Paleobotanik ma’lumotlarga ko‘ra lavrdoshlar bo‘r davri qazilmalarida uchraydi. Ularning aksariyat turlari doimiy yashil o‘simliklar. Lavr o‘simligi qimmatbaho oziq-ovqat, ziravor, dorivor, texnik, manzarali o‘simlik sifatida insonning xo‘jalik faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham lavrdoshlarning qator navlari subtropik o‘lkalarda — Kavkaz va Qrimda madaniylashtirilgan.

Bu oilaning yana bir xarakterli turi — Avakado (Persea gratissima) doimiy yashil daraxt, nok shaklidagi rezavor mevasining og‘irligi 600 grammga qadar. Mevaning tarkibida 30% gacha yog‘, 4% oqsil moddasi bor. Qimmatli meva daraxti sifatida Qora dengizning janubiy sohili va Kavkazda o‘stiriladi. Bir daraxtidan 50 kg ga qadar hosil olish mumkin. Vatani tropik Amerika.
TOSHYORARNAMOLAR (SAXIFRAGALES)
Bu qabila 9 ta oilani o'z ichiga oladi. Ular asosan tropik va subtropik xududlarda tarqalgan.
Toshyorardoshlar (Saxifragaceae) oilasi. Bu oilaga 30 ta turkumga mansub 600 ga yaqin tur kiradi. Ular Yer sharining sovuk va mu'tadil iqlimli xududlarida keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko'ra ular o'tlardan iborat. Tupgullari turlicha. Gullari ikki jinsli, asosan aktinomorf, ba'zan zigomorf. Gulqo’rg’oni murakkab, besh bo'lakli, ayrimlari Gulqo’rg’onsiz. Changchisi 5-10 ta urug'chisi 2 ta mevachi bargdan tashqil topgan. Mevasi ko'sakcha. O’zbekistonda oilaning 4 ta turkumga kiruvchi 6 ta turi o'sadi. Semizakdoshlar (Crassulaceae) oilasi Bu oila 35 ga yaqin turkumga mansub 1500 dan ortiq to'rni birlashtiradi. Ular Yer yuzi bo'ylab keng tarqalgan. O’zbekistonda 4 ta turkumga ovd 13 ta turi o'sadi. Hayotiy shakliga ko'ra ut o'simliklardan tashqil topgan. Undan dori sifatida foydalanish mumkin. Oilada (Kalonchoe va Rhadiola) turkumiga mansub dorivor hamda (Crassula va Sedum) turkumlariga ovd manzarali turlar bor. Mirtadoshlar (Myrtaceae) oilasi