Huquqiy va iqtisodiy asoslari



Yüklə 35,22 Kb.
tarix06.10.2023
ölçüsü35,22 Kb.
#152638
TB sirtqi. 1-maruza


1-MAVZU. TIJORAT BANKLARINI TAShKIL ETIShNING
HUQUQIY VA IQTISODIY ASOSLARI

REJA:
1. Tijorat banklari faoliyatini tashkil etishning iqtisodiy asoslari.
2. Banklarni davlat ro'yxatidan o'tkazish va litsenziyalash tartibi.
3. Tijorat banklarini ochish uchun ustav fondining minimal miqdori va uning ahamiyati.
4. Ustav fondini shakllantirish manbalari.
5. Tijorat banklari faoliyatini qayta tashkil etish shakllari.
6. Banklarga vasiylik tayinlash.
7. Tijorat banklarini tugatish tartibi.

1. Tijorat banklari faoliyatini tashkil etishning
huquqiy asoslari
Banklar respublika hududida o'z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar.
Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor bo'lganligi tufayli uning tashkil topishi uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Shu vaqt ichida bo'lg'usi taъsischilar o'rtasida o'zaro munosabatlar o'rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur bo'lgan mablag'lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur hujjatlar tayyorlaydi, tegishli tekshiruvdan o'tkaziladi va hokazolar.
Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi qonunda ifodalangan. Shu qonunning 2-bobi “Banklarni tashkil etish va ular faoliyatini tugatish tartibi” deb nomlanib o'z ichiga 13 modda (7-19 moddalar)ni oladi.
Tijorat banklari tashkil etilishining huquqiy asoslari bir nechta asosiy huquqiy normativ hujjatlar asosida tartibga solinadi.
Jumladan:
 O'zbekiston Respublikasining “Fuqarolik Kodeksi”, 1996.
 O'zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g'risida”gi Qonun, 1995;
 O'zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati tug'risida”gi Qonun, 1996;
 O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Banklarni ro'yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to'g'risida”gi № 22- sonli nizom, 1998.
 O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki “Bank ustav kapitali miqdorini, aksiyadorlar tarkibini, bank nomi va manzilini o'zgartirish, ustavga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarni ro'yxatdan o'tkazish tartibi to'g'risida” gi 426-sonli nizom, 1998;
 O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki “O'zbekiston respublikasi hududida chet el banklari vakolatxonalarini ochish, ularni ro'yxatdan o'tkazish va akkreditatsiyalash tartibi to'g'risida” gi 241 – sonli nizom, 1996 ;
 O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki “Tijorat banklariga chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi”dagi 31-sonli nizom, 1998.
 «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonun, 1996.
Bu kabi hujjatlar orqali tijorat banklarining faoliyat asoslarini o'rganish mumkin. Qonunchilikka muvofiq tijorat banklari ustidan nazorat qiluvchi organ sifatida Markaziy bank o'z vazifalarini bajaradi.
Unga ko'ra Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini taъminlash maqsadida banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va kredit byurolari faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi, shuningdek ular tomonidan ichki nazorat qoidalariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog'liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga rioya etilishi ustidan monitoring hamda nazorat qiladi.
Banklarga litsenziya berish O'zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”, “O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g'risida”, “Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to'g'risida”gi Qonunlar va boshqa qonunlari hamda bankka meъyoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.
Tijorat banklarini tashkil qilish 11-fevral 1999-yilda qabul qilingan “Banklarni ro'yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to'g'risida”gi 630-sonli Nizom asosida olib borilar edi. Bu qonunga 2009-yil 15-avgustda 703 son bilan o'zgartirish kiritilgan va hozirda banklar ushbu qonun asosida tashkil etilmoqda.
2. Banklarni davlat ro'xatidan o'tkazish va litsenziyalash
tartibi.
Banklarni litsenziyalash jarayoni ikki bosqichdan:
 bank taъsis etish uchun Markaziy bankning dastlabki ruxsatini berish;
 bankni ro'yxatga olish bilan bir vaqtda litsenziya berishdan iborat.
Muassislar o'z oralaridan Markaziy bankda, uning hududiy Bosh boshqarmalarida va boshqa organlarda bankni tashkil etish yuzasidan ularning manfaatlarini ifoda etishga vakil qilingan shaxsni
belgilaydilar. Uning vakolatlari taъsis shartnomasi bilan tasdiqlanadi. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari bank muassislarini bank tashkil etish bilan bog'liq bo'lgan zarur qonun hujjatlari bilan taъminlaydilar.
1. Tayyorgarlik bosqichi.
Bu davrda bank muassislari o'rtasida bank tashkil etishga kelishiladi, tashabbus guruhi tuziladi, har bir muassisning ustav kapitaliga qo'shilgan ulush miqdori belgilab olinadi, bankning taъsis hujjatlari majmui tayyorlanadi, bankning nomi aniqlanadi, taъsischilar o'rtasidagi kelishuvlar dastlabki shartnoma tarzida rasmiylashtiriladi, uning asosida taъsis shartnomasi tuziladi (FKning 43-moddasi, O'zbekiston Respublikasi «Xo'jalik jamiyatlari va shirkatlari haqida»gi qonunning 3-moddasi) aksiyadorlik tijorat banklarining muassislari bank davlat ro'yxatiga olinguniga qadar yuzaga kelgan majburiyatlar yuzasidan birgalikda javobgar bo'ladilar.
Muassislar tomonidan taъsis shartnomasi imzolanganidan so'ng bir oy mobaynida Markaziy bankka bankni ochish uchun dastlabki ruxsatni berish to'g'risidagi arizani taqdim etadilar.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1) muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan (agar muassis yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs bo'lsa) tasdiqlangan taъsis shartnomasi (uch nusxada, ularning bittasi asl nusxa). Jismoniy shaxslarning imzolari va taъsis shartnomalarining nusxalari notarial idora tomonidan tasdiqlanadi (yagona muassislar bundan mustasno);
2) muassislar tomonidan tasdiqlangan va bank kengashi raisi tomonidan imzolangan bank ustavi (uchta asl nusxada);
3) taъsis yig'ilishining uch nusxada tayyorlangan bayonnomasi. Bu hujjatda bankni tashkil etish, ustav kapitali miqdori, bank ustavi va biznes-rejani tasdiqlash, bank kengashi, boshqaruvi va taftish komissiyasini saylash to'g'risidagi qarorlar bo'lishi lozim. Bayonnoma nusxalari bank kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi;
4) muassislar to'g'risida maъlumotlarni o'z ichiga olgan hujjatlar;
5) tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining besh yoki undan ortiq foiziga egalik qiladigan muassislar qo'shimcha ravishda ariza taqdim qilingunga qadar oxirgi besh yil mobaynida sud yoki davlat organlari tomonidan ularga nisbatan qo'llanilgan barcha jazo choralari to'g'risidagi maъlumotlar. Markaziy bank zarur hollarda mazkur kichik banda keltirilgan maъlumotlarni tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining besh foizidan kam bo'lgan ulushiga egalik qiladigan muassislardan ham talab qilishga haqli;
Bankni tashkil etish uchun dastlabki ruxsatni berish.
Litsenziyalash departamenti bir oy muddat ichida muassislar taqdim etgan hujjatlar to'plamini mazkur Nizom talablariga muvofiqligi nuqtayi nazaridan ko'rib chiqadi. Notarius tasdig'idan o'tkazilishi talab qilinmaydigan va hajmi bir varaqdan ko'p bo'lgan hujjatlar alohida yig'majild shaklida tikilgan bo'lishi lozim.
Taqdim etilgan hujjatlar to'plami to'liq jamlansa va mazkur Nizom talablariga muvofiq kelsa, Litsenziyalash departamenti Markaziy bankning Kredit tashkilotlarini ro'yxatga olish va litsenziyalash komissiyasiga bankni ochish uchun dastlabki ruxsatni berish to'g'risidagi masalani kiritadi, aks holda hujjatlar to'plami qaytarish sababi va qancha muddat ichida hujjatlarni takroran taqdim etish mumkinligi ko'rsatilgan holda qaytariladi.
Hujjatlarni qayta ko'rib chiqish uchun taqdim etish muddati o'n besh ish kunidan oshmasligi lozim. Ushbu muddatdan kechikib taqdim etilgan hujjatlar yangidan taqdim etilgan hisoblanadi. Muassislar tomonidan takroran taqdim etilgan hujjatlarni qayta ishlash uchun ketgan vaqt hujjatlarni ko'rib chiqish uchun belgilangan muddatga kirmaydi.
Dastlabki ruxsatni berish to'g'risidagi qaror barcha zarur hujjatlar ilova qilingan ariza taqdim etilgan kundan boshlab uch oydan kechikmagan muddatda qabul qilinadi.
Markaziy bankning dastlabki ruxsati muassislar moliyaviy imkoniyatlari va obro'si, biznes-reja, kapital tarkibi, moliya rejasi hamda tegishli bank binolari va jihozlari bilan taъminlash imkoniyatlarini baholash asosida beriladi.
Dastlabki ruxsat olinganidan keyin muassislar bankni ro'yxatga olish va litsenziya olish uchun zarur bo'lgan tashkiliy-texnik va boshqa tadbirlarni amalga oshiradilar. Bank boshqaruvi raisi va bosh buxgalteri nomzodlarini tanlanib, Markaziy bankning roziligini olish uchun taqdim etiladi.
Dastlabki ruxsatning olinishi litsenziya berilishini kafolatlamaydi.
Markaziy bank tomonidan berilgan dastlabki ruxsat u olingan kundan boshlab olti oydan oshmaydigan muddat davomida o'z yuridik kuchini saqlab qoladi.
Quyidagi hollarda dastlabki ruxsat amal qilish muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin:
• muassislar yoki bankning rahbar xodimlari tarkibida Markaziy bank talablariga javob bermaydigan o'zgarishlarning yuz berishi yoki yangi ishtirokchilar va bankning rahbar xodimlariga beriladigan rezyume, shaxsiy balans qaydnomasi, biznes- rejaning va yirik muassislar yoki rahbarlarga taalluqli bo'lgan holatlarning o'zgartirilgan qismining taqdim etilmasligi;
• bank mulkiy-huquqiy shaklining o'zgarganligi, biznes-rejadagi va kapitaldagi muayyan tarkibiy o'zgarishlarning sodir bo'lishi;
• muassislar yoki ular bilan bog'liq shaxslar moliyaviy ahvolining yomonlashishi; bankni boshqarish xavfsiz va barqaror bo'lmasligini ko'rsatuvchi holatlarning maъlum bo'lishi;
• qonun hujjatlarini buzganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilganligining aniqlanishi.

2. Bankni davlat ro'yxatidan o'tkazish bosqichi.


Bu bosqich uch davrni o'z ichiga oladi:
Bank ochish haqidagi ariza bilan O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qilish. Bunda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
- yangi tashkil etilayotgan bankni taъsis etish bo'yicha hujjat;
- muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan hamda notarial tartibda tasdiqlangan taъsis shartnomasi. Taъsis etuvchilar jismoniy shaxs bo'lganlarida ularning imzolari notarial tasdiqlanadi;
- muassis aksiyadorlar yig'ilishi tomonidan tasdiqlangan va muassislar tomonidan uch nusxada imzolangan bank ustavi;
- bank tashkil etish haqidagi qaror, ustav kapitalining miqdori va ustavni tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash haqidagi qarorlarni o'z ichiga olgan bank kengashi raisi
tomonidan tasdiqlangan taъsis yig'ilishining bayonnomasi.
Qayd etib o'tilgan hujjatlarning loyihalari Markaziy bankning banklarni litsenziyalash departamenti maъqullaganidan keyingina imzolanadi va tasdiqlanadi.
Bulardan tashqari, Markaziy bankka muassislar to'g'risidagi maъlumotlar:
- bank kengashi aъzolari ro'yxati (kengash raisi, uning birinchi o'rinbosari) ko'rsatilgan holda ushbu shaxslarning Markaziy bank talablariga muvofiq kelishlarini tasdiqlovchi maъlumotlar,
- yangi tashkil etilayotgan bankning tashkiliy tuzilishi,
- ichki audit to'g'risidagi Nizomi,
- kredit siyosati to'g'risidagi Nizomi,
- biznes rejasi,
- ariza topshiruvchining muassislar nomidan ariza topshirish vakolatini tasdiqlovchi hujjat,
- tashkil etilayotgan joydagi Markaziy bank bosh boshqarmasining bank tashkil etishning maqsadga muvofiqligi haqidagi xulosasi,
- muayyan hududida bank tashkil etish mo'ljallanayotganligi haqida mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlariga berilgan bildirishning nusxasi ham topshirilishi lozim.
Tijorat banki filialini tashkil etish paytida ham ushbu hujjatlar (taъsis hujjatlaridan tashqari) taqdim etilishi kerak bo'ladi.
Xorijiy kapital ishtirokidagi tijorat banki tashkil etilayotganda yuqorida ko'rsatib o'tilgan hujjatlarga qo'shimcha ravishda yana quyidagilar taqdim etilishi talab etiladi:
- tegishli xorijiy muassisning bank tashkil etishda ishtirok qilishi haqidagi qarori;
- norezident bankning O'zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlangan ustavi;
- bank joylashgan mamlakat bank nazorat organi tomonidan muassis bank faoliyatini yuritish uchun litsenziyaga egaligi va xususan, qaytarib berish sharti bilan o'z mamlakatida pul depozitlari va boshqa boyliklarni qabul qilish huquqiga egaligini tasdiqlovchi xat;
- bank nazorati organining muassis bankning o'zi joylashgan va ro'yxatdan o'tkazilgan joyda nazorat ostida ekanligi haqidagi yozma tasdiqnoma;
- muassis bankning oxirgi uch moliya yili uchun tuzilgan, auditorlik firmasi tasdiqlagan yillik hisobotlari, shu jumladan, foyda va zararlar haqidagi konsolidatsiyalangan balansi va hisoboti;
- bank nazorati organi muassis bank tashkil etayotgan bankning ustav kapitalida ishtirok etishi uchun bergan yozma ruxsatnomasi yoki bunday ruxsatnoma muassis bank mansub bo'lgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq talab etilmasligining yozma tasdig'i.
Faoliyat yuritib turgan banklar ustav kapitalidagi hissa xorijiy shaxslar tomonidan sotib olinayotganda ham ushbu hujjat xorijiy shaxs tomonidan Markaziy bankka taqdim etilishi lozim bo'ladi.
Banklar Markaziy bankda Tijorat banklarini ro'yxatga olish kitobida ro'yxatga olingan vaqtdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladilar. Ro'yxatga olish bilan bir vaqtda ularga litsenziya beriladi.
Bankni ro'yxatga olish va litsenziya olish uchun muassislar dastlabki ruxsat olingan kundan boshlab uzog'i bilan olti oy muddatda quyidagi talablarni bajarishlari shart:
a) muassislarning vakolatli shaxsi imzolagan bankni ro'yxatga olish va litsenziya berish to'g'risidagi arizani taqdim etish;
b) bankni ro'yxatga olish va litsenziya olish uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan barcha zaruriy talablarni bajarish;
v) bank binolari muhofazasini taъminlash hamda muhandis-texnik qo'riqlash vositalari bilan jihozlash, dasturiy mahsulotlarni tayyorlash;
g) Markaziy bank tomonidan belgilangan minimal talabdan kam bo'lmagan miqdorda bank ustav kapitalini shakllantirish hamda ustav kapitaliga yo'naltirilgan to'lovni tasdiqlovchi hujjatlarni va muassislar ro'yxatini taqdim etish;
d) bank boshqaruvi raisi va uning o'rinbosarlari, bosh buxgalter va uning o'rinbosarlari egallab turgan lavozimlariga kasbiy muvofiqliligini baholash bo'yicha Markaziy bankning ijobiy xulosasini taqdim etish;
e) sanab o'tilgan barcha hujjatlarning fayl (elektron) ko'rinishdagi nusxalarini ham taqdim etish.
Bankni ro'yxatga olish to'g'risidagi ariza taqdim etilganidan so'ng Litsenziyalash departamenti ochilayotgan bankni mazkur Nizomning talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshiradi.
Bankni ro'yxatga olish va unga litsenziya berish to'g'risidagi qaror Markaziy bankning barcha talablari bajarilgan kundan boshlab bir oy ichida qabul qilinadi.
Quyidagilar bankni ro'yxatga olish va unga litsenziya berishni rad etish uchun asos bo'ladi:
a) taъsis shartnomasi va ustavning qonun hujjatlariga mos kelmasligi;
b) bir yoki bir necha muassis moliyaviy ahvolining qoniqarsizligi;
v) muassislar mablag'lari manbalarining deklaratsiya qilinmaganligi (xususiy tijorat banklari ustav kapitalida ishtirok etayotgan rezident jismoniy shaxslardan tashqari);
g) bank ro'yxatga olinadigan vaqtgacha bank eng kam ustav kapitalining shakllantirilmaganligi;
d) bank binolari muhofazasining taъminlanmaganligi hamda muhandis-texnik qo'riqlash vositalari bilan jihozlanmagani, dasturiy mahsulotlarning tayyor emasligi;
e) tashkil etilayotgan bank rahbari va bosh buxgalterining kasbga nomuvofiqligi.
Markaziy bank tomonidan berilgan litsenziya bankka unda ko'rsatilgan faoliyat turlari bilan shug'ullanish huquqini beradi. Tashkil etilayotgan bankni boshqarish imkoniyatlari, umumiy tavakkalchilik va kapital tuzilmasini o'rganish asosida ayrim faoliyat turlari cheklab qo'yilishi mumkin.
Litsenziya uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas. Chet el valyutasida operatsiyalar amalga oshirish uchun banklarga «Tijorat banklariga chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyalar berish qoidalari»ga (ro'yxat raqami 463, 1998-yil 3-avgust) muvofiq bosh yoki ichki litsenziyalar beriladi.
O'zbekiston Respublikasining "Valyutani tartibga solish to'g'risida", "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida" hamda "Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash to'g'risida"gi Qonunlariga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklariga, ularning arizasiga ko'ra chet el valyutasida operatsiyalar o'tkazilishiga, ularning bunga tayyorligidan kelib chiqib litsenziya beradi.
Litsenziyalar bosh litsenziya va ichki litsenziyalarga bo'linadi. Bosh litsenziya tijorat banklariga O'zbekiston Respublikasi hududida hamda chet elda xorijiy valyutadagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun berilgan huquqdir.
Ichki litsenziya tijorat banklariga O'zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi operatsiyalarni to'la yoki cheklangan doirada amalga oshirish uchun berilgan huquqdir.
Chet el valyutasida operatsiyalar o'tkazish uchun bosh yoki ichki litsenziya olgan bank (bundan buyon vakolatli bank deb ataladi) qonunchilikka muvofiq va litsenziya shartlari asosida o'z faoliyatini amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tasdiqlagan talabnomalar asosida tijorat banklari chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirishga qay darajada tayyor ekanligi aniqlanadi. Mazkur talablar malakaviy va texnik talablarga bo'linadi. Tijorat banklari litsenziya olish uchun mazkur qoidalarning ilovasida ko'rsatilgan hujjatlarni topshirishlari kerak.

Xorijiy kapital ishtirokidagi banklar hujjatlarni O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibga muvofiq holda taqdim etadilar. Bir yildan ortiq faoliyat ko'rsatayotgan, yaъni to'la moliyaviy (operatsiya) yilini tugatgan va rasmiy yillik hisobot tayyorlayotgan tijorat banklarining arizalarigina ko'rib chiqish uchun qabul qilinadi.


Litsenziyalar xorijiy kapital ishtirokidagi banklar belgilangan muddatdan ilgari berilishi mumkin. Xususiy tijorat banklariga chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyalar ularning faoliyatiga olti oy to'lishi bilan berilishi mumkin.

Chet el kapitali ishtirokidagi bank va chet el bankining sho'ba


bankini tashkil etishga qo'shimcha talablar.
Faqat moliyaviy ahvoli mustahkam va obro'ga ega bo'lgan norezident banklarga O'zbekiston Respublikasi hududida o'z sho'ba banklarini ochishga yo'l qo'yiladi. Bunda, qisqa muddatli majburiyatlari IVSA, Moodyъs yoki Standart and Poorъs tasniflari bo'yicha A1 (yoki A+) dan past bo'lmagan reytingga ega bo'lgan norezident banklar ustunlikka egadirlar.
O'zbekiston Respublikasi hududida o'z sho'ba bankini ochish yoki bank ustav kapitalida ishtirok etish istagini bildirgan norezident bankning ustav kapitali 500 mln.Evro ekvivalentiga teng summadan kam bo'lmasligi kerak.
Norezident jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan, shuningdek, ellik foizdan ortiq aksiyalari (ishtirokchilar badallari) norezident jismoniy va/yoki yuridik shaxslarning egaligida, foydalanuvida yoki tasarrufida bo'lgan rezident yuridik shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasida tashkil etilgan banklarning aksiyalarini sotib olish, ularga egalik huquqini berish va shu kabi boshqa munosabatlar bo'yicha kelishuvlar faqat Markaziy bankning oldindan ruxsati olinganidan so'ng amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi hududida norezident banklarning filiallarini tashkil etilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Chet el kapitali ishtirokidagi banklar va chet el bankining sho'ba banklarida – bosh buxgalter, boshqaruv raisi o'rinbosari lavozimlariga, boshqaruv raisi o'rinbosarlari bir kishidan ko'p bo'lgan banklarda esa – birinchi o'rinbosar lavozimiga O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tayinlanadi.
Chet el kapitali ishtirokidagi banklarda bank kengashi aъzolarining hech bo'lmaganda bittasi O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lishi lozim, chel bankining sho'ъba banklari bundan mustasno.
Ro'yxatga olingan bankning yuridik yig'ma jildida quyidagi hujjatlar bo'ladi:
a) bank ustavi. Uning titul varag'ida bank ro'yxatga olinganligi to'g'risida belgi qo'yilib, Markaziy bank vakolatli mansabdor shaxsining imzosi va Markaziy bank muhri qo'yiladi;
b) bank tashkil etish to'g'risidagi taъsis shartnomasi (asl nusxa bankda saqlanadi);
v) taъsis yig'ilishi bayoni;
g) bank kengashi raisi imzolagan taъsischilar ro'yxati;
d) O'zbekiston Respublikasi Hukumati qarori nusxasi (bankning muassisi davlat bo'lsa);
e) muassis norezident shaxs tegishli organining O'zbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan bank ustav kapitalida qatnashish yoki sho'ba bank tashkil etish to'g'risidagi qarori;
j) Markaziy bank boshqaruvining bankni davlat ro'yxatiga olish va unga litsenziya berish to'g'risidagi qarori;
z) litsenziya (asl nusxa bankda, nusxalari Markaziy bank va uning tegishli hududiy Bosh boshqarmasi yig'majildida saqlanadi);
i) ro'yxatga olish kartasi.
Yuridik yig'ma jild uch nusxada tayyorlanadi:
- bir nusxa yangi tashkil etilgan bank kengashi raisiga imzo chektirilgan holda topshiriladi;
- bir nusxa Markaziy bankda saqlanadi;
- bir nusxa Markaziy bankning yangi tashkil etilgan bank joylashgan hududdagi Bosh boshqarmasiga yuboriladi.
Bank ro'yxatga olingunga qadar bank nomidan bajarilgan bank operatsiyalari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bank ro'yxatga olinganidan keyin o'n kunlik muddatda o'zi joylashgan hududdagi davlat soliq organiga zarur hujjatlarni topshiradi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2009-yil 15- avgustdagi 703-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Bankni ro'yxatdan o'tkazish va litsenziyalash tartibi»ning 77-bandiga ko'ra, quyidagi holatda litsenziya berish va bankni davlat ro'yxatidan o'tkazish to'g'risidagi arizaning rad etilishiga asos bo'la oladi:
Bankni ro'yxatga olish va unga litsenziya berish to'g'risidagi qaror Markaziy bankning barcha talablari bajarilgan kundan boshlab bir oy ichida qabul qilinadi.
Quyidagilar bankni ro'yxatga olish va unga litsenziya berishni rad etish uchun asos bo'ladi:
a) taъsis shartnomasi va ustavning qonun hujjatlariga mos kelmasligi;
b) bir yoki bir necha muassis moliyaviy ahvolining qoniqarsizligi;
v) muassislar mablag'lari manbalarining deklaratsiya qilinmaganligi (xususiy tijorat banklari ustav kapitalida ishtirok etayotgan rezident jismoniy shaxslardan tashqari);
g) bank ro'yxatga olinadigan vaqtgacha bank eng kam ustav kapitalining shakllantirilmaganligi;
d) mazkur Nizomning IX bo'limi talablariga muvofiq bank binolari muhofazasining taъminlanmaganligi hamda muhandis-texnik qo'riqlash vositalari bilan jihozlanmagani, dasturiy mahsulotlarning tayyor emasligi;
e) tashkil etilayotgan bank rahbari va bosh buxgalterining kasbga nomuvofiqligi Bank tashkil etilganiga qadar, yaъni u davlat ro'yxatidan o'tkazilgunicha uning nomidan amalga oshirilgan bank operatsiyalari haqiqiy hisoblanmaydi.
Bank ro'yxatidan o'tkazilganidan keyin o'n kunlik muddat ichida soliq tortishni tashkil etish uchun moliya-soliq organiga zarur hujjatlarni taqdim qilish zarur.

3. Tijorat banklarini ochish uchun ustav fondining minimal miqdori va uning ahamiyati. Ustav fondini shakllantirish manbalari.


Bankning ustav kapitali bank muassislari va aksiyadorlarining pul mablag'lari hisobidan tashkil topadi. Kreditga va garovga olingan hamda boshqa jalb etilgan mablag'lardan bank ustav kapitalini shakllantirishda hamda bank aksiyalarini sotib olishda foydalanish taqiqlanadi. Mazkur talabga zid holda ustav kapitaliga kiritilgan mablag'lar egalariga qaytarilishi va shu vaqtning o'zidayoq aksiyalar kelgusida sotish uchun bankka topshirilishi lozim.
Alohida hollarda qonun hujjatlariga muvofiq bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun byudjet mablag'laridan foydalanilishi mumkin.
Tashkil etilayotgan bank kapitalining etarlilik darajasini belgilashda quyidagilar asosiy omil hisoblanadi:
- Markaziy bank tomonidan belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdori bo'yicha talablarga muvofiqligi;
- bank kapitali, shu jumladan ustav kapitali miqdorini doimiy ko'paytirib borishning rejalashtirilganligi;
- ko'zda tutilayotgan daromadlar hamda fondlarni shakllantirish istiqbollari; muassislarning zarur hollarda qo'shimcha kapital kirita olish qobiliyati.
Bank ro'yxatga olingunga qadar ustav kapitalini shakllantirish uchun muassislar tomonidan Markaziy bankda yoki resident banklarning birida vaqtinchalik jamg'arma hisobvarag'i ochiladi.
Bank ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdori mazkur vaqtinchalik jamg'arma hisobvaraqda muassislar tomonidan bankni ro'yxatga olingunga qadar to'liq shakllantirilgan bo'lishi kerak.
Ustav kapitalining eng kam miqdori quyidagi miqdorlarda belgilanadi: banklar uchun – 100 mlrd.so'm; mikrokredit tashkilotlari uchun – 2 mlrd.so'm, lombardalar – 500 mln. so'm.
Yangi tashkil etilayotgan banklar uchun ustav kapitali eng kam miqdorining hisob-kitobi Markaziy bank tomonidan valyuta operatsiyalari bo'yicha buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarni yuritish uchun eъlon qilingan evro kursining muassislar tomonidan bank tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilingan (taъsis yig'ilishi o'tkazilgan) kundagi kursidan kelib chiqqan holda milliy valyutada amalga oshiriladi.
Bank ro'yxatga olingandan keyin uning ustav kapitali miqdorida egasi yozilgan aksiyalar chiqariladi va ular muassislar o'rtasida joylashtiriladi.
Har qanday yuridik shaxs singari banklar ustaviga ega bo'lishlari va o'z ustavlari asosida faoliyat ko'rsatishlari kerak. Bank ustavida quyidagi moddalar o'z aksini topgan bo'lishi kerak:
- bankning (to'la va qisqartirilgan) nomi va joylashgan (pochta) manzili;
- bank ko'rsatadigan operatsiyalari ro'yxati;
- ustav kapitalining miqdori, muassislar ro'yxati va ularning ustav kapitalidagi ulushlarining taqsimlanishi;
- bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda vazifalari haqidagi maъlumotlar;
- bank auditi tartibi, shuningdek, buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko'rsatmalari.
Bulardan tashqari bank ustavida boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan maъlumotlar ham bo'lishi kerak.
Qonunda ko'rsatilishicha, kreditga va garovga olingan mablag'lardan va soliqqa jalb etilgan mablag'lardan bankning ustav kapitalini shakllantirish mumkin emas. Ammo alohida olingan hollarda, qonunlarda ko'rsatilgan bo'lsa, byudjet mablag'laridan foydalanishga ruxsat berish mumkin.
Bank kapitalining eng kam miqdori bankni ro'yxatga olgunga qadar uning muassislari tomonidan to'lanishi kerak. Bu to'lanishi kerak bo'lgan mablag'lar O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki boshqa banklarda ochiladigan jamg'arma hisob varag'iga o'tkaziladi.
Bank ustav kapitalining eng kam miqdori Markaziy bank tomonidan Tijorat banklari kapitalining etarliligiga qo'yiladigan talablar to'g'risidagi nizomda (949-sonli, 2000-yil 25-iyul) ko'rsatib berilgan.
Bank ustaviga qo'shimcha va o'zgartishlar kiritish uchun bank aksiyadorlar yig'ilishi yoki muassislarning qaroriga muvofiq belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qilinadi va quyidagi hujjatlar:
- ustavga o'zgarishlar kiritish haqida bank kengashi raisi imzolagan iltimosnoma;
- bank aksiyadorlarining ustaviga o'zgarish va qo'shimcha kiritish haqidagi majlisi bayoni (3- nusxada);
- bank kengashi raisi imzolagan ustaviga kiritilgan o'zgarish va qo'shimchalar ro'yxati (3 nusxada) taqdim etiladi.
Mazkur o'zgarishlar va qo'shimchalar Markaziy bankda ro'yxatdan o'tkazilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
O'zbekiston Respublikasi FKning 49-moddasiga ko'ra, bank muassasini, yaъni yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qo'shib yuborish, qo'shib olish, bo'lish, ajratib chiqarish, o'zgartirish) uning muassislari (ishtirokchilari) yoki taъsis hujjatlarida shunga vakil qilingan yuridik shaxs organi qaroriga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Bankning ustav kapitali bank muassislari va aksiyadorlarining pul mablag'lari hisobidan tashkil topadi.
Kreditga va garovga olingan hamda boshqa jalb etilgan mablag'lardan bank ustav kapitalini shakllantirishda hamda bank aksiyalarini sotib olishda foydalanish taqiqlanadi. Mazkur talabga zid
holda ustav kapitaliga kiritilgan mablag'lar egalariga qaytarilishi va shu vaqtning o'zidayoq aksiyalar kelgusida sotish uchun bankka topshirilishi lozim.
Alohida hollarda qonun hujjatlariga muvofiq bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun byudjet mablag'laridan foydalanilishi mumkin.
Tashkil etilayotgan bank kapitalining etarlilik darajasini belgilashda quyidagilar asosiy omil hisoblanadi:
- Markaziy bank tomonidan belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdori bo'yicha talablarga muvofiqligi;
- bank kapitali, shu jumladan ustav kapitali miqdorini doimiy ko'paytirib borishning rejalashtirilganligi;
- ko'zda tutilayotgan daromadlar hamda fondlarni shakllantirish istiqbollari;
- muassislarning zarur hollarda qo'shimcha kapital kirita olish qobiliyati.
Bank ro'yxatga olingunga qadar ustav kapitalini shakllantirish uchun muassislar tomonidan Markaziy bankda yoki resident banklarning birida vaqtinchalik jamg'arma hisobvarag'i ochiladi.
Bank ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdori mazkur vaqtinchalik jamg'arma hisobvaraqda muassislar tomonidan bankni ro'yxatga olingunga qadar to'liq shakllantirilgan bo'lishi kerak.
Bank ro'yxatga olingandan keyin uning ustav kapitali miqdorida egasi yozilgan aksiyalar chiqariladi va ular muassislar o'rtasida joylashtiriladi.
Bankni qayta tashkil etish aksiyadorlar umumiy majlisi qaroriga ko'ra amalga oshirilishi mumkin. Bu quyidagi hujjatlar taqdim etilgan holda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan amalga oshiriladi:
- bank kengashi raisi tomonidan imzolangan iltimosnoma;
- aksiyadorlar umumiy yig'ilishining bankni qayta tashkil etish to'g'risidagi qarori;
- bankni qayta tashkil etishning taxminiy shartlari, shakllari, tartib va muddatlarini aks ettiradigan hujjatlar;
- qayta tashkil etishning natijalari haqidagi moliyaviy taxminlar, shu jumladan, bankning u qayta tashkil etilganidan keyin hisobkitob balansi va bankni qayta tashkil etish natijasida vujudga keladigan yuridik shaxslar haqidagi maъlumotlar.
Mazkur hujjatlar O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ikki oy davomida ko'rib chiqiladi.
Markaziy bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani bekor qilish uchun mavjud litsenziyani shunday holatga keltirish ancha murakkab huquqiy tadbir bo'lib, tijorat banklari faoliyatining to'xtashi va tugatishida muhim asosdir.
Bank faoliyatini to'xtatish va banklarni tugatish “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonunda hamda Markaziy bankning 240-sonli “Banklarni tugatish tartibi to'g'risida”gi 2005-yil 22-mart 626-1 sonli o'zgartirish kiritilgan Nizomda ko'rsatib o'tilgan. Jumladan bank quyidagi hollarda o'z faoliyatini to'xtatadi: aksiyadorlar yig'ilishining qaroriga ko'ra, Markaziy bank litsenziyani qaytarib olganda, bankrot deb eъlon qilinganda o'z faoliyatini to'xtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni Davlat ro'yxatiga olish daftaridan chiqariladi.
Uning faoliyati to'xtatilganligi matbuotda eъlon qilinadi. Faoliyatni to'xtatish va uni tugatish tartibi nizomda belgilab berilgan. Banklarni tugatish uchun quyidagilar asos bo'ladi:
a) bank operatsiyalarini amalga oshirish litsenziyasi Markaziy bank tomonidan chaqirib olinishi;
b) Markaziy bank roziligi mavjud bo'lgan holda aksiyadorlar yoki muassislar (ishtirokchilar) umumiy yig'ilishining bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to'g'risidagi qarori.
Markaziy bank Boshqaruvining litsenziyani qaytarib olish to'g'risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab bankni tugatish jarayoni yakunlanishiga qadar quyidagi cheklashlar belgilanadi:
a) aksiyadorlar umumiy yig'ilishi, boshqa organlar va bank mansabdor shaxslarining vakolatlari to'xtatiladi, jumladan, ularning mulkni tasarruf etish va majburiyatlarni to'lash, shuningdek, bankni
boshqarish huquqlari bekor qilinadi. Bunda aksiyadorlar umumiy yig'ilishining likvidator hisobotlarini maslahatli tarzda muhokama qilish huquqi saqlanib qoladi;
b) tugatilayotgan bank nomidan yoki uning hisobidan amalga oshirilgan harakatlar ular faqat likvidator tomonidan bajarilgan holdagina yuridik kuchga ega bo'lishi mumkin;
v) bankning barcha qarz majburiyatlari muddati o'tgan hisoblanadi;
g) tugatilayotgan bankning barcha turdagi qarzlari bo'yicha penya va foizlarning hisoblab yozilishi to'xtatiladi;
d) tugatilayotgan bank ishtirokida sudda ko'rilayotgan mulkiy xususiyatga ega bo'lgan tortishuvlar agar ularga doir qabul qilingan qarorlar qonuniy kuchga kiritilmagan bo'lsa to'xtatiladi;
e) bankka tegishli mulkiy xususiyatga ega bo'lgan barcha talablar faqat likvidator nomiga bildirilishi hamda mazkur nizom va amaldagi qonunchilikda ko'zda tutilgan tartibda ko'rib chiqilishi mumkin;
j) tugatish jarayoni boshlangunga qadar sud tomonidan qabul qilingan qarorlar va tugatilayotgan bankka nisbatan mulkiy talablarga oid sudning ijro hujjatlari qonunchilikda belgilangan tartibida ijro etilishi uchun tugatish komissiyasiga topshiriladi. Ammo bu nizom bank bankort deb eъlon qilinganda amalga kiritilmaydi.

Litsenziyaning bekor qilinishi:


- tijorat banki tomonidan yo'l qo'yilgan qonun buzilishi holatiga nisbatan qo'llaniladigan qattiq huquqiy sanksiya;
- qonun buzilish holatiga davlatning o'z boshqaruv muassasasi Markaziy bank orqali bildirilgan munosabati;
- bankning bankrotligi uchun formal asos hisoblanadi.
Litsenziya bekor qilingandan keyin bank mavjud bo'lib turadi, ammo bank operatsiyalarini amalga oshira olmaydi.
Litsenziyani bekor qilish Markaziy bank boshqaruvi tomonidan qo'llanadigan og'ir jazo chorasi hisoblanganligi sababli, boshqa jazo choralari natija bermagan quyidagi hollardagina qo'llaniladi:
- bank to'lov qobiliyatini yo'qotib, passivlari aktivlaridan ortib ketganida;
- litsenziya berilishga asos bo'lgan maъlumotlarning haqiqiy emasligi aniqlanganda;
- bank o'z kreditorlari va omonatchilari oldidagi majburiyatlarini o'tashga qobiliyatsiz bo'lib qolganda;
- hisobot maъlumotlari muntazam ravishda buzib ko'rsatilganda;
- bank operatsiyalarini qonunchilikka va litsenziya shartlariga xilof tarzda amalga oshirilganida;
- litsenziya berilganidan keyin bir yildan ortiq vaqt davomida bank operatsiyalarini amalga oshirishga kirishmasligi oqibatida;
- O'zbekiston Respublikasida sho'ъba bank ochgan xorijiy bank litsenziyasining chaqirib o'z mamlakati tomonidan bekor qilinganida.
Litsenziyani bekor qilinishi Markaziy bankka tijorat bankning sudga murojaat qilmasdan majburiy suratda tugatilishi uchun asos bo'ladi. Buni Markaziy bank tomonidan tayinlangan tugatish komissiyasi amalga oshiradi.
Likvidator (tugatuvchi) Markaziy bank bilan kelishilgan holda aksionerlar umumiy yig'ilishi tomonidan bankni tugatish to'g'risidagi qaror kuchga kirgan kundan boshlab 3 kun mobaynida tayinlanadi.
Tugatish jarayonining maqsadi bank omonatchilari va kreditorlari talablarini tezlik bilan qondirishdan iborat. Bankni tugatish jarayoni Markaziy bank boshqaruvining litsenziyalarni qaytarib olish to'g'risidagi qarori chiqqan kundan boshlangan deb hisoblanadi.
Tugatilayotgan bankning Markaziy bank majburiy zaxiralar hisob varag'ida hisobda turgan mablag'lari tugatuvchi tomondan bankni tugatish jarayoni boshlanganligi to'g'risidagi tasdiqnoma taqdim etilgandan so'ng bankning tugatish hisob varag'ida aks ettiriladi.
Markaziy bank tomonidan tugatish jarayoni boshlangandan so'ng cheklashlar kiritadi, yaъni aksiyadorlar umumiy yig'ilishi, boshqa organlar vakolatlari to'xtatiladi.
Bank hisobidan va nomidan hech qanday ish bajarilmaydi, qarz majburiyatlari muddati o'tgan hisoblanadi. Bankning tugatilish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
- moddiy nazorat va inventarizatsiya;
- aktivlarni tekshirish;
- aktivlarni baholash va sotish;
- sotuvdan tushgan tushumlarni joylashtirish;
- tugatish jarayonini aniqlash.
Markaziy bank tugatish jarayonini nazorat qilib turadi. Bankni tugatish bilan bog'liq bo'lgan barcha xarajatlar mazkur bank hisobidan amalga oshiriladi. Markaziy bankning bankni ixtiyoriy tugatishdan bosh tortishi, shuningdek, bankni majburiy tugatish to'g'risidagi qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat berish mumkin
Bankni tugatish jarayoni ikki xil bo'lishi mumkin: ixtiyoriy tugatish yoki majburiy tugatishdir. Bankni ixtiyoriy tugatish kreditorlar va omonatchilar oldida majburiyatlar bajarilishini taъminlash imkoniga ega bo'lgan bank aksiyadorlari umumiy yig'ilishi tomonidan bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to'g'risida qaror qabul qilingan hollarda amalga oshirilishi mumkin.
Tijorat banklari O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksida ko'zda tutilgan tartibda bank qonunchiligida belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda tugatiladi. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 9-noyabr 1998-yildagi “Banklarni tugatish tartibi to'g'risida” nizomi banklarni tugatish tartibini nazariy asoslari keltirilgan.
Bankni tugatish – boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga huquqiy vorislik tartibida huquqlar va majburiyatlar o'tmagan holda bank faoliyatini tugatishdir.
O'zbekiston Respublikasidning “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi qonunning 19-moddasiga asosan tijorat banklari quyidagi hollarda faoliyatini to'xtatish yoki faoliyatini tugatish mumkin:
- aksiyadorlar yig'ilishining qaroriga ko'ra;
- Markaziy bank litsenziyani chaqirib olganida;
- bankrot deb eъlon qilinganda.

Markaziy bank quyidagi hollarda bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani chaqirib olishi mumkin:


• bank to'lovga qobiliyatsiz bo'lib qolganida, passivlar aktivlardan ko'payib ketganida;
• litsenziya berishga asos bo'lgan maъlumotlarning noto'g'riligi aniqlanganda;
• bank o'z omonatchilari va boshqa kreditorlari oldidagi majburiyatlarini bajarishga qodir bo'lmaganida;
• hisobot maъlumotlari muntazam ravishda buzib ko'rsatilganda;
• qonun hujjatlariga va litsenziya shartlariga zid keladigan bank operatsiyalari amalga oshirilganda;
• litsenziya berilgan paytdan eъtiboran bank operatsiyalarini amalga oshirish bir yildan ortiq muddatga kechikkanda;
• monopoliyaga qarshi qoidalar buzilganda;
• ichki nazorat qoidalari hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog'liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibi buzilganda;
• O'zbekiston Respublikasida o'z sho'ba bankini tashkil etgan chet el bankidan litsenziya chaqirib olinganda.
Banklarning qo'shilishi va yutilishiga taъrif va umumiy tavsif Iqtisodiyotning bank sektori oxirgi o'n yilliklar davomida butun jahonda keskin o'zgarishlarni boshdan kechirmoqda, ushbu o'zgarishlar moliya bozorlarining globallashuvi, moliya sektorining konsolidatsiyalashuvi bilan tavsiflanadi va bu jarayonlar moliyaviy muassasalar sonining qisqarishi, bank biznesi sohasining kengayishida namoyon bo'lmoqda.
Bank biznesi o'z navbatida biznesning baynalminallashuvi va mahsulotlar qatorining diversifikatsiyalashuvi, shu jumladan banklar tomonidan nobank mahsulot va xizmatlar taklifining kengayishida o'z aksini topmoqda. Moliya sektoriga ko'pchilik davlatlarda soliq qonunchiligining o'zgartirilishi va qayta tartibga solinishi katta taъsir o'tkazmoqda. Banklarning qo'shilishi va yutilishi: umumiy yondashuvlar va texnologik jihatlar.
1. Qo'shilish va yutilishning sabablari.
Zamonaviy korporativ boshqaruv nazariyasi va amaliyoti kompaniya va banklarning qo'shilishi va yutilishining bir qator sabablarini ko'rsatib bermoqda. Ushbu sabablarni birma-bir ko'rib chiqamiz.
Qo'shilishi va yutilish natijasida sinergetik samaraga erishishga intilish, yaъni ikki yoki undan ortiq tashkilotlar aktivlarining o'zaro bir-birini to'ldirib boruvchi taъsiri va uning birgalikdagi natijasi bozorda alohida faoliyat yuritayotgan strukturalarning jami natijasidan yuqori bo'lishiga erishish. Sinergetik samaraning kelib chiqishi quyidagilar bilan asoslanadi:
- masshtabni iqtisod qilish;
- o'zaro bir-birini to'ldirib boruvchi resurslarning birlashtirilishi;
- transaksion harajatlarning qisqarishi hisobiga pul mablag'larini tejash;
- bozordagi pozitsiyani mustahkamlash (monopoliyaga aylanish);
- xarajatlarni tejash.
Qo'shilish va yutilishning sabablaridan yana biri boshqaruv sifati va samarasini oshirishga intilish hisoblanadi. Qoidaga ko'ra, kam samarali va boshqaruv tizimi sust bo'lgan banklar va kompaniyalar yutilishga yuz tutadi.
Soliq tizimi bilan bog'liq sabablar ham ushbu jarayonlarga sezilarli taъsir ko'rsatishi mumkin. Yutilayotgan kompaniya maъlum bir soliq imtiyozlariga ega bo'la turib, baъzi sabablarga ko'ra bu imtiyozlardan to'la-to'kis foydalanmayotgan bo'lishi mumkin.
Pul mablag'lari oqimlarini stabillashuv va risklarni kamaytirish bilan bog'liq holda biznesni diversifikatsiyalash ham qo'shilish va yutilishning sabablaridan biri hisoblanadi.
Bank biznesida to'xtaladigan bo'lsak, foizli daromadlarga maъlum bir davriylik xususiyati xos, shuning uchun “kredit” bank tomonidan daromadlarning asosiy manbayini komission to'lovlar tashkil qilgan maxsus moliya muassasasiga ega bo'lish daromadlilikka katta ijobiy taъsir ko'rsatishi mumkin.
Ortiqcha resurslardan foydalanish imkoniyati ham muhim sabablardan biridir. Masalan, yirik moliyaviy resurslarga ega bo'lgan, biroq baъzi bir sabablarga ko'ra ularni joylashtirish imkoniyatlari chegaralangan hududda joylashgan hududiy bank milliy masshtabda faoliyat yuritayotgan yirik bank uchun yutilish obekti sifatida qiziqish uyg'otishi mumkin.
Mutaxassislar tomonidan qo'shilish va yutilishning sabablari sifatida kompaniyaning bozor narxi va uni o'rnini bosish bahosi o'rtasidagi farq mavjudligi ko'rsatiladi. Bank amaliyoti haqida gapiradigan bo'lsak, ko'p hollarda hududiy bankni sotib olib, uni filialga aylantirish “noldan” filial ochishdan ko'ra arzonroq bo'lishi namoyon bo'ladi. Yana bir misol sifatida bank tomonidan protsessing kompaniyasini sotib olinishini ham keltirish mumkin.
Asset-stripping (foyda olish maqsadida qismlarga bo'lib qayta sotish uchun kompaniyani sotib olish) kabi yutilish sababi ham kompaniyani likvidatsion narxi uning bozor narxiga ko'ra yuqoriligi hisobiga amaliyotda ko'p uchrayotgan sabalardan biri ekanligi namoyon bo'lmoqda.
Menejmentning shaxsiy sabablari ham mavjud: qo'shilish va yutilishning bunday sabablari yuqori menejmentning motivatsiyasi kompaniya yoki bankning faoliyati natijalaridan ko'ra ko'proq uning masshtablariga qaratilgan vaqtda vujudga keladi. Maъlumki, yirik kompaniya yoki bankni boshqarish albatta qiyinroq, ammo doim “boshqarish qiyinligi uchun kompensatsiya” degan savol tug'iladi.
2. Strategik jihatlar.
Strategik jihatlar qo'shilish va yutiish to'g'risida boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos hisoblanadi. Makroiqtisodiy sharoit va isteъmolchilarning doimo o'zgarib turuvchi va qiyinlashib boruvchi talablariga moslasha olish qobiliyati biznesni yashashi va rivojlanishining asosiy sharti hisoblanadi.
Demak, agar kompaniya o'z faoliyati chegaralarini kengaytirmasa, yoki doimo o'zgarib turuvchi tashqi sharoitga moslasha olmasa, u o'z kelajagini so'rov beligisi ostiga qo'yayotgan bo'ladi. O'sish va rivojlanishga intilish ko'p hollarda u yoki bu biznesni yaratgan va rivojlantirgan tadbirkorlarning taъsiri ostida yanada kuchayadi.
Ishbilarmon korxonaning ko'lami ko'pincha biznesning kuchli tomoni sifatida qaraladi, bozorda etakchilik qilish, daromadlarning barqarorligi, malakali menejerlarni jalb qila olish imkoniyatlari bilan tenglashtiriladi. Tashqi aksionerlarga ega bo'lgan kompaniyalar uchun dividendlar va bir aksiyaga to'g'ri keladigan foydaning o'sishiga bo'lgan talabning mavjudligi xosdir.
Bu masalalar ham tashqi sharoit ham ichki omillar taъsirida shakllanadigan strategiyada o'z aksini topadi. Strategik opsiyalardan biri bo'lib qo'shilish va yutilish hisoblanadi.
Yutilish yoki qo'shilish jarayoni muvafaaqqiyatli amalga oshirilishi uchun quyidagilar ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishi zarur:
- to'liq shakllangan strategik fikrlash asosidagi strategic yondashuvlar;
- yutilish jarayonini amalga oshirish tartibini tanlash va maqsadini tahlil qilish;
- bitimni moliyaviy va tashkiliy jihatdan to'g'ri strukturaga keltirish;
- bitim amalga oshirilgandan keyingi boshqaruv tartibi va choratadbirlari, shuningdek, yutilayotgan kompaniyaning integratsiyasi jarayoni.
Qo'shilish va yutilishga nisbatan asosiy strategik yondashuvlar sifatida integratsiya va diversifikatsiyani ko'rsatish mumkin. Yutilish natijasida “yutayotgan” kompaniya yangi faoliyat turi bilan shug'ullanishni boshlaydi (diversifikatsiya) yoki o'zining anъanaviy biznesini yanada kuchaytiradi (integratsiya). Amaliyotda ushbu ikki jarayon o'rtasidagi chegara deyarli sezilmaydi, chunki qo'shilish yoki yutilish holatlari ham integratsiya ham diversifikatsiya elementlarini o'z ichiga oladi.
Ilmiy adabiyotlarda yutilish jarayoni vertikal va gorizontal turlarga ajratib ko'rsatiladi. Vertikal integratsiyada yutayotgan kompaniya o'zining ishlab chiqarish zanjirini kengaytiradi.
Misol sifatida qog'oz ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan o'rmon sanoati bilan shug'ullanadigan korxonani sotib olinishini keltirish mumkin. Bunday holatda “yuqoriga yo'naltirilgan” integratsiya sodir bo'ladi, chunki bu orqali kompaniya xomashyo manbalariga yanada yaqinlashadi.
Agarda qog'oz ishlab chiqaruvchi kompaniya kanselyariya tovarlari savdosi bilan shug'ullanadigan do'konlar tarmog'ini sotib olsa, bunda “pastga yo'naltirilgan” integratsiya kuzatiladi, chunki bunda yakuniy isteъmolchiga yaqinlashish amalga oshiriladi.
Vertikal integratsiyalashgan tashkilotlarga anъanaviy misol sifatida yirik neft ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni keltirish mumkin, ular neft etkazishdan boshlab to yoqilg'ini o'zlariga tegishli bo'lgan yoqilg'I quyish stansiyalari orqali realizatsiya qilishgacha bo'lgan barcha operatsiyalarni amalga oshiradilar.
Gorizontal integratsiyada yutuvchi kompaniya o'zining ishlab chiqarish quvvatlarini oshiradi, texnologiyalarini takomillashtiradi va savdo tarmoqlarini kengaytiradi. Qo'shilish va yutilish jarayoni olti bosqichdan iborat bo'ladi.
Birinchi uchta bosqich qo'shilish va yutilishni rejalashtirish jarayonini, qo'shilish va yutilishning potensial obekti bo'yicha tahliliy ishlarni olib borish, qo'shilish va yutilish to'g'risida muzokaralar olib borish va zaruriy bitimni tayyorlash va imzolash jarayonlarini o'z ichiga oladi.
Ikkinchi uchta bosqich bu loyihani amaliy jihatdan amalga oshirishdir. Banklarni qo'shilish yoki yutilish ko'rinishida qayta tashkil etish uchun bir qator omillar sabab bo'ladi.
Qo'shilish va yutilish sabablarini aniqlash juda muhim, chunki aynan shu sabablar ikki yoki undan ortiq bankning birlashishi natijasida uning qimmatroq bo'lishi sabablarini aks ettiradi. Shuni taъkidlash joizki, ko'pchilik qo'shilish va yutilish holatlarining asosiy maqsadlaridan biri bu birlashgan banklarning kapitallashgan bahosini oshirish hisoblanadi.
Yutilish holatida yutayotgan bank moddiy va nomoddiy aktivlarga ega bo'ladi, shuningdek bankning tashkiliy strukturasini ham egallab oladi.
Moliya nazariyasi nuqtayi nazaridan qaraganda qo'shilish va yutilish holatlari bu oddiy investitsion qaror hisoblanadi va unda biror bir bank boshqa bankning jami aktivlariga ega bo'lish evaziga maъlum bir summani to'laydi (yoki bankrot bankni olayotgan holatda uning zarari va majburiyatlarini o'z bo'yniga oladi).
Demak, qo'shilish ham boshqa investitsion qarorlar kabi bankning sof joriy qiymatini oshirishga qaratilgan holatdagina amalga oshirilishi zarur. Endi banklarni tugatish tartibini o'rganib chiqamiz. Bank ixtiyoriy yoki majburiy ravishda tugatilishi mumkin. Bunda Markaziy bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya chaqirib olinadi.
Ixtiyoriy tugatish.
Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish kreditorlar va omonatchilar oldida majburiyatlar bajarilishini taъminlash imkoniyatiga ega bo'lgan bank aksiyadorlari umumiy yig'ilishi tomonidan bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to'g'risida qaror qabul qilingan holda amalga oshirilishi mumkin.
Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish quyidagi tadbirlarni o'z ichiga oladi:
- bank aksiyadorlar yoki muassislar umumiy yig'ilishi qaroriga asosan bankni ixtiyoriy ravishda tugatishga ruxsat berish to'g'risidagi iltimosnoma bilan Markaziy bankka murojaat qilishi lozim.
- bankni ixtiyoriy ravishda tugatishga ruxsat berish to'g'risidagi iltimosnoma aksiyadorlar yoki muassislar umumiy yig'ilishi vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan bo'lishi zarur.
Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to'g'risidagi iltimosnoma bilan birga Markaziy bankka quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
 aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan bankni tugatish to'g'risidagi tugatish sabablari ko'rsatilib qabul qilgan qarori;
 bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to'g'risidagi iltimosnoma bilan Markaziy bankka murojat qilingan vaqtdagi balans hisoboti;
 tugatish komissiyasi aъzolari ro'yxati;
 aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tasdiqlagan tugatish rejasi.
Markaziy bank iltimosnoma qabul qilingan kundan boshlab bir oy davomida bankni ixtiyoriy ravishda tugatishga rozilik berish to'g'risida qaror qabul qiladi. Markaziy bank ushbu iltimosnomaga rozi bo'lmasa bank rahbarlari va aksiyadorlariga bankni ixtiyoriy ravishda tugatishga rozilik bermasligi to'g'risida asoslangan qarorni etkazadi.
Markaziy bank zarur hollarda tugatish rejasi va jadvalini ko'rib chiqish yoki boshqa hujjatlar va maъlumotlarni talab qilishi mumkin.
Likvidator Markaziy bankning tugatish to'g'risidagi roziligi olingandan keyin, kreditorlar o'z talablarini bildirishi mumkin bo'lgan manzilni ko'rsatgan holda ushbu maъlumotni kamida ikki respublika gazetasida eъlon qilishi lozim. Talab qilinayotgan barcha choralar bajarilgach tugatish komissiyasi aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tasdiqlaganidan so'ng 7 kun ichida Markaziy bankka hisobot va tugatish balansini taqdim etishi lozim.
Majburiy tugatish. Bankni majburiy tarzda tugatish Markaziy bankning bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasini chaqirib olish to'g'risidagi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Markaziy bankning litsenziyani qaytarib olish to'g'risidagi qaroriga asosan bankni majburiy ravishda tugatish quyidagi asoslarga ko'ra amalga oshiriladi:
a) passivlarning aktivlardan oshib ketishi tufayli bankning to'lovga layoqatsiz bo'lib qolishi;
b) litsenziya berilishiga asos bo'lgan maъlumotlarning noto'g'ri ekanligi aniqlanishi;
v) bank o'z omonatchilari yoki boshqa kreditorlari oldidagi majburiyatlarni bajarishga layoqatsizligi;
g) hisobot maъlumotlarining muntazam ravishda buzib ko'rsatilishi;
d) qonunchilikka hamda omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga real xavf soluvchi litsenziya shartlariga zid bo'lgan bank operatsiyalarining amalga oshirilishi;
e) litsenziya berilgan vaqtdan boshlab bir yildan ortiq muddatda bank operatsiyalarini bajarishni kechiktirish;
j) monopoliyaga qarshi qoidalarning buzilishi;
z) O'zbekiston Respublikasi hududida sho'ba bankni tashkil etgan xorijiy davlat banki litsenziyasining qaytarib olinishi.
Bank tomonidan yo'l qo'yilgan omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga real xavf soluvchi tartibbuzarliklarga quyidagilar kiradi:
a) amaldagi qonunchilik va Markaziy bank meъyoriy hujjatlarining buzilishi;
b) xavfli yoki nosog'lom bank faoliyatining yuritilishi;
v) bankning Markaziy bank ko'rsatmalarini atayin va uzoq muddat bajarmasligi;
g) bank tomonidan hujjatlar yoki yozishmalarning Markaziy bank inspektorlaridan yashirilishi yoki bank nazorati xizmatiga talab etilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortilishi.
Bank kapitalining etarlilik koeffitsienti darajasi Markaziy bank belgilagan ushbu iqtisodiy meъyorning 7.5 foizidan kam bo'lishi, bank ketma-ket keluvchi har uch chorakda bank regulyativ kapitalining 10 foizidan yoki vaqtdan qatъiy nazar regulyativ kapitalning 50 foizidan ortiq miqdorda potensial zarar ko'rishi yoki ko'rishi mumkin ekanligi, omonatchilar va kreditorlarning bankka ishonib topshirgan mablag'lari butligiga real xavf soluvchi boshqa hollar bank faoliyati omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga real xavf soladi deb tan olinadi. Bular ham bank faoliyatiga salbiy taъsir ko'rsatib, banklarini tugatilishiga olib kelishi mumkin.

5. O'zbekiston Respublikasida tijorat banklarini tugatish tartibi


va uning huquqiy asoslari.
Tijorat banklari faoliyatini tugatish – boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga huquqiy vorislik tartibida huquqlar va majburiyatlar o'tmagan holda bank faoliyatini tugatishdir.
O'zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi qonunning 19-moddasiga asosan tijorat banklari quyidagi hollarda faoliyatini to'xtatish yoki faoliyatini tugatish mumkin:
- aksiyadorlar yig'ilishining qaroriga ko'ra.
- Markaziy bank litsenziyani chaqirib olganida.
- bankrot deb eъlon qilinganida.
Shu bilan bir qatorda, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini muhofaza qilish to'g'risida”gi Qonunning 101–104-moddalariga muvofiq tijorat banklari aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to'g'risida qaror qabul qilingan yoki O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki bankdan bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya qaytarib olingan hollarda tugatilishi mumkin.
Likvidator yoki tugatish komissiyasi Markaziy bank bilan kelishilgan holda aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan bankni tugatish to'g'risidagi qaror kuchga kirgan kundan boshlab uch kun mobaynida tayinlanadi.
Tugatish komissiyasi tarkibiga Markaziy bank va uning bank joylashgan manzil bo'yicha hududiy Bosh boshqarmasi mutaxassislari kiritilishi mumkin. Banklar O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksida ko'zda tutilgan tartibda bank qonunchiligida belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda tugatiladi.
Tugatish jarayonining maqsadi bank omonatchilari va kreditorlari talablarini tezlik bilan qondirishdan iborat. Bank ixtiyoriy yoki majburiy ravishdatugatilishi mumkin Bank Markaziy bank tomonidan tugatilganda bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya, shuningdek, ayrim operatsiyalarni bajarish uchun berilgan litsenziyalar chaqirib olinadi.
O'z faoliyatini to'xtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni davlat ro'yxatiga olish daftaridan chiqariladi. Bankning faoliyati to'xtatilganligi haqidagi xabar matbuotda eъlon qilinadi.Bank faoliyatini to'xtatish va uni tugatish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Bankni tugatish jarayoni Markaziy bank Boshqaruvining litsenziyalarni qaytarib olish to'g'risidagi qarori chiqqan kundan boshlangan deb hisoblanadi. Markaziy bank Boshqaruvining litsenziyalarni qaytarib olish to'g'risidagi qarori u qabul qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Qaror u qabul qilingan kuni bank rahbariyatiga mazkur qarorni olganligi to'g'risida imzo qo'ydirilgan holda topshiriladi.
Bankni tugatish to'g'risida qaror qabul qilingandan keyin, Markaziy bank Banklarni ro'yxatga olish Davlat kitobiga bankda tugatish jarayoni ketayotganligi to'g'risidagi yozuvni kiritadi.
Tugatilayotgan bankning Markaziy bank majburiy zaxiralar hisobvarag'ida hisobda turgan mablag'lari tugatuvchi tomonidan bankni tugatish jarayoni boshlanganligi to'g'risidagi tasdiqnoma taqdim etilganidan so'ng uch kunlik muddatda tugatilayotgan bank joylashgan Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasi huzuridagi Hisob-kitob kassa markazida ochiladigan bankning tugatish hisob varag'iga qaytariladi.
Markaziy bank Boshqaruvining litsenziyani qaytarib olish to'g'risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab bankni tugatish jarayoni yakunlanishiga qadar quyidagi cheklashlar belgilanadi:
- aksiyadorlar umumiy yig'ilishi, boshqa organlar va bank mansabdor shaxslarining vakolatlari to'xtatiladi, jumladan, ularning mulkni tasarruf etish va majburiyatlarni to'lash, shuningdek, bankni boshqarish huquqlari bekor qilinadi. Bunda aksiyadorlar umumiy yig'ilishining likvidator hisobotlarini maslahatli tarzda muhokama qilish huquqi saqlanib qoladi;
- tugatilayotgan bank nomidan yoki uning hisobidan amalga oshirilgan harakatlar ular faqat likvidator tomonidan bajarilgan holdagina yuridik kuchga ega bo'lishi mumkin;
- bankning barcha qarz majburiyatlari muddati o'tgan hisoblanadi;
- tugatilayotgan bankning barcha turdagi qarzlari bo'yicha penya va foizlarning hisoblab yozilishi to'xtatiladi;
- tugatilayotgan bank ishtirokida sudda ko'rilayotgan mulkiy xususiyatga ega bo'lgan tortishuvlar agar ularga doir qabul qilingan qarorlar qonuniy kuchga kiritilmagan bo'lsa to'xtatiladi;
- bankka tegishli mulkiy xususiyatga ega bo'lgan barcha talablar faqat likvidator nomiga bildirilishi hamda mazkur nizom va amaldagi qonunchilikda ko'zda tutilgan tartibda ko'rib chiqilishi mumkin;
- tugatish jarayoni boshlangunga qadar sud tomonidan qabul qilingan qarorlar va tugatilayotgan bankka nisbatan mulkiy talablarga oid sudning ijro hujjatlari qonunchilikda belgilangan navbat tartibida ijro etilishi uchun tugatish komissiyasiga topshiriladi.
Bankni tugatish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
- moddiy nazorat va inventarlash;
- aktivlarni tekshirish;
- aktivlarni baholash va sotish;
- sotuvdan tushgan tushumlarni joylashtirish;
- tugatish jarayonini yakunlash.
Markaziy bank bankni tugatish jarayonini nazorat qilib turishi shart. Ushbu maqsadlarda Markaziy bank muntazam ravishda bank aktivlarini baholash, bu aktivlarni tugatish va daromadlarni taqsimlash to'g'risida hisobotlar olib turadi.
Tugatish komissiyasi raisi etib tayinlagan shaxs yoki likvidator sifatida yollanayotgan yuridik shaxs rahbari, shuningdek, likvidatorning bosh buxgalteri sifatida yollangan shaxs va tugatish komissiyasining boshqa aъzolari Markaziy bankning banklar rahbarlari va bosh buxgalterlariga nisbatan qo'ygan malaka talablariga mos kelishi lozim. Likvidator, ekspertlar va tugatish jarayonida band bo'lgan boshqa shaxslar faoliyatiga haq to'lash shartlari likvidator tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan tugatish rejasida qayd etiladi.
1990-yillarning oxiri 2000-yillarning boshida respublikamizda tijorat banklarining soni 40 tadan oshgan. Lekin Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga javob bermaslik holatlari natijasida bir necha banklarning litsenziyasi Markaziy bank tomonidan chaqirib olindi. Bu banklar butunlay yopildi.
Meva Sabzavot bank, Avtodorbank, Avia banklar boshqa banklar tomonidan qo'shib olindi, jumladan, Avia bank Kapital bankka, Avtodorbank Asaka bankka qo'shib olindi.
Yopilgan banklarga Nur-Anvar bank, Karvon bank, Parvina bank, Alp-Jamol banklarni kiritish mumkin. Oxirgi 3 yil davomida yana 4 ta bank yopildi, bular: O'ktam bank, Samarqand bank, Kredit-standart bank va Amir bank. Amir bankning litsenziyasi 2014-yilning iyun oyi boshida chaqirib olindi.
Bu banklar litsenziyasining chaqirib olinishi O'zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati” to'g'risidagi qonunining 14-moddasiga hamda “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi qonunining 53-moddasiga binoan amalga oshirildi.

Nazorat savollari:


1. Nima uchun Markaziy bank banklarning banki deb yuritiladi?
2. «Markaziy bank mustaqilligi» deganda nima tushuniladi?
3. Markaziy bankning bosh maqsadi va asosiy vazifalari nimalardan iborat?
4. Nimalar Markaziy bank uchun taqiqlangan faoliyat turlari hisoblanadi?
5. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida Markaziy bank nimalarga haqli?
6. Markaziy bank boshqaruvining o'ziga xos xususiyatlari nimada?
7. Bank boshqaruvi qanday vakolatlarga ega?
8. Qaysi hollarda Markaziy bank raisi o'z lavozimidan ozod etiladi?
9. Markaziy bank boshqa banklar faoliyatini qanday iqtisodiy dastaklarga asoslanib tartibga soladi?
10. Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qilishda qanday vakolatlarga ega?
Yüklə 35,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin