I lm – fan ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar



Yüklə 35,99 Kb.
tarix11.03.2023
ölçüsü35,99 Kb.
#87373
LMS TIZIMLARIDAN TA‘LIM JARAYONIDA FOYDALANISH


I LM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR
info@bestarticle.uz
https://sites.google.com/view/imxu/



BEST ARTICLE RESPUBLIKA ILMIY – ONLAYN KONFERENSIYASI 2022





LMS TIZIMLARIDAN TA‘LIM JARAYONIDA FOYDALANISH
Turdialiyeva Mahliyo Nurali qizi
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar kasb-hunar maktabi informatika fani oqituvchisi
Temirova Gulnoz Nortojiyevna
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar kasb-hunar maktabi rustili fani oqituvchisi
Marifova Mohira Azimovna
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar kasb-hunar maktabi matematika fani oqituvchisi
Karimov Umid Boboyor ogli
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar kasb-hunar maktabi ishlab chiqarish talim ustasi

Anotatsiya: Ushbu maqola LMS tizimlaridan ta’lim jarayonida foydalanish, LMS tizimlarining tahlillari, LMS tizimlarining afzallik va kamchilik tomonlari, masofaviy o’qitish tizimi, masofaviy ta’limni joriy qilish shart-sharoitlari, masofaviy ta’limni tashkil qilish bosqichlari togrisida qisqacha bayoni keltirilgan.


Kalit sozlar; LMS tizimi, Moodle, masofaviy talim, system, moslashuvchanlik, axborot texnologiyalari

Hozirda biz hayotimizni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qila olmaymiz. Axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal suratlar bilan rivojlanishi natijasida insoniyat yangi informatsion jamiyat poydevorini qurishga erishdi. XXI asr axborot texnalogiyalari asri hisoblanadi. Axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining tez suratlarda kirib kelishi va jadal rivojlanib borayotganligi respublikamiz rivojiga katta hissa qoshmoqda desak mubolag’a bolmaydi. Respublikamizda ham axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari rivojlantirish va ushbu soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini shakllantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Shu vaqtgacha bu borada juda katta ishlar amalga ham oshirildi.


Bugungi kunda talabalarga sifatli ta’lim berishni tashkil qilishda ilmiy-tехnika taraqqiyoti mahsuli bolgan zamоnaviy aхbоrоt tехnоlоgiyalari va uning mоddiy asоsi kоmpyutеrlar хizmatidan kеng fоydalanib elеktrоn darslik va qollanmalar tashkil etish va internet manbalaridan hamda masofadan oqitishning dasturiy vositalaridan foydalanish davr talabi bolib qоlmоqda.
Aynan shu maqsadda aхbоrоt tехnоlоgiyalaridan fоydalanish, mutaхassislarning umumiy ma’lumоti va kasbiy tayyorgarligining sifatini оshirish uchun jahоn andоzalariga javоb bеruvchi aхbоrоt tехnоlоgiyalarini ta’lim jarayoniga tadbiq etish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
LMS tizimlari zamоnaviy axborot tехnоlоgiyalari va masоfaviy ta’lim tizimini tashkil etishi mumkin bolgan zamonaviy tехnоlоgiyalaridan biridir. Yangi tехnоlоgiyalar nеgizida (masalan, “Moodle” tizimida) individuallashtirilgan ta’lim mеtоdikasini ishlab chiqish, talabaning bilimlarini shakllantirish va takоmillashtirish hamda egallagan bilim darajasini aniqlash kabi vazifalar hal qilinadi. Ta’lim jarayonida masоfali oqitish tехnоlоgiyalaridan fоydalanish ta’lim mazmuni, shakllari va usullarining ijobiy ozgarishiga kuchli ta’sir korsatadi.
Ta’lim jarayonini texnologizatsiyalash o’quvchilar va pedagoglar faoliyatini qulay va xavfsiz tashkil qilishni talab qialdi, ta’limning texnologik ta’minoti vositalar tizimini va ta’limning predmet-o’quv vositalarini, mashg’ulot turlarini tashkil qilishning samarali uslublarini, o’quv-ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va boshqarishni ta’minlovchi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishni talab etadi.
Masofaviy ta’lim — masofadan turib o‘quv axborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o‘qituvchi maxsus axborot muhiti yordamida, aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’lim majmuasidir.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim jarayonida (xususan, masofaviy ta’lim jarayonini) qo‘llash asosan ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi. Birinchi sharti bu texnik jihozlar bo‘lsa, ikkinchi sharti esa maxsus dasturiy ta’minotlar bilan ta’minlanganligidir.
Texnik jihozlar bilan ta’minlanganlik: kompyuterlar, tarmoq qurilmalari, yuqori tezlikdagi internet tarmoqlari, videokonferensiya jihozlari va hokazo.

Dasturiy ta’minotga: mavjud qurilmalarni ishlatadigan dasturiy ta’minotlardan tortib shu soha uchun mo‘ljallangan dasturlar to‘plami kiradi.


Ta'lim boshqaruv tizimlari (LMS — learning management systems) — bilim olish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun mo'ljallangan hamda videodars, ma'ruza materiallari, taqdimot, kitob kabi o'quv materiallari majmuasidan iborat muloqot rejimida ishlay oladigan inson-mashina majmuasi yoki masofaviy ta'lim shakli.
LMS/LCMS tizimlari elektron ta’limni (masofaviy ta’lim jarayonini) tashkil etishning asosiy funksiyalarini o‘z ichiga oladi. Bunday funksiyalarga o‘quvchilarning (o‘qituvchilarning, kurs yaratuvchi pedagoglarni va boshqalarni) ro‘yxatga olishi, foydalanuvchilarni o‘quv kurslardan chetlashtirish, o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish muhitini yaratish, o‘quvchi va o‘qituvchilarning o‘zaro individual yoki/va guruh bo‘lib, hamkorlikda ishlashini (Web2 elementlarini ishlatish orqali) tashkil etish, guruhlar yaratish va ularni boshqarish, oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni tashkillashtirish va elektron nazorat turlarini yaratish (elektron nazorat turlariga yopiq turdagi test, ochiq turdagi nazorat, moslikni topishga oid, ketma-ketlikni to‘g‘ri joylashtirish, bo‘sh qoldirilgan joyni to‘ldirish va boshqa turlari kiradi), har xil turdagi ijtimoiy so‘rovlar tashkillashtirish, o‘quvchilarning bilim darajasini monitoring qilish, sertifikatlar (diplomlar) berish imkoniyati, elektron axborot resurslarini (elektron kutubxonalar) tashkillashtirish, elektron o‘quv resurslarini eksport/import qilish imkoniyatlari, tizim foydalanuvchilarining (o‘quvchilar, o‘qituvchilar (tyutorlar), kurs yaratuvchi pedagoglarning) tizimga qachon, qancha vaqt davomida o‘quv kontentlar bilan tanishganligi, qaysi IP-manzil orqali kirganligini (bu esa qaysi davlatdan tizimga kirganligini aniqlashga yordam beradi), brauzer va qaysi operatsion tizim orqali kirganligi, tizimda mavjud foydalanuvchilarning faolligini maxsus grafiklar orqali monitoring qilish imkoniyati, o‘qituvchi (tyutor yoki elektron kurs yaratuvchi pedagoglar) tomonidan elektron o‘quv-resurslarni yaratishi, Authoring toolslarda SCORM, TinCan yoki boshqa standartlar asosida yaratilgan elektron o‘quv resurslarini yuklashi, o‘quvchilarning boshqa o‘quvchilar/o‘qituvchilar bilan (Chat, Forum, videokonferensiya, umumiy elektron doskalar yoki tizimning ichki/tashqi xabarlar almashish moduli orqali) muloqotini tashkillashtirish, o‘quv jarayonida bo‘ladigan yangiliklarni barcha foydalanuvchilarga ommaviy xabar yuborib turuvchi modullarning mavjudligi, iqtisodiy va marketingga oid operatsiyalarni boshqarish va boshqa imkoniyatlarni sanab o‘tish mumkin.
System — elektron tizim. LMS o'qituvchining o'rniga har bir o'quvchi berilgan topshiriq yoki testni qancha vaqtda va qanday topshirganini tekshirib, qayd etib boradi. Hisobotlar orqali o'quvchilarning o'zlashtirish darajasini kuzatib borishi ham mumkin.

LMSNING AFZALLIKLARI.


Foydalanishning erkinligi — o'quvchi tizimdan deyarli hamma joyda foydalanishi mumkin. Yoshi katta ta'lim oluvchilar esa asosiy ish joyidan ajralmagan holda ta'lim olishlari mumkin.
O'qish xarajatlarini kamaytirish — metodik adabiyotlar sotib olish uchun mablag' talab qilinmaydi.
Moslashuvchanligi — o'quv jarayoni o'qituvchi va o'quvchi imkoniyat va talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etilishi mumkin.
Zamon bilan hamnafasligi — elektron kurs foydalanuvchilari, xususan, o'qituvchi va o'quvchilar o'z bilim va ko'nikmalarini eng zamonaviy texnologiya va standartlarga muvofiq rivojlantirib boradi. Bunda elektron o'quv kurslar materiallarini tezkorlik bilan o'z vaqtida yangilab turish imkoniyati mavjud.
Ta'lim olishning tengligi — o'qitish ma'lum bir ta'lim muassasasidagi o'qitish sifatiga bog'liq bo'lmaydi.
Bilimlarni baholashning obyektiv mezonini belgilash imkoniyati — o'quv jarayonida o'quvchi tomonidan o'zlashtirilgan bilimlarni baholashning aniq mezonlarini belgilab olish mumkin.

Tajriba almashish — muloqot qilish, xabarlar almashish uchun chat, blog, forum va konferensiyalardan foydalanish mumkin.


Statistika — darsga qatnashish, o'zlashtirish kabi ma'lumotlar tizimda qayd etib borilganligi uchun, o'qituvchi xohlagan paytda kerakli shakldagi hisobotni olishi mumkin. Foydalanishning erkinligi — o'quvchi tizimdan deyarli hamma joyda foydalanishi mumkin. Yoshi katta ta'lim oluvchilar esa asosiy ish joyidan ajralmagan holda ta'lim olishlari mumkin.
LMSNING KAMCHILIKLARI.
O'quvchi va o'qituvchi o'rtasida bevosita aloqaning mavjud emasligi o'quv jarayonini nazorat qilish va o'quvchi natijalarini baholashni qiyinlashtiradi.
LMSni joriy etish zamonaviy texnologik qurilmalarni talab etadi.
O'qituvchilar yuqori AKT kompetentlikka hamda o'z o'quv dasturlarini elektron ta'limga moslashtirish qobiliyatiga ega bo'lishlari lozim.
O'qituvchi individual pedagogik mahoratini to'liq namoyish qila olmaydi.
LMS TIZIMLARINING ASOSIY VAZIFALARI.
O'quv kontentlari bilan ishlash: kurs yaratuvchi o'qituvchilar tomonidan elektron o'quv materiallari (matnli, audio, video va b.)ni yaratish va kiritish; elektron materiallarni import/eksport qilish; elektron kutubxona tashkil etish; mualliflik dasturlari yordamida yaratilgan elektron o'quv resurslarini yuklash.
O'quv jarayonini boshqarish: tizim foydalanuvchilari (kurs yaratuvchi o'qituvchilar, o'quvchilar va boshqalar)ni ro'yxatdan o'tkazish; sinflar yaratish va o'quvchilarni sinflarga biriktirish; o'quvchilar uchun mustaqil ta'lim olish muhitini yaratish; har xil ijtimoiy so'rovlarni tashkil etish; foydalanuvchilarni o'quv kurslardan chetlashtirish.
Baholash: nazorat topshiriqlari (amaliy mashg'ulot topshiriqlari, savol va testlar)ni kiritish; o'quvchilarning o'zlashtirishi va bilim darajasi monitoringini olib borish; sertifikatlar (diplomlar) berish.
Foydalanuvchilar o'rtasida o'zaro aloqa: o'quvchi va o'qituvchilarning o'zaro individual yoki guruh bo'lib, hamkorlikda ishlashini tashkil etish; o'quvchilarning o'zaro yoki o'qituvchilar bilan muloqotini chat, forum, videokonferensiya orqali tashkil etish; o'quv jarayoniga taalluqli e'lon, xabar yoki yangiliklarni ommaviy tarzda uzatish.
Statistika: tizim foydalanuvchilarining faoliyati haqidagi ma'lumotlarni qayd etib borish; maxsus grafiklar orqali tizimdagi faol foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarni olish.

2-ilova: Hozirda mavjud LMS tizimlarning tarixi va ta’lim bozorida egallagan salmog‘i.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1. A. X. Nishonov va boshqalar. Ta’limda erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlar, Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya muammolari, respublika ilmiy-texnik konferensiyasi, — Toshkent 2017-y.121–123 b.
2. A. A. Abduqodirov, A. X. Pardayev. Masofali o’qitish nazariyasi va amaliyoti. — T.: Fan, 2019.
3. Elektron universitet. Masofaviy ta’lim texnologiyalari. Oliy ta’lim muassasalari uchun / A. Parpiyev, A. Maraximov, R. Hamdamov, U. Begimqulov, M. Bekmuradov, N. Tayloqov. UzME davlat ilmiy nashriyoti. — T.: 2018, 196 b.

KONFERENSIYA |





Yüklə 35,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin