KIRISH I-BOB. IQTISODIYOTDA PROGNOZLASHTIRISHNING MOHIYATI VA O’RNI. Prognozlash tarihi va uning bozor munosabatlaridagi o’rni
Ilmiy –texnikkaviy potentsialni prognozlash.
II BOB . IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHNI PROGNOZLASHTIRISH METODOLOGIYASI VA USULLARI. 2.1. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni prognozlashtirish tizimlari.
2.2. Ilmiy –texnikkaviy potentsialni rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari.
III. XULOSA IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotgan hozirgi sharoitda mintaqalami ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlash asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlami real holatiga baho berib, kelgusi holatini rivojlanishiga ko’mak beradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyijtimoiy prognozlashtirish-bu, o’tmishni, hozirgi zamonning rivojlanish qonuniyatlari, tendensiiyalariga asoslangan holatda kelajakni oldindan ilmiy bilish va istiqboldagi rivojlanish maqsadlarini va vazifalarini aniqlashdan iborat. Prognozlashtirish mamlakat iqtisodiyoti mintaqalari holatiga to’g’ri baho berib, kelgusidagi rivojlanish yo’nalishlarini ko’rsatib beradi va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. "Prognozlash” - bu, iqtisodiyotni tartibga solish jarayonining yana bir bosqichi yoki mamlakat iqtisodiy - ijtimoiy rivojlanish dasturini ishlab chiqishning bir qismidir. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’sirida narxh-navoning keskin o’zgarishi, eksport import opersiyalardagi nobarqarorlik sharoitida prognozlashtirishni amalga oshirish bu murakkab vaziyatni echimiga ega bo’lishni ta’minlaydio Prognozlashtirishni amalga oshirishda ko’plab uslublardan foydalaniladi va modellami tuzish, aniq funksiiyani ko’rsata bilish prognozning sifat darajasini ta’minlab beradi. Ba’zida miqdor baholari asosan ehtimollik harakteriga ega, ular ko’proq darajada sodir bo’lgan rivojlanish muamolarini aniqlashga va ulami echish yo’llarini izlashga qaratilgan. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: 2008 yilda yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’atlari 9,0 foizni, sanoatda 12,7 foizni, jumladan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda 17,7 foizni tashkil etdi, xizmat ko’rsatish hajmi 21,3 foizga o’sdi”.1 Iqtisodiyotimizda erishilayotgan tendenciyalami saqlab qolish ychun prognozlash usullari va prognozlashni o’rganish alohida ahamiyat kasb etadi. "Mintaqalami iqtisodiy - ijtimoiy rivojlanishini prognozlash" fanining predmeti - prognozlashtirish ob’ektining rivojlanish qonuniyatini o’tmishi asosida o’rganib, butun bir iqtisodiy majmua va uning tarkibiy qismlari ob’ektiv asoslangan rivojlanish holatlari va tendensiiyalarining vaqt va fazodagi miqdor va sifat darajalarini aniqlashdir. "Mintaqalami iqtisodiy - ijtimoiy rivojlanishini prognozlash" ning asosiy vazifasi mintaqaning iqtisodiy - ijtimoiy rivojlanish yo’llarini real baholash, bu rivojlanishning maqbul boshqaruv echimlarini ilmiy asoslash uchun ustivor variantlami aniqlashdir. Bundan tashhari, u iqtisodiyotning rivojlanish yo’nalishlarini miqdor va sifat jishatdan tahlil qiladi, muamolami, yangi jarayon va qolatlarni o’rganadi, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning ehtimoli yo’nalishlarini belgilaydi, imkoniyatlami baholaydi, ijtmoiy, iqtisodiy, ilmiy-tehnik va boshqa chora - tadbirlami hayotga tatbiq etadi, samarasini aniqlaydi, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiytehnik bosh yo’nalishlami asoslaydi. "Mintaqalami iqtisodiy - ijtimoiy rivojlanishini prognozlash" fanining maqsadi - prognozlashtirishning asosiy usullari va tamoyillarini mintaqada sodir bo’layotgan ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarga moslashgan holda o’rganishdan iborat.