Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfiga mansub oilalar: lavrdoshlar, toshyorardoshlar, zig‘irdoshlar oilalariga mansub o‘simliklarning xarakterli xususiyatlari va tibbiyotdagi ahamiyati
Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfiga mansub oilalar: lavrdoshlar, toshyorardoshlar, zig‘irdoshlar oilalariga mansub o‘simliklarning xarakterli xususiyatlari va tibbiyotdagi ahamiyati.
Xakimov.Sh
Ikki urug‘pallali o‘simliklar
Ikki pallali oʻsimliklar, ikki urugʻpallalilar (Dicotyledones) — yopiq urugʻli (gulli) oʻsimliklar sinfi. Ular ikki urugʻpallali murtakka ega (nomi shundan). Barglarining toʻrsimon tomirlanishi, poya va ildizlarida alohida toʻqima-kambiy boʻlishi va koʻpincha, gullari 5 yoki 4 aʼzoli tipdaligi bilan tavsiflanadi, kambiy poya va ildizlarning yoʻgʻon tortishini taʼminlaydi. Ular oʻtlar, daraxtlar, butalardan iborat. I.p.oʻ. gulli oʻsimliklarning 360—370 ta oilasiga mansub 175 mingdan ortiq turini oʻz ichiga oladi. I.p.oʻ.ning hali hamma tomonidan qabul qilingan umumiy sistemasi yoʻq, ularning kelib chiqishi va filogenetik bogʻlanishi aniqlanmagan. I.p.oʻ. tuproq va iqlim sharoiti har xil boʻlgan juda koʻp joylardaoʻsadi. I.p.oʻ.ning katta-kichikligi, shakli, morfologik-anatomik tuzilishi, shuningdek, koʻpayish organlarining tuzilishi nihoyatda xilma-xil.
kki urug’ palllali o’simliklar yer sharining hamma joyida uchraydi. Ikki urug’ palllali o’simliklar orasida kartoshka, noʻxat, lavlagi, qovun, tarvuz, uzum, olma, gʻoʻza, kungaboqar kabi muhim xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan oʻsimliklar bor.
kki urug’ palllali o’simliklar yer sharining hamma joyida uchraydi. Ikki urug’ palllali o’simliklar orasida kartoshka, noʻxat, lavlagi, qovun, tarvuz, uzum, olma, gʻoʻza, kungaboqar kabi muhim xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan oʻsimliklar bor.
Istalgan o’simlikning ilmiy nomini maxsus kitoblardan (floradan yoki o’simliklar aniqlagichidan ) topish mumkin. Bir-biriga yaqin turkumlar qo’shilib, oilani tashkil qiladi. Masalan, bodom, olma, o’rik, na`matak, do’lana kabi turkumlar birlashib sinfni tashkil qiladi. Masalan, bir urug’pallali o’simliklardan tashkil topgan loladoshlar, bug’doydoshlar (boshoqdoshlar), chuchmomadoshlar kabi oilalar to’planib bir urug’pallali o’simliklar sinfini tashkil qiladi. Ikki pallali (ikki urug’pallali) o`simliklardan tashkil topgan ra`nodoshlar, ituzumdoshlar, gulxayridoshlar kabi oilalar birlashib ikki urug`pallali o`simliklar sinfini tashkil qiladi.