I-bob. Korxona bozor iqtisodiyotining xojalik subyekti



Yüklə 127,52 Kb.
səhifə1/8
tarix07.01.2024
ölçüsü127,52 Kb.
#203700
  1   2   3   4   5   6   7   8
Almatov H.kurs ishi



MAVZU:KORXONA BOZOR IQTISODIYOTINING XOJALIK SUBYEKTI, MILLIY IQTISODIYOT RIVOJLANISHIDA KORXONANING O’RNI VA ROLI.
REJA:
KIRISH.
I-BOB. KORXONA BOZOR IQTISODIYOTINING XOJALIK SUBYEKTI.

    1. .Korxonani tashkil etish, faoliyatini tugatish tamoyillari va tartib-qoidalar.

1.2.Korxonalar faoliyatini litsenziyaiash tartibi.
II-BOB. MILLIY IQTISODIYOT RIVOJLANISHIDA KORXONANING O’RNI VA ROLI.
2.1. Korxonaning belgilari, funktsiyalari va vazifalari.
2.2 Korxonalarni tasniflash.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
XULOSA.

MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………3
I-BOB. KORXONA BOZOR IQTISODIYOTINING
XOJALIK SUBYEKTI…………………………………………………………..5
Korxonani tashkil etish, faoliyatini tugatish tamoyillari
va tartib-qoidalar………………………………………………………….……….5
Korxonalar faoliyatini litsenziyaiash tartibi……………………………….………7
II-BOB. MILLIY IQTISODIYOT RIVOJLANISHIDA KORXONANING O’RNI VA ROLI.………………………………………………………..………16
Korxonaning belgilari, funktsiyalari va vazifalari………………………..………16
Korxonalarni tasniflash.. .…………………………………………………...……25
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………….……29
XULOSA…………………………………………………………………………30




KIRISH
Hozirgi vaqtda innovatsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishning eng xarakterli xususiyatlaridan biriga aylanib bormoqda. Yaqinda bu nom ekzotik, noma'lum va hatto professionallar orasida ham unchalik aniq bo'lmagan narsani eslatardi, ammo endi innovatsiyaning o'zi ham, uning tushunchalari ham dunyoni tezda zabt etmoqda. Innovatsion jarayonda jiddiy rol o'ynaydigan va innovatsiyalarni korxonalar uchun strategik resursga aylantiradigan xalqaro kapital bozori kengayib bormoqda, bu borada unga yangi moliyaviy tuzilmalar unga yordam bermoqda.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, innovatsiyalarga ko'pincha odamlarning bevosita salbiy munosabati va pozitsiyasi to'sqinlik qiladi. Biroq, O‘zbekistonda 1/2022, yanvarfevral (№ 00057) “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 239 http://iqtisodiyot.tsue.uz paradoksal vaziyat rivojlanmoqda, ya'ni butun jamiyat innovatsion jarayonlarga ijobiy munosabat va qo'llab-quvvatlashni bildirayapti.
Xususan, O‘zbekistonda qabul qilingan ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar ва ижтимоий тармоқларда кенг муҳокамага қўйилган қонун лойиҳалариda o‘z aksini topgan. Innovatsion faoliyat to‘g‘risida 2020 yil 27 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi to‘g‘risida”gi prezident farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 26 martdagi PF-5975- son Farmoni , «O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2020 yil 26 martdagi PQ-4653-son, «Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2020 yil 13 oktabrdagi PQ-4862-son qarorlari, “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish to‘g‘risida ” 2021 yil 17 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori kabi myoriy hujjatlar shular jumlasidandir.
Ushbu hujjatlarni qabul qilishdan maqsad tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi tadbirkorlarni vujudga keltirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, innovatsion tizimning salohiyati va samaradorligini oshirishga ko‘maklashish, innovatsiyalar uchun qulay bo‘lgan normativhuquqiy, moliyaviy va axborot muhitini yaratishdan iborat. Shuningdek, sanoatda raqobatbardoshlik va mahsuldorlikni oshirish, yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushini oshirishni rag'batlantirish, ishlab chiqarishni ko'paytirish va ishlab chiqarish va eksport tarkibida ulushni oshirish, innovatsion texnologiyalar va ilg'or boshqaruvni qo'llashni kengaytirishдир. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish, yangi tadbirkorlarni vujudga keltirish orqali tizimning salohiyati va samaradorligini oshirishga ko‘maklashish tadqiqot ishining maqsadi hisoblanadi.
Tadqiqotning vazifalari esa sanoatda raqobatbardoshlik va mahsuldorlikni oshirish bosqichlarini tadqiq qilish va uning о‘ziga xos xususiyatlarini asoslash; yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushini oshirishni rag'batlantirish, ishlab chiqarishni ko'paytirish va ishlab chiqarish va eksport tarkibida ulushni oshirish, innovatsion texnologiyalar va ilg'or boshqaruvni qo'llashni kengaytirishга ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashdan iboratdir.



Yüklə 127,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin