MUNDARIJA
KIRISH
|
|
I-BOB. Korxonalarda innovatsion faoliyatni ragʻbatlantirish tizimini tashkil etishning nazariy-uslubiy asoslari
|
1.1.
|
Korxonalar raqobatbardoshligini ta’minlashda innovatsion faoliyatni tashkil etish zaruriyati
|
|
1.2.
|
Innovatsion jarayonlar bosqichlari va ulardagi vazifalar
|
|
1.3.
|
Innovatsion faoliyatini rag'batlantirish tizimi va unga ta’sir etuvchi omillar
|
|
II-BOB “Andijon don mahsulot” AJda innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish tizimi tahlili
|
2.1.
|
“Andijon don mahsulot” AJning tashkiliy-iqtisodiy tavsifi
|
|
2.2.
|
“Andijon don mahsulot” AJning ishlab chiqarish- xo‘jalik faoliyatiga iqtisodiy baho
|
|
2.3
|
“Andijon don mahsulot” AJda innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish holati tahlili
|
|
III-BOB “Andijon don mahsulot” AJda innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari
|
3.1.
|
“Andijon don mahsulot” AJda xodimlarni boshqarish tizimida xorijiy tajribalardan foydalanish
|
|
3.2.
|
“Andijon don mahsulot” AJ innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish chora- tadbirlari
|
|
XULOSA
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
|
|
ILOVALAR
|
|
KIRISH
Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonlari davom etar ekan, uning barcha bo’g’inlarida albatta o’zgarishlar sodir bo’lishi va yangi iqtisodiyot barpo bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o’z asarlarida iqtisodiyotni modernizatsiyalashni juda keng va atroflicha targ’ib etib, “iqtisodiyotimizda chuqur islohotlarni davom ettirish; yurtimizga zamonaviy texnologiyalarni olib kelib, ishlab chiqarishni yangilash va modernizatsiyalash jarayonlarini tezlashtirish siyosatini izchil amalga oshirish lozim”1, deb ta’kidlaydi. Ushbu fikrlaridan yaqqol ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan asosiy maqsad ishlab chiqarishni yangilash, modernizatsiyalash orqali butunlay “yangi iqtisodiyotni”, ya’ni eng zamonaviy raqobatbardosh iqtisodiyotni yaratishdan iboratdir.
“Yangi iqtisodiyot” iborasini keng va turlicha talqin qilish mumkin. Xorijlik iqtisodchi olim R.Alkali o’zining “Yangi iqtisodiyot: genezis, evolyutsiya samara” nomli asarida: “...bu mehnat samaradorligining oshishiga ta’sir qiluvchi innovatsiyalar va biznes yuritishning yangi usullarini intensiv joriy qilish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiyotdir”2 deb hisoblaydi. Yuqoridagi olim ta’rifidan ham ko’rinib turibdiki, zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning asosiy xususiyatlarini ishlab chiqarishni yangilash, modernizatsiyalash belgilab bermoqda. Buning natijasida: iqtisodiy faoliyatning global elektron muhiti shakllantirilmoqda; biznesni tashkil etishning yangi tarmoqli shakllari yaratilmoqda va masofaviy mehnat munosabatlari keng tarqalmoqda va boshqalar. Ushbu holatlarning barchasi bizning ham zamonaviy iqtisodiyotimizda amal qilib kelmoqda. Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni hayotga tadbik etishda, axolinig ijtimoiy turmush tarzini yanada ko’tarishda, qolaversa xalqning farovon xayoti uchun bevosita o’z ta’sirini ma’lum bir ma’noda o’tkazishda, siyosiy-ijtimoiy nuqtai nazardan ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi omil sifatida hayotiy siklda bevosita ishtirok etuvchi korxona-tashkilotlarning o’rni bozor munosabatlari davrida muhim ahamiyatni kasb etadi.
2022-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2022-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturi ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida qilgan ma’ruzasida “Fransiyadagi dunyoning eng yaxshi beshta biznes maktabi qatoriga kiradigan “Inssad” xalqaro biznes maktabining 2022-yilgi “Innovatsiyalarning global indeksi” ma’ruzasida bayon etilgan ma’lumotlarni keltirish o‘rinli, deb o‘ylayman. Ma’ruza Jahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda tayyorlangan. Ushbu ma’ruzada dunyoning 141 mamlakatidagi innovatsion rivojlanish kompleks tarzda tahlil qilingan. Tahlilning asosiy tarkibiy qismlaridan biri inson kapitalini rivojlantirish darajasi bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha bizning mamlakatimiz 35-o‘rinni egallagan”3 deb aytib o’tdi.
Zamonaviy texnologiyalar asosida korxonalarda yangicha ishlab chiqarishni tashkil qilish, qo’shimcha xizmat turlarini taklif etish va mavjud mahsulot va xizmat turlarining sifatini oshirish asosida korxonalarni boshqarishni innovatsion jihatdan rivojlantirish zaruriyati bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligini belgilab beradi
Har qanday milliy iqtisodiyotning rivojlanishi uning hududlarini muvozanatli va barqaror rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Mintaqalar va ularning hududlarini barqaror rivojlanishida esa sanoat tarmoqlarining ahamiyati yuqoridir. Chunki sanoat tarmoqlari iqtisodiy o‘sish sur’atini ta’minlash bilan bir qatorda, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va mahalliylashtirilishini rag‘batlantirish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini o‘sishiga zamin yaratadi. Sanoat sohasida qazib olingan, ishlab chiqarishda yaratilgan barcha xomashyolarni qayta ishlash, ulardan turli xil mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga diversifikatsiyalashuv jarayonlari takomillashadi. Dunyo tajribasida rivojlangan va yuqori o‘sish sur’atlariga ega bo‘lgan mamlakatlar amaliyoti ko‘rsatishicha, ular muvaffaqiyatlari asosan sanoat tarmoqlarida, xususan qayta ishlovchi sanoat korxonalaridagi tuzilmaviy o‘zgarishlar natijasida yuzaga kelgan. Sanoatning boshqa tarmoqlardan farqli jihati - yuqori darajadagi qo‘shimcha qiymat yaratishidadir. Qo‘shimcha qiymat – bu aniq turdagi mahsulotni yaratish, qayta ishlash, marketing faoliyatini olib borish va pirovard iste’molga chiqarilgunga qadar ishlab chiqarish jarayonining ketma-ketligidir.
Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, innovatsion faoliyatga ta’sir o‘tkazuvchi omillarning tasnifi ayni vaqtda ishlab chiqilmagan. Ko‘plab mualliflar korxonaning innovatsion faoliyatiga ta’sir o‘tkazuvchi omillarga o‘z e’tiborini qaratishgan. T.G. Filosofova o‘z asarida, sanoat korxonalarida innovatsiyalarga to‘sqinlik etuvchi quyidagi omillarni qayd etib o‘tgan: -iqtisodiy - moliyaviy resurslar bilan kam ta’minlanganlik, davlat tomonidan kam moliyalashtirilish, innovatsiyalarni targ‘ib qilishga yuqori sarf-harajatlar, iqtisodiy xavfning yuqori darajasi, innovatsiyalar qaytimlarining uzoq muddati; -ishlab chiqarish - malakali kadrlar yetishmasligi, yangi texnologiyalar, sotish bozorlari to‘g‘risida zarur ma’lumotlarning yo‘qligi, tashkilotning innovatsiyalarni tezda qabul qila olmasligi, boshqa tashkilotlar, korxonalar va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikni yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi yoki yo‘qligi; -boshqa omillar - innovatsion mahsulotga iste’molchilar tomonidan past narxdagi talab, innovatsion faoliyatda yetarlicha qonuniy va meyoriy-huquqiy asoslarning, tartibga solishning yo‘qligi, davlat tomonidan innovatsion faoliyatni yetarlicha rag‘batlantirilmasligi, sust rivojlangan innovatsion infratuzilma, texnologiya bozorida rivojlanishning yo‘qligi. A.A. Bovin esa tashkilotning innovatsion muhitiga quyidagi ta’sir o‘tkazuvchi omillarni keltirib o‘tadi va tahlil qiladi: -ijtimoiy infratuzilma (ishchilarning ta’lim, tibbiy va madaniy inshootlardagi xizmatlardan foydalanish imkoniyati); -aloqa sohasi (aloqa, axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati mavjudligi); -tabiiy - geografik sharoitlar (transport, moddiy-texnik, energiya, yoqilg‘i va xomashyo resurslarining mavjudligi); -texnologik va ilmiy-texnik soha (ishlanmalar bozorining mavjudligi, ilmiytadqiqot institutlari va boshqalarning mavjudligi); -iqtisodiy va moliyaviy soha (innovatsion faoliyatni davlat tomonidan milliy va mintaqaviy darajada qo‘llab-quvvatlanishi, innovatsion ishlanmalardan manfaatdor investorlarning mavjudligi); -siyosiy-huquqiy soha (innovatsion va ilmiy-texnik sohani huquqiy tartibga solishda milliy, mintaqaviy reja va dasturlarning mavjudligi); -xo‘jalik yuritishning strategik qamrovi (bozorning muayyan segmentida innovatsiyalarning paydo bo‘lish tezligi); -mehnat resurslari bozori. Bizning fikrimizcha, keltirilgan tasniflar, korxona innovatsion faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning faqatgina kichik bir qismini qamrab olgan. Shuni ta’kidlash joizki, ilmiy adabiyotlarda innovatsion faoliyatga bevosita ta’sir o‘tkazuvchi omillar aniqlangan emas. Tadqiqotimizning asosiy maqsadi korxona innovatsion faoliyatiга ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tasniflash asosida sanoat korxonalari faoliyatini mintaqa iqtisodiyoti samaradorligiga ta’sirini aniqlash. Fikrimizcha, korxona innovatsion faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bir qator belgilariga ko‘ra tasniflash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida boshqaruvchanlik darajasiga ko‘ra korxona innovatsion faoliyatiga ta’sir o‘tkazuvchi omillarning quyidagi tasnifiy belgilari taklif qilin mumkin. Kelib chiqish manbalariga ko‘ra, omillar tabiiy-iqlimiy, ijtimoiy, moliyaviyiqtisodiy, sanoat-texnologik, ilmiy-texnik va tashkiliy-boshqaruv guruhlariga bo‘linadi. Tabiiy-iqlimiy omillar sanoat korxonalari innovatsion faoliyati natijalariga katta ta’sir o‘tkazadi. Mintaqada joylashgan sanoat korxonalari innovatsion faoliyati rivojlanishi va innovatsion faoliyatning o‘sishiga suv ta’minoti, qulay iqlim, ish sharoitlar va yirik yoqilg‘i va xom-ashyo manbalarining mavjudligi katta hissa qo‘shadi. Tabiiy-iqlimiy sharoitning murakkabligi, ishchi kuchining yetishmasligi, ishlab chiqarish kuchlari, transport rivojlanish darajasining pastligi, aksincha korxona innovatsion faoliyati rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi bilan birgalikda, korxona innovatsion faoliyat darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi yuqorida keltirilgan muammolar yechimi uchun juda katta mablag‘ talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: |