Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfiga mansub oilalar: lavrdoshlar, toshyorardoshlar, zig‘irdoshlar oilalariga mansub o‘simliklarning xarakterli xususiyatlari va tibbiyotdagi ahamiyati


Ikki urug‘pallali o‘simliklar urug‘ining tuzilishi



Yüklə 16,28 Kb.
səhifə2/5
tarix24.12.2023
ölçüsü16,28 Kb.
#192233
1   2   3   4   5

Ikki urug‘pallali o‘simliklar urug‘ining tuzilishi.

  • Ikki urug‘pallali o‘simliklarning urug‘ida ikkita urug‘palla va murtak joylashgan. Murtak ildizcha, poyacha va ikkita kichik bargchadan tashkil topgan.Shunday qilib, ikkita urug‘pallaga ega bo‘lgan o‘simliklar ikki urug‘pallali o‘simliklar deyiladi. O‘zbekistonda ikki urug‘pallali madaniy o‘simliklar orasida eng keng tarqalgani go‘za hisoblanadi.G‘o‘zaning chigiti (urug‘i) ustidan qalin yog‘ochsimon qobiq bilan o‘ralgan.Bu qobiq hujayralarida juda uzun tuklar, ya’ni tolalar joylashgan. Yog‘ochsimon qobiq ostida oq va yupqa po‘st, uning ostida esa qat-qat bo‘lib joylashgan urug‘palla va murtak o‘rnashgan. Ikki urug‘pallali o‘simliklar urug‘lari yer yuziga ikkita urug‘palla barg bilan chiqadi. Go’zaning chigitdan unib chiqishi.

Lavrdoshlar

  • Lavrdoshlar (Lauraceae) — ikki urutallali oʻsimliklar oilasi. Daraxt va butalar, baʼzan yarim buta va oʻtlar. Ayrim turlari parazit. Bargi oddiy, etli, doim yashil, poyada ketma-ket joylashgan. Guli ikki (baʼzan bir) jinsli, toʻgʻri, mayda toʻpgul. Mevasi bir urugʻli, rezavorsimon yoki danakli. Bargi, poʻstlogʻi va boshqa qismlarida efir moylar ishlab chikaradigan bezchalari bor. Asosan, tropik, baʼzan subtropik iqlimda oʻsadigan 40—50 turkumga mansub 2000 dan ortiq turni oʻz ichiga oladi. Koʻp turlari (mas, lavr) ziravor sifatida foydalaniladi yoki ulardan tibbiyot va farmatsevtika uchun zarur bulgan efir moylari va kamfora olinadi. Kupchilik L. ning yogʻochi mebel ishlab chiqarish uchun xom ashyo hisoblanadi

Oilaning 2000 dan ortiq turi Janubiy Amerika, Janubiy-sharqiy Osiyo va Avstraliyaning tropik va subtropik o‘rmonlarida tarqalgan. Lekin yovvoyi holda o‘sadigan turlar orasida har ikkala yarim sharlar uchun umumiy bo‘lgan birorta turni uchratish qiyin. Ularning aksariyati daraxt yoki buta shaklidagi o‘simlik. Faqat Cassytha turkumiga mansub 16 parazit o‘tsimon o‘simliklar bundan mustasno. Oilaning keng tarqalgan lavr (Laurus), anis daraxti (Sassafras), avokado (Persea) turkumlariga taalluqli turlari tropik va subtropik o‘simliklar orasida salmoqli o‘rin egallaydi. Oilaning xarakterli vakili olijanob lavrdir (Laurus nobibis). Uning gul tuzilishi bu oila vakillarining bir qadar sodda tuzilganligidan dalolat beradi. Gulining uch a’zoliligi, ularning bir pallalilarga yaqinligidan dalolat beradi. Magnoliyadoshlarning Lavrdoshlarga nisbatan soddaligini ko‘rsatuvchi birdan bir belgi — ularning gulida androtsey va ginetseyning spiral shaklda joylashishi desa bo‘ladi. Lavrdoshlarning guli aktinomorf, ikki uyli yoki bir uyli. Gulning formulasi P3+3A3+3+3G(3)-, tugunchasi ostki, bir xonali, mevasi — danak yoki reza-vor meva, urug‘i endospermsiz

  • Oilaning 2000 dan ortiq turi Janubiy Amerika, Janubiy-sharqiy Osiyo va Avstraliyaning tropik va subtropik o‘rmonlarida tarqalgan. Lekin yovvoyi holda o‘sadigan turlar orasida har ikkala yarim sharlar uchun umumiy bo‘lgan birorta turni uchratish qiyin. Ularning aksariyati daraxt yoki buta shaklidagi o‘simlik. Faqat Cassytha turkumiga mansub 16 parazit o‘tsimon o‘simliklar bundan mustasno. Oilaning keng tarqalgan lavr (Laurus), anis daraxti (Sassafras), avokado (Persea) turkumlariga taalluqli turlari tropik va subtropik o‘simliklar orasida salmoqli o‘rin egallaydi. Oilaning xarakterli vakili olijanob lavrdir (Laurus nobibis). Uning gul tuzilishi bu oila vakillarining bir qadar sodda tuzilganligidan dalolat beradi. Gulining uch a’zoliligi, ularning bir pallalilarga yaqinligidan dalolat beradi. Magnoliyadoshlarning Lavrdoshlarga nisbatan soddaligini ko‘rsatuvchi birdan bir belgi — ularning gulida androtsey va ginetseyning spiral shaklda joylashishi desa bo‘ladi. Lavrdoshlarning guli aktinomorf, ikki uyli yoki bir uyli. Gulning formulasi P3+3A3+3+3G(3)-, tugunchasi ostki, bir xonali, mevasi — danak yoki reza-vor meva, urug‘i endospermsiz

Yüklə 16,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin