I bob. O’quvchi va o’qituvchi muloqatida muomla madaniyatining nazariy asoslari. 1 Sharqona tarbiya va uning muloqatga ta’siri



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə1/9
tarix16.12.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#75740
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Clayd tayyor


I BOB. O’quvchi va o’qituvchi muloqatida muomla madaniyatining nazariy asoslari. 1.1 Sharqona tarbiya va uning muloqatga ta’siri. 1.2 Pedagogik muomola va pedagogik muloqotning mohiyati ,uning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni. II bob. O’quvchi va o’qituvchi muloqatida muomola madaniyatining shakillari va usullari. 2.1. Muloqat madaniyatiga erishish yo’llari . 2.2. O’qituvchi kaspiy faoliyatida muloqat madaniyatining shakillanish

1.1.Sharqona tarbiya va uning muloqatga ta’siri   Mana shunday holatlarni ko‘rganda, eshitganda beixtiyor sharqona tarbiya uslubining qanchalik mukammal, hayotiy va sof insoniy fazilatlarga yo‘g‘rilganiga yana bir marotaba amin bo‘laman. Chunki Sharqning aksar xalqlari, xususan, biz o‘zbeklarda bolalar kichikligidanoq kattalarni hurmat qilish, ularning gapiga quloq tutish, gap qaytarmaslik, har bir ishda kattalar bilan maslahatlashib ish ko‘rish ruhida tarbiya topadi. Ota-ona chaqirganda har qanday ishni tashlab, “labbay” deb borish, topshirgan yumushlarini og‘rinmay bajarish, keksayib, yordamga muhtoj bo‘lganida mehr-oqibat, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, hatto davrada ulardan yuqoriga chiqmaslik, beruxsat so‘zlamaslik, ko‘chada oldilariga tushib yurmaslik yozilmagan qat’iy qoidaga aylangan. Bu ota-onadan qo‘rqishdan emas, balki hurmat, e’zoz, oqibat, nomus, oriyat, g‘urur kabi insoniy fazilatlar ifodasidir. Yaqinda poytaxtda yashaydigan tanishlarimizdan birinikiga mehmonga bordik. U yashaydigan ko‘p qavatli uyning pastida bir ayol va 20 yoshlardagi qizining baland ovozda janjallashayotgani e’tiborimizni tortdi. Aftidan tanishlari bilan tungi klubga ketmoqchi bo‘layotgan qizni ona ortiga qaytarishga harakat qilar, qiz ham bo‘sh kelmas, onasiga hezlanib, uni haqoratlardi. Xullas, harchand urinmasin, ayol qizini fikridan qaytara olmadi.

So‘nggi vaqtlarda bunday holatlarga ahyon-ahyonda bo‘lsa-da, duch kelayotganimiz afsuslanarlidir. Ba’zi suhbatlarda ayrim ota-onalar farzandini shu vaqtga qadar hech kimdan kam qilmagani, hatto boshqalardan ortiq yedirib, ortiq kiyintirgani, lekin keksayib, quvvatdan qolganida uning ota-onasiga oqibatsizlik qilayotganini aytib nolishadi. Farzandi tarbiyasiz chiqsa, buni zamon o‘zgarib borayotgani, yoshlardan mehr-oqibat tushunchalari unutilib borayotganiga yo‘yib hasrat qiladiganlar ham yo‘q emas.

  • So‘nggi vaqtlarda bunday holatlarga ahyon-ahyonda bo‘lsa-da, duch kelayotganimiz afsuslanarlidir. Ba’zi suhbatlarda ayrim ota-onalar farzandini shu vaqtga qadar hech kimdan kam qilmagani, hatto boshqalardan ortiq yedirib, ortiq kiyintirgani, lekin keksayib, quvvatdan qolganida uning ota-onasiga oqibatsizlik qilayotganini aytib nolishadi. Farzandi tarbiyasiz chiqsa, buni zamon o‘zgarib borayotgani, yoshlardan mehr-oqibat tushunchalari unutilib borayotganiga yo‘yib hasrat qiladiganlar ham yo‘q emas.
  • To‘g‘ri, yosh va zamon orasidagi farq tufayli kattalar va bolalarning dunyoqarashi, qiziqishi, o‘y-xayollari, hayotga munosabatlari ham turlicha bo‘lishi tabiiy. Ammo tarbiya to‘g‘ri berilsa, bola qalbidagi qadriyatlar, insoniy fazilatlar o‘zgarmay qolaveradi.
  • Farzandiga ana shunday tarbiya bera olgan ota-onalar va bu tarbiyani olgan farzandlar o‘rtasida har qanday vaziyatda ham mehr-oqibat rishtalari mustahkam saqlanadi. Bunday oilada keksaygan ota-ona boshpanasiz qolib, ko‘chalarda tilanchilik qilmaydi, qariyalar uylarida, yolg‘izlikda bolalarini sog‘inib yashashga mahkum bo‘lmaydi

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin