Mavzu:Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
1. Banklarning kelib chiqishi
2. Oʻzbekistondagi bank tizimi
3. Bank turlari ularning funksional yo'nalishi bo'yicha klassifikatsiyasi
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish O‘zbekiston banklari milliy iqtisodiyotga ta’sir eta oluvchi qudratli tizimga aylangunga qadar uzoq evolyutsion rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Bu yo‘lda qator qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga to‘g‘ri keldi.
O'zbekiston tijorat banklari, avvalo, ixtisoslashgan kredit institutlari sifatida ko'zga ko'rina boshladi. Bu, bir tomondan xo'jaliklarning vaqtincha bo'sh mablag'larini jalb etishi, boshqa tomondan esa jalb etilgan mablag'lar hisobidan korxonalar, xususiy tadbirkorlar va aholining moliyaviy ehtiyojlarini qondirishi bilan dolzarb ahamiyat kasb etdi.
Xorijiy va mahalliy ekspertlarning qayd etishicha, so'nggi yillar davomida respublikada asosiy tamoyil — ixtisoslashuvdan uzoqlashish va bank faoliyatida universallashtirishni chuqurlashtirish kuzatilmoqda. Bu esa bank operatsiyalari mazmuni va kredit munosabatlari mohiyatini oldindan belgilab beradi.
Mazkur yo'nalishda banklar o'z faoliyatini dunyoviy amaliyotning “oltin” printsipidan kelib chiqqan holda olib bordilar. Ya'ni, aholiga ko'rsatiladigan xizmatlarning jozibadorligi tadbirkorlarning kreditlardan foydalanish keng imkoniyati bilan mutanosib holda rivojlantirildi. Davom ettirilgan islohotlar bank faoliyatini aholining turmush darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi, ilgari qabul qilingan “Iste'mol krediti to'g'risida”gi va “Ipoteka to'g'risida”gi qonunlar doirasidagi faolligini yanada kuchaytirdi.
O'zbekiston tijorat banklari respublikamizdagi va jahon bank hamjamiyatidagi yangi voqelikka javoban o'zlari taklif etayotgan xizmatlari to'plamini kengaytirdi, bozorga yangi bank mahsulotlarini chiqardi va ayni paytda moliya institutlari faoliyatining xalqaro standartlarini faol joriy etishga kirishdi.