I. Fanning mazmuni Fanning maqsadi – magistrantlarga insonning nutq faoliyati zamirida yotgan struktura va jarayonlarni, xususan, nutqni hosil qilish, nutqni qabul qilish, kodlash va dekodlash, til qobiliyati, tilni egallash, kommunikatsiya, shuningdek, individning ichida kechayotgan psixik hodisalarni psixologik va lingvistik nuqtai nazardan tadqiq qilishni o‘rgatishdan iborat.
Fanning vazifalar-magistrantlarga amaliy psixolingvistikaning vujudga kelish tarixi, uning mavjud asosiy yo‘nalishlari, maktablari haqida ma’lumot berish; til va tafakkur munosabati, til qobiliyati, nutqning qo‘llanishi, nutq faoliyati va uning harakatga kelish jarayonining normadan chiqib ketish sabablarini aniqlash; ta’lim oluvchilarda matnlarning psixolingvistik tahlilida eksperiment usullardan foydalanish malakasini hosil qilish; bugungi kundagi nazariy yo‘nalishlar, yangi g‘oyalar hamda psixolingvistik jarayonlar xususida ijodiy mulohaza yuritish, ilmiy yonda shuvni tarbiyalash vazifasini qo‘yadi.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) “Psixolingvistika” fani mazmuni 1-mavzu. Amaliy psixolingvistika – nutqiy faoliyat haqidagi fan Psixolingvistikaning obyekti va predmeti. Psixolingvistikaning o‘ziga xos xususiyatlari: inson omili, vaziyat omili, eksperiment tamoyili. Psixolingvistikaning tu shunchaviy-terminologik apparati. Psixolingvistikada nutqiy faoliyat talqini. Psixolingvistika va til shunoslik. Individ va kommunikatsiya. Psixolingvistikaning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.
2-mavzu. Amaliy psixolingvistikaning shakllanishi va rivojlanish tarixi. Psixolingvistikaning psixologik va lingvistik manbalari. Dastlabki psixolingvistik g‘oyalar. V.Fon Gumboldt antinomiyasi. “Yosh grammatikachilar” nazariyasi: individual psixologiya. “Yosh grammatikachilar” nazariyasining inqirozi. Psixolingvistikaning mustaqil fan sifatida shakllanishi. L.S. Vigotskiy – psixolingvistikaning asoschilaridan biri. Ichki nutq haqidagi ta’limot.