Mavzu: Axsikent yodgorligi KIRISH I BOB. AXSIKENT – KO`HNA TARIXDAGI QADIMIY SHAHAR. Axsikent va Axsi haqida.
Axsikent – Sayhun sohilidagi ko`hna shahar.
II BOB. AXSIKENT YODGORLIGIDA OLIB BORILGAN ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR TARIXIDAN. 2.1. Axsikent yodgorligida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar tarixidan.
2.2. Ibrat – Axsikent tadqiqotchisi.
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Bugungi kunda xalqimiz tarixida butunlay yangi davr boshlandi. Bu davr istiqlol g`oyalari ruhida shakllanayotgan sog`lom, har tomonlama hayotiy va inson manfaatlariga xizmat qiladigan zamon sifatida dunyoga keldi. Ana shu milliy istiqlol, milliy g`oyaga asoslangan munosabatlarimiz yangi-yangi maqsadlarni va undan kelib chiqqan holda vazifalarni kun tartibiga qo`ymoqda.
Qadimgi yodgorliklarga bo`lgan qiziqish ko`hna o`tmishga nisbatan shunchaki havas yoki erk emas, balki har birimizdagi oddiy insoniy tuyg`u hisoblanmish – Vatanga mehr tuyg`usi bilan izohlanadi. Biz obidalarni birinchi navbatda inson dahosi, xalq tafakkuri qudratining namunasi sifatida qabul qilamiz. Tarixiy shaharlarimizdagi har bir tosh, har bir bino, har bir maydon ne-ne sirlar guvohi bo`lib yotibdi. Ular tarixni bilay deb yongan, olis moziy qa`rini ko`z nuri bilan yoritmoq niyyatida bo`lgan yurakkagina bu sirlarni ochishga tayyor. O`zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimov ta`kidlaganlaridek: “Ma`naviyat o`z xalqi tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Tarixga murojaat qilar ekanmiz, u xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak”1.
Chindan ham ko`hna Axsikent, uning bunyodkor xalqi, shahar turmushi, ishlab chiqarishi, hayot tarzi, ma`rifati va madaniyati haqida bugungi avlodlarga so`zlab berish fursati keldi. Afsuski, o`z zamon
asida Sharqning yirik shaharlaridan biri bo`lgan, Buyuk Ipak yo`lidagi sarmanzillardan hisblangan Axsikent haqidagi ilmiy ma`lumotlar, rivoyatlar ko`p bo`lishiga qaramay, ular jamlanib, to`lig`icha keng kitobxonlar ommasiga yetkazilgan emas edi. Shuning uchun ana shunday bir kitobning yaratilishi ma`navit ehtiyoj darajasiga ko`tarildi. Shu ehtiyojning natijasi o`laroq birinchi marta Axsikent tog`risidagi tadqiqotlar, maqolalar, xotiralar, lavhalar va suratlar jamlandi.
Axsikent tarixda nafaqat Farg`ona vodiysi, balki butun Turkiston mintaqasi xalqlari hayotida o`ziga xos o`rin tutgan shaharlardan biri hisoblanadi. Bu makonda o`tmishda ko`plab jahongashta hukmdorlar, olim-u fuzalolar yetishib chiqqanki, albatta tarixda ularning o`z o`rinlari bor.
2017-yil 16-oktabrdagi O`zbekiston Respulikasi Vazirlar Mahkamasining “Namangan viloyatining To`raqo`rg`on tumanida “Axsikent” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish yodgorlik majmuasini tashkil etish to`grisida” №831-Qarori qabul qilinadi. Axsikentning haqqoniy tarixini yaratish Qarorda ko`rsarilgan asosiy vazifalar sirasiga kiradi2.
Nima bo`lganda ham “Axsikent” ko`hna tariximiz shohidi bo`lmish shahar xususida ma`lum darajada yaxlitroq tasavvur tug`dira oladi va yoshlarning tariximizning o`rganishlarida baholi qudrat ko`maklashadi deb umid qilamiz.