O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKUL’TETI
IJTIMOIY MADANIY FAOLIYAT KAFEDRASI
Jahon madaniyati va tarixi fani
bo`yicha ma`ruza matni
NAMANGAN -2013 yil
SO`Z BOSHI
O`zbekiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritib, uni mustaxkamlash va uning asosida yangi huquqiy- demokratik jamiyat qurish yo`liga o`tdi. Mustaqillik tufayli respublikamsiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy hayotida juda katta tub o`zgarishlar ro`y berdi. O`zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davr ichida milliy davlatchilikning barpo qilish, bozor iqtisodiyotiga o`tish, xalqaro munosabatlarni yo`lga qo`yish va rivojlantirish bobida ulkan ishlarni amalga oshmirdi. Ayniqsa, istiqlol xalqimizning ma`naviy uyg’onishi uchun to`la imkoniyat yaratdi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o`zining bir qator risolalarida kishilar dunyoqarashi va jamiyat mafkurasining shakllanishida ijtimoiy fanlarning o`rni beqiyosligini ta`kidlab o`tdi.
Ma`naviyat masalasi bugungi kunda eng zaruriy extiyoj sifatida ahamiyat kasb etmoqda. Madaniyat xodimlari va madaniyatshunoslar, shu jumladan,jaxon madaniyatining noyob jihatlarini mukammal ravishda bilishlarini hozirgi darv talab qilmoqda.
Ushbu ma`ruzalar matnining o`z oldiga qo`ygan maqsadi talabalar umumiy dunyoqarashini yanada kengaytirishga, ularni o`z vatani madaniy mqadriyatlarini chuqurroq o`rganishga jahon madaniyatining eng noyob jihatlaridan habardor qilishdir.
Shu bois Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi tomonidan ushbu ma`ruzalar matni tayyorlandi. Ma`ruzalar matni jahon madaniyati va uning tarixi bilan qiziquvchilarga bu boradagi bilimlarini yanada boyitish uchun yaqindan yordam beradi.
1-kurs talabalari uchun
MAVZU: Jahon madaniyati kursiga kirish. Ibtidoiy davr madaniyati
Dostları ilə paylaş: |