REJA:
1.Yozuvning gigienik shartlari.
2. Yozishga o‘rgatishda bajarilishi lozim bo‘lgan qoidalar.
3. Husnixatda yozish uchun lozim bo‘lgan metodik shartlar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Yozuvning gigienik shartlari. Gigiyenik talablarga ko‘ra maktab jihozi o‘quvchining bo‘yiga mos kelishi lozim. Jihozning o‘quvchining bo‘yiga to‘g‘ri kelmasligi umurtqa pog‘onasining qiyshayishiga va uzoqni ko‘ra olmaslik kasalligiga olib keladi.
Kuzatishlarning natiijasiga ko‘ra o‘quvchi bir - biridan bo‘yi - bo‘yicha 10 sm ko‘p bo‘lmagan holda farqlansa, ularni bir xil o‘lchamdagi maktab jihoziga o‘tkazish mumkin. Jihozni bolaning yoshiga mos holda tanlab olish uchun o‘quv yilining boshida uning bo‘yini o‘lchash va bo‘yiga mos maktab jihoziga o‘tqazish kerak.
Bo‘yni 0,5 smgacha aniq va to‘g‘ri o‘lchash lozim. bo‘yni bo‘y o‘lchagich bilan yoki o‘quvchini orqasi bilan devorga yopishib turishini ta’minlab, oyoqlari tovonlarini birlashtirib, oyoq uchlarini chetga ochgan holda devorga tekis holda tegib turishi lozim. Devorda o‘lchashni qulaylashtirish uchun devorga (plintus qalinligida) santimetrlarga bo‘lingan doskani qoqish kerak bo‘ladi.
O‘quvchini devor yoniga qo‘yib, to‘g‘riga qarash taklif etiladi va boshiga to‘g‘ri burchakli uchburchak qo‘yiladi, uchburchakning bir kateti o‘quvchining boshiga, ikkinchi uchi esa o‘lchagichli devorga qo‘yiladi, ana shundan uning bo‘yi aniqlanadi.
O‘quvchilarni o‘tqazish paytida ularning ko‘rish va eshitish qobiliyatlarini ham hisobga olish lozim bo‘ladi. Yaxshi ko‘rmaydi-gan yoki eshitmaydigan o‘quvchini o‘qituvchining stoli yaqiniga o‘tqazish maqsadga muvofiqdir.
Sinfda yorug‘lik me’yorda bo‘lishi kerak. Sinfda ko‘rish qobiliyati me’yorda bo‘lgan o‘quvchi yozuv taxtasiga yozilishi lozim bo‘lgan kattalikdagi yozuv belgilarini ko‘ra olishi mumkin bo‘lgan yorug‘lik bilan ta’minlanishi lozim. Yorug‘lik juda ham ko‘zni qamashtiradigan darajada bo‘lishi kerak emas. Yorug‘lik yozayotgan o‘quv xonasining chap tomonidan tushib turishi to‘g‘ri hisoblanadi.
Agar oynalar o‘quvchining old tomonida joylashgan bo‘lsa, yorug‘lik unga old tomonidan tushadi va ko‘z setkachasini zararlan-tiradi. O‘ng tomondan joylashgan oynalar o‘quvchi qo‘lining soyasi qog‘ozga tushib uni qorong‘ulashtirib qo‘yishi bilan noqulaylik tug‘diradi.
Agar yorug‘lik manbai orqada joylashgan bo‘lsa, stolga o‘quvchining butun gavdasining soyasi tushadi.
Bu talablar sinf xonasini yoritadigan tabiiy (kunduzgi) va sun’iy yorug‘likka barobar qo‘yilgandir.
Husnixat bilan to‘g‘ri yozish nafaqat sinf, balki sinfdan tashqari vaqtdagi ishlarda ham o‘quvchiga singdirib boriladi.
Barcha to‘g‘ri tashkil etilgan ishlar katta tarbiyaviy va amaliy ahamiyatga ega, ular bolalarda to‘g‘ri, husnixat bilan yozish malakalarini hosil bo‘lishida katta rol o‘ynaydi.