Ibtidoiy jamoa davri Quldorlik jamiyati Feodalizm davri O`quvchilarni arxeologiyaga oid materiallar to`plashga o`rgatish «Ibtidoiy jamoa tuzumi»



Yüklə 43,12 Kb.
səhifə1/11
tarix24.10.2023
ölçüsü43,12 Kb.
#160243
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Tarixiy o\'lkashunoslik va turizm


Mavzu : O’lkamiz hududidagi eng qadimgi odamzod manzilgohlarining o’rganilishi.


REJA:



  1. Rus sharqshunosligi va arxeologiya

  2. O`zbekistonda arxeologiya

  3. Ibtidoiy jamoa davri

  4. Quldorlik jamiyati

  5. Feodalizm davri

  6. O`quvchilarni arxeologiyaga oid materiallar to`plashga o`rgatish

  7. «Ibtidoiy jamoa tuzumi» mavzusini o`rganishda arxeologiyaga oid materiallardan foydalanish.

«Arxeologiya» so`zi lotin tilidan olingan bo`lib, «arxayos» — qadimgi, «logos» — fan, ya`ni qadimgi davrni o`rganuvchi fan degan ma`noni bildiradi. Arxeologiya — o`lkashunoslik va tarix fanlarining asosiy manbalaridan biridir.


Dunyo xalqlarining bir necha yuz ming yillardan beri davom etib kelayotgan tarixi bor. Lekin shu uzoq tarixiy taraqqiyotning eng keyingi 5 — 6 minginchi yillaridan boshlabgina yozma asarlar bo`lib, undan avval xalqlarda yozuv va yozma tarix bo`lmagan.
Yozuv paydo bo`lgandan keyin xam ko`pgina voqealar yozilmay qolgan, podsholarning buyruqlari, ruhoniylarning diniy ta`limotlari, xazinalarning hisob-kitoblari hamda turli urushlar haqidagi yozma asarlar esa o`z zamonasining ishlab chiqarish usullari va vositalarini, xalqning maishatini etarlicha aks ettirmagan.
Demak, qadimgi shahar va qishloqlar qazib ko`rilganda, u erlardan qadimgi xalqlarning uy-joy qoldiqlari, uy-ro`zg`or asboblari, zeb-ziynat buyumlari, e`tiqod yodgorliklari topiladi; bu narsalar esa yozma tarixdagi ma`lumotlarga qaraganda o`sha davr turmu-shini har taraflama va aniqrok, yoritib berishga yaraydi. Yozma tarix paydo bo`lgungacha o`tgan bir necha yuz ming yillik davr tarixini hamda yozma tarix chiqqandan keyingi davr hayotini to`la o`rganish zaruriyati o`sha davr xalqlaridan qolgan buyumlarni tekshirib ko`rishni taqozo etadi. Bunday yodgorlik buyumlarini tekshiruvchi fan arxeologiyadir, Arxeologiya ibtidoiy odamlar yashagan makonlarni, sinfiy davrdan qolgan shahar, qishloq va mozorlarni qazib ko`rib, tarixni aniqlaydi.
Arxeologlar qazishma usuli bilan ish ko`radilar. Ayniqsa yozuvlar paydo bo`lmasdan burungi davr tarixini arxeologiya qazishmalarida topilgan buyumlar to`ldiradi, arxeologiya qazishmasining natijalari matbuotda keng yoritib boriladi.
Katta qurilishlardao`tkaziladigan er qazish ishlarida arxeologiya buyumlariga ehtiyot bo`lish yuzasidan ilmiy tushuntirishlar o`tkaziladi. Arxeologiya fani hali boshqa fanlarga qaraganda yosh bo`lishiga karamasdan, dunyoda katta e`tibor qozongan va hammani qiziqtirgan fandir.



Yüklə 43,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin