish va iste’mol sohalarini bir-biriga qarama-qarshi qo'yilmaydi. Bu qarashlarda Keynsning «Psixologik qonuni», ya’ni daromadlaming iste’molga nisbatan tezroq o'sishi, «Veblen Effekti» va boshqa noiqtisodiy omillaming ta’siri ham hisobga olinadi.
3. P.Samuelsonning «Ekonomiks» asaridagi g‘oyalar
Pol Antoni Samuelson (1915) Chikago universitetida ta’lim olgan. . Biz bu olimni, asosan, «Ekonomiks» kitobi muallifi sifatida yaxshi taniymiz. Samuelsonning bu kitobi dastlab 1948-yili chop etildi va 14 marta qayta nashr etilib, hoziigi iqtisodiy ta’limotlaming asosiy yo‘nalishlaridan birini tashkil etadi. 1992-yilda bu kitob Vilyam Nordxaus bilan hammualliflikda nashr etildi. «Ekonomiks» kitobi «Ekonomika» nomi bilan rus tiliga ag‘darildi.
Samuelson eng kam ish haqi to‘g‘risidagi qonunni daromadlar pillapoyasining eng pastida turgan ishchilarga yordam berish usuli deb hisoblaydi. U davlatning uy-joy qurilish dasturlarini moliyalashtirishni va oziq-ovqat yordamini qashshoqlikni kamaytirish usuli sifatida qo‘llab-quwatlaydi. «Ekonomiks» asarida tarixiy-iqtisodiy ekskurs mavjud bo‘lib, XVII asr oxiridagi Maltusning aholi nufusi nazariyasi eslanadi; A- Smitning «Ko'rinmas qo‘l» haqidagi g‘oyalari tahlil etiladi. Asarda o‘tgan davrdagi deyarli barcha doktrinalar qarab chiqiladi (bular to‘g‘risida yuqorida o‘qishingiz mumkin).
Uning fikricha, hozirgi davr iqtisodchilari «neoklassik sintez»ga erishish uchun samarali kredit-pul va fiskal siyosatni Smit va Marshallning klassik mikroiqtisodiyotini hozirgi daromadning darajasini aniqlash bo‘yicha mavjud makroiqtisodiyot bilan birlashtirish, ikkala yondashuvdagi barcha sog‘lom fikrlami jamlashtirishga harakat qilmoqdalar. Olim iqtisodiy taraqqiyot omillariga baho berib, uni to‘rtta deb hisoblaydi. Olimning bu omillari «taraqqiyotning to'rt g‘ildiragi» deb yuritiladi.
“Taraqqiyotning to'rt g‘ildiragi”
Mehnat resurslari (inson birinchi va asosiy)
Tabiiy resurslar
Kapital
Texnologiyalar
4. Ekonometrikaning hozirgi zamon asosiy yo‘nalishlari
Ekonometrika alohida ilmiy yo‘nalish sifatida iqtisodiy nazariya, matematika va statistikadan 20-30 yillarda ajralib chiqdi, bu xususan G.Mur va G.Shuls (AQSH) asarlari tufayli ro‘y berdi. «Ekonometriya» atamasi birinchi bor polshalik iqtisodchi P.Chompa (1910) tomonidan ishlatildi (ekonometrika va ekonometriya iboralari teng kuchli hisoblanadi), ilmiy muomalaga esa norvegiyalik iqtisodchi R.Frisk (1926) tomonidan kiritildi. U I.Fisher, I.Shumpeter, Ch.Rouz va boshqa amerikalik olimlar bilan birga «Xalqaro ekonometriya jamiyati»ning tashkilotchisi hamdir (1930). Bu jamiyat 1933-yildan «Ekonometrika» jumalini nashr etadi.
U.Mitchell va u boshqargan «iqtisodiy barometrlar»ning Garvard maktabi vakillari ham bu yo‘nalishga katta hissa qo‘shmoqdalar. Keyingi davrda italiyalik iqtisodchilar E.Barone va M.Pantaleoni, amerikalik I.Fisher, G.L.Mur, E.Chemberlin, shvetsiyalik KViksell, G.Kassel va boshqalar bu sohada muhim yutuqlami qo‘lga kiritdilar.
Birinchi, eng oddiy ishlab chiqarish funksiyasi Ch.Kobb va P.Duglas (AQSH, 1928) tomonidan tuzildi, keyin R.Solou, K.Arrou (AQSH)lar tomonidan umumlashtirildi, unda ishlab chiqarish ko'lami, texnika taraqqiyoti va boshqa omillar ham hisobga olindi. Bunday regressiv modellar alohida mahsulotlar uchun, korxona va firma, tarmoq va umumxalq xo‘jaligi uchun ham tuzilishi mumkin.
30-yillarda Ya.Tinbergen (Niderlandiya), 50-yillarda L.Klayn (AQSH), R.Stoun (Buyuk Britaniya) korrelatsion ko‘p omilli modellami tuzdilar, unda alohida kapitalistik mamlakatlar iqtisodiyotidagi ishlab chiqarish, shaxsiy va davlat talabi, narx, soliq, tashqi savdo aylanmasi, kapitalning ishlatilishi va jamg‘arilishi, ishchi kuchi taklifi va boshqa o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi statistik aloqadorlik o‘z aksini topgan.
R.Solou
K.Arrou
Ya.Tinbergen
L.Klayn
R.Stoun
Xalq xo'jaligi tarkibini tahlil etish maqsadida tarmoqlararo balans tipidagi modellardan foydalaniladi. Dastlab bunday model 1925-26- yillarda sobiq SSSRda P.I. Popov (1872-1950) rahbarligida ishlab chiqildi. Keyinchalik bu uslub V.Leontev (asli rossiyalik, AQSH) tomonidan rivojlantirildi va moliya oqimlari tarkibini o‘rganish uchun R.Frish tomonidan tatbiq qilindi.
Marksning qayta ishlab chiqarish sxemasi modeli sovet iqtisodchisi G.A.Feldman (1928) tomonidan tayyorlandi. Kapitalistik sikllaming iqtisodiy dinamika modellari Tinbergen, Frish, M.Kaleskiy, J.Xiks, R.Xarrot, P.Samuelson va boshqalar tomonidan ishlab chiqildi. Ekonometrika uslublari ko‘pincha ekstrapolatsiya tendensiyalariga asoslangan. Sovet olimi L.V.Kantorovich chiziqli programmalash (1939) uslubining asoschisi hisoblanadi.
Ekonometrika ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Ko‘pgina yetakchi mamlakatlarda iqtisodiy matematik uslublardan foydalanish iqtisodiyotning ma’lum sohalari, tarmoqlari bo'yicha sikl modellari ishlab chiqilmoqda va amalda qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, AQSHda bu sohada muhim yutuqlar qo‘lga kiritildi. Buyuk Britaniyada ham qayta ishlab chiqarish iqtisodiy modeli (1961) 1948-56-yillardagi parametrlar asosida A.Kleyn, R.Boll, E.Xezlvud, P.Vandom tomonidan tuzilgan. R.Staun Kembrij modeli (1960-70-yillar) ham diqqatga sazovor.
Iqtisodiy tahlilning tarmoqlararo balans metodini tuzish 30-yillarda amerikalik iqtisodchi V.Leontevning tadqiqotlari asosida yuzaga keldi va bu tadqiqotlar «xarajat - chiqarish» modeli nomi bilan ma’lum. 1973- yilda Nobel mukofoti laureati bo‘lgan V.Leontev (1906-1999) metodi iqtisodiyotda bir mahsulotning boshqa turdagi mahsulot bilan to‘ldirilishi jarayonlarini tadqiq qilishga yo'naltirilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Oliy ta’lim muassasalarining talabalari uchun darslik/A.A. Razzoqov, Sh. H. Tashmatov, N. T. O’rmonov; Mas’ul muhanir S.S.G‘ulomov; 0 ‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. — Т.: Iqtisod-moliya, 2007.



http://fayllar.org
Yüklə 12,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin