5 – laboratotiya mashg‘uloti
Mavzu:
Tarmoq texnologiyalari va
Internet xizmatlari
.
Darsning maqsadi:
Tarmoq texnologiyalari va Internet xizmatlari tо‘g‘risida
ma’lumotlar berish.
Identiv о‘quv maqsadlari:
1.
Ma’lumotlarni tarmoqli qayta ishlash texnologiyalarini ochib bera oladi.
2.
Kompyuter tarmoqlarini izohlay oladi.
Kerakli jihoz va materiallar
: Shaxsiy kompyuter va uning qо‘shimcha
qurilmalari, ma’ruza matnlari, har
xil adabiyotlar, ma’ruza daftarlari.
Qisqacha nazariy qism
.
Kompyuter tarmoqlari
Kompyuter tarmogi - bu ikki va undan ortiq kompyuterlarning tarmoq orqali
ma’lumot almashishiga
aytiladi
Kompyuter tarmog‘ini tizim administratori boshqaradi. Uning vazifasiga
quyidagilar kiradi
1.
Kompyuter resurslariga ruxsat (dostup)ni o‘rnatadi
2.
Resurslarga kirish ruxsatini aniqlaydi va foydalanuvchilarga xuquq beradi
Kompyuterlarning uzaro axborot almashish
imkoniyatlarini beruvchi
qurilmalar to‘plamiga
kompyuter tarmoqlari
deyiladi.
Kompyuterlar soniga qarab tarmoqlar
lokal, mintaqaviy va global
tarmoqlarga
bo‘linadi.
Lokal tarmoqlar -
bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan
kompyuterlarda o‘zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi.
Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloka kabellari orqali amalga
oshiriladi. Bu tarmoqdan foydalanuvchilar tarmoqqa
ulangan kompyuterlardagi
ma’lumotlarni birgalikda qayta ishlash, ma’lumotlarni ayirboshlash, dasturlar, chop
etish qurilmasi, modem, skaner va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish
imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Lokal tarmoqlar kompyuterlararo
axborotni uzatish
tezligi bilan xarakterlanadi, ya’ni uning tezligi sekundiga 10 Mbitdan 100 Mbitgacha
bо‘ladi.
Mintaqaviy tarmoq
- biror bir tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi
kompyuterlarni o‘zida mujassamlashtirgan tarmoq.
Bunday tarmoqda bir nechta
markazlashgan (lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quvvatli serverlar mavjud
bo‘ladi va bunday serverlar o‘rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun’iy
yo‘ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.
Global tarmoq
- dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o‘zida
birlashtirish imkoniga ega bo‘lgan tarmoq. Bu tarmoq
internet
(
Internet
)
deb ham
yuritiladi. Global tarmoqlarda axborotlarni uzatish tezligi 2400-57600 bitni tashkil
etadi.