Ilmiy izlanish muammosining qo’yilishi reja: Ilmiy ish bo‘yicha ilmiy muammoni aniqlash va ilmiy mavzu tanlash Ilmiy tadqiqotlarning iqtisodiy samaradorlik va ahamiyatlilik darajasi Muammo qo‘yilish bosqichlari
ILMIY IZLANISH MUAMMOSINING QO’YILISHI Reja: Ilmiy ish bo‘yicha ilmiy muammoni aniqlash va ilmiy mavzu tanlash Ilmiy tadqiqotlarning iqtisodiy samaradorlik va ahamiyatlilik darajasi Muammo qo‘yilish bosqichlari Har qanday ilmiy tadqiqotni ilmiy muammoni qo‘ymasdan bajarishni iloji yo‘q.
Muammo- bu yechimini talab qiladigan nazariy va amaliy masaladir, ya’ni tekshirilishi lozim bo‘lgan masala. Demak muammo bu shunday narsaki, uni biz bilmaymiz, bu ilm-fan rivoji va jamiyat talabi bilan paydo bo‘lgan.
Ilmiy bilish muammoni hal qilish bilan bog‘liqdir. Muammolarning bo‘lmasligi tadqiqotlarning to‘xtab qolishi va fanning bir joyda qotib qolishiga olib kelgan bo‘lar edi.
Muammo eski bilimlar bilan empirik va nazariy tadqiqotlar asosida topilgan yangi bilimlar orasida ziddiyat paydo bo‘lganda vujudga keladi, ya’ni u muammoli vaziyatning natijasidir.
Kompleksmuammolar deb, bir ilmiy yo‘nalishdagi bir qancha yirik masalalarni o‘z ichiga oluvchi muammolar majmuasiga aytiladi.
Ilmiymavzu deb, tadqiqot etishni talab qiluvchi muammolarning muayyan sohasini qamrab oluvchi ilmiy masalaga aytiladi. U muammoning aniq bir sohasiga qarashli ancha mayda ilmiy masallarga asoslanadi, unda qo‘yilgan masalani hal etishda muayyan tadqiqot vazifasi yechiladi. Masalan, yangi materialni yoki yangi konstruksiyani yaratish, aniq mahsulot ishlab chiqarish uchun ilg‘or texnologiyani ishlab chiqish va hokazo.
Ilmiymuammovamavzunitanlash murakkab masaladir. U bir nechta bosqichda o‘z yechimini topadi.
Muammoli vaziyatdan kelib chiqqan holda muammo ta’riflanadi va kutilayotgan natija belgilanadi.
Muammoningdolzarbligi, uning fan va texnikani rivojlantirishdagi ahamiyati aniqlanadi.
Muammoning strukturasi tuzilib, undagi mavzular, kichik mavzular, masalalar va ular orasidagi bog‘lanish aniqlanadi. Natijada, muammo daraxti yasaladi. Shundan so‘ng, tadqiqotchi ilmiy mavzuni tanlashga kirishadi.
Ilmiymavzugaquyidagitalablarqo‘yiladi: Mavzu dolzarb bo‘lishi va hozirgi paytda tadqiqot etishni talab qilishi lozim.
Mavzu yangi ilmiy masalani yechishga qaratilgan bo‘lib, unda albatta ilmiy yangilik bo‘lishi kerak.
Iqtisodiysamaradorlilikvaahamiyatlilikdarajasi. Bunda amaliy tadqiqotlar uchun taxminiy iqtisodiy samaradorlikning miqdori aniqlanadi, fundamental tadqiqotlar uchun esa ushbu mezon ahamiyatlilik mezoni bilan almashtiriladi.
Mavzu jamoa bajarayotgan ilmiy yo‘nalishga mos tushishi kerak, shundagina ilmiy jamoa malakasi va vakolatidan to‘liq ravishda foydalanish imkoniyati tug‘iladi, uni sifatli va yuqori nazariy darajada bajarilishi uchun zamin yaratiladi, bajarilish muddati kamayadi.
Joriy etilish mavzuning muhim tavsifi bo‘lib hisoblanadi, mavzu tanlashda reja asosida muddatda tugatish va joriy etilish imkoniyatlari belgilab olinishi kerak. Buning uchun tadqiqotchi ishlab chiqarishning shu kungi holati va kelgusidagi talablaridan xabardor bo‘lishi kerak.
Mavzuni tanlash jarayonida mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi adabiyot manbalarini o‘rganish, ya’ni axborot izlash vazifasi ham bajariladi.
Keyingi yillarda mavzuni tanlashda eksperiment baholash usuli keng qo‘llanilmoqda. Bu usul bo‘yicha rejalashtirilayotgan mavzu mutaxassis-ekspertlar tomonidan baholanadi. Har bir ekspert mavzuni tegishli talablar asosida baholaydi, bunda eng ko‘p ball to‘plagan mavzu maqbul deb topiladi.
Muammo bekordan paydo bo‘lmaydi, ular hamisha ilgari olingan natijalardan kelib chiqadi. Muammoni to‘g‘ri qo‘yish, tadqiqot maqsadini aniqlash, ilgarigi bilimdan muammoni keltirib chiqarish oson emas. Shu bilan birga odatda ma’lum bilimlar muammo qo‘yishga yetarli, ammo uni oxirigacha yechish uchun yetarli emas. Muammoni yechish uchun ilmiy tadqiqot beradigan yangi bilimlar zarur.
Shunday qilib xar qanday muammo o‘zaro ajralmas ikki elementning bog‘liqligidir. Nimanidir bilmasligimiz haqidagi ob’ektiv bilim va ilgari olingan bilimni printsipial yangicha qo‘llash yangi qonuniyatni olish imkoni borligini faraz qilish kerak.
Bunda bu yangi bilim amalda jamiyatga zarur ekanligi faraz qilinadi.