Ilmiy tadqiqot asoslari



Yüklə 364,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/25
tarix01.08.2023
ölçüsü364,18 Kb.
#138167
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25


I-mavzu. Ilmiy tadqiqot ishlari va uning mazmun-mohiyati
1. “Ilmiy tadqiqot asoslari” fanining maqsad va vazifalari
2. Ilmiy ijodiyot – muammo sifatida
3. Ilmiy ijodiyotning ijtimoiyligi
4. Ilmiy tadqiqot faoliyati jarayoni va taraqqiyoti omillari
5. Ilmiy muammo va uning dolzarbligi
6. Ilmiy tadqiqot jarayoni bosqichlari
1.1. “Ilmiy tadqiqot asoslari” fanining maqsad va vazifalari
Tayanch iboralar va atamalar
: “Uchar gilam”, “Oynai jahon”, fan, texnika, 
texnologiya, ilm-fan, axborotlashtirilgan asr, ta’lim, tarbiya, aqliy faoliyat, ilmiy tadqiqot, muammo, 
maqsad, vazifa, bo’lajak mutaxassislar, zamonaviy axborot tizimlari, ratsional usullar, interaktiv
avtomatlashtirish, kompьyuterda modellashtirish, dissertatsiya, optimal yechimlar.
Mavzuning matni

Ilmiy tadqiqot asoslari fanining maqsad va 
vazifalari.
Kishilik jamiyati taraqqiyoti bosqichlariga bir nazar tashlaylik. Dastlab olovning paydo 
bo’lishi, toshlardan ish qurollarining yasalishi, metallarning paydo qilinishi orqali metallarga ishlov 
berish texnologiyasining yaratilishi, yozuvning paydo bo’lishi orqali kitobning vujudga kelishini, bu 
orqali esa ma’lumotlarni axborotlarga aylantirish muammosining hal bo’lishi, shuningdek, 
elektrning bir turdan ikkinchi turga aylanish muammosining ilmiy asoslanishi, “Uchar gilam” 
(aviatsiya) va “Oynai jahon” (televidenie) larning kishilarning turmush zaruriyati uchun 
foydalanishga keng yo’l ochilishi, nisbiylik nazariyasining yaratilishi va h.k. Umuman olganda 
“XXI asr – intellektual asr” ya’ni “Aql – zakovat asri” yoki “Axborotlashgan jamiyat sari asri” ning 
yuzaga kelishlarining barchasi, kishilik jamiyati taraqqiyotiga mos, unda yashovchi ilg’or ijodkor 
insonlar aqliy – ijodiy faoliyati natijasi tufayli yuzaga chiqqanligi guvohi bo’lamiz.
Bugungi kunda jamiyatimizda har bir odam, alohida olinganda fan va texnika 
yutuqlarining tobora rivojlanib borayotgani ta’siri ostida yashamoqda. Bu yana shunisi bilan ham 
xarakterliki, unda texnika va texnologiyalar kun sayin, soat sayin takomillashib, rivojlanib 
bormoqda va natijada shunga mos yetuk mutaxassislar tayyorlash zarurati ham tug’ilmoqda.
Bunda ilm-fan, umuman olganda ijodiyot, ilmiy tadqiqot ishlarining tadqiqiy va texnikaviy 
yechimlaridan boshlab, olingan natijalarni amaliyotda (ishlab chiqarishda, ta’limda, tarbiyada, 
san’atda va h.k.) qo’llashgacha bo’lgan barcha bosqichlarni samarali amalga oshirishga erishsa, o’z 
vazifasini 
muvafaqqiyatli bajargan bo’ladi.
Axborotlashtirilgan asrda axborotlar oqimi muntazam ravishda ortib boradi va tabiiy ularga 
mos muammo hamda ularning yechimlari ham tez o’zgarib boradi. Demak, ushbu jamiyatga mos va 
unda faol qatnashuvchi bo’laman degan, xodim (a’zo, shaxs) ya’ni mutaxassis ham ilmiy 
axborotlarni izlash, to’plash va undan foydalanish uchun olingan axborotlarni tizimlarga ajratish, 
muammoga xos fikr va texnikaviy (texnologik) yechimlarning optimal variantlarini tanlash 
usullarini bilishlari zarur.
Ma’lumki, bunday aqliy faoliyat bevosita ijod bilan bog’liq bo’lib, u insonning yangi moddiy 
va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyatidir. O’z navbatida tadqiqot va ijodiy mulohazalar ham 
zamonaviy mutaxassisdan ilm-fan yutuqlaridan ijodiy foydalanish orqali istiqbolli yangi vazifalarni 
mustaqil qo’yish, uni optimal yechimini tanlay bilish va o’zining amaliy faoliyatida turli 
ko’rinishlardagi tadqiqotlar va tajriba – sinov ishlarini o’tkazishini talab qiladi. Ana shunday 
zamonaviy mutaxassislar tayyorlash davr talabi ekanligini e’tiborga olib 

Yüklə 364,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin